Telegram Web Link
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🗣Oliy taʼlim muassasalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi

Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida davra suhbati o‘tkazildi. Unda oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, shuningdek, yong‘in xavfsizligi yo‘nalishiga mas’ul bo‘lgan mutasaddilar ishtirok etdi.

➡️Davra suhbatida soha mutaxassislari tomonidan oliy taʼlim muassasalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ijara xonadonlarida yashab tahsil olayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish hamda is gazi bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz holatlarning oldini olish, shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash mavzularida tushunchalar berildi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍106🔥1
#qonunchilik_yangiliklari

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi

Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlandi.


Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.

Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.

Kasbiy ta’lim agentligi:

texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;

kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.

Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.

2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek:

🟢davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.

🟢Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2612👏5🎉1
IPAK YOʻLLARIDA MOʻYQALAM BILAN

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Oʻzbekiston sanʼat arbobi, professor Ortiqali Qozoqovning “Ipak yoʻllarida moʻyqalam bilan” nomli shaxsiy koʻrgazmasi ochildi. Unda rassomning yarim asrlik ijodini aks ettiruvchi 50 ga yaqin rangtasvir asarlari namoyish etilgan.

Buyuk Ipak yoʻliga bagʻishlangan “Shodlik karvonlari”, “Ipak yoʻllarida oʻtmish va bugun”, “Karvon yoʻllari” kabi asarlar tomoshabinni Sharq ruhi va Vatan goʻzalligiga oshno etadi. Koʻrgazma yoshlarning badiiy didini yuksaltirish va Vatanga muhabbat tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirda Ortiqali Qozoqovga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi.

⭕️ Koʻrgazma 2-noyabrgacha davom etadi.
📍 Manzil: Yusuf Xos Xojib koʻchasi, 37 “A”.
⭕️ Kirish bepul.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
18👏5👍1
2025/10/27 10:57:13
Back to Top
HTML Embed Code: