#sarhisob_murojaat
#infografika
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2025-yil 3 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili raqamlarda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤7😁3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nukusda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasida 700 nafardan ortiq talabalar uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi
23-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun yirik ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma doirasida 79 ta yirik ish beruvchi va tijorat banklari tomonidan 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi. Shu bilan birga, yuqori kurs talabalariga malakaviy amaliyot o‘tash uchun zarur imkoniyatlar yaratildi.
Shuningdek, bitiruvchi talabalar “Muratbek mebel” xususiy korxonasiga tashrif buyurib, uning faoliyati haqida batafsil ma’lumot olishdi.
Tadbirda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining 9 254 nafari ishtirok etdi. Ulardan 3 424 nafar talaba ish beruvchilar bilan bevosita suhbatda bo‘lib, 725 nafar talaba aniq ish o‘rni topishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, biznes g‘oyalarini taqdim etgan talabalarning 33 nafari tadbirkorlikka yo‘naltirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍1👏1🤔1
#xalqaro_hamkorlik
🎓 Oliy ta’lim bitiruvchilari uchun quvonarli yangilik!
🇺🇿🇰🇷 O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi delegatsiyasi Koreya Respublikasining Geongsangbuk-do provinsiyasi gubernatori Li Chol Vu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va kadrlar almashinuvi imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv natijasida yarimo‘tkazgichlar, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, biotexnologiya, sun’iy intellekt (AI), robototexnika, kelajak mobil texnologiyalari va energetika kabi yo‘nalishlarni tamomlagan yosh mutaxassislar uchun E-7 turdagi ish vizasini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish, Koreyaga kirish va mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini yaratish yuzasidan kelishuvga erishildi.
🧾 Loyihada ishtirok etish uchun talabgorlar:
🟢 bakalavr yoki magistr diplomi va kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
🟠 bakalavr yoki magistr diplomi, TOPIK 2+ yoki KIIP sertifikatiga ega bo‘lish;
🟢 Geongsangbuk-do provinsiyasining yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarida kamida 3 yillik rasmiy ish tajribasi va TOPIK 3 darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislar;
🟠 yo‘nalishlarda bakalavr yoki magistr bosqichini tugatayotgan, shu bilan birga TOPIK 2+ yoki KIIP sertifikatiga ega bo‘lgan talabalar ham loyihada ishtirok etishlari mumkin.
🌐 “Hududiy E-7 viza sinov dasturi” — xorijiy, jumladan, O‘zbekistondan kelgan malakali mutaxassislarni Koreyaning yetakchi sanoat kompaniyalariga ishga jalb etishni maqsad qiladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar malakali kadrlarni tayyorlash va ularni Koreyada ish bilan ta’minlash bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik shartnomasini imzoladilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎓 Oliy ta’lim bitiruvchilari uchun quvonarli yangilik!
🇺🇿🇰🇷 O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi delegatsiyasi Koreya Respublikasining Geongsangbuk-do provinsiyasi gubernatori Li Chol Vu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va kadrlar almashinuvi imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv natijasida yarimo‘tkazgichlar, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, biotexnologiya, sun’iy intellekt (AI), robototexnika, kelajak mobil texnologiyalari va energetika kabi yo‘nalishlarni tamomlagan yosh mutaxassislar uchun E-7 turdagi ish vizasini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish, Koreyaga kirish va mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini yaratish yuzasidan kelishuvga erishildi.
🧾 Loyihada ishtirok etish uchun talabgorlar:
🌐 “Hududiy E-7 viza sinov dasturi” — xorijiy, jumladan, O‘zbekistondan kelgan malakali mutaxassislarni Koreyaning yetakchi sanoat kompaniyalariga ishga jalb etishni maqsad qiladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar malakali kadrlarni tayyorlash va ularni Koreyada ish bilan ta’minlash bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik shartnomasini imzoladilar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍3
“Oʻzbekfilm”da oliygoh kafedralari filiallari ochildi
“Oʻzbekfilm” kinokonsernida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” hamda “Kino, televideniye va radio rejissyorligi” kafedralari filiallarining tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Kinematografiya agentligi bosh direktori Shuhrat Rizayev, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori Nodirbek Sayfullayev, “Oʻzbekfilm” kinokonserni direktori Bahodir Muhamedov, shuningdek, taniqli kino rejissyorlar, operatorlar, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Taʼkidlanishicha, dual taʼlim tizimining yoʻlga qoʻyilishi — milliy kinematografiya sohasi uchun yangi avlod kadrlarini yetishtirish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi. Mazkur loyiha ilm-fan, ijod va zamonaviy texnologiyalarni uygʻunlashtirish orqali xalqaro talab darajasidagi mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

❤21👍10🎉5😁2🔥1
#xalqaro_anjuman
Toshkentda ESG tamoyillariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
24-oktyabr kuni poytaxtimizdagi “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida “ESG tamoyillari – hududlarni barqaror rivojlantirish va biznesni transformatsiyalash drayveri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti, “INNO” innovatsion texnoparki hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir davomida barqaror rivojlanishning zamonaviy yondashuvlari, ta’lim muassasalari va biznesning ESG tamoyillarini joriy etishdagi o‘rni, shuningdek, mamlakat hududlarida “yashil” tashabbuslarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.
———
В Ташкенте состоялась международная конференция по ESG-принципам
24 октября в инновационном учебно-производственном технопарке “INNO” прошла Международная научно-практическая конференция на тему «ESG-принципы — драйвер устойчивого развития регионов и трансформации бизнеса».
Конференция организована Министерством высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан, Ташкентским институтом менеджмента и экономики, инновационным технопарком “INNO” и Экологической партией Узбекистана.
В ходе мероприятия обсуждались современные подходы к устойчивому развитию, повышение роли образовательных учреждений и бизнеса в реализации ESG-принципов, а также перспективы внедрения “зеленых” инициатив в регионах страны.

1❤19👍1👏1
#Olimlar_minbari
#20-25.10.2025
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“O‘zbekistonning raqamli kelajagini shakllantirishda strategik omil” — To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;
“Suv xo‘jaligini modernizatsiya qilish” — Bahodir MIRZAYEV, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor;
“Global tashabbuslar: jahon integratsiyasi bilan islohotlar hamohangligi” — Muzaffar KOMILOV, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori;
“Inson manfaati va qadri. Yangi O‘zbekistonning oldiga qo‘ygan qat’iy maqsadi mohiyati shundan iborat” — Qalandar ABDURAHMONOV, Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, akademik;
“Yuksalishning tamal toshi” — Jasur RIZAYEV, Samarіand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;
“Oksford bag‘rida quloch yozayotgan o‘zbek madaniyati” — Nozliya NORMURODOVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, professor;
“Vatanimizdek aziz, onamizdek tabarruk” — Gulnora MANSUROVA, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori;
«Узбекистан на пути роста: инвестиции, реформы и новые возможности» — Наргизахон ШАМШИЕВА, скретарь учёного совета Ташкентского государственного экономического университета, профессор;
“Sun’iy intellekt o‘zbek tili istiqboli uchun qanot bo‘lmog‘i kerak” — Abdulhay SOBIROV, Andijon davlat universiteti professori;
«Национальное достояние, отражение мудрости и нравственного богатства» — Гулнора МАНСУРОВА, профессор Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада Ал-Хоразмий;
“O‘zbekiston va YI: o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlar” — Mamarasul XUDOYQULOV, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti dekani, dotsent;
“Strategik rejalashtirish mamlakat aholisi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiridan boshlanadi” — Nurali SAIDOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti;
«Борьба с бедностью: успехи, риски и новые шаги к всеобщему благосостоянию» — Рано АЗИМБАЕВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;
“Yuqori minbarlarni zabt etgan milliy g‘urur timsoli” — Azizulloh OROL, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa instituti dotsenti;
«Узбекистан и Европейский союз выводят партнерство на новый этап развития» — Шохрухбек ТИЛЛАБОЕВ, преподаватель Ташкентского государственного юридического университета;
“Kosmik diplomatiya yangi formatdagi muloqot va hamkorlik maydonini yaratmoqda” — Javohirxon SOBIROV, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi katta oʻqituvchisi;
«Сурхандарья: чего не хватает туристам?» — Мафтуна АШУРОВА, стажер-преподаватель Денауского института предпринимательства и педагогики.

👍8❤3👏1
#qonunchilik_yangiliklari
Sun’iy intellekt bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi startap”, vazirlik va idoralar o‘rtasida “Eng yaxshi loyiha” tanlovlari o‘tkaziladi
“Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–189-son, 22.10.2025 y.) qabul qilindi.
📌 Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
▶️ 2026-yil yakuniga qadar davlat boshqaruvi organlari, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha kamida 100 ta loyihani amalga oshirish;
▶️ 2030-yil yakuniga qadar zamonaviy sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga 1 milliard AQSH dollaridan ortiq miqdorda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
▶️ 2026-yil yakuniga qadar mamlakatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida 15 ta sun’iy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirish.
🗓 2025-yil yakuniga qadar sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar, dasturlar, startaplar va bepul onlayn kurslar haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi “ai.gov.uz” milliy portali ishga tushiriladi.
📝 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
➡️ yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President AI Award) tanlovi o‘tkaziladi;
➡️ davlat organlari, ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqamli transformatsiya holatini baholashda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish ko‘rsatkichlari inobatga olinadi.
🔗 Reyting natijasiga asosan 2026-yil 1-martdan boshlab yiliga ikki marotaba eng yaxshi sun’iy intellekt loyihalarini joriy etgan vazirlik va idoralar o‘rtasida “Sun’iy intellekt bo‘yicha eng yaxshi loyiha” tanlovi o‘tkaziladi.

👍8❤4🔥2