Telegram Web Link
“IV Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” xalqaro forumi o‘tkazildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ikki kun davom etgan xalqaro Forumning asosiy maqsadi — “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, xalqaro va milliy ekspertlar o‘rtasida ilmiy muloqot hamda tajriba almashinuvi platformasini yaratishdan iborat.

Forumning yalpi majlisida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Milliy statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Forum “Yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘nalishlari”, “Bank-moliya tizimi va xususiy sektorni rivojlantirish yo‘nalishlari”, “Mashinali o‘rganish va sun’iy intellekt: ekonometrik tahlilga yangi yondashuvlar” mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, “Korporativ ijtimoiy mas’uliyat, yashil ko‘nikmalar va kelajak kasblari” mavzusida workshop, “Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi – kelajak iqtisodiyot poydevori” xalqaro yoshlar festivali kabi muhim tadbirlarni qamrab oldi.

👉 Batafsil

#XalqaroForum #Uzbekistan2030 #Strategiya

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍106👏2🤔1😱1
#raqamlashtirish #interaktiv_xizmatlar

⚡️Endi o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazish my.gov.uz portali orqali amalga oshiriladi

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushurildi.

👉 Buning uchun my.gov.uz portali orqali “O‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazish” xizmatini tanlang va arizangizni yo'llang.

📆 Xizmat ko‘rsatish muddati — 30 ish kuni.

Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍196🤩3🔥2
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi.

На состоявшемся под председательством Президента Шавката Мирзиёева расширенном совещании рассмотрены ожидаемые результаты экономического развития в текущем году и основные макроэкономические показатели на 2026 год.

#Mirziyoyev #yigilish #iqtisodiyot #byudjet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
9👍2
Xalqaro anjumanda barqaror moliya yo‘nalishlari muhokama qilindi

Bugun, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida “Moliyani qayta tasavvur etish: barqaror va inklyuziv tizimlarga olib boruvchi yo‘llar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman doirasida Bank-moliya akademiyasi Turkiya, Qozog‘iston, Malayziya va boshqa davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.

Kelishuvlar qo‘shma tadqiqotlar, akademik almashinuv va xalqaro treninglarni o‘z ichiga oladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12🔥3👍2👏1
2025/10/29 08:05:17
Back to Top
HTML Embed Code: