Telegram Web Link
🌿 Chiroyli duolar ekan. Sizga ham ilindim dugonajonlar...

Mehribon Rahimli Alloh nomi bilan Boshlayman !

Allohim, Mehribonim,
Rahimli  Rahmonim,
Xoliqim, Razzoqim,
Sultonim, Qiblagohim,
Sajdagohim Gʻoiblarni bilguvchi faqat Sensan, Bizlarni yo‘qdan bor qilgan zot o‘zingsan. O‘zingga banda, Xabibingga ummat qilganing uchun,O‘zini tanittirib Onalik (otalik) maqomini berganliging uchun O‘zingga Shukrlar,
Shukronalar bo‘lsin.
Robbim! Sendan Ojizlik bilan, xorlik, qullik bilan duo qilib so‘rayman o‘zingdan yalinib yolvorib so‘raganim gunohlarimni AFV ET, MAGFIRAT QIL. O‘tmishda qilgan  katta-yu kichik, Kabira va Sag‘ira, Xufyona  va oshkora gunohlarimni O‘zing kechir!Qolgan xayotimni,   umrimni xayrli,  barokatli, mazmunli, savobli amallar bilan o‘tkazishga qodir qil, Robbim! Dinu-Dunyo ishlarimni O‘zing o‘ngla, o‘zing  oson qil, O‘zingdan boshqasiga, xatto o‘g‘il qizlarimgayam bir daqiqa, bir nafas  muxtoj qilma, umrimni uzoq qilginki, sen bergan umrning natijasida tutolmagan ro‘zalarimni tutay, o‘qiyolmagan namozlarimni o‘qiy Sen meni nima uchun  yaratgan bo‘lsang, faqat shu narsa bilan mashg‘ul bo‘lay, Kechasiyu - Kunduzi zikringda bo‘lib, Bergan ne’matlaringni Shukrini qilib, Sening rizoligingni topay, qarilik gashtini farzandlarim ardog‘ida,uylarining to‘rida, qo‘llarim hamisha duoda bo‘lib, Shirin so‘zlik bilan oʻg‘il-qizlarimga, Kelin, nevaralarimga Mehr berib , ulardan mehr-oqibat ko‘rishlikni nasib qil. Qayta-qayta Xaj, umralar qilib Ka’bai Muazzamani Tavoflar qilib, Ka’bapushga bosh qo‘yib erkalanish, Labbayka aytishdek Ulug‘ Baxtni nasib qil! Paymonam to‘lib, Umrim poyoniga yetganida Tahoratli pok xolimda, Men seni suyub turganimda, Sen meni sevib turganingda, Sen menga omonat qilib bergan butun vujudim O‘zimga bo‘ysinib turganida, tillarim zikringni qilgan xolatda, ko‘zlarim kalomingni ko‘rib turganida, Oyoqlarim ilm majlislaridan Uzilmagan vaqtlarida, Peshonam sajdada turgan xolatda,O‘z qo‘llarim bilan ehsonlar qilib, O‘zgalar omonati bo‘lsa Salomat bergan vaqtimda, Rizoligingni Topgan xolatimda, Laa ilaahaa Illalloh Muhammadur Rasululloh Kalimasi Tilimga jo bo‘lgan xolatda Omonatingni topshirishni so‘rayman!

Reaksiya bosib yaqinlaringizga  yuborishni unutmang!

@falsafasi_hayot 🍃
🌿💚....

-Siz yeng!
Ayol go‘shtni erini kosasiga soldi.
-o‘zing ye axir homiladorsanku..-dedi er go‘shtni qaytarib xotinini kosasiga solarkan.

Ayol tuni bilan tarvuz yegisi keldi..ta’mi shu qadar so‘lagi oqdi lekin miq etmadi.Hozir qish eri bechora ertayu kech tinim bilmay ustachilik qiladi.Allohdan o‘ziga sabr tilab uyquga ketdi..
Ertalab uyg‘onib qarasa ostonada tarvuz turibdi.Yonida eri yo‘q..
-uyg‘ondingmi? Bir og‘aynimni qishki tarvuzlari ketmabdi shunga hammaga 10tadan tarqatib chiqyapti!
Ayolni ko‘zidan yosh sizib chiqdi
-har bir farzandni nasibasini berguvchi Allohdir!-dedi shivirlab..

- Nafisa Malikova

@falsafasi_hayot 🍃
🌱 Bu amaki toshkentlik ekanlar ayollarini umraga olib kelibdilar..

o‘zlari hizmat qlib, olib yuribdilar..
ovqatni ham òzlari yedirib qòyar ekanlar..

Besh mahal haramga olib borib kelyabdilar...

Menga 53 yil hizmat qildi: "endi navbat menda" dedilar

Alloh rozi bulsin...

(Makka shahrida Reyhan Al mashair hotel)

©️ Internetdan olindi

@falsafasi_hayot 🍃
🍀 Uyat...

Biri “halol shashliklar bor” deb hayqirsa, kimdir issiq somsa, issiq choy borligini ovoza qiladi, yana kimdir esa plastik kartaga ham savdo qilaverishini jar soladi. Ular asosan oʻrta yoshli kishilar, yigitlar boʻlgani uchun ovozlari jarangdor yangraydi...

Burchakda bir 60-65 yoshni qoralagan, koʻrinishidan qarovsiz ekanligi yaqqol namoyon boʻlayotgan onaxon roʻmol ochib eski kiyilgan kiyimlar, ishlatilgan roʻzgʻor buyumlari, oʻqilgan kitoblar yoyib oʻtiribdi. Juda tanish chehra... esladim: ishga shoshayotgan paytim bu onaxondan pirashka olib yeb ketardim. Uning hech kimi yoʻqligi, oʻz qornining gʻamini shu yoʻl bilan yeyishi haqida eshitganlarim ham bor edi.

Kitob qiziqishida yoniga yaqinlashdim va “ona, endi pirashka sotmaysizmi?”- deb soʻradim. Onaxonning javobidan qattiq taʼsirlandim, atrofdagi sotuvchi-jarchilarga qaradim-u koʻzimni yerga oldim:
– Hozir Ramazon oyi-ku, uyat boʻladi, bolam, uyat....

Odinaxon Abduvoxobova


@falsafasi_hayot 🕊
🌿 Ayol makri...

Bir kishi yo‘lda ketayotib, bir quduq yonida turgan ayolga duch keldi.

Kishi unga yaqinlashdi.
Ayol qo‘rqib ketdi.
Shunda erkak: “Qo‘rqma!
Sendan bir narsani so‘ramoqchiman.

Ayol makri nima?” deb so‘radi.

Ayol bir oz o‘ylanib turdi-da, keyin dod solib yig‘lay boshladi.

Uning ovozini butun qishloq eshitdi. Erkak qo‘rqa-pisa ayoldan nega bunday qilganini so‘radi.

Ayol: “Ovozimni qishloq ahli eshitib, bu yerga kelishsin va seni o‘ldirishsin deb shunday qildim”, dedi.

Erkak: Sendan makr haqida so‘radim, xolos-ku! Yomon niyatda biror gap aytdimmi?” dedi.

Shunda ayol o‘rnidan turdi-da, bir chelak suvni o‘z ustidan quydi. Erkak uning bu ishidan ajablandi. Undan nega bunday qilganini so‘radi.
Ayol endi gapirmoqchi edi, qishloq ahli kelib qoldi. Erkak ulardan qo‘rqib, “Bular hozir meni o‘ldirishsa kerak”, deb o‘yladi.

Ayol qishloq ahliga: “Suv olmoqchi bo‘lib quduqqa engashgan edim, bexosdan unga tushib ketdim. Bu odam meni qutqardi”, dedi.

Odamlar boyagi kishiga tashakkur aytib, unga ko‘p sovg‘a-salomlar in’om etdilar. Erkak ayoldan nega shunday qilganini so‘radi.

Ayol: “Ayol makri mana shunaqa bo‘ladi.
Agar unga ozor bersang,
Seni o‘ldiradi.
Agar u rozi bo‘lsa,
Seni baxtli qiladi”, deb javob berdi...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Koʻp qon yoʻqotib, hushidan ketayotgan Umar roziyallohu anhu:

“Namoz! Namozimni toʻliq oʻqimadim-ku!” der edilar. Umarning oʻy-fikrlari namozda edi, bola-chaqa, mol-dunyo haqida oʻylamadilar.
Sahobalar: “Alloh yordam bersin, oʻqib oling!” dedilar. Namozlarini toʻliq ado qildilar. Jon berar chogʻlarida ham:
“Namozga mahkam boʻling! Namozga beparvo boʻlmang! Namozni tark qilgan kishining Islomda nasibasi yoʻq! Namozini saqlaganni Alloh saqlaydi, namozni zoye qilganni Alloh zoye qiladi!” dedilar.

“Qalblar tizgini” kitobidan

@falsafasi_hayot 🍃
🌹Jannat hovlilari zikr bilan quriladi. Zikr to‘xtasa, ularning qurilishi ham to‘xtab qoladi.
«Subhanalloh, valhamdulillaah, va laa ilaaha illalloh, vallohu akbar!»

🕊🕋ASSALOMU ALAYKUM!🕌🕊
🦋Yangi tong muborak bo‘lsin!🦋
🌺Bugun 19- iyun, payshanba! +40°+23°☀️


🤲🏻🕋Allohim barchamizga: ~
Bomdod namozi ila boshlanib, tahajjud namozi ila tugaydigan kunlarni nasib etsin!

🤲🏻🕌Qalbimizga, duolarimizga yashayotgan jondan aziz insonlarimizni Allohim panohida asrasin!

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Men bilan birga keksaysang..
Senga kitob o'qir,
Choy damlar,
She'r yozar edim..
Va har yangi tongimiz uchun shukrlar qilaman,
So'ng ko'zlaringga qarab "Omiyn" deyman.
Bu tong ham seni ko'rdim,
Demak kunim shirin o'tadi
Men hamma kabi emas,
Duolarim kabi sevaman seni.
Qalbimda,
Ko'nglimda to'lib toshayotgan yashirin
Izhorim kabi...
Kim ham sevmay turib duo qilardi?

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Islomni yaxshilab o‘rganib chiqqan rohib Islomni qabul qilganidan keyin shunday deydi:

- Tabbat (ya’ni Masad) surasida juda g‘aroyib moʻjizaga guvoh bo‘ldim. Alloh taolo bu surada Abu Lahabning iymon keltirmasligini bildirgan edi. Bu sura nozil bo‘lganidan keyin yana 8 yil yashadi. Agar Abu Lahab xohlaganida yolg‘ondan bo‘lsa ham iymon keltirib, bu surani yolg‘onga chiqarishi mumkin edi. Lekin shunda ham Abu Lahab iymonsiz o‘lib ketdi. Agar Qur’oni Karimni Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘ylab topganida edi, bunday katta xavfga (Abu Lahabga tuhmat qilish xavfiga) yaqinlashmagan bo‘lardi.
Bu shuni anglatadiki, Alloh taolo qadimni ham, kelajakni ham kamchiliksiz, mukammal tarzda biladi. Mana shuning uchun ham men Islomni qabul qildim.

© Abdulloh Rahimboyev tarjimasi


@falsafasi_hayot 🍃
Qur'on kitobini ochdi va eri o'lganidan so'ng odatga aylanib qolgan yumushi - 'Yosin' ni o'qishga kirishdi. Erining haqqiga duo qildi, o'qigan surasining savobi unga yozilishini Allohdan so'radi. Hali ham esida: turmush o'rtog'i bilan ahdlashgan edi - kim avvalroq olamdan o'tsa, ikkinchisi albatta umrining so'ngiga qadar unga bag'ishlab Qur'on tilovat qiladi, uning haqqiga duolar qilishdan charchamaydi. Ayol va'dasiga vafodor qoldi.

— Ahmad Lutfiy Qozonchi
📚"Qaynona" asaridan


@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Xayrli bo‘lganida edi, bo‘lardi...
Xayrli bo‘lganida edi, davom etardi...
Xayrli bo‘lganida edi, kelardi...
Xayrli bo‘lganida edi, qolardi....
Ammo unday bo‘lmadi.
Shunday ekan;

📿 -Alloh biladi, siz bilmaysiz.
(Baqara, 216-oyat.)

@falsafasi_hayot 🍃
Qorabog‘da shahid ketgan bir do‘stimning uyiga borgandim... Uning besh yoshli qizi tizzamga kelib o‘tirdi. Uning qo‘lida pufagi bor edi... 🎈

— Qizim, kel shu pufakni birga o‘ynaymiz...
—Yo‘q, yorilib ketadi...
— U yorilsa senga minglarcha pufak olib beraman.
— Yo‘q, amaki. U yorilsa men o‘laman. Bu pufakni dadam shishirgan. Uning ichida dadamning nafasi bor.... 😔😞

@falsafasi_hayot 🍃
🍃 ...Holsizlikdan ko‘zlaringni yumma, bolajon! «Keling, tarozida tortiling», deya ortiq yalinma! Boshingni, ovozingni ko‘tar! Atrofingdagilarga tik boqib:
- Ey maxluqot, orangizda odamlar bormi? Odamlar bo‘lsa, kelsin, bu tarozida insof tortaman, bu tarozida vijdon tortaman! Gʻaflatda qolmang, vijdoningizni, insofingizni o‘lchab ko‘ring! Suv tekinga tortaman, – de...

Bo‘yningni qisma, boshingni egma!
Bilasanmi, sen kimsan? Sen bizning tarozibonimizsan! Erta bir kun kelishi aniq bo‘lgan MAHKAMA KUNIda sening ahvolingga ko‘z yumgan qancha-qancha man-man deganlarning boqiy taqdiri shu mitti tarozing – toshi ko‘ngil siniqlaringdan bo‘lgan tarozing o‘lchovlarida hal bo‘ladi. Sen shunaqa KATTA ODAMsan...

- Dilfuza Komil

@falsafasi_hayot 🕊
🌿💚 Duolar ijobati...

"Sen hech nimaning g'amini yema. Ro'zg'or, to'lovlar, bozor-o'charni o'ylama. Biror muammo, kamchilik bo'lsa, menga ayt. Bularni hal qilish mening zimmamda. Senga shundoq ham ayollik, onalik vazifalaring yetib ortadi..." Yigit barcha va'dalarining ustidan chiqdi. Endi uning ham go'zal bir oilasi bor. Ertalablari turmush o'rtog'i va farzandlari uchun nonushta tayyorlash, ularni ish-o'qishiga kuzatish, kechqurun totli bir taom bilan ularni kutib olish yoqimli yumushiga aylangan. Uning kundalik vazifalarini bekamu ko'st bajarishidan, pazanda, pokiza ekanligidan turmush o'rtog'ining boshi osmonda. U esa erining oilasi va farzandlari uchun qilayotgan yaxshilik va g'amxo'rligidan hayratlanadi. Shunaqa mehribon, pok insonni unga ro'para qilgan Yaratganga shukrona aytib charchamaydi. Eng katta orzulari amalga oshib, o'g'il farzandli ham bo'ldilar, uy oldilar, keksa onasini ham yoniga ko'chirib keldilar. Ikki yarim ko'ngil birlashib, bir butun insonga aylandilar....

@falsafasi_hayot 🍃
🍂 1998 yillar, 2-sinf o‘quvchisi edim. Onam bilan yolg‘iz yashardik. Otam necha kunlarda bir ko‘rinib turar, chunki yana bir oilasi bor edi. Yeb-ichishimiz onamning maoshlari hisobidan, onam maktabga dars berar edilar. Bir kuni onam tog‘amnikiga borishimizni aytib qoldilar. Sevindim, chunki tog‘amni uyi katta, puli ko‘p va judayam ko‘p mazali shirinliklar makoni edi. Avtobusga mindik, nogahon ko‘zim onamning hamyonlariga tushib qoldi. Bir dona 5 so‘mlik, oxirgi pul va shu pulni yo‘l kira uchun to‘ladi. Manzilga yetib keldik va ozgina piyoda yurib tog‘amning uyiga yaqinlashdik. Tog‘amning mashinasi ko‘rinmasdi, asosan tashqarida turardi. Uyni taqillatdik, eshikni tog‘amning xotini kelinoyim ochdi. Ichkariga kirdik va har doimgidek men katta hovliga yugurdim, chunki o‘zimiz bir xonali kvartirada yashardik.
O‘ynab-o‘ynab onam va kelinoyim turgan xona derazasi oldiga keldim va suhbatlarini eshitib qoldim. Kelinoyim tog‘amni cho‘ldaligini, hozir xech qanday yordam berolmasligini takrorlar edi. Onam esa yalinar, iltimos qilar edilar. Men onamni bunaqa ahvolda birinchi marta ko‘rib turardim. O‘yin, hovli esimdan ko‘tarildi. Sal turib onam xonadan chiqdilar va menga ketishimizni aytdilar. Bu holatdan men garangsirab qolgandim, chunki tog‘amnikidan bu ahvolda hech tez qaytmaganmiz. Hayrlashib turgan payt onam "Aqalli 5 so‘m berib turing, iltimos uyga qaytishga avtobusga pulim qolmadi" deb yana yolvorib so‘radilar. Kelinoyim esa yelka qisib, seyfni kaliti tog‘amdaligini, uyda umuman pul yo‘qligini aytdi. Xayrlashib, uydan uzoqlasha boshladik. Yo‘lda onamga bir necha savollar bermoqchi edim, lekin onam ko‘zlaridan yosh oqardi, judayam qayg‘uli yig‘lardilar...
Sal turib onam uyga piyoda ketishimizni, qaytishda yo‘l kiraga pul qolmaganini aytib qoldilar. Men buni sezgandim, onamga piyoda ketishimizga roziligimni, xafa emasligimni aytdim, onam yana yig‘lay boshladilar. Uyimiz 10 kilometrlar orasida edi.
Shunda ko‘zlarim osmonga boqardi, ichimda bir gap aylanardi, "Yo Alloh, hamma sendan qo‘rqadi, sen o‘zing tengi yo‘q kuch sohibisan, hamma narsaning egasisan. Menku piyoda ketaman, lekin onamni men uchun yig‘latma, onamni men uchun yig‘latma..."
Bu orada o‘zimning ham ichim to‘lib keldi, lekin sezdirmadim...
... Shu payt oldimizdan katta tezlikda ko‘k rangli "RAF" mikroavtobusi o‘tib qoldi. Ko‘cha oxirida tezlik bilan chapga, katta yo‘l tomon qaytdi. Hamma yoq chang bosib, atrofni arang ko‘rib bo‘lardi. Katta yo‘lgacha yana kamroq yo‘l qolgandi va noiloj shu changlar orqali borishimiz kerak edi. Noiloj arang changlar orasidan yura boshladik va ne ko‘z bilan qaramay, osmondan changlar orasidan pullar yog‘ilardi. Haqiqiy pullar...3, 5, 10 so‘mlik pullar. Quvonganimdan pullarni sakrab-sakrab terardim. Qo‘llarim pulga to‘lib onamni oldilariga kelganimda onam yerga o‘tirib, ro‘mollarini tishlab yig‘lardilar, goh menga goh osmonga qarab yig‘lardi. "Onajon, endi piyoda ketmaymiz, Alloh bizni eshitdi, Alloh yordam berdi" deb xursandligimdan baqirardim. Onam esa ko‘z yoshlarini to‘xtatolmasdilar. Uyga qaytdik va shu kuniyoq onam bayramlarda pishiradigan, mening sevimli qozonkabobimni pishirdilar, judayam xursand edik. Bu xodisadan keyin mening yagona tayanchim, qalqonim va sirdoshim Alloh edi. Allohga ming shukrlar bo‘lsinki, onam sababli oliy ma’lumotli, oilali va hozirda katta tadbirkorlik faoliyati sohibiman. Jajji qalbdan chiqib, Allohga yetib borgan murojaat sabab, yillar davomida Allohning marhamatiga, kuch qudratiga ishonch orqali qalbda iymon mustahkamlanib boraverdi.
Bu boshimdan o‘tgan "Hayotdagi qiyinchilarim" kitobimning bir bo‘lagi...
Bolaga yoshligidagi ishonch va mehrini so‘ndirmang, uning ulug‘lanishiga ishoning, yoshligidan Allohning borligiga ishontiring...

©️ Azizjon (ijtimoiy tarmoqdan olindi )

@falsafasi_hayot 🍃
Er har kuni ishdan kelib xotiniga:
- Choy damla, bor, - derkan.
Bir kun xotinining jahli chiqib:
- Har kun shu ahvol. Bor choy damla, ovqating tayyormi, - deysiz. Qachon biz ham madaniyatli insonlarga o'xshab gaplashamiz, - debdi.
Bu gap erini o'yga solibdi. Ertasiga eri ishdan kelib xotiniga:
- Azizam, Sahobalar qissalarini o'qiganmisan?
- Yo'q.
- Abdulbasitning qiroatlarini eshitganmisan?
- Kim u?
- Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) payg'ambarimizning birorta hadislarini yodlaganmisan?
- Yo'q yodlamaganman.
- Shariat ahkomlarini shariy hukmlari haqidachi?
- Yo'q, eshitmaganman.
- Tur, unda choy damla!

@falsafasi_hayot 🍃
✒️💔 Ziqna zaqqum...

(Bo‘lgan voqea)

Kiyimlarining oxori to‘kilib, eskirib ketgan ayol, eriga yolvordi: "Jon adasi, iltimos... Bozorga olib tushing. Ustimga u-bu narsa olib bering. Kiyimlarim eskirib, ilma-teshik bo‘lib ketdi. Kiygani uyaladi odam. Rosayam vilyur xalat kiygim kelyapti. Olib beraqoling iltimos, jon adasi..."
Necha oydan beri eriga yalinadi. Ziqna, qurumsoq eri o‘ziga olsa oladiyu ayoliga qaramaydi. Uning ayoliga qarab, aytadigan bir shiori bor: "Erkak ko‘chaniki... Doim o‘ziga qarab yurishi kerak. Ayol uyniki... Ayolga shart emas har xil qilib kiyinib...Boringni kiyib yuraver!"
Og‘ir ishlarni hammasini ayoliga qildiradi. Ayolning vazifasi deb biladi. Ayolning yuki yengillashsa, boshga chiqadi deb o‘ylaydi. Shundan qo‘rqib, ayolini tindirmaydi. Erning qo‘liga qaragan inson, uning hech mehnat qilmasligini yaxshi anglaydi. Qo‘li huddi go‘zallik salonidan chiqqan hurliqoning qo‘liga o‘xshaydi.

Oylar o‘tib, erini bozorga ko‘ndirgan ayol, harxasha qila-qila muzqaymoqqa yetishgan boladek hursand...
Oldirdi...Vilyur ko‘ylak oldirdi. Hursand bo‘lib ketganidan: "Adasi Alloh rozi bo‘lsin. Pulingizni barakasini bersin," dedi quvonib. Er: "Afiristlik qilmasdan tez-tez yur. Yaxshi gapirib yana u-bu narsa oldirmoqchi bo‘lsang xomtama bo‘lma...", dedi qadamini tezlatib.
Erining orqasidan pildillagancha yurib ketar ekan, ko‘zi kabobga tushib, yutinib qo‘ydi. Uydan chiqarkan o‘zicha hayol qilgandi..."yaxshi gapirib, kabobgami, lavashgami ko‘ndiraman. Er-xotin gaplashiib mazza qilib, o‘tirib yeymiz", deb. Eriga hech narsa deyolmadi.
Uyga kelgach bir kun avvalgi moshxo‘rdasini isitarkan, eri oshxonaga mo‘ralab: "Menga ovqat tayyorlama. Bugun o‘rtoqlarim bilan kabobxo‘rlik qilamiz. Birozdan so‘ng ketaman", dedi ayoliga kiyim olib berib, katta ishni qoyillatgan erkakdek. Ayol yig‘lagudek bo‘ldiyu sekingina "xop", dedi. Bolalari bilan o‘tirib,
ovqatlanarkan o‘pkasi to‘ldiyu sabr bilan ko‘z yoshini ichiga yutdi...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿...
... Bir tanishim aytib qoldi:
— Ertalab bomdoddan oldin aeroportda arab mehmonlarni kutib oldim...
Aeroportdan mashinada mehmonxona taraf yo‘l oldik... Arab shayx to‘satdan yo‘laklarni supurayotgan ayollarni ko‘rib, "Bular kimlar..?" deb savol berib qoldi...
Men ahamiyat bermasdan "Ha shu ko‘cha supuruvchilari...", dedim...
Shayx "Ular musulmonmi..?" dedi...
Men "Ha alhamdulillah..." desam, Shayx ho‘ngrab yig‘lab yubordi, "Nahot biz musulmonlar onalarimizni shu holatga solib qo‘ygan bo‘lsak..?! O‘z onalarini ko‘cha supuruvchilari qilib qo‘ygan qavm qaydan najot topsin..?!"

Uni yig‘laganini ko‘rib men terlab ketdim, shuncha vaqt o‘sha ayollarga ahamiyat bermagan ekanman, deydi...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Payg‘ambar alayhissalomning qizlari hazrati Fotima bir kuni kasal bo‘lib qoldi. Negadir ko‘ngli anor tusadi. Buni eri - hazrati Aliga aytdi. Hazrati Ali bozorga chiqib, bir dona anor sotib oldilar. Chunki pullari faqat bittagina anorga yetdi.

Bozordan qaytayotsalar, yo‘lda tilanchi uchrab, qo‘llaridagi anorni so‘radi. Iymon va hayolari qo‘ymay, anorni ikkiga bo‘lib, yarmini gadoga berdilar. Tilanchi xursand bo‘ldi. Uyga kelib, hazrati Ali anorning yarmini ayollariga berdilar va uzr so‘radilar. Hazrati Fotima uzrni qabul qilib:

- Alloh sizdan rozi bo‘lsin, ajr-mukofot bersin, - dedi.
Oradan hech qancha fursat o‘tmagan ham ediki, eshik taqillab qoldi. Hazrati Ali ochib qarasalar, eshik oldida Salmon Forsiy turibdilar. Qo‘llaridagi idishda to‘qqiz dona anor.

- Bu anorlarni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam berib yubordilar, - dedilar Salmon.

- Bo‘lishi mumkin emas, agar Rasululloh berib yuborganlarida o‘n dona bo‘lishi kerak edi. Chunki Alloh bir yaxshilikka o‘n yaxshilik beriladi, degan.

Shunda Salmon Forsiy cho‘ntaklaridan o‘ninchi anorni chiqarib:

- Barakot uchun olib qolgan edim, - dedilar.

@falsafasi_hayot 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️Farzand kuyib qolsa ota-onani haqqi qolmaydimi?”


Bu savol sizni ham o‘ylantirdimi?
Javobini bilib oling!!!

Buni hamma ota ona bilishi shart📌
2025/06/27 12:51:53
Back to Top
HTML Embed Code: