Telegram Web Link
🍂 Alloh taolo hordiq uchun yaratib qoʻygan tunga yetdik...

Ilohim har bandani xotirjamlikda, shukrga toʻla qalb bilan tongga yetkazsin!

Yaqinlaringiz qalbingizni anglagan boʻlsin...

Siz suyganlar va sizni suyadiganlar - suyaydigan boʻlsin! Tirgaydigan boʻlsin!

Umringizning necha kuni bor, necha tuni bor - yaxshi insonlar yonida kechsin!

Osuda tun tilaymiz, Alloh taoloning panohida boʻling!

— UmmuZaynabUmmu

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Bugun haqiqiy sadoqatni koʻrdim...

Misrlik ayol, 8 yildan beri kasal erini yelkasida koʻtarib yurar ekan.

Hali turmush qurishganiga 1 yil boʻlmasdan, kuyov bolani moshina urib, oyoqlari ishlamaydigan boʻlib qolibdi. Er ayoliga istasang uyinga ketishing mumkin deb taklif berganida: “Sizni qanday boʻlsangiz shundayin qabul qilaman, kerak boʻlsa ishlayman! Robbimning menga bergan barcha narsasiga rozi boʻlaman” deya javob beribdi... Shu-shu, mana 8 yildan beri ayol, erini yelkasida koʻtarib domga olib kirar, domdan olib chiqib yurar ekan... Erning mol dunyost yoʻq boʻlsa ham uni tashlab ketmadi. Mashaalloh(

Haqiqiy solih hamda solihalar shunday sadoqatlik boʻladi deb oʻylayman...

Er ham  ayol ham turmushining yaxshi kunlarida ham, ogʻir kunlarida ham u bilan birga boʻladi... Shunday ayollarimizga Allohning rahmati, oʻzining jannati boʻlsin!

@falsafasi_hayot 🍃
— Toqatim toq bo'ldi ketaman))
— Qayoqqa?
— Onamnikiga
— Ketsang ketaver
— Yo'lkiraga pul bering
— Mana ol, ketaver...

Bu yetmaydi, qaytishimgachi? 😊

©hijobiya1

@falsafasi_hayot 🍃
​​🌿 O‘kinmang...

🍃 O‘kinmang! Bisotingizdagi boylik, osmono‘par binolar, gulzor bog‘laringiz bo‘laturib g‘amga botsangiz, ular sizga tuganmas baxtni va’da qilmaydi. Aksincha, nadomat va g‘am-anduhingizni ziyoda qilsa qiladi, aslo kamaytirmaydi...

🍃 O‘kinmang! O‘kinaversangiz, tabobat giyohi, dorixona dorilari, tabib ko‘rsatmasi sizga foyda bermaydi. Chunki siz qayg‘uni qalbingiz to‘riga joyladingiz, uni ko‘zlaringizga muhrladingiz, qalbingizga yoydingiz, jismingizni u bilan o‘rab oldingiz...

🍃 O‘kinmang! Sizda duo qilish imkoni bor. Tanangizni Rabbingizning rahmat va marhamat ostonasiga tashlashga qodirsiz.  Molik va Qodir Zot eshigi oldida maskan tutish imkoniyatiga egasiz. Ixtiyoringizda duolar mustajob bo‘ladigan vaqt – kechaning oxirgi uchdan bir qismi bor. Bisotingizda peshonangizni sajdaga qo‘yish soatlari bor.

🍃 O‘kinmang! Chunki Alloh taolo siz uchun yerni va  undagi bor narsalarni yaratdi. Siz uchun go‘zal bog‘larni o‘stirdi. U bog‘larda va mevalardan har turli go‘zal juftlarni, tizilgan mevali novdalari bo‘lgan baland xurmolarni undirib-o‘stirdi. Yaltiroq yulduzlarni, anhoru buloqlarni siz uchun yaratib qo‘ydi-ku. Shuncha ne’matlar uzra bo‘la turib, nega g‘amgin bo‘lasiz..?!

🍃 O‘kinmang! Chunki siz zilol suvlar, musaffo havolardan bahra olyapsiz. Oyoqlaringiz salomat, osoyishta tunlarda tinch, oromdasiz...

@falsafasi_hayot 🕊️
🌿 Ota qiziga "Falonchi sizni zikr qilmoqda" dedi, qiz tabassum qildi. Shu bilan rozilik berdilar.

Nazokat, farosatni qarang! Ota va qiz bir-birini tushunishini qarang! Bu ota Muhammad sollallohu alayhi va sallam, qiz esa Zaynab roziyallohu anho edilar!

@falsafasi_hayot 🍃
Men senga onam haqida aytib beray-ki , farzandlarimiz mo'jiza haqida so'rashganida aytib bergin  . . .

Ba'zida insonlar ozgina haqlari uchun ham , arzimagan narsa bo'lishiga qaramay seni malomat qilib sendan rozi emasliklarini aytib qalbingni qiradilar ,

Onalar esa , sening ustingda  sen ado qila olmaydigan darajada haqqi borligini bilsada , Onajon sizni yaxshi ko'raman degan bir og'iz so'zing uchun ham o'z haqlaridan kechib yuboradilar . . .🦋

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Namoz (hikoya)

Bir otaxon urush yillarida boshidan o‘tkazgan voqealarni hikoya qilib berdi:
- “O‘n ikki ming kishi olmonlar lagerida tutqun edik. Bizga umuman ovqat berishmasdi. Avval o‘t-o‘lanlarni yedik, qancha odam shishib o‘ldi. Keyin tomirlarni kavlashga tushdik, chunki yer ship-shiydam cho‘lga aylangandi. Har kuni yuzlab odam jon berar, mening ham ajalim ko‘zim oldidan o‘tardi. U yerlardan qutulib chiqishga zarracha ishonch yo‘q edi. Shunda ibodatga qattiq berildim. Oldin ham namoz o‘qirdim, lekin o‘limga ro‘para turib ado etganlarim boshqacha bo‘ldi. Qulluq-niyoz faqat Allohga edi. Undan boshqasini unutgan, Undan boshqasidan umidimni uzgandim.
Shunday kunlarning birida chekkaroqda xufton namozini o‘qiyotsam, yonimga bir narsa tap etib tushdi. Namozni tugatib qaradim, simning u yog‘idagi soqchi o‘sha narsaga imo qildi-da, nari ketdi. Olib ochsam, qo‘rda pishirilgan kartoshka ekan! Yuragim hapqirishini ko‘ring. Darhol qo‘ynimga tiqdim. So‘ng uxlagan bo‘lib, sekin shima boshladim. Chaynashga qo‘rqaman, chunki og‘zimda bir narsa borligini bilishsa, meni talab ketishlari aniq edi.
Ertasiga haligi askar yana kartoshka tashladi. Ikki kundan keyin yana… Kunora kelib turgan rizqim menga quvvat bag‘ishlardi. Askar bilan shu tariqa “og‘a-ini” bo‘lib oldik.
Qisqasi, rizqim tugamagan ekan, yetib turdi. Uni qayerdan, qanday yetkazishni rizq beruvchi Zot yaxshi biladi. Ammo, bolalarim, bu rizq faqat namozim sababli edi. Axir namoz o‘qimasam, o‘sha askar meni shuncha mahbus orasidan qanday tanib olardi?!
Shunday qilib, o‘lim lageridan omon chiqdim. So‘ng bizni konlarda ishlatishdi. Qancha odam u yerda o‘lib ketdi. Men esa Allohning marhamati bilan yana omon qoldim. Sovetlar g‘alaba qozonganidan keyin mahbuslarning ko‘pchiligi, sotqin, deya otishga, qamoqqa hukm qilindi, ammo mening peshonamga omonlik yozilgan ekan, sog‘-salomat yurtimga qaytdim. Shuning uchun hamisha Allohga suyaninglar, namoz bilan Allohdan madad so‘ranglar…”

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Boʻlgan voqea…

U xufton namozini o‘qib, ayolining oldiga kirdi. Farzandlari uxlab yotgan edi. Ayolidan so‘radi:
— Bolalar namoz o‘qishdimi?
— Yo‘q, uyda biron yegulik qolmagan, ozgina ovutay desam, namoz o‘qimay uxlab qolishdi, dedi ayoli.
— Uyg‘ot, namozlarini o‘qib olishsin.
— Begim, o‘yg‘otsam, ochlikdan yig‘lashadi, yegani biron narsa yo‘q axir.
— Menga ularni namozga buyurishim amr etilgan, rizqlariga kafil emasman. Uyg‘ot, rizqlari Allohning zimmasida. Buni O‘zi aytgan:
«Ahlingni namozga amr et va o‘zing unga sabr qil. Biz sendan rizq so‘ramasmiz. Biz senga rizq berurmiz. Oqibat taqvonikidir».
(To ho surasi 132-oyat)

Ayoli tushunib, farzandlarini uyg‘otdi. Ular namozlarini o‘qib bo‘lishgan edi ham, eshik taqilladi.
Qarashsa, ostonada bir badavlat odam qo‘lida anvoi ne’matlar ko‘tarib turibdi. — Mana bularni olib, oila ahlingiz bilan yesangiz, deb, qo‘lidagilarni uzatdi.
— Uzr, siz kim bo‘lasiz, bular nima? — deb so‘radi uy egasi.
— Uyimga shaharning boobro‘ bir kishisi kelgan edi. Bu yeguliklarni u uchun hozirlagan edim. Lekin taomni boshlashdan oldin u bilan tortishib qoldik. Keyin u hech narsa yemaslikka qasam ichib, chiqib ketdi. Men bularni qo‘limga oldim-da, kimning eshigi oldida to‘xtasam, o‘shanga beraman, dedim. Alloh nomiga qasamki, ko‘p uylardan o‘tib, sizning ostonangizda to‘xtab qoldim. Qasam ichaman, bu yerga qanday kelganimni ham bilmayman, dedi.

«Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin».

(Ibrohim surasi 40-oyat)

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Ushbu rasmdagi daraxtga Alloh taolo yaratgan eng muborak ko‘zlar — Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ko‘zlari tushgan ekan.

• U zot sollallohu alayhi vasallam savdo ishlari bilan Shomga borganlarida, uning soyasida dam olgan ekanlar.

• Allohning qudratini qarangki, ushbu sahroda bundan boshqa daraxt yo‘q.

• Shuningdek, daraxt biror marta qurimagan.

• Hozir u Iordaniya hududidadir.

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Sizdan yolg‘izlikning halovati haqida so‘rashadi...

Siz so‘raganlarga:

"Yolg‘izlik - g‘iybatdan qutilish rohati...
Aytdi-dedilardan qutilish rahmati...
Sizga tasalliy beradigan va hamdard bo‘ladigan kitob ila suhbatdosh boʻlish halovati deb ayting.... Vassalom...!

@falsafasi_hayot 🍃
🌿🖤...

— Gulim, qorong'ida qo'rqmay o'tiribsanmi? Bolalar uxlab qoldimi? ... Yo'ldaman, gulim, kelyapman. Senga shashlik oldim, issig'ida yeb olasan... Qorning ham ochib ketgandir?.. Bilamanku, kech bo'lsa ham meni kutib ovqatlanmaysan. Men esa ovqatlanib kelyapman... O'zim yegan narsadan senga ham ilindim...

***

Muhabbat - bu o'zi taomlanganida ayoliga ham ilinmoq... va uni ham
taomlantirmoq...

@falsafasi_hayot 🍃
❤️ Erning vazifalari

1. Ayolidan va farzandlaridan xabar olish;
2. To‘laqonli ta’minlash;
3. Bolalar tarbiyasida ishtirok etish;
4. Ayoli bilan dildan suhbat;
5. Oila a’zolariga ta’lim,  tarbiya va ilm olishiga yo‘l ochib berish;
6. Farzandlari va ayolini kuniga 5 marta quchoqlash;
7. Dam olishga olib chiqish va sovg‘a-salomlar;
8. Mehr berish;
9. Nazorat va qizg‘onish;
10. Ayolining xatolarini yuzma-yuz o‘tirib muhokama qilish;
11. Har doim yordam berish;
12. Himoya.

@falsafasi_hayot 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝🏻 Natijasidan juda koʻp bora foydalanilgan;

Baxtli hayotga olib chiquvchi;

Yoʻllarni ochuvchi;

💰 Rizqni kengaytiruvchi juda kuchli USUL🤲🏻

Tinimsiz 40 kun chin ixlos bilan, eng avval Alloh rizosi uchun, soʻngra orzu-niyatlatingizni aytib "LA ILAHA ILLA ANTA SUBHANAKA INNI KUNTU MINAZ ZOLIMIYN" ni takrorlab yuring. Bu duo Yunus a.s. ning duosi boʻlib, shu duo ila 40 kundan 🐳 Kitning qornidan tirik chiqqanlar! Inshaallah sizga ham manfaatli boʻladi ☺️🤲🏻

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Ushbu suratdagi onaxon o‘g‘lining talaba bo‘lganini eshitib quvonchdan unga mashina olib berishga qaror qiladi va avtosalonga boradi.
Onaxonning kiyinishiga qarab baho bergan menedjer qiz unga mashinaning o‘rniga eshikkacha kuzatib qo‘yishi va taksi chaqirib berishi mumkinligi aytadi. Jahli chiqqan onaxon salondagi eng qimmat mashina qaysiligini so‘rab, uni sotib oladi.
Chiqib ketayotib, o‘sha menedjer qizga yaxshiyamki quldorlik zamonida emasmiz, bo‘lmasa seni ham qo‘shib sotib olardim debdi.

Odamlarga kiyinishiga qarab muomala qilishni bas qilaylik. Eng qimmat kiyimlarni kiysakda, qiyomatgacha tanamizni 2 metrli kafan o‘rab turadi, eng hashamatli uylarda yashasakda 2 metrli tuproq abadiy makonimiz bo‘ladi.
Gap qanaqa kiyimu, qanaqa uyda emas, aslida kimmiz... Insonmizmi...

@falsafasi_hayot 🍃
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ASTAGʻFIRULLOHA VA ATUBU ILAYH🤲🏻

SHU ISTIGʻFORNI TO‘XTAMAY AYTING VA BARCHA YeTOLMAGAN ARMONLARINGIZGA YETASIZ

☝️DO‘STLARINGIZGA HAM ULASHING!!!

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Ota yuki...

— Yana qiz tugʻdingmi? Bu uchta qizni boshimga uramanmi? Bunisi oʻgʻil boʻladi, deganding-ku… — Qahramon darvozadan ukasi yetaklab kirgan xotiniga jahl bilan oʻshqirdi. Bunga tayyor kelgan xotini ham “Sekin, bolani choʻchitib yuborasiz”, degancha indamay ichkariga kira boshladi. Qaynonasi keliniga koʻmaklasharkan, oʻgʻlini urishib berdi:
— Hali shu qizlaring shunday farzand boʻlsinki, ming oʻgʻilning oʻrnini bossin! Shukr qilmaysanmi? Tirnoqqa zor oʻtayotgan qancha…
— E… sizga faqat keliningizning yonini olish boʻlsa…
Suyunchini eshitib ham tugʻuruqxonaga bormagan Qahramon shu onda uyiga sigʻmagan boʻlib, shart koʻchaga chiqib ketdi. Yoʻlida esa unga oshnasi Ibrohim duch keldi.
— Doʻstim, farzandli boʻlibsan, tabriklayman. Ammo bir xabar bor. Mirzo aka oʻtib qolibdilar. Soat ikkida chiqarisharkan. Janozaga aytib yuribman. Esingdan chiqmasin, oʻsha yerda koʻrishamiz.
…Jamoat toʻplangan. Mayitni tobutga solib, olib chiqishdi. Janoza namozini oʻqish oldidan imom Mirzo akaning ikki oʻgʻlini oldiga chaqirdi. “Otangiz hayotlik paytlarida kim bilandir oldi-berdisi yakuniga yetmagan boʻlsa yoki kimlardandir olgan qarzlari boʻlsa, qiyomatgacha boʻynida qolmasligi uchun toʻlab berishni oʻz boʻyningizga olasizmi?” Otasi tiriklik chogʻi ikkisi ham tayinli bir ishning boshini tutmagan yigitlar edi… odamlarning “Esiz, otasiga munosib farzandlar boʻlmadi-da”, degani bir tomonu, oʻzlarining ham qarzlari tiqilib yotgani ikkinchi tomon edi. shu sabab ota uchun eng zarur savol berilganida ne-ne orzu-umidlar bilan katta qilingan oʻgʻillardan sado chiqmadi. Shunda ichkaridan ovoz keldi: “Mulla bobo, men boʻynimga olaman, janozani oʻqing!” Bu Mirzo akaning yakkayu yagona qizi Latofatning ovozi edi. Yigʻilganlar bir tebrandi. Onaizor uvvos soldi. Qahramonning esa boʻgʻziga nimadir tiqildi...


@falsafasi_hayot 🕊
SHU ISTIGʻFORNI TO‘XTAMAY AYTING VA BARCHA YeTOLMAGAN ARMONLARINGIZGA YETASIZ, IN SHA ALLAH!

ISTIGʻFORNI YODLAB OLISH UCHUN BOSING
👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
🌿 Ko‘zgu...

-Oyijon, keling bir marta xola-xola o‘ynaylik.
-Mayli, qizim. Men kimni o‘ynayman.
-Men oyisi bo‘laman, siz esa mening qizim bo‘lasiz.
-Mayli, qizim, men nima qilay?
-Men ishdan kelaman, siz meni kutib olasiz?
-Mayli, qizim...

-Oyijon, ishdan keldingizmi?

- Yo‘qol, charchaganman.. Hammasi jonimga tegdi. Gapiraverma...

Ona turgan joyida o‘tirib qoldi, chunki qizcha uning doimiy gapiradigan gapini o‘ziga ko‘rsatib berdi..

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 "Hali kechki payt opangiznikida yig'in. Bir pantis Napoleon qilib qo'ying. Meni uyaltirib qo'ymang. Nozik joyga olib boraman-a!"

Yuragi shuvillab ketdi. "Napoleon qilishni yaxshi bilmayman", desa malomat qoladi. To'g'ri, pishir-kuydir kursida o'qigan. Ammo bu shirinlikni mustaqil tayyorlab ko'rmagandi. Qaynonasi ishga ketgandan keyin tavakkal qilib ish boshladi. Internetni ham bir titkilab chiqdi. Xamir qavatlari pishib chiqquncha hayajon va qo'rquvdan qaro terga tushib ketdi. Biroq... Shuncha harakat qilsa ham, negadir xamiri o'xshamabdi-da! O'tirib olib rosa yig'ladi. Endi qaynonasiga nima deydi, nima qiladi? Gap eshitmaskin?.. Kuyovi qo'ng'iroq qilib qolmaganida, kim biladi yana qancha yig'lardi?.. ...«Qaynonasi ishdan kelib, xavotir bilan oshxonaga mo'raladi. Stol ustidagi ko'rkam Napoleonga ko'zi tushib, quvonib ketdi, kelinini rosa alqadi. Xushkayfiyatda qizinikiga yo'l oldi... - To'g'ri ish qildikmikin-a? Oyijon sezmadilar, do'kondan olib kelganingizni...

- Shunday qilmasak, bo'lmasdi. Onamning dili xufton bo'lib, yig'inda yozilib o'tirolmasdilar. Kamiga sen ham gap eshitib olarding. Bir kun mavridi kelsa, o'zim yotig'i bilan tushuntiraman. Sen bundan xavotir olma, gulim...

— Shodiyona Omon

@falsafasi_hayot 🍃
2025/06/27 09:41:07
Back to Top
HTML Embed Code: