Telegram Web Link
🌿 Bo‘ri poda ichiga kirib podaning
bittasini yeydi, ammo suruvdagi qo‘ylardan hammasini yorib tashlaydi. Podadagi qo‘ylarning yorib ketilishi cho‘ponlarning och qolishi, inqirozga uchrashi demakdir. Cho‘ponlar keyin nima qilardi, bilasizmi? Bo‘rini tiriklay tutish uchun yo‘lga tushardi. Usullarini bilar, tutardi ham. Bo‘rini ushlaganidan keyin uni urib, qiynab, o‘chini olmasdi.
Silab-siypab o‘pardi, faqat bo‘yniga bitta serkaning qo‘ng‘irog‘ini taqib, ko‘yib yuborar edi. Bo‘ri ham xursand bo‘lib qochib qolgan. Qo‘ng‘iroqli bo‘ri bundan keyin hech qaysi jonliga yaqinlasha olmaydi, chunki qo‘ng‘iroq ovozini eshitgan hayvon undan qochadi. Bo‘ri tog‘-adirda behuda yugurib, hech nima ovlay olmasdan ozib-to‘zib, oxiri ochlikdan bo‘kirib-bo‘kirib o‘lib ketardi. Bu inson xayoliga kelgan iskanja va zulmdan eng qo‘rqinchlisi edi. Zulm turlari aslida hech qachon eskirmaydi...

Bo‘ri faqat ochlikdan o‘layotganida tushunib yetardi bo‘yniga qo‘ng‘iroq taqqanlarning va uni silab-siypab, o‘pganlarning niyatini.

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Munosib jazo

👳🏻‍♂Er:
- Xotin, agar yana meni g'azablantiraversang, seni boshqacha jazolayman!

🧕🏻 - Iya dadasi qanday jazo ekan?

👳🏻‍♂ - Har g'azabimni keltirganingda bir hadis yodlab berasan!

Oradan ikki yil o'tib ayol 2000 ta hadis yodlabdi....

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Ayol erkakni nazarini tortish va e'tiborli bo‘lish uchun hamma narsani qilib ko‘rdi.
Makiyaj qildi...
Tatuaj qildi...
Yuz terisini torttirdi...
Tanasini ideal holga keltirdi...
Hatto yarim yalang‘och holda yurib ham ko‘rdi...
Erkakka yon berdi, ular qarshisida har qanday xorlikka rozi bo‘ldi...

Keyin nima bo‘ldi?

Erkakning nazari yanada ortig‘ini istayverdi, o‘ngu so‘lga alanglayverdi va
xiyonati ziyoda bo‘lib boraverdi. Chunki shahvoniy mayl to‘yadigan narsa emasdi.
Ayolni erkakka qiladigan taqdimotlari qanchalik ortsa, uning baxosi ham shunchalik pastlab boraverdi.

Natijada ayol arzon bo‘ldi. Holbuki bu ishlar uning jamiyatdagi maqomini ko‘tarishga qaratilgan edi.

Ey ayollar jamo'asi!
Erkak nazarini to‘ydiradigan yagona sifat bu satr, taqvo va Allohdan qo‘rqishdir. Mana shu sifat erkaklar ko‘zini to‘sadi va qalbini shahvatdan burib yuboradi. Bu yo‘ldan boshqasi, pulini ayollar to‘layotgan jinnilikdan boshqa narsa emas.
Bu sizning xorlik botqog‘idan azizlik maqomiga chiqishingizda yagona choradir.

@falsafasi_hayot 🍃

🍀 Tuz haqi...

Qadim zamonda bir ulug' va odil Podsho o'tgan ekan. U har bir so'zi va amalini mulohaza bilan yuritar, o'z xalqiga sodiq ekan.
Kunlardan bir kun tong saharda podshoga g'aznaga o'g'ri tushganini xabar qilishibdi. U vazirlari bilan voqea sodir bo'lgan joyga yetib boribdi. Xazinaga lahm kavlangan, hamma oltin va qimmatbaho buyumlar qop hamda xaltalarga joylangan, lekin hech narsa o'g'irlanmagan ekan. Podshoh hayron bo'lib xazinani taftish qildiribdi. Haqiqatdan ham hech narsa yo'qolmagan edi. Podshoh lol bo'lib debdi
"Nahot shuncha kun lahm kavlab g'aznaga yetib kelgan inson hech narsa olmasa? Buning boisi ne?" Bu muammoga hamma hayron. Shunda shoh jar chaqirtirib debdi. "Kim shu ishni qilgan bo'lsa gunohidan o'tdim faqat hech narsa o'g'irlamaganining sababini aytib bersa bas"
Oradan uch kun o'tib Podshoh huzuriga bir yigit kelibdi. Uning odobi va yuzidagi qat'iylik podshohga xush kelibdi. Yigitning hojatini so'raganida u debdi:
- Podshohim avvalo men gunohkorni bir qoshiq qonimdan keching. Sizning g'aznangizga o'g'irlikka kirgan menman. Chunki muhtojlik meni shunga majbur qildi. Asli o'g'ri emasman, kasbim savdogarlik. Bor mol-mulkimni qaroqchilarga oldirib kambag'al bo'lib qoldim. Musofirman, savdogarlikdan boshqa kasbim yo'q. Sarmoyam qolmaganligi sababli savdo sotiq ishlari bilan shug'ullanolmayman. O'ylab o'ylab xazinangizga og'irlikka tushishga jazm qilib, bir necha kun lahm kavlab u yerga kirdim. Bor boyligingizni qop va xaltalarga joyladim. Qarasam yerda bir oq narsa turibdi, nima ekan deb hidlab va yalab ko'rdim. Bilsam tuz ekan, shunda otam nasixati esimga tushdi. "Tuz ichgan joyingga hiyonat qilma— xarob bo'lasan" Men shucha lahm kavlab qilgan harakatimdan kechib g'aznadan chiqib ketdim.
Podshoh sukut saqlab so'ngra debdi:
— Eshiting ey Vazir va Nozirlarim. Shu yigit bir yalam tuz uchun menga shuncha sodiq ekan, bugunda e'tiboran shu bola menga o'g'il va merosxo'r, mendan keyin taxt vorisi ham shudir. Chunki necha yillar tuzim va shoxona dasturxonim mehmonlari menga qanchalar hiyonat qildilar, ular hech qachon shu yigitchalik vafodor bo'la olmaydilar. Ey noiblarim! Shu yigitdan o'rnak oling oxiri bahayr bo'lg'ay...

@falsafasi_hayot 🕊
🌿 Yaqinda bir qarindoshimiz vafot etdi. Farzandlari o‘ziga to‘q, yaxshi ishlarda ishlaydigan yigitlar. Otasi uchun 100 lab kishini chaqirib ehson dasturxoni yozishi mumkin edi.
Ammo... Ular bunday qilmabdi. Ro‘zg‘orga nima kerak bo‘lsa un, yog‘, oqqand, choy, makaron, guruch, go‘sht, tuxum, kartoshka xammasidan ma’lum miqdorda jamlab, qishlog‘imizdagi 30 dan ortiq extiyojmand oilalarga tarqatib chiqishibdi.
Xursand bo‘ldim. Ba’zilar ota-onasi vafot etgach ular uchun ehson dasturxoni yozib, tanlab mexmon chaqirishadi. Dasturxonni to‘ldirib noz-ne’mat qo‘yishadi. O‘sha qo‘yilgan nozu ne’matlarning ma’lum qismi baribir uvol bo‘ladi. Masalan, salat, qovun-tarvuz, kesilgan meva-chevalar, ushatilgan nonlar. Bu yigitlar isrofning xam oldini olishibdi, xam haqiqiy duosi qabul bo‘ladiganlarni mehmon qilishibdi. Endi 30dan ortiq xonadonning xech bo‘lmaganda 15-20 kun qora qozoni qaynaydi.
Kecha eshitgan eng yaxshi xabarim shu bo‘ldi!

— Obid Yuldashev


@falsafasi_hayot 🍃
🌿 1917 yilda Iroq hududlaridan biriga kirgan ingliz generali Stenli Mud qo‘y boquvchi cho‘pon bilan ko‘rishib qoldi. U cho‘ponga itlaridan birortasini so‘ysa, bir funt sterling bermoqchi ekanini tarjimon orqali bildirdi.

It cho‘ponning qo‘ylarini bo‘rilardan himoya qiladigan, unga qo‘y boqishda yordam beradigan va xatarni sezishi bilan ogohlantiradigan juda muhim narsa edi. Lekin general beradigan pulga mavjud qo‘ylarning yarmini sotib olsa bo‘lardi.

Cho‘pon qo‘ylardan birini ushlab qurbon qilishga qaror qildi va generalning oyog‘i ostida bo‘g‘izladi. General bunga ko‘nmadi itni so‘yishni buyurdi cho‘pon itni so‘ydi. General cho‘ponga itning terisini shilish badaliga yana bir funt va’da qildi. Cho‘pon pulni olib, uning aytganini qildi. General Mud cho‘pon itni bo‘laklab tashlasa, yana bir funt bermoqchi bo‘ldi. Cho‘pon itni mayda-mayda bo‘laklarga bo‘ldi.
General uchinchi funtni berib, keta boshladi. Cho‘pon sakrab turib:                                                      
– Yana bir funt bersa, bo‘laklarni yeyishga tayyorligini aytdi.
General Mud:
– Men sizlarning tabiatingizni bilmoqchi edim xolos. Bildimki, nafsingizga qul ekansiz! Sen uch funt sterlingga o‘zing uchun eng qadrli bo‘lgan do‘stingni bo‘g‘izlading, terisini shilding va bo‘laklarga bo‘lding. To‘rtinchi funtga uni yeyishga ham tayyorsan. Men bilishim kerak bo‘lgan narsa shu edi – dedi.
Va askarlariga yuzlanib:
– Modomiki, bu yerda bu kabi aql egalari ko‘plab uchrar ekan xech narsadan xavotir qilmasangiz ham bo‘laveradi - dedi.

© "Iroq tarixidan ijtimoiy lavhalar", Doktor Ali Vardiy

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Musulmon olamidagi birinchi elektr chiroqlar qayerda bo‘lganini bilasizmi?

Birinchi elektr chiroq Usmonli halifasi Abdulhamidxon II davrida hijriy 1325, milodiy 1907 - yilda Madinada Masjidi Nabaviyda nur sochgan. Yuqoridagi suratda o‘sha davrga oid lampochka va Masjidi Nabaviy hovlisidagi ustunga o‘rnatilgan elektr chiroqlar aks ettirilgan.

Sultonga saroyni chiroqlar bilan jihozlash taklifi berilganda, u kishi Ravzai muborak va Masjidi Nabaviy yoritilmasdan saroyga chiroq o‘rnatishdan hayo qilishini aytgan ekan. Alloh unga rahmatini yog‘dirsin.

@falsafasi_hayot 🍃

Ozgina tabassum 🙃

Ota farzandlaridan soʻrabdi:
- Xoʻsh... kimni koʻproq yaxshi koʻrasizlar, onangiznimi yoki menimi?
Bolalar:
- Ikkovingizni ham yaxshi koʻramiz!
Ota:
- Yaxshi, aytinglarchi, agar men Madinaga, onangiz Makkaga ketsak, qaysi birimiz bilan ketar edingiz?
Bolalar:
- Oyimiz bilan!
Ota:
- Demak, onangizni koʻproq yaxshi koʻrar ekansiz-da?
Bolalar:
- Yoʻq, Makkani koʻproq yaxshi koʻramiz!
Ota:
- Xoʻp, men Makkaga, Onangiz Madinaga ketsak, men bilan ketasizlar-a?
Bolalar:
- Yoʻq, Madinaga ketamiz..!
Ota:
- Nima uchun 🤔?
Bolalar:
- Chunki, Makkani ziyorat qilib boʻldik!😊☺️🙃

@falsafasi_hayot 🕊️
🌿 Suratda ochlikdan halok bo‘lgan farzandini dafn qilishga hozirlik ko‘rayotgan ona tasvirlangan...

Bugungi dunyoning ahvoli:
• Afrika — suv va non;
• Yevropa — Ayfon va Samsung;
• Iroq, Suriya, Falastin, Yaman — hayot va o‘lim..

Darvoqe, suriyalik bolakayning ochlikdan vafot qilayotib "Oyijon, jannatda yegulik berishadimi?" deyishigacha majburlagan dunyoda yashayapmiz...

Biz esa isrof qilib yashayapmiz, kamiga juda noshukrmiz...😢

Nishondagi gap...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿​​Dillarga ozor yetkazib qoʼymang...

👉 Yetimdan «ota-onang qanday vafot etganlar?» deb soʼramang.

👉 Farzandidan judo boʼlgan ota-onalardan «farzandingiz qanday vafot etgan?» deb soʼramang.

👉 Ishsiz odamdan «siz nima uchun ishlamaysiz?» deb odamlar orasida soʼramang.

👉 Faqirga «sizga qancha pul kerak?», deb soʼramasdan koʼnglingizdan chiqarib beravering. Chunki faqirda ham oʼziga yarasha gʼururi bor. Bir kun kelib koʼz-koʼzga qayta tushishi mumkunligini ham unutmaylik.

👉 Turmushga chiqmagan qizdan «yoshingiz nechada yoki sovchilar kelayaptimi?» deb aslo soʼramang.

👉 Farzandi yoʼq ayolga «farzandingiz yoʼqmidi?» deb ayta koʼrmang.

👉 Biron bir kishini yuzida chandiq yoki bitgan yaraning izini koʼrib qolsangiz buning sababini soʼramang. Chunki yuz insonning nozik yerlardan biri hisoblanib, u har qancha yashirishga urinmasin buning ilojisi yoʼqdir.

👉 Mehmondan nima tanovvul etishini yoki ichishini soʼramang. Chunki soʼrab uning bu istagidan mahrum etib qoʼyishingiz ehtimoli bor. Shuning uchun, soʼramasdan mehmoningizga boringizni taqdim etavering.

👉 Kimlarnidir kulgusi va rohatini deb doʼstingizni mazah kilish hayolingizga ham kelmasin. Chunki bu doʼstingizga juda ham ogʼir botadi.

Har doyim oʼzingizni shu insonlar qatoriga qoʼyib, ularning hissiyoti bilan yashashga urinib koʼring!

Kun hikmati
Senga ozor beradigan narsadan chetda boʼl.Oʼzing uchun shunday solih doʼst tanlaginki, bunday doʼst kamdan-kam uchraydigan boʼlsin. Ishingni Аllohdan qoʼrqadiganlar bilan maslahat qil!

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu.

@falsafasi_hayot 🕊️
🌿 Onam to‘rt yil oldin olamdan o‘tgan. Bir kuni tushimda onam kelib:
- O‘g‘lim singlingni uyiga bor... - dedilar
- Oyi hali bordim ..
- Hozir bor bolam singlingni tobi yo‘q -dedilar.
Uyg‘onsam soat 01:00 bo‘libdi. Yarim tun ekan deb yana uxladim. Oyim yana tushimga kirib:
- Tur o‘g‘lim bor - dedilar Turib ko‘ng‘iroq qilsam hech kim go‘shakni ko‘tarmadi. Singlimni eri yarim yil oldin Rossiyaga ishlagani ketgan. Singlim ikkita kichkina farzandi bilan turardi. Men mashinamni yurgizdim, dadamga "firmaga yuk kelganini" aytib kechasi 02:30larda uydan chiqdim.. Singlimni uyiga bordim, eshikni katta o‘g‘li ochdi. Rostdan ham singlimni mazasi qochib, harorati ko‘tarilib bezgak tutayotgan ekan. Farzandlari yosh, nima qilishini bilmay turishganlaridan, meni ko‘rib yig‘lab yuborishdi. Singlimni kasalxonaga olib bordim. Kerakli muolajalarni qilishdi. Doktor menga vaqtida olib kelganimni va muddat boy berilganda jiddiy asoratlar qolishi mumkinligini aytdi.. Ertasi kuni tushimga onam yana kirdi. Bu safar ular yuzida tabassum bilan:
- "Sendan roziman bolam, singlingni avayla! "- dedilar

ONA - bu qanday xilqatki, hatto jon berayotib ham bolam desa. U dunyoda turib ham farzandini himoya qilsa. Ey Parvardigor, onalarimizni doim o‘z panohingda asragin...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Tashvishingiz, insonlarning muhabbatini qozonish bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymang... Insonlarning qalblari o‘zgaruvchandir, bugun jonidan ortiq ko‘rib, ertaga nafratlanib ham qolaveradi... Tashvishingiz, qanday qilib bo‘lsa ham, insonlar Robbisi muhabbatiga sazovor bo‘lish bo‘lsin.... Agar U sizni yaxshi ko‘rsa, insonlar qalblarini sizga talpinadigan qilib qo‘yadi...!

— Shayx Sha’roviy

@falsafasi_hayot 🍃

«Alloh biror kishiga besh narsani bersa, uning uchun boshqa besh narsani
tayyorlab qo‘yadi:
1. Shukr ne’matini bersa, uning uchun ziyodalikni tayyorlab qo‘yadi.
2. Duo qilish ne’matini bersa, uning uchun ijobatni tayyorlab qo‘yadi.
3. Istig‘for aytish ne’matini bersa, uning uchun mag‘firatni tayyorlab
qo‘yadi.
4. Tavba qilish ne’matini bersa, uning uchun qabulni tayyorlab qo‘yadi.
5. Sadaqa qilish ne’matini bersa, uning uchun qabul etishni tayyorlab
qo‘yadi».

@falsafasi_hayot 🕊️
🌿 Alloh rozi bo‘lsin, shunday insonlar bor.

Siz suratda ko‘rib turgan kishingiz Muhammad Boziq. 62 yoshli Amerika fuqarosi.
U yigirma yildan buyon, tuzatib bo‘lmas dard bilan kasallangan bolalarni qaramog‘iga olib tarbiyalaydi.

Mana shu yillar ichida uning qo‘lida o‘n nafar bolalar, omonatini Haqqa topshirgan.
Uning bolalaridan biri olti yoshlik qizcha, odamlarda kam uchraydigan miya yetishmovligidan aziyat chekadi.

Bu qizaloq shu sababdan ko‘zi ojiz ko‘rolmaydi, qulog‘i eshitmaydi qo‘l-oyog‘i esa falajlangan.

U aytadiki -"Men bilaman u eshitmaydi, ko‘zi ko‘rmaydi ammo men har kuni u bilan suhbatlashaman. "
-"Uning hisi bor sezgisi bor qalbi bor, u ham inson ahir. "
U qizaloqni o‘z qanoti ostiga olganda, bir oylik go‘dak edi.

Ota-onasi yo‘q, yoki ota-onasi tashlab ketgan bolalarni bolaga muhtoj oilalarga yo‘llaydigan bo‘lim xodimlari aytishdiki Muhammad Boziq shunday insonki qachon biror bir bolaga joy topish uchun qo‘ng‘iroq qilsak hech ham yo‘q demaydi .

@falsafasi_hayot 🍃
QIZ

• Otadan so‘rashibdi:
- Qiz yaxshimi, o‘g‘il?!
- Qiz! -, debdi ota, shosha-pisha.
- Nimaga?-, deyishibdi.
- Yoshligimda onam eng shirin taomlarni pishirib, oxirgi luqmasini ham mening og‘zimga qo‘yardi.
• Yesam ko‘zlari quvnardi. Keyin uylandim, ayolim shirin taomlar pishirib, menga beradi, yesam o‘zi yegandek xursand bo‘ladi.
• Qiz ko‘rdik, dasturxonda o‘tirsak qizim o‘zi yaxshi ko‘rgan yegulikni olib, menga yedirmoqchi bo‘ladi, yesam xursand bo‘ladi…
• Keyin o‘g‘il ko‘rdik, dasturxonda nimani yegim kelib, ko‘zim o‘shanga tushsa o‘g‘lim o‘shani mendan oldin shartta olib og‘ziga tiqadi…
• Mendan oldin ulgurganiga xursand bo‘ladi, yaramas…)
• Xullas qiz boshqacha-, dermish…
• Sizlarda ham shundaymi?!)
• Allohim!
• Qizi yo‘qqa qiz, o‘g‘li yo‘qqa o‘g‘il, farzandi yo‘qqa aralash farzandlar ato qil!
• Ulg‘ayishib ummatning ozod va baxtli kunlarini ham ko‘rishsin!
• Omin!

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Murodbaxsh juma tongi muborak bo‘lsin, qadrligim...

Sahar tongdan duo qiling ...
Alloh tongingizni munavvar etsin...
Chin yurakdan ibodat qiling...
Alloh umringizni mazmunli etsin...

Kalimangiz chin dildan ayting
Rasululloh bo‘lsin madadkor...
Iymoningiz mukammal bo‘lsin...
Kunlaringiz o‘tsin baxtiyor...

Alloh sizga yana bir tongini ko‘rishni nasib ayladimi,
"ALHAMDULILLAH"
-demak siz kimgadir keraksiz...
Alloh sizni o‘z panohida asrasin
Tongingiz shukrga, kuningiz duolar ijobatiga boy bo‘lsin, qadrdon... Xonadoningizga Allohning barakoti, rahmati va fayzi yog‘ilsin!

Duolaringiz dunyo va oxiratingiz uchun qalqon bo‘lsin!

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Har Juma kelganida umrimdan bir haftani qoʻldan boy berganimni payqab qolaman. Bu vaqt foydamga hujjat boʻladimi, yoki Alloh asrasin zararimgami Unga ayon...

Qadrligim, bugun foydamizga hujjat boʻladigan barokatli, xayrli Juma boʻlsin, amiyn 🤲 Juma muborak

©️iqro bekati

@falsafasi_hayot 🍃
🌿- Iltimos menga moʻjiza degan doringizdan bir dona berib yuboring, - kichkinagina qizchaning bu so‘zlari dori sotuvchi ayolni taajjubga soldi.
- Qanaqa dorini aytyapsan? - so‘radi u.
- Ukam og‘ir yotibdi. Onam esa uni faqat Allohning moʻjizasi qutqara oladi deyaptilar. Dadamda esa, bu dorini sotib olish uchun pul yo‘q. O‘zimni ozgina yiqqanim bor edi. Iltimos, bir dona bo‘lsa xam ana shu doringizdan bering!
- Qizaloq, aytyapman-ku bunday dori yo‘q, sotilmaydi.
- Iltimos, pulini to‘layman, yetmasa ertaga keltirib beraman. Bir dona bo‘lsahxam "Allohning moʻjizasi"dan bera qoling!
Shu payt eshikdan yaxshi kiyingan, ko‘zoynakli xaridor kirib keldi. U qizchani so‘nggi so‘zlarini eshitishga ulgirgan edi.
- Qizalog‘im, qanday moʻjizani aytayapsan? - deya so‘radi u.
- Bilmadim. Menga shunday deb atalgan dori judayam kerak. Ukam operasiya stolida, ammo otam kerakli pulni topib bera olmayaptilar. Ularning aytishicha, "Allohning moʻjizasi"gina ukajonimni asrab qolar ekan. Narxi qimmat bo‘lsa ham uni sotib olardim, - dedi qizaloq ko‘zlaridagi yoshni artib.
- Xo‘sh, yoningda qancha puling bor? - deb so‘radi haligi kishi.
- O‘n yarim rupiya!
- Meni ukangning yoniga olib bora olasanmi? Unga qanday moʻjiza kerakligini bilmoqchi edim.
Bu kishi Erondagi mashhur doktor Ashrafiy edi. U bolani ko‘rdi-da, operasiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun buyruq berdi.

Operasiya ham muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Bola ko‘zini ochib muloyim jilmaydi. Ona esa yum-yum yig‘lab shunday dedi:
- Rahmat doktor. Siz tufayli bola tirik qoldi.
- Kechirasiz, - shifokor so‘zida davom etdi. Bu mening ishim emas. Men uni qutqarganim yo‘q. Bu jajji qizaloqning iltojisi asosida qabul bo‘lgan Allohning inoyati, uning moʻjizasi.
- Pulini qanday to‘laymiz? Narxi qancha bo‘ladi?
Jarrox jilmaydi.
- Xech qancha. Havotir olmang puli to‘langan. Bu mening hayotimdagi eng qimmat operasiya.
Onaning ko‘z yoshlari ila otilib chiqqan so‘zlari shu bo‘ldi:
- Raxmat, sizga! Bu yaxshiligingizni bir umr unutmayman.
Bu paytda ona operasiyaning narxi atigi o‘n yarim rupiyaga baholanganidan behabar edi. Alloh esa o‘z moʻjizasini yana bir karra isbotlash uchun shifokorni vosita qilgandi.


@falsafasi_hayot 🍃
🌿❤️ Gap bilganga...

O‘qishdan charchab kelgan Joziba uxlab qolibdi..bir payt qaynonasi keladigan vaqtga uyg‘ondi.Shosha pisha uyni yig‘aman deguncha qaynonasi eshik qoqdi..endi nima bo‘ladi?
Eshik ochilgach kulib turgan kelinini ko‘rib qaynona ishxonada bo‘lgan ko‘ngilsizlikni biroz unutdi..
-Assalomu aleykum xush kelibsiz oyijonim..juda charchabsiza?
Qaynonasini oyoq kiyimini olib chetga qo‘yib qaynonasini quchdi
-sizni sog‘inib qolamaney oyijon! Uyam zerikarli bo‘lib qoladi sizsiz, o‘g‘lingiz telefon qilib kechga ovqat qilma o‘zim onamni bir aylantirib kelaman dedilar..
Qaynona mehrdan mumday eridi
-bir o‘zim nima qilaman siz ham borasiz!
-uyda ishlarim borda oyijon!-dedi kelin chiroyli erkalanib.
-e shu ish tugarmidi? Tayyorlaning men ham kiyinib chiqaman...


-Sardor aka onamizni biroz kayfiyati yo‘q..chamamda nimadandir siqilyapti..bir aylantirib kelasizmi?
Go‘shakdan mehrli ovoz keldi
-senchi?
-men onam hursand bo‘lsalar xursandman!
-jonim meni!-dedi erkak ayolini sog‘inib go‘shakni qo‘yarkan...


Shu kech kelinni uyni yig‘magani ham ovqat qilmagani ham bilinmadi..gap bilganga ming tangami yoki ish bilgangami?

- Nafisa Malikova

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Amir Temur va folbin qissasi...

Amir Temur saroyida oʻtirsa, oldiga ayonlaridan biri yugurib kelib:
— Shohim, huzuringizga dunyoda eng mashhur folbin kirmoqchi, — dedi.
Amir Temur kiritishni buyurdi. Folbin saroyga kirib aytdi:
— Shohim, buyuk lashkarboshim, men sizning kelajagingiz va janglaringiz xaqida fol ochib beraman.
Amir Temur lashkarlarni chaqirib:
— Bu folbinning boshini tanidan judo qilinglar! — deb buyurdi.
Lashkarlar folbinning boshini kesgach, savol berishdi:
— Shohim, nega folbinni oʻlimga xukm qildingiz?
Amir Temur:
— Bu ablax folbin oʻzining kelajagini, yaʼni oʻlim kutayotganini bilganida huzurimga kelmasdi. Mening kelajagimni qayerdan bilsin! — degan ekan….

@falsafasi_hayot 🍃
2025/06/27 17:41:02
Back to Top
HTML Embed Code: