Telegram Web Link
Yil onasi. yoxud uzrga to‘la 200 paket.
Seuldan Kaliforniyaga uchayotgan Koreyalik ayol 4 oylik chaqalog‘i bilan yo‘lovchilarga xalaqit qilmaslik uchun noodatiy yo‘l tutdi.U xar bir yo‘lovchiga shovqinga qarshi quloq tiqinlari, shirinliklar bilan birga quydagi so‘zlar yozilgan 200 ta paket tarqatib chiqti.

Salom mening ismim Jun Vi men 4 oylikman, bugun onam va buvim bilan Aqshga xolamni ko‘rgani ketyapman.Bu mening birinchi parvozim bo‘lgani uchun biroz asabiylashib yig‘lab yuborishim mumkin.

Men xotirjam bo‘lishga xarakat qilaman lekin xech narsa vada qila olmayman.Iltimos meni kechiring, onam siz uchun bu paketchada shirinliklar va quloq tiqini solib qo‘ygan.Agar juda shovqin qilsam ulardan foydalaning. Sayoxatingiz xayrli kechsin.Raxmat!

Biroq ona bexuda tashvish qilgan ekan.Jun Vi o‘zini namunali yo‘lovchi kabi tutdi va parvozining butun 10 soatini uxlab o‘tkazdi.

@falsafasi_hayot 🍃
🔥8539👏293👍1
🌿 Tarvuz qovun mahali keldi. Rossa organizmni bu ne’matlarga to‘ydirib oladigan vaqt.

Bugun bir ximik olim kishi bilan shu tarvuzdan zaxarlanib qolish masalasida gaplashib qoldim.
Tarvuzni istemoldan oldin, suvga solib qo‘yishni maslahat berdilar. Aynan suvni oqizib qo‘ymasa ham, biror idishdagi suvga bir pas solib qo‘yish kerak ekan. Tarkibidagi selitra suvga qarab xarakatlanarkan. Shu bilan zaxarlanib qolish ehtimoli kamayarkan.
Foydasi tegib qolar deb bo‘lishyapman.

@falsafasi_hayot 🍃
👍7731🔥8😘54😢1
✍️ Bir ukamiz ayolidan ayrildi, beshta bolasi qaqshab qoldi

👁 Judayam-judayam ajoyib, yosh yigit. Xotini vafot etdi, rak degan balo yengdi vanihoyat.

Besh yil ayolini davolatdi, ko‘ziga qarab o‘tdi. Hech narsasi qolmadi, ezilmagan kuni bo‘lmadi. Ilojsiz ekan, hayot davom etadi-da. Besh nafar bolani parvarishlash, tarbiyalashning o‘zi bo‘ladimi?!

Yaqinlari, biz ham uylanmasa bo‘lmasligini aytdik. Bolalarini o‘ylab “yo‘q” dedi, bolalarini o‘ylab “ha” dedi. Rozilik bilan o‘zi bitmas ekan. Kelishgan, sog‘lom yigit. Lekin kimga borsa, andisha qiladi, besh bolani o‘ylab hadiksiraydi.

Bir qizni topishdi. Onasi erta o‘tgan, to‘rt nafar uka-singlisiga qarab qolgan ekan. Jigarlari deb turmush qilmabdi, hammasini uy-joyli qilibdi.

Ancha ko‘nmadi. “Bolalarga onasining o‘rnini bosolmayman” debdi. Ukamiz bir chora qilibdi: uchrashuvga chaqirib, esini tanib qolgan katta qizini yetaklab olib boribdi. Onaga tashna bo‘lib turgan qizi quchoqlab olibdi. Bolaga ko‘zlari mehri to‘lib turgan qiz yig‘lab bag‘riga bosibdi.

Kecha ukamiz bir ish bilan kirgandi. Yangilikka qiziqdim. “O‘zi oldingizga xabar aytgani keldim. Ertaga "ZAGS"dan o‘tyapmiz...” – dedi.

🤲 Ketdi. Yig‘ladim. Xursand bo‘ldim...

Abror Zohidov

@falsafasi_hayot 🍃
🔥4326😢13👍11
🌿...

-Onasi, ertaga qizimiz kelarkanmi?! Ee, baraka topsin, axiyri keladigan bo'libdi-da! Juda sog'ingandim... Nabiralarim ham koʻz oldimdan oʻtib turgandi... Kelishiga o'zim bir qo'lbola
palov qilib beray! Qizing o'choqda pishgan oshni yaxshi ko'radi... Ro'yxat
qil, onasi! Nima kaming bor?! Yoz, hammasini. Sahar turib, bozorga boraman. Qovun-tarvuz, mevalarning sarxilidan olaman. Patir non bilan qaymoq ham qo'shib qo'y, ro'yxatga...

***
Otaning quvonchi ichiga sig'mas, yosh boladay oʻzini qo'yarga joy topolmasdi...

@falsafasi_hayot 🍃
😢8832🔥7👍6😇5🕊2❤‍🔥1
Ko‘pchilikni qiynayotgan savolga javob berib o‘tsak.
ﺃﺑﻮﻫﺎ ﻧﺒﻲ ﻭﺃﺧﻮﻫﺎ ﻧﺒﻲ ﻭﺯﻭﺟﻬﺎ ﻧﺒﻲ ﻭﺍﺑﻨﻬﺎ ﻧﺒﻲ .. ﻣﻦ ﻫﻲ؟
Tarixda bir muslima ayol o‘tgan.
U ayolning otasi ham payg‘ambar bo‘lgan.
U ayolning ukasi ham payg‘ambar bo‘lgan.
U ayolning eri ham payg‘ambar bo‘lgan.
U ayolning o‘g‘li ham payg‘ambar bo‘lgan.
Savol: U muslima ayol kim???

Hayotiy saboqlar guruhidan javob:
ﺍﻟﺴﻴﺪﺓ ﻟﻴﺎ ﺑﻨﺖ ﻳﻌﻘﻮﺏ ﺯﻭﺟﺔ ﺳﻴﺪﻧﺎ ﺃﻳﻮﺏ - ﻋﻠﻴﻪ ﺍﻟﺴﻼﻡ  ﺣﻴﺚ ﺍﻥ :
ﺃﺑﺎﻫﺎ ﻫﻮ ﺳﻴﺪﻧﺎ ﻳﻌﻘﻮﺏ ﻋﻠﻴﻪ ﺍﻟﺴﻼﻡ
ﻭﺃﺧﻮﻫﺎ ﻫﻮ ﺳﻴﺪﻧﺎ ﻳﻮﺳﻒ ﻋﻠﻴﻪ ﺍﻟﺴﻼﻡ
ﻭﺯﻭﺟﻬﺎ ﺳﻴﺪﻧﺎ ﺃﻳﻮﺏ ﻋﻠﻴﻪ ﺍﻟﺴﻼﻡ
ﻭﺍﺑﻨﻬﺎ ﻭ ﺳﻴﺪﻧﺎ ﺫﻭ ﺍﻟﻜﻔﻞ ﻋﻠﻴﻪ ﺍﻟﺴﻼﻡ
LAYYA binti Ya’qub alayhimussalam.

U ayolning otasi Ya’qub alayhissalom,
U ayolning ukasi Yusuf alayhissalom,
U ayolning eri Ayyub alayhissalom.
U ayolning o‘g‘li Zul kifl alayhissalom.

U ayolning ismi LAYYA binti Ya’qub alayhimussalom.

🖤 E’tiborlaring uchun rahmat.
Yaqinlaringizga ham ulashib qoʻying))

@falsafasi_hayot 🍃
84🔥24❤‍🔥8👍8😢1
🌿 Novvoy qo'shnimiz bor edi, yaqinda qiz chiqardilar. Biz o'ylaymiz, onalar farzandini ko'proq yaxshi ko'radi deb. Yolg'on.

Ota farzandini onadan kam suymaydi. To'g'ri, quchmasligi, erkalab bag'riga bosib o'tirmasligi mumkin. Lekin yaxshi ko'rib, ardoqlashi osmonga yetgulik.

Xullas, o'sha novvoy qo'shnimiz har kuni qizim issiq non yesin deb tong sahar, ko'chada hech kim yo'qligida derazasiga yangi yopilgan non ilib ketar edi.

Iymanibmi yo tashvish bo'lmasin debmi uyga kirmas edi. Nonni qo'yardi-yu ketar edi.

Mehr nima deb mendan so'rasalar, doim mana shu voqeani aytib beraman.

— Hubbuna

@falsafasi_hayot 🍃
54😢13👏6

🍀 Haqiqiy ishq

Bir darvesh quchogʻida olma koʻtargancha yonidan oʻtib ketayotgan qizga dedi:

- Qayerga ketayapsan, quchogʻingda koʻtarganing olmalar nima uchun?

Qiz:

- Sevganim shu atrofda ishlaydi, olmalarni u uchun olib boryapman.

Darvesh:

- Qoʻlingda necha dona olma bor?

Qiz nihoyatda sokinlik bilan:

- Hech vaqtda inson sevgani uchun olib ketayotgan narsaning ham hisobini qiladimi?

Darvesh qoʻlidagi tasbeh donalarini ohista uzdi...


@falsafasi_hayot 🕊
77😢26👏6👍1
🌿💚...

- Uyda nima kaming boʻlsa, ro'yxatini yozib yubor, gulim. Hali ishdan
qaytishda olib boraman... -Bilasanku, ovqat tanlamayman. Ko'ngling tusagan taomni pishiraver: quyuqmi, suyuqmi, farqi yo'q. Sen tayyorlagan hamma taomni yaxshi ko'raman.
-Issiqda qiynalsang, ul-bul pishirib, urunib yurma. Tayyorini olaveramiz.

***

Muhabbat - bu Jufti tayyorlagan taomdan ayb topmaslik, ro'zg'orining kam-ko'sti bilan qiziqish, turli vaziyatlarda uni qo'llab yuborish...

@falsafasi_hayot 🍃
116👍14🔥11🕊4🌚2
🌿 Ajoyib bir nonvoy bor edi. Haridorlar kalbaki pul berishayotganini bila turib ham ularning pulini olar va so‘ragan nonlarini berardi. Yon-atrofidagilar uning bu odatini bilishar va hayron bo‘lishardi. Uning nima uchun bunday kilayotganini sababini hech kim bilmasdi... Nihoyat omonatini topshiradigan fursat yetganda nonvoy qo‘llarini ochdi va Yaratganga: "Ey Robbim, yillar davomida odamlarning menga soxta pul berganini va ularning ranjitmay istaklarini bajarganimga O‘zing shohidsan. Men ham bugun Huzuringga soxta toat-ibodat bilan bormoqdaman, meni xam ranjitmagin!!!"- deya iltijo qildi...

@falsafasi_hayot 🍃
😢10216🕊8🔥7👍52
YKS imtihonida yurakni o‘rtantirgan manzara!
"Ashyolarimga tegmang, boshqa pulim yo‘q…" 💔

Joriy hafta oxiri bo‘lib o‘tgan YKS imtihonida, ehtimol, eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘ladigan va qalblarga ta’sir etgan lavhalardan biri ana shu voqea bo‘ldi.

Imtihon uchun universitet binosiga kelgan bir talabaning ashyolarini qoldirishga yaqin odami topilmagani bois, u o‘z buyumlarini maktab yonidagi yerga qo‘yishga majbur bo‘ldi.

Va ashyolar yoniga qoldirilgan yozuv hammaga ta’sir qildi: "Ashyolarimga tegmang, imtihondaman. Boshqa pulim yo‘q, juda zarur."

Bu yozuv faqat ogohlantirish emasdi — balki bir yosh yurakning og‘riqli, jim hazini so‘zsiz dod-fig‘oni edi.
Cho‘ntagida hatto yo‘l kirasi ham bo‘lmagan, orqasida himoyachisi yo‘q, ammo shunda ham orzularining izidan yugurgan minglab yoshlarni esga soldi…

@falsafasi_hayot 🍃
80😢23💔215🔥5
🌿 Sen esa namozni ega boʻlishni xohlaganlaringni soʻrash uchun, boshinga muammo tushganida yordam tilash uchun oʻqiladigan narsa deb oʻylading. Adashding, qattiq adashding, nafsim. Namoz aslida istaganlaringga erishish uchun sen egiladigan bosh emas, balki in'om etilganlar uchun sen qilishing kerak boʻlgan shukrdir...

— Onur Qoplon "Alfido" asaridan.

Ps. Kecha katta qiziqish bilan shu kitobni oʻqishni boshladim, boshladim-u, unga bir zumda shaydo boʻldim qoldim. Asarda har bir inson oʻzini koʻrgandek boʻladi, goʻyo... Juda hayotiy, qalbdan yozilgan ekan. Asar qahramoni bilan birgan yigʻlaysiz, birga kuyinasiz, birga tavba qilasiz... Nima boʻlganda ham hali hulosa qilishga erta ☺️ kitobni tugatib, albatta batafsilroq gapirib berishga harakat qilaman, Inshaalloh...

Mohinur ))

@falsafasi_hayot 🍃
49😢11🤗86
Mening hayotimni muhokama qilishdan oldin, mening oyoq kiyimimni kiy va men yurgan yoʻllardan, koʻchalardan, togʻ va tekisliklardan yurib oʻt.

Dard, alam va halovatini totib koʻr. Men yurib oʻtgan yillardan oʻt, men qoqilgan toshlarga sen ham qoqil. Boshqatdan oyoqqa tur va ayni yoʻlda yana takror davom et, xuddi men davom etganim kabi.

Faqat mana shulardan keyingina meni muhokama qila olasan. Oʻtib ketar deganlarimni, boshimdan oʻtkazdim. Tugab qolar deganlarimni, tugatdim. Nafratlanganlarimni oʻchirdim, bas endi yetar, dedim.

Ortda qoldirganlarim esa, mendan hisob soʻrashga harakat qilmasin. Farqiga borganim uchun bugun borsiz, Voz kechganim uchun bugun yoʻqsiz.

Jaloliddin Rumiy


@falsafasi_hayot 🍃
🔥3418💯10🕊1
🌿 Ona muhabbati...

Madinadagi Boq’ye qabristoni. Qiyomat kuni Isrofil alayhissalom sur chalganida, ushbu qabristondan Islom tarixidagi eng aziz va moʻtabar insonlar chiqib keladilar..
Mana shu ayolni o‘g‘li ham besh yil
burun avtohalokatga uchrab mazkur qabristonga qo‘yilgan. O‘shandan buyon ona xar juma mozorga besh yuz km uzoqlikdan kelib Qur’on tilovat qiladi, o‘g‘li bilan gaplashadi.. U tushkunlikka tushmaydi, o‘g‘li bilan yana ko‘rishishini biladi. Mahshar kuni bo‘ladigan uchrashuvni intiqlik bilan kutadi..

@falsafasi_hayot 🍃
😢5929💔4
O‘qing, bu qiziq!

Payg‘ambar alayximussalomlar tug‘ilgan yurtlar hozir qaysi davlatlar xududigato‘g‘ri keladi?

Odam a’layhissalom - jannatda yasalgan, Shri-Lankaga yerga tushgan
Nux a’layxissalom - Iordaniya
Shu’ayb a’layxissalom - Suriya
Solix a’layxissalom - Livan
Ibroxim a’layxissalom - Falastin
Ismoil a’layxissalom - Saudiya Arabistoni
Yakub a’layxissalom - Falastin
Isxok a’layxissalom - Falastin
Yusuf a’layxissalom - Falastin
Lut a’layxissalom - Irok
Ayyub a’layxissalom - Iordaniya
Xud a’layxissalom - Yaman
Zakariyo a’layxissalom - Iordaniya
Sulaymon a’layxissalom - Isroil davlati
Xorun a’layxissalom - Misr
Muso a’layhissalom - Misr
Iso a’layxissalom - Falastin
Muxammad sollalloxu a’layhi vassallam - Saudiya Arabistoni

Payg‘ambar a’layximussalomlar qancha umr ko‘rganlar?

Odam a’layhissalom - 1000 yil
Nux a’layxissalom - 950 yil
Shu’ayb a’layxissalom - 882 yil
Solix a’layxissalom - 586 yil
Zakariyo a’layxissalom - 207 yil
Ibroxim a’layxissalom - 195 yil
Sulaymon a’layxissalom - 150 yil
Ismoil a’layxissalom - 137 yil
Yakub a’layxissalom - 129 yil
Isxok a’layxissalom - 120 yil
Yusuf a’layxissalom - 110 yil
Xorun a’layxissalom - 119 yil
Muso a’layhissalom - 125 yil
Muxammad sollalloxu a’layhi vassallam - 63 yil

Albatta yaqinlaringizga ham yuboring


@falsafasi_hayot 🍃
39👍9👏4🔥2😢1
🌿 Yeryong‘oqni shunday tartiblashtirib, terib qo‘ygan Alloh taolo bizning hayotimiz va ishlarimizni ham tartib, intizomga solib qo‘yishga qodirdir!

Ey Alloh, ey Robbimiz, bizning gunohlarimizni mag‘firat aylab, hayotimizni, holimizni isloh etgin, barchamizni O‘zingning hidoyatingdan ayirmagin va xotimamizni chiroyli qilgin.

Nozimjon Hoshimjon

@falsafasi_hayot 🍃
46😢12👍7👏3🕊3
🌿 Suratdagi inson bir vaqtlar Yevropada «dunyodagi eng xunuk ayol» sifatida tanilgan Meri Enn Bevandir. Uning hayotiga nazar solib, uni «dunyodagi eng go‘zal ayol» deb atash xato bo‘lmaydi. Meri Enn akromegaliya xastaligidan aziyat chekkan. Bu dard natijasida uning tanasida g‘ayritabiiy o‘sish va yuz tuzilishining buzilishi sodir bo‘lgan.

Erining o‘limidan so‘ng, Meri 4 farzandi bilan qarz va boshqa moliyaviy ehtiyojlar qarshisida tang ahvolda qoladi. Noilojlikdan u sirk tomoshalarida «dunyoning eng xunuk ayoli» degan haqoratli nom ostidagi ko‘rgazma sifatida qatnashishga rozi bo‘ladi.

Tomoshaga kelgan odamlar unga hayvonga qaraganday qarashar, masxara qilishar va kamsitishar edi. Ammo Meri farzandlarini voyaga yetkazish, ularga yaxshi hayot baxsh etish uchun hamma mashaqqatlarga chidadi. U 1933 yilda vafot etgan.

Bugungi kunga qadar jamiyat odamlarni tashqi ko‘rinishiga qarab baholaydi, agar bizning ko‘zlarimiz insonga uning yuzi yoki tanasiga qarab emas, qalbiga qarab baho bersa bormi, shubhasizki, Meri Enn dunyodagi eng go‘zal ayollar qatoridan joy olgan bo‘lar edi. Binobarin bunday oliyjanob qalb egalari oramizda serob....

@falsafasi_hayot 🍃
😢2810👏7💯3💔1
🍀 Ota...

Ota to‘lib-toshib keldi. Uyda to‘polon bo‘lib ketdi: to‘rt bolasi yugurib kelib, quchog‘iga otildi. Otaning ko‘zi narigi xona
eshigida mo‘ltirabgina turgan qizchaga tushdi.U uzoqroq bir qarindoshining yetimchasi edi.
– Dada! – dedi kenja o‘g‘ilchasi.
Ota unga shokolad berdi.
– Dada, mengayam! – degan kichik qizchasi o‘z ulushini oldi.
– Dadajon! – dedi uchinchi farzandi. U ham benasib qolmadi.
– Dada! – dedi to‘ng‘ich o‘g‘li.
Uyiga mehmon qizaloq kelganidan bexabar ota shokoladni qo‘lida tutib, bir nafas turib qoldi va bir o‘g‘liga, bir yetim qizchaga tikildi.
Shu mahal yetim qizaloq katta qizni imlab chaqirdi. Qulog‘iga shivirladi. Katta qizi kelib, otasiga shunday dedi:
– Dugonam «Dadangni men ham dada desam maylimi?» deb so‘rayapti...

Nargiza Asadova

@falsafasi_hayot 🕊
😢7817👍7
Har bir musulmon boʻlishi zarur boʻlgan Savol-javoblar!

Savol: Rabbing kim?
Javob: Alloh.
Savol: Qaysi dinga eʼtiqod qilasan?
Javob: Islom diniga.
Savol: Paygʻambaring kim?
Javob: Muhammad sollallohu alayhi va sallam.
Savol: Kitobing qaysi?
Javob: Qurʼoni karim.
Savol: Kimning millatidansan?
Javob: Ibrohim alayhissalom millatidanman.
Savol: Bu dunyoda kimsan?
Javob: Sinov uchun kelgan musofirman.
Savol: Yashashdan maqsading nima?
Javob: Alloh roziligiga erishish.
Savol: Allohni qanday rozi qilish mumkin?
Javob: Alloh buyurgan amallarni bajarish, qaytarganlaridan qaytish, U Zot rozi boʻladigan tarzda yashash bilan.

Yaqinlaringizga ham ulashing ular ham bilib olishsin.

@falsafasi_hayot 🍃
49👏9👍5😢4🔥1
🌿 Siz yig‘latib ketgan ko‘zlarni vaqti kelib kimdir quvonchga to‘ldirishi...

🌿 Siz siltab ketgan qo‘llar kimnidir mehr bilan quchishi...

🌿 Siz tepkilagan yurakka esa kimdir bir umrga joylashishi...

🌿 Sizga mehr bilan talpingan qalbda esa sizga nisbatan nafrat uyg‘onishi mumkin....

🌿 Shunday ekan kechishdan oldin qadrlang, uningday mehribonni topa olarmikinsiz....

🌿 Alvido deyishdan oldin o‘ylang, vaqti kelib sog‘inmasmikinsiz ....

🌿 Qadrini bilib qaytsangiz-u u sizga endi muxtoj boʻlmasachi..

🌿 Sizsiz xam baxtli ekanini koʻrib afsus qilmasmikinsiz...

Axir bu qaytar dunyoku....

@falsafasi_hayot 🍃
😢3223👍7😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Qoʻlingni sindir...
Oyogʻingni sindir...
Ur toshlarga, boshingni yor...
Lekin koʻngil sindirma...!
Koʻngil tangrining taxti,
Tangri koʻngilga boqdi...
Koʻngil ranjitgan kishi haqni gʻazablantiradi...
Koʻngil ranjitgan kishining tahorati tutmaydi...
Namozi durust boʻlmaydi...
Bizning ishimiz janjal bilan emas, buzish bilan emas, qurish bilan...
Barpo etish bilan...
Modomiki, koʻngil tangrining taxti ekan, koʻngillarga ozor berishga emas, koʻngillarni olmoqqa keldik...

- Yunus Emro serialidan

@falsafasi_hayot 🍃
47👍6😢6🔥4💔4🏆1
2025/07/13 11:49:47
Back to Top
HTML Embed Code: