Telegram Web Link
Diqqat, kutubxonamiz speaking сlubi ishtirokchilari!

Ertaga, 19-iyun kuni soat 14:00 da kutubxonamizda "Selling Process" mavzusida navbatdagi qiziqarli mashg‘ulot bo‘lib o‘tadi!

💼 Savdo jarayonining bosqichlari, mijoz bilan muloqot sir-asrorlari va ingliz tilida ishbilarmonlik nutqini rivojlantirish — barchasi siz uchun!

🎯 Agar ingliz tilida sotuv va kommunikatsiya ko‘nikmalaringizni mustahkamlashni istasangiz — ayni fursat!

📍 Manzil: Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi
Sana: 19-iyun | Soat: 14:00


💬 Kelishni unutmang — bilim va tajriba sizni kutmoqda!
👏219🥰7017🔥4👍2🎄2🎉1🤩1
🔬 Ilmiy fidoyilik va buyuk meros – Orifov Ubay Orifovich xotirasiga bag‘ishlab


Bugun kutubxonamizda O‘zbekiston ilm-fan olamining yirik siymosi – fizika-matematika fanlari doktori, akademik, professor Orifov Ubay Orifovich hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan unutilmas “Axborot daqiqasi” bo‘lib o‘tdi.

🔹 Akademikning fundamental ilmiy ishlari va O‘zbekiston ilm-fani rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi xususida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
🔹 “Ilm – kelajak kaliti” shiori ostida boy kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
🔹 Kitobxonlar bilan ochiq muloqot va fikr almashinuvi, savol-javoblar orqali olimning fidokorlik namunasi yana bir bor yodga olindi.


💡 Orifov Ubay Orifovich – bu nafaqat kashfiyotlar muallifi, balki minglab yoshlarga ilmiy tafakkur, izlanish ruhi va orzu qilish jasoratini singdirgan ustoz!

👉 Uning hayoti va merosi biz uchun eng katta motivatsiya, yuksak maqsadlarga intilish ramzidir!
🤩69👍68🔥6559👏54🎉53🥰50
"Oromgohdagi kitob mo‘jizalari: bilim va zavq uyg‘unligi"


Kutubxonamiz mutaxassislari tomonidan Farg‘ona shahridagi 13-umumta’lim maktabining yozgi bolalar oromgohida kitobsevar o‘quvchilar uchun qiziqarli viktorina tashkil etildi.


Mazkur viktorina orqali bolalarda tafakkur, tasavvur, nutq hamda tahlil qilish va fikr almashish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsad qilingan bo‘lib, bolalar o‘zlari sevib o‘qigan yozuvchilarning asarlari asosida tuzilgan savollarga faol va aniq javob berishdi. Tadbir davomida o‘quvchilarning bilimga chanqoqligi, kitobga bo‘lgan mehrlari yaqqol namoyon bo‘ldi.


Faol ishtirok etgan barcha kitobxon bolalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir yakunida Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi va 13-umumta’lim maktabi o‘rtasida ko‘chma kutubxona tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

📖 Bu kabi tadbirlar bolalarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, ularning fikrlash doirasini kengaytirish va kelajakda bilimdon avlod yetishishiga xizmat qiladi!
👍32👏1
“E voh” – so‘z sultoni Erkin Vohidov xotirasiga ehtirom!


Bugun Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” oromgohida Erkin Vohidov bog‘i va ulug‘ shoirning haykali ochildi.

Bu – faqat yodgorlik emas, bu – millat ruhining timsoli, so‘zga, Vatanga bo‘lgan sadoqat ramzidir.

Farg‘onalik ijodkorlar va Erkin Vohidov Ijod maktabi xodimlari hamda o‘quvchilari ushbu tadbirda faol ishtirok etishdi.

Shuningdek, har bir satri yurakdan joy olgan bu buyuk siymo xotirasiga ehtirom sifatida o‘tkazilgan “E voh” festivali – yoshlarga ilhom, xalqimizga ma’naviy quvvat bo‘ldi.

Shoir aytganidek:
Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini yaxshilik ata...
👍5850🔥50🎉43🏆1
2025/07/09 10:16:48
Back to Top
HTML Embed Code: