#Speaking_club
Ayni damda kutubxonamizda ingliz tilini sevuvchilar uchun navbatdagi jonli va qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda!
💬 Erkin muloqot, yangi tanishuvlar, kulgu va til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq — barchasi bir joyda!
Kimdir endi boshlamoqda, kimdir bemalol gaplashmoqda — har bir bosqich uchun qulay muhit yaratildi!
❓ Ingliz tilini o‘rganish zerikarlimi? Kutubxonamizga kelganlar fikrini allaqachon o‘zgartirib bo‘ldi!
🚀 Keyingi speaking clubda albatta sizni ham kutamiz!

👍114🥰100👏96🔥94🎉90❤89🤩84
Yangi hafta — yangi "update"!
Telefoningizni yangilab turasiz, to‘g‘rimi? O‘zingizni-chi? 📲😉
Bu hafta miyangizga ham “yangilanish” kerak — buning eng yaxshi usuli esa: kitob o‘qish😎
Kutubxonamizda sizni qiziqarli sahifalar, noyob bilimlar va ajoyib kashfiyotlar kutmoqda!
Keling, birgalikda bilim yuklamasini oshiraylik🚀
Kutubxona sizni kutmoqda. Kelajagingiz uchun to‘g‘ri qadam tashlang🔥
❤140🔥126👏100🤩63🤝2
🎬 “Buyuk ovozlar — siz taniysizmi?” tanlovining g‘olibi taqdirlandi
Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi tomonidan https://www.tg-me.com/fargona_akm telegram kanalida onlayn o‘tkazilgan “Buyuk ovozlar — siz taniysizmi?” tanlovining g‘olibi Ulug‘bek Ummataliev taqdirlandi.
📘 Chin qalbdan muborakbod etamiz!
Intellektual izlanishlaringiz davomli, muvaffaqiyatlaringiz bardavom bo‘lsin!
🌟 Har bir yangi yutuq — yangi marralarga yetaklasin!
👍139🥰130👏125❤124🎉118🔥108🤩100
Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi kitob fondi uchun ijodkor Mansur Aslonovning "Qishloqi bolaning qishlog‘i" nomli sheriy to‘plami shaxsan muallif nomidan kadastr agentligi viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Usmonjon Qodirov tomonidan sovg‘a qilindi.
Endilikda siz kutubxonaga kelib ushbu kitoblardan bemalol foydalanishingiz mumkin😇
Muhtaram kitobxon, ushbu to‘plamda muallifning kindik qoni tomgan aziz tuproq - tabarruk ona zamin, olov yoshligining guvohi bo‘lgan qishloqning shaharliklar tasavvurigada sig‘dira olmaydigan siru sinoatli jo‘shqin hayoti, qishloqdoshlarining turmush tarzi, urf odat va an’analari, quvonchu tashvishlarini lirik tasviriga bag‘ishlangan bitiklari, ana shu muqaddas zaminga muhabbat, bir birovi bilan tug‘ishgandanda yaqin qishloqdoshlarga chuqur hurmat ramzi barq urib turgan ijod namunalari jamlangan.
Endilikda siz kutubxonaga kelib ushbu kitoblardan bemalol foydalanishingiz mumkin😇
🔥149🎉90👏61❤45🥰19🤩19👍7
Buyuk matematik xotirasiga bag‘ishlab!
Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida mashhur matematik olim, akademik Sa’di Hasanovich Sirojiddinov tavalludining 105 yilligi munosabati bilan "Axborot daqiqasi" bo‘lib o‘tdi.
📖 Shuningdek, "Sa’di Sirojiddinov — buyuk matematik va jamoat arbobi" nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda olimning asarlari, ilmiy maqolalari hamda u haqidagi ilmiy-adabiy manbalar keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.
📌 Bunday tadbirlar yoshlarda ilmga mehr, bilimga intilish va matematik tafakkur asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi!
Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida mashhur matematik olim, akademik Sa’di Hasanovich Sirojiddinov tavalludining 105 yilligi munosabati bilan "Axborot daqiqasi" bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida olimning boy hayoti, ilmiy izlanishlari va matematikaga qo‘shgan bebaho hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Uning ilm-fanga sadoqati va Vatan ravnaqiga qo‘shgan hissasi yosh avlod uchun haqiqiy ibrat maktabidir.
📖 Shuningdek, "Sa’di Sirojiddinov — buyuk matematik va jamoat arbobi" nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda olimning asarlari, ilmiy maqolalari hamda u haqidagi ilmiy-adabiy manbalar keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.
🔍 Tadbir doirasida kitobxonlar ishtirokida qiziqarli matematik savol-javob ham o‘tkazildi. Kitobxonlar faollik bilan ishtirok etishdi, bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi.
📌 Bunday tadbirlar yoshlarda ilmga mehr, bilimga intilish va matematik tafakkur asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi!
🔥70👍67🤩67👏60🥰59🎉56❤50
Forwarded from Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi АРГОС (Farg'ona)
Savollarga javob bering va qimmatbaho sovg’aga ega bo’ling!
📌📌📌 Keyingi qimmatbaho sovg'alar egasi aynan SIZ bo'lishingiz mumkin!
Mutolaani boshladik!
Каnalga obuna bo'lish uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩115🔥71🎉54👍24👏21❤20🥰17
Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi — OAV nigohida!
🔎 Kutubxonamiz faoliyati haqida 2025-yil davomida turli ommaviy axborot vositalarida yoritilgan lavhalarni bir joyga jamladik!
Barchasini endi qulay va bir sahifada ko‘rishingiz mumkin:
👉 Barcha OAV chiqishlari bu yerda👈
📌 Bu to‘plam orqali siz:
✅ Kutubxona faoliyati haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lasiz;
✅ Yangiliklar va dolzarb voqealardan xabardor bo‘lasiz;
✅ Kutubxonamizning OAV bilan hamkorligining natijalarini ko‘rasiz.
📚 Axborot — barcha uchun ochiq!
👁🗨 Tomosha qiling, baho bering va fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing!
❤180🔥96🎉10🥰7👍5👏3🤩2
#Sahifalar_sadosi
#Kutubxonadagi_javohir
Bu kichikgina to‘rtlikda ulug‘ ma’no mujassam! 🕊️
Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino qalamiga mansub ushbu nafis she’riy to‘plam kutubxonamiz fondidan joy olgan bebaho durdona to‘plamlardan biridir.
Agar siz ham qalbingizga ruhiy ozuqa, tafakkuringizga nur bag‘ishlaydigan she’riyatni izlayotgan bo‘lsangiz — kutubxonamiz sizni kutmoqda!
#Kutubxonadagi_javohir
Ne xushki, jahondin kechib, ketgaysen,
Manzilga pushaymonsiz agar yetgaysen.
Har nechaki aylasang – bugun aylagin ado,
Chun ertaga notavon bo‘lib, netgaysen...
Bu kichikgina to‘rtlikda ulug‘ ma’no mujassam! 🕊️
Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino qalamiga mansub ushbu nafis she’riy to‘plam kutubxonamiz fondidan joy olgan bebaho durdona to‘plamlardan biridir.
Agar siz ham qalbingizga ruhiy ozuqa, tafakkuringizga nur bag‘ishlaydigan she’riyatni izlayotgan bo‘lsangiz — kutubxonamiz sizni kutmoqda!
👍51🔥49❤10🥰7👏6❤🔥1🎉1