Telegram Web Link
Kutubxona — bilim sari yo‘lning boshlanishi!

Bugun 2025-yil iyun oyidagi Malaka oshirish instituti ARM tinglovchilari uchun Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida navbatdagi qiziqarli va mazmunli ekskursiya tashkil etildi.

📖 Ekskursiya davomida kutubxonamiz malakali mutaxassislari Nodiraxon Qoraboyeva va Azizaxon Ismoilovalar mehmonlarga kutubxona tarixi, fond tarkibi, axborot-kutubxona xizmatlari hamda zamonaviy kutubxona imkoniyatlari haqida batafsil tushunchalar berishdi.

🔍 Sayohatchilar kutubxonamizdagi elektron bazalar, ixtisoslashgan adabiyotlar, yangilangan o‘quv zallari va multimedia resurslari bilan yaqindan tanishdilar.

💡 Bunday sayohatlar tinglovchilar uchun nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish, balki kutubxona madaniyatini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi!
📚 Yozgi ta’tilni kitoblar bilan bezaylik!

22-umumta’lim maktabining bilimga chanqoq o‘quvchilari Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga maroqli ekskursiya uyushtirishdi.

Bolajonlar kutubxona muzeyida tarix va bilimlar xazinasiga sayohat qilishdi. Ular ilk bor bunchalik ko‘p kitoblarni bir joyda ko‘rib, kitoblar olamiga chinakam oshufta bo‘lishdi! 📖

Ekskursiya davomida kutubxonamizning malakali xodimi Feruza Alimuhammedova mehmonlarga kutubxonaning asosiy vazifalari, foydalanish qoidalari va kitobdan oqilona foydalanish madaniyati haqida qiziqarli va foydali ma’lumotlar ulashdi.

Bu tashrif bolajonlar uchun nafaqat maroqli, balki ilhomlantiruvchi kashfiyot bo‘ldi — ular endi kitobni nafaqat o‘qiydi, balki qadrlaydi ham! 🌟

🧒📘 Kitob bilan do‘stlashgan bola – nurli kelajak egasi!
Фарғонада хитойлик тадбиркорлар иштирокида бизнес-форум бўлиб ўтди

Фарғона шаҳридаги Аҳмад Фарғоний номидаги вилоят ахборот-кутубхона марказида “Фарғона–Хитой” бизнес-форуми бўлиб ўтди. Форумда вилоят ва шаҳар-туман ҳокимликлари мутасаддилари, маҳаллий тадбиркорлар ҳамда 50 нафардан зиёд Хитой ишбилармон доиралари вакиллари иштирок этди.

Fergana.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
2025/07/04 23:25:13
Back to Top
HTML Embed Code: