Telegram Web Link
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli” mavzusida axborot daqiqasi o‘tkazildi hamda kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir davomida Davlat gerbida tasvirlangan ramzlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan: Humo qushi, paxta va g‘alla boshoqlari, lotin yozuvida yozilgan mamlakat nomi, shuningdek, gerb tepasida joylashgan sakkiz qirrali yulduz, uning ichida tasvirlangan oq yulduz va yarim oy ramzlarining ma’nosi haqida so‘z yuritildi.
Bugun Farg‘ona viloyati hokimligida davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida “Viloyat hokimi kubogi” uchun tashkil etilayotgan “Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovining mazmun-mohiyati, bosqichlari va baholash mezonlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹 Yig‘ilishda tanlovning tashkiliy jihatlari, adolatli va shaffof baholash tamoyillari, har bir bosqichdagi ishtirokchining faolligi va mutolaa madaniyatini baholash mezonlari muhokama qilindi.

🗂 Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

1. Test sinovi – tavsiya etilgan adabiyotlar asosida;
2. “Esse” yozish – o‘qilgan asarlar bo‘yicha shaxsiy mulohaza va tahlil;
3. Final bosqichi – “Tezkor savol-javob” va “Qahramon tahlili” orqali bilim sinovi.

📝 Arizalar 2025-yil 6-iyulgacha onlayn qabul qilinadi. Test sinovlari 15-sentabrgacha, final bosqichi esa oktyabr oyining birinchi yarmida o‘tkaziladi.

🏆 G‘oliblar Farg‘ona viloyati hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
#jarayon

Tahlil samaradorlikka yetaklaydi

Farg‘ona viloyatidagi mavjud tuman-shahar axborot-kutubxona markazlarining yarim yillik faoliyatlari tahlil qilinmoqda.

Ayni damda Margʻilon shahar hamda Uchkoʻprik tumani axborot-kutubxona markazlari rahbarlaring hisobotlari tinglanmoqda.
#jarayon
#yarim_yillik_sarhisob

Jarayon davom etmoqda

Ayni damda Beshariq va Yozyovon tumani axborot-kutubxona markazlari rahbarlarining hisobotlari tinglanmoqda.

Kutubxonalar faoliyatining samaradorligi, mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati va kelgusi rejalar muhokama qilinmoqda.
2025/07/03 23:18:48
Back to Top
HTML Embed Code: