Telegram Web Link
#jarayon
#yarim_yillik_hisobot

Hozirda Buvayda, Toshloq va Farg‘ona tumanlari axborot-kutubxona markazlari rahbarlari tomonidan hisobotlar taqdim etilmoqda.

Tuman kutubxonalarida amalga oshirilgan ishlar, ko‘rsatkichlar va istiqboldagi vazifalar tahlil qilinmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☀️XAYRLI KUN!
03.07.2025

2025-yil Farg‘onada kitobxonlik yili deb e’lon qilingan. Bu jarayonda turli loyihalar amalga oshirilmoqda. "Kitoblararo 90 kun" va "Kitobxon davlat xizmatchisi" kabi tanlovlar ham kitobxonlar soni ko‘payishiga xizmat qiladi.

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Quvasoy shahridagi "Kimyogar" bolalar oromgohi bilan hamkorlikda dunyoga mashhur fransuz yozuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperi hayoti va uning qiziqarli ijodiy yo‘li haqida bolajonlarga ma’lumot berdilar.

Tadbir davomida yozuvchining eng mashhur asari — “Kichkina shahzoda” qissasiga bag‘ishlangan booktrailer namoyish etildi. Ushbu asar asosida tuzilgan qiziqarli savollar oromgohdagi bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirda ishtirok etgan bolalar uchun:
Kutubxona hamda oromgoh kutubxonasidan Antuan de Sent-Ekzyuperining eng sara asarlari tanlab olindi va o‘qish uchun tavsiya etildi.

📖 Shuningdek, Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Quvasoy shahridagi "Kimyogar" bolalar oromgohi o‘rtasida ko‘chma kutubxona tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
2025/07/04 04:21:01
Back to Top
HTML Embed Code: