Telegram Web Link
Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Kelajak soati” darslari muntazam o‘tkazilmoqda

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 25-avgustdagi 308-son buyrug‘iga asosan haftaning har dushanba kuni 1-soatda barcha sinflarda “Kelajak soati” darslari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

“Kelajak soati” — yoshlarning tafakkurini boyitish, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar va tarixiy merosga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim ta’limiy tashabbusdir.

Bugungi mashg‘ulot “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida o‘tkazilib, o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan o‘zlashtirildi. Dars jarayonida vazirlik tomonidan tavsiya etilgan videokontentlar va metodik media vositalardan samarali foydalanildi. Ushbu o‘quv-metodik yondashuv o‘quvchilarning mavzuni yanada chuqur anglashlariga, tarixiy bilimlarini mustahkamlashlariga xizmat qildi.

Mazkur darslar orqali yosh avlodda vatanparvarlik, ma’naviyat va tafakkur madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари Бирлашган кураш дунёси президенти Ненад Лаловични қабул қилди ҳамда уни "Дўстлик" ордени билан тақдирлади.

Глава нашего государства принял президента Объединенного мира борьбы Ненада Лаловича и наградил его орденом «Дўстлик».

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona tumanida “Kelajak soati” doirasida “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

Farg‘ona tumani 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-“A” sinf o‘quvchilari uchun “Kelajak soati” doirasida “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur dars jarayonlarini Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shavkatjon Yuldashev olib bordi. Mashg‘ulot noan’anaviy metod asosida tashkil etilib, o‘quvchilarni faol fikrlashga, tarixiy merosimizni chuqur anglashga undadi.

Dars davomida Shavkatjon Yuldashev o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tarzida suhbat olib borib, mavzuga oid batafsil tushunchalar berdi. Jarayon qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi va yoshlarning tarixiy bilimlarini kengaytirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍4
Bugun 14-oktabr 2025-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro ko‘rish kuni.
🌏 Butunjahon Standartlash kuni.
🌏 Vinni Pux kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇿🇲 Belorusiya - Onalar kuni.
🇬🇪 Gruziya - Mtsxetoba.
🇨🇬 Kongo - Yoshlik kuni.
🇲🇩 Moldova - Kishinyov kuni.
🇵🇱 Polsha - O‘qituvchilar kuni.
🇹🇿 Tanzaniya - Nyerere kuni.
🇺🇦 Ukraina - Ukraina himoyachilari kuni (2015 yildan beri).
🇺🇦 Ukraina - Ukraina kazaklari kuni.
🇾🇪 Yaman - Ozodlik kuni.

👉 VOQEALAR:

🔹 1066 - Gastings jangi.
🔹 1815 - Napoleon I Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi.
🔹 1843 - Birinchi bor “Mendelson” marshi sadolari yangragan kun.
🔹 1884 - Jorj Eastman fotoplyonkani patentladi.
🔹 1900 - Zigmund Freydning mashhur "Tushlar ta’biri" kitobi nashr etildi.
🔹 1905 - Parijda Xalqaro aviatsiya federatsiyasi tashkil etildi.
🔹 1913 - Janubiy Uelsdagi shaxtada metan portlashi natijasida 439 kishi halok bo'ldi.
🔹 1924 - Tojikiston ASSR va Qora-Qirg'iz Avtonom viloyati tuzildi.
🔹 1926 - Londonda Alan Milnning "Vinni Pux" filmi namoyish etildi.
🔹 1928 - „Graf Zeppelin“ Atlantika okeanidan uchib oʻtib Nyu Jersi shtatida qoʻndi.
🔹 1933 - fashistlar Germaniyasi Millatlar Ligasidan chiqishini e'lon qildi.
🔹 1944 - Ukraina SSR fashist bosqinchilaridan ozod qiligan kuni.
🔹 1966 - AQSHda „Qora qoplonlar“ partiyasi tuzildi.
🔹 1970 - Gaagada havo kemalarini noqonuniy olib qo'yilishiga qarshi kurash to'g'risidagi xalqaro konvensiya qabul qilindi.
🔹 1972 - Bernardo Bertoluchchining mashhur "Parijdagi so'nggi tango" filmi Nyu-York kinofestivalida namoyish etildi.
🔹 1994 - Shotlandiyalik Fiona Kempbell Yer sayyorasini piyoda bosib o'tgan birinchi ayol bo'ldi.
🔹 2003 - Xitoy „Chenzhou“ kosmik kemasini fazoga uchirdi.
🔹 2012 - Feliks Baumgartner 39 km (128100 fut) balandlikdan muvaffaqiyatli sakradi.
🔹 2017 - Mogadishodagi teraktlar, 580 dan ortiq odam halok bo'ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

🔸 1542 - Akbar Jaloliddin Muhammad (1605) - Hindistondagi Boburiylar saltanatining hukmdori (1556 yildan), Boburning nabirasi, Humoyunning o'g'li.
🔸 1585 - Shuts Genri (1672) - nemis bastakori, organist, tarbiyachi, milliy kompozitorlik maktabining asoschisi.
🔸 1644 - Uilyam Penn (1718) - nomi Pensilvaniya shtatiga qo‘yilgan ingliz jamoat arbobi.
🔸 1873 - Jyul Rimet (1956) - fransuz huquqshunosi, futbol bo‘yicha Jahon chempionatining tashabbuskori va tashkilotchisi, FIFA prezidenti (1921-54).
🔸 1890 - Duayt Devid Eyzenxauer (1969) - AQShning 34-prezidenti (1953-1961).
🔸 1893 - Ip Man (1972) - Xitoy jang san'atlari ustasi, Bryus Lining ustozi.
🔸 1906 - Raymond Devis (2006) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sovrindori (2002).
🔸 1936 - Habibullayev Poʻlat (2010) - fizik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994).
🔸 1941 - Mamedova Tursunoy (1996) - xonanda, O'zbekiston xalq artisti (1991).
🔸 1947 - Mo'minov Qodir - raqqos, xoreograf, Oʻzbekiston xalq artisti (1997).
🔸 1955 - Kozim Qayumov - xonanda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist.
🔸 1969 - Viktor Onopko - rossiyalik futbolchi va trener.
🔸 1981 - Shabnam Surayyo - tojik estrada yulduzi va Tojikistondagi mashhur zamonaviy ijrochilarning biri.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍2
“Yetakchi Camp” uchun qabul boshlandi!

⚡️Mahalladagi yoshlar yetakchilari uchun maxsus camp: intellektual salohiyatni oshirish, shaxsiy rivojlanish va yoshlar bilan ishlash ko‘nikmalarini kuchaytirish — barchasi bir joyda.

Ishtirokchilar ariza topshirish yo‘li bilan saralab olinadi.

Arizalar qabul muddati: 17-oktabr (soat 23:59 gacha)

Ro‘yxatdan o‘tish: Havola

✔️ Batafsil ma’lumot

O‘zingizni sinang, tajribangizni kengaytiring va mahallangizdagi yoshlar bilan ishlash sifatini yangi bosqichga olib chiqing!

#YetakchiCamp

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Mahallada "yettilik" tizimi joriy qilinib, kredit, subsidiya, kompensatsiya, moddiy yordam ajratish kabi 100 dan ziyod xizmatlar mahalla darajasiga tushirilgani hisobiga 7,5 million fuqaro kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik darajasi 2 barobar qisqardi. Shuningdek, 3,5 ming mahalla qiyofasi zamonaviy ko‘rinishga keldi.

Mahalla raislarining vakolat muddati 3-yildan 5-yilga uzaytirildi. Ular boshchiligida "yettilik" vertikal tizimi yaratildi, yetarli sharoit, resurs va vakolatlar berildi.

Mahalladagi har bir imkoniyatni loyihaga aylantirib, ish o‘rni yaratish uchun mahallalarga bankir va soliqchilar bog‘lab berildi, infratuzilmaga ham alohida mablag‘ ajratilmoqda.

Davlatimiz rahbari bulardan samarali foydalanib, natija ko‘rsatayotgan mahallalar ko‘pligi, lekin ayrimlari yagona jamoa bo‘lib ishlab ketishni haligacha o‘rganmaganini ko‘rsatib o‘tdi.

"Norin tumanidagi Sho‘rariq mahallasiga borganim viloyat hokimlari, respublika, viloyat, tuman rahbarlari, "yettilik"ni ko‘zini ochib, ularni sifat va kompetensiyani oshirishga undashi kerak",
– dedi P
rezident.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Prezident mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

O‘tgan hafta imzolangan qarorga muvofiq, Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib boradigan 33 ta tuman va 330 ta og‘ir mahalla belgilab olindi.

Bu tumanlarning har biriga 100 milliard so‘mdan, 330 ta mahallaning har biriga esa 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Jahon banki va Islom taraqqiyot bankidan jalb qilingan 100 million dollar ham mazkur maqsadlarga qaratiladi.

Bundan tashqari, ushbu tuman va mahallalardagi "drayver" loyihalar infratuzilmasi uchun yana 2 trillion so‘m beriladi.

Umuman, bu dasturni moliyalashtirish uchun 7 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi.

Viloyat hokimlarining o‘zi ham 2 tadan, tuman hokimlari esa 1 tadan og‘ir mahallani belgilab, ularga 5 milliard so‘mdan yo‘naltirishi, yana 236 ta mahalla aholisi turmushida keskin o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Bir oy oldin "Tashabbusli byudjet" bo‘yicha yangi qaror qabul qilinib, mahallada odamlarning o‘zi faol bo‘lib boshlagan loyihalarga ko‘mak beradigan tizim joriy qilindi. Bunda qaysi mahallada aholi yo‘l, suv, maktab, bog‘chani ta’mirlashni boshlagan bo‘lsa, xarajatining yarmini davlat ko‘taradi. Bu maqsadlar uchun kelgusi yilda yana 1 mingta loyihaga 500 milliard so‘m ajratiladi.

Prezidentimiz bu borada yana bir yangilikni e’lon qildi. Joriy yildan boshlab Soliq qo‘mitasi yer va mol-mulk soliqlarini to‘langanlik darajasiga qarab, "Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla" reytingini e’lon qiladi.

Bunda 100 talikka kirgan mahallaga "Tashabbusli byudjet"ning yangi tizimi bo‘yicha infratuzilma xarajatining 75 foizi byudjetdan to‘lab beriladi. Shuningdek, ushbu mahallalarning har biriga qo‘shimcha 2 milliard so‘mdan ajratiladi.

Qonunchilik palatasi deputatlariga o‘z okrugidagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun har biriga 3 milliard so‘mdan mablag‘ beriladi.

Mahalla hududida sanitariya, ekologiya va noqonuniy qurilish bo‘yicha jarimalarning 10 foizi mahalla byudjetiga yo‘naltiriladi. Mahallalar byudjetiga 2026-yildan boshlab har yili 200 milliard so‘mdan ajratiladi.

"Ana shu aytib o‘tgan beshta manba hisobidan kelgusi bir yil uchun 2 mingta mahallaga qo‘shimcha 8,5 trillion so‘m mablag‘ beryapmiz",– dedi Prezident.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Tuman hokimlari berilayotgan mablag‘dan oqilona foydalanib, "mahalla yettiligi" bilan yangi yondashuvlar asosida ishlashi zarurligi qayd etildi.

Masalan, Norindagi Sho‘rariq mahallasi atrofidagi yana 6 ta mahallaga xizmat ko‘rsatadigan markazga aylanmoqda. Bundan ruhlanib, "Zamonaviy guzar, servis markazi, bog‘cha, maktab quraman, ishlab chiqarish qilaman!", deb o‘nlab tadbirkorlar tashabbus bilan chiqdi.

Atrofidagi 6 ta mahalla shtatidan to‘g‘ri foydalanib, tejalgan mablag‘ hisobidan arxitektor va urbanist jalb qilingani natijasida ushbu 7 ta mahalla qiyofasini butunlay o‘zgartirish uchun imkoniyat paydo bo‘lyapti.

"Chunki tadbirkorlar ishini boshlash va biznesini kengaytirish uchun, birinchi navbatda, yaxshi joy so‘rayapti. Har bir mahallada gavjum ko‘cha bormi – bor! Bo‘sh yer va binolar bormi – bor! Faqat mutaxassis bilan shu joyning loyihasini tayyorlab, infratuzilma qilib berish kerak!",
- deb vazifa qo‘ydi Prezident.

Viloyat, tuman va shahar hokimlariga Islohotlar shtabi bilan birga birinchi bosqichda 33 ta tuman va 330 ta mahallada ishlarni ana shunday yondashuv asosida yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Yig‘ilishda mahallalarda tadbirkorlik loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yaratilgan imkoniyatlar hisobiga 7 mingta mahalla meva-sabzavot, gulchilik, asalarichilik, tikuvchilik, mebelsozlik, savdo va servis kabi 15 ta yo‘nalishga ixtisoslashdi. 3 ming 326 ta mahalladagi 50 foiz xonadon bu tizim bilan qamrab olingani uchun 1,5 million oila daromadli bo‘ldi.

Mahalla bankirlari, hokim yordamchilari har bir mahallada o‘rtacha 40 tadan mikroloyiha qilishi uchun ularga joriy yilda 6,5 trillion so‘m resurs berildi.

Lekin shuncha resurs berilsa-da, hamma hokimlar va "mahalla yettiligi" ham bir xil ishlamayotgani ta’kidlandi. Hududlardagi 2 ming 356 ta mahallada esa hali ixtisoslashuv darajasi ancha past.

Mutasaddilarga barcha mahallada ixtisoslashuvni oxiriga yetkazish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunda mahallalar aholisi bilan uchrashib, ularning salohiyatidan kelib chiqib, aniq ixtisosligini belgilash, kamida 200 ming aholini band qiladigan mikroloyihalarni shakllantirish topshirildi.

Kelasi yildan meva-sabzavotga ixtisoslashgan 2 ming 682 ta mahallaga sanoat olib kirish uchun imtiyozli resurslar, avvalo, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash loyihalariga beriladi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Mahallalarga mablag‘ ajratilib, sharoit yaratilgani uchun shu yilning o‘zida 237 ming oila kambag‘allikdan chiqdi. Lekin hozirda 28 ta kichik tumanda ishsizlikka qarshi yetarli chora ko‘rilmayotgani qayd etildi.

Mahalla tizimi uchun mas’ul rahbarlarga bugundanoq ishchi guruhi tuzish va ushbu 28 ta tumanga borib, ulardagi ishsizlik, kambag‘allik va jinoyatchilikni kelasi yili 2 karra qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi.

Mahallalarga 2 ming kvadrat metrgacha bo‘sh davlat obyektlarini auksionga chiqarish vakolati berilgan. Masalan, Samarqand shahar Shodlik mahallasi 1,5 ming kvadratli bino sotuvidan mahalla byudjetiga 5 milliard so‘m tushirgan.

"Ko‘ryapsizlarmi, qolgan mahallalarda ham "yettilik" izlansa, 3 mingga yaqin bunday binolarni sotish orqali ancha masalani hal qilsa bo‘ladi",

– dedi Prezident.

Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi bo‘sh turgan 5 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin bo‘ladi.

Sotuvdan tushgan mablag‘ning 70 foizi mahallaning o‘zida qoladi va infratuzilmaga sarflanadi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Sharoit qilib berilgani uchun joylarda xususiy sheriklik asosida 1 mingga yaqin zamonaviy mahalla binolari barpo etildi.

Shu bilan birga, mahalla binolarini zamonaviy servis ob’yektiga aylantirish uchun tadbirkorlarga qo‘shimcha yengilliklar beriladi.

Eng avvalo, viloyat “Islohotlar shtabi” tadbirkorlar bilan maslahat qilib, mahalla binosi qurish uchun aniq joyni belgilaydi, yer ajratish qarorini chiqarib beradi.

Shahar va viloyat markazida tadbirkorlar tomonidan qurilib, pastki qavatida “mahalla yettiligi” joylashadigan binolar 3 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.

Qishloq joylarda esa bu imtiyozlar 7 yil bo‘ladi.

Bino egasi bo‘lgan tadbirkorlar ushbu muddat davomida foyda va aylanmadan soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘laydi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Yig‘ilishda mahallalardagi ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi bo‘yicha yechim topilishi kerak bo‘lgan bir qator masalalar ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, yil boshidan 32 mingga yaqin oila ajrashib ketgani, 16 ming ota-ona aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgani, oilasi va bolalarini kredit qarzlari bilan tashlab ketish holatlari uchrayotgani, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari barchani – hokimlar, “mahalla yettiligi”, nuroniylar, butun jamoatchilikni qattiq tashvishga solishi kerakligi qayd etildi.

Oila qurish bu – nafaqat o‘zi, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklarini targ‘ib qilish lozimligi ta’kidlandi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
Mahallaning ozodaligi shu yerda yashayotgan aholi, “mahalla yettiligi”, hokimning “yuzi”. Shunday bo‘lsa-da, ayrim mahallalar, ko‘chalar, qurilishlar atrofi, ariqlar, xiyobonlarda ozodalik talablariga rioya etilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois, butun respublikada tozalik va ozodalik oyligi e’lon qilinadi.

Har bir tuman va shahar hokimi ko‘chasi, yo‘li, arig‘i, xiyobonini tartibga keltirib, doimo ozoda tutishi shartligi qayd etildi.

Obodonlashtirishga mas’ul hokim o‘rinbosarlariga bugunoq 24 soat ishlaydigan brigadalar tashkil qilib, ko‘cha, xonadon, ko‘p qavatli uy, ijtimoiy ob’yektlar atrofini tozalash topshirildi.

“Toza hudud” korxonalariga qarashli maxsus texnikalar ham bunga to‘liq safarbar qilinadi.

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga chiqindi tashlaganlik uchun jarima qo‘llash vakolati berilgani qayd etilib, ularga joylarga chiqib, shahar va tuman markazlarida kunlik nazorat o‘rnatish topshirildi.

Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1👏1
2025/10/23 08:06:09
Back to Top
HTML Embed Code: