Farg‘ona tumanida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi boshlandi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 55-umumta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘z ishini boshladi.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilmoqda. Birinchi bosqich — test sinovi, unda ishtirokchilarning jadidchilik harakati, ma’rifat va tarixiy shaxslar haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Ikkinchi bosqich — suhbat bosqichi, bu jarayonda qatnashuvchilarning fikrlash doirasi, nutq madaniyati hamda jadidlar merosiga bo‘lgan munosabati baholanadi.
Tanlovning asosiy maqsadi — yosh avlodni jadidlarimizning ma’rifatparvarlik g‘oyalari ruhida tarbiyalash, ularning ilmga, tafakkurga va yurt ravnaqiga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.
Farg‘ona tumanida jadidlar izidan borayotgan yangi avlod ma’rifat yo‘lida dadil qadam tashlamoqda!
Gov.uz | Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal

👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi boshlandi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 55-umumta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘z ishini boshladi.
Tanlovda ishtirokchilar ikki toifada bellashmoqdalar. Birinchi toifa — 6, 7 va 8-sinf o‘quvchilaridan, ikkinchi toifa esa 9 va 10-sinf o‘quvchilaridan iborat.
Tanlov jarayonlarini tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shavkatjon Yuldashev nazorat qilib bordi. U o‘quvchilarga muvaffaqiyatlar tilab, bunday tanlovlar yosh avlodni tarixiy meros va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

👍2
Farg‘onada kimyo fanidan fan olimpiadasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona tumani 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kimyo fanidan fan olimpiadasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakili hamda tuman ta’lim bo‘limi mas’ullari ishtirok etib, olimpiadaga rasmiy start berildi.
Maxsus muhrlangan qutilarda keltirilgan test varaqlari o‘quvchilar ishtirokida ochilib, ularga adolatli tartibda tarqatildi.
Mazkur jarayon shaffoflik, xolislik va adolat tamoyillariga asoslangan holda tashkil etilib, uning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning bilim darajasini baholash, eng iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni Respublika bosqichiga tayyorlashdan iboratdir.

17-oktyabr — Butun jahon kambag‘allikka qarshi kurashish kuni
BMT Bosh Assambleyasi qaroriga ko‘ra, har yili 17-oktyabr kambag‘allikni tugatish uchun kurash kuni sifatida nishonlanadi.
Yurtimizda bu borada izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatilmoqda.
“Kambag‘al oilalar reyestri”ga 667 mingdan ortiq oila kiritildi. Bu shunchaki raqamlar emas ular ortida yangi imkoniyatlar olgan minglab insonlar taqdiri mujassam.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tayyorlangan film orqali islohotlar samarasi va hayotlardagi o‘zgarishlar bilan tanishing.

Farg‘onalik o‘quvchining xalqaro muvaffaqiyati
Farg‘ona tumani 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6–7-sinf o‘quvchilari — Abdurahmonova Farzonaxon, Muhammadaminova Oynuraxon hamda Shokiraliyev Muhammadjon 2025-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “VOC TOURNAMENT English Olympiad 2025” tanlovining final bosqichida munosib ishtirok etishdi.
Ular orasida 6-sinf o‘quvchisi Abdurahmonova Farzonaxon Jamshidbek qizi yuqori natija ko‘rsatib, 100/100 ball to‘pladi va oltin medal sovrindori bo‘ldi.
Yosh iste’dodlarning bu yutug‘i nafaqat uning shaxsiy mehnati va bilimga bo‘lgan intilishining natijasi, balki Farg‘ona tumanida ta’lim sifati yuksalib borayotgani, o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishdagi yutuqlari kengayib borayotganining yaqqol dalilidir.
Farg‘ona tumani hokimligi nomidan Farzonaxonning ushbu yutug‘ini samimiy muborakbod etamiz. O‘qishlarida ulkan omadlar va yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishini tilaymiz.

👍5👏1🎉1👌1