Telegram Web Link
Tashrif davomida investorlar korxonadagi paxta qabul qilish punkti, ip yigiruv boʻlimi, mato ishlab chiqarish tsexi hamda koʻrgazmalar xonasini ko‘zdan kechirdilar.

Mehmonlar ishlab chiqarish jarayonida qoʻllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, sifat nazorati tizimi va tayyor mahsulotlarning eksport salohiyati bilan tanishib, korxona faoliyatiga yuqori baho berdilar.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Uchrashuvda ikki hudud o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tuman hokimi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar yuksak darajada jadal rivojlanayotganini, shuningdek, hududlararo hamkorlik yangi bosqichga chiqayotganini ta’kidladi. Xususan, Xubey provinsiyasi bilan mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilayotgani qayd etildi.

Tashrif davomida investorlar Farg‘ona tumanining iqtisodiy va investitsion salohiyati, mavjud sanoat zonalari, qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari hamda eksport yo‘nalishlari bilan tanishtirildi.

Xitoylik ishbilarmonlar Farg‘ona tumanida turli sohalarda hamkorlik qilish, investitsiya kiritish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ilgari surdilar.

Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida kelishib oldilar.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda "Farg‘ona" telekanali hamkorligida tayyorlanib, efirga uzatilayotgan "Insondan - insongacha" teleloyihasining navbatdagi soni Farg‘ona tumani mahallalarida tasvirga olindi.

Xo‘sh, Farg‘ona tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlardan aholi mamnunmi?


Bu haqdagi ko‘rsatuvni tez kunlarda "Farg‘ona" telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
2025/10/24 20:01:02
Back to Top
HTML Embed Code: