Farg‘onalik ustozlar Yaponiyaning Tokio shahridagi “Koendzi Gakuen” boshlang‘ich maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi
Yaponiyada xizmat safarida bo‘lib turgan Farg‘ona viloyatidan tashrif buyurgan ustozlar delegatsiyasi Tokio prefekturasining Suginami tumanida joylashgan “Koendzi Gakuen” boshlang‘ich maktabida bo‘lib, u yerdagi ta’lim jarayoni, o‘qitish uslublari va bolalarga munosabat madaniyatini yaqindan o‘rgandilar.
Tashrif doirasida ustozlar yapon o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan dars mashg‘ulotlarida qatnashib, o‘quv jarayonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ular ta’lim jarayonidagi pedagogik yondashuvlar, sinfdagi tartib, bolalarning faol ishtiroki hamda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot madaniyatini chuqur tahlil qilishdi.
Darslarning interaktiv tarzda tashkil etilishi, texnologiyalardan samarali foydalanish, bolalarning mustaqil fikrlashiga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar ustozlarda katta taassurot qoldirdi. Yapon ta’limiga xos bo‘lgan intizom, daqiqalik va samaradorlik kabi jihatlar o‘zbek o‘qituvchilari uchun o‘rganishga arzigulik tajriba bo‘ldi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida mahalliy yapon hamkasblar bilan fikr almashish, ta’limdagi yangi tendensiyalar va metodlar haqida muloqot qilish imkoniyati yaratildi. Ustozlar zamonaviy o‘qitish metodikasi, o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish va darslarga interaktiv yondashuvlar bo‘yicha qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar.
Shu tariqa, farg‘onalik ustozlar uchun mazkur tashrif nafaqat xorijiy tajriba bilan tanishish, balki o‘z pedagogik faoliyatlariga yangi g‘oya va yondashuvlarni olib kirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Eʼlon
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashining navbatdagi 14-sessiyasi 2025-yil 27-oktyabr kuni soat 10.00 da tuman hokimligi binosida boʻlib o‘tadi.
O‘tkaziladigan navbatdagi sessiya Farg‘ona tumani hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali jonli efirga uzatiladi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi.
Batafsil
O‘tkaziladigan navbatdagi sessiya Farg‘ona tumani hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali jonli efirga uzatiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Fidoyi mehnatkashlar e’tirof etildi
El rizqi va yurt farovonligi yo‘lida belni mahkam bog‘lab, sidqidildan mehnat qilayotgan fidoyi paxtakorlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning mehnatini qadrlash maqsadida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ilxomjon Abduraxmonov, Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov hamda O‘zLiDeP Farg‘ona tuman Kengashi rahbari Saidaxon Otajonova Fargʻona tumanidagi “Yangi yo‘l”, “Xonqiz” va “O‘zbekiston” mahallalarida bo‘ldilar.
Tashrif davomida deputatlar dalalarda mehnat qilayotgan paxtakorlar bilan suhbatlashib, ularning fidokorona mehnati, sabr-toqati va Vatanga bo‘lgan sadoqatini yuksak e’tirof etdilar.
Paxtakorlarning hosil yig‘im-terimida erishayotgan natijalari, ularning tinimsiz mehnati tufayli yurtimiz iqtisodiyoti rivojlanayotganligi, xalq farovonligi ortib borayotgani ta’kidlandi.
Tashabbuskor mehnatkashlarga deputatlar tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

👍4