Telegram Web Link
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам ускоренного внедрения технологий искусственного интеллекта в государственном управлении, отраслях экономики и регионах.

#Mirziyoyev #videoselektor #IT #suniyintellekt

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi


“Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–308-son, 20.10.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Davlat tilini yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔸 mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanishga erishish;

🔸 davlat tilining sofligini saqlash va uning lug‘at boyligini muntazam oshirib borish;

🔸 davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

📃 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublika darajasidagi davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

🗓 2026-yildan boshlab:

🔹 taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari uchun o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha darsliklarning davriyligi asosida yangi avlodi yaratiladi;

🔹 maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha pedagoglar uchun o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqiladi;

🔹 maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lug‘atcham” rasmli lug‘at kitobi yaratiladi;

🔹 bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqilishi tashkil etiladi.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
DIQQAT, TANLOVDA ISHTIROK ETING!

Tabiatning har fasli o‘ziga xos go‘zal va betakror. Tillarang jilosi bilan ko‘zni qamashtiruvchi kuzning tarovati o‘zgacha. Bu faslda tabiat ajib tusga burkanadi, ko‘ngillarga huzurbaxsh tuyg‘ular baxsh etadi.

Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan kuzning o‘ziga xos tarovati, manzaralari aks etgan eng yaxshi video va rasmlar tanlovi e’lon qilinadi. Unda viloyatimizning turli hududlaridagi bu faslning fusunkorligi ochib berilgan bo‘lishi kerak.

Tanlovga ijodiy ishlar 20-noyabr kunigacha qabul qilinadi.

Tanlov ishtirokchilari videorolik va fotolavhalarni @kuztanlov2025 ga jo‘natishlari mumkin.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍1
“Mening maktabim” loyihasi doirasida loyiha kiritish bosqichi ertaga, 22-oktabr kuni boshlanadi. 1-bosqich doirasida 1, 2 va 4-toifaga kiritilgan 112 ta tumandagi 4 987 ta maktab ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, “Mening maktabim” loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan har bir oʻquvchi oʻzi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.

O‘quvchilar quyidagi usullardan foydalangan holda o‘z loyihalarini ilgari surishlari mumkin:

1️⃣ avtomatik tarzda — loyiha namunalari orasidan o‘ziga yoqqan loyihani tanlash orqali;
2️⃣ mustaqil ravishda — taqdim etilgan loyiha namunalari orasida mavjud bo‘lmagan loyihalarni yangidan shakllantirish orqali.

💻 “Ochiq budjet” portali orqali o‘z maktabingiz uchun tashabbus ko‘rsatishda faol bo‘ling!

Mazkur bosqichda ishtirok etayotgan 112 ta tuman ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

➡️ Ro‘yxat

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyev IT-parkka tashrif chog‘ida sun’iy intellekt texnologiyalarini mamlakatimiz vazirlik va idoralari faoliyatiga hamda boshqa sohalarga keng tatbiq etishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев в ходе посещения IT-парка ознакомился с проектами, направленными на широкое внедрение технологий искусственного интеллекта в деятельность министерств и ведомств, а также в другие сферы.

#Mirziyoyev #taqdimot #suniyintellekt #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2
#фойдали

🌐 my.gov.uz  portali orqali davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

💻 my.gov.uz/uz/service/855 — Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini onlayn olish tartibi;

💻 my.gov.uz/uz/service/640 — Avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/325 — Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/949 — "Ishga marxamat" monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari kurslarida o‘qish uchun ariza yuborish;

💻 my.gov.uz/uz/service/187 — Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobga qo‘yish;

💻 my.gov.uz/oz/service/308 — Kira qilish uchun lisenziya varaqasini olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/126 — Soliqdan qarzi mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma;

💻 my.gov.uz/uz/service/357 — Elektron raqamli imzo olish;

💻 my.gov.uz/oz/service/853 — Avtotransportni onlayn sug‘urtalash;

💻 my.gov.uz/oz/service/412 — O‘zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov qo‘yilganligi holatini tekshirish;

💻 my.gov.uz/uz/service/491 — O‘z o‘zini band qilgan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

💻 my.gov.uz/uz/service/263 — Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida ma’lumot olish;

💻 my.gov.uz/uz/service/378 — Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish;

💻 my.gov.uz/uz/service/418 — Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish

💻 my.gov.uz/uz/service/587 — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish;

💻 my.gov.uz/uz/service/654 — Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish;

💻 my.gov.uz/oz/service/938 — Kredit tarixi o‘rganilganligi bo‘yicha ogohlantiruvchi «SMS-xabarnoma» olish.

💻 Oilakredit.uz — oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha kredit olish uchun ariza berish bo‘yicha;

💻 ipoteka-bozori.uz — yangi tartibdagi ipoteka kreditlari;

💻 Subsidiya.mf.uz — subsidiya rasmiylashtirish bo‘yicha;

💻 smart-market.uz —  yirik ishlab chiqaruvchi, ulgurji savdo, yetkazib beruvchi korxona va tashkilotlar uchun o‘z mahsulot hamda xizmatlarini erkin sotish hamda kredit oluvchilar uchun mahsulot yetkazib beruvchi firmani erkin tanlash imkoniyati mavjud.

💻 Infokredit.uz yoki my.gov.uz — kredit tarixini bilish uchun;

💻 bank-kredit.uz  —"20 tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi doirasida kreditga ariza berish;

💻 portal.infokredit.uz — Yuridik shaxslar kredit tarixi haqidagi ma’lumotni olishi uchun.

📱my.gov.uz ilovasini yuklab olish: Google Play yoki App Store.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
O‘zbekistonning anklav va eksklav hududlari

Batafsil:
https://www.gazeta.uz/oz/2020/06/11/enclave/

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi


Prezident qarori (PQ–310-son, 20.10.2025-y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risidagi”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi, jumladan:

🔹 favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu borada mavjud kuch va vositalarning doimiy shayligini taʼminlash;

🔹 respublikada fuqaro muhofazasining tashkil etilishi va amalga oshirilishini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning ro‘y berishi xavfi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y bergani haqida aholini o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkil etish;

🔹 yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va ularni yo‘q qilish ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, bu bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

☑️ Vazirlik shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan namuna-etalonlariga muvofiq harbiy va maxsus kiyim-bosh formasiga, ramzga va farqlovchi nishonlarga ega bo‘ladi.

🔗 Vazirlik harbiy xizmatchilari va qutqaruvchilari bepul harbiy va maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanadi.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Yashirincha foydalanilgan elektr energiyasi uchun qarz toʻliq undirildi

Majburiy ijro byurosi Fargʻona tuman boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan “Elektr taʼminoti korxonasi” (ETK) foydasiga qarzdor T.L.dan 10 million 825 ming soʻm asosiy qarz va 541 ming soʻm ijro yigʻimi toʻliq undirildi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro T.L. elektr tarmogʻiga yashirincha ulanib, belgilangan hisoblagich vositalarisiz elektr energiyasidan foydalangan.

Bu holat aniqlanganidan soʻng, ETK tomonidan u haqda tegishli hisob-kitob amalga oshirilib, umumiy miqdordagi zarar miqdori belgilangan.

Byuroning Fargʻona tuman boʻlimi davlat ijrochilari qarzdorga nisbatan ijro ishini amalga oshirib, qisqa fursat ichida qarzning toʻliq undirilishini taʼminladi.

Mazkur holat fuqarolarni elektr energiyasidan qonunga muvofiq va hisoblagich orqali foydalanish zarurligini yana bir bor eslatib oʻtdi.

🇺🇿 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 📌 ••• | 💬 •••
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/10/24 07:50:25
Back to Top
HTML Embed Code: