Telegram Web Link
Ey inson!
Nedur senga shuncha yaxshilik qilgan Robbingni unuttirgan?
Tavba qilgandan keyin katta gunoh yo'q,
gunohda davom etgandan keyin kichik gunoh yo'q.

Onur Kaplan
Asr vaqtiga yaqin charchaysiz, bir yondan ovqatlar tayyorlanayotgan bo'ladi. Oldingizda turadi yeyish imkoningiz bor, lekin yemaysiz. Alloh rizosi uchun.. Bu naqadar go'zal tuyg'u.. Aynan mana shu holatga aytiladi. "Ishqingdan yemay, ichmay qo'ydim" deb. Bo'lmasa inson hech qachon bir kishi uchun och ham, suvsiz ham qolmaydi.
Qarshingizdagi insonni uyaltirmaslik uchun bir narsani ko'rmaganga olish.

Kamchilik biladigan ahloq saviyasidir.
Butlarni yomonlash o'rniga Ibrohimlar yetishtiring. Chunki bir Ibrohim, butun butlarga yetadi.
Qachonki insonga zarar yetsa, Bizga yonboshlagan, o'tirgan yoki turgan holida duo qiladir. Undan zararini ketkazsak, xuddi o'ziga yetgan zarar haqida Bizga duo qilmagandek ketaveradi..

10:12
Kelishingni o'zi bayramdir. Ketayotganingda ham bayram qoldirib ketasan.
Ey Ramazon..
Musulmonlarning eng katta muammolari afsuski bilmasliklarini bilmaslik. Bir masala aytilganida ochliklarini his qilmaydilar va "men buni shundoq ham bilaman" adosi bilan tinglaydilar. Iltimos bir narsani eshitayotganingizda "Men bilaman" demang. Bilishni ham, topishni ham cheksiz martabalari bor.

Onur Kaplan
Dadam bilan tahajjud namoziga uyg'ongan edik.
Tashqariga qaradim. Bizdan boshqa hech kim uyg'onmagan edi.

"Qaniydi ular ham uyg'onishganida edi" dedim.
Dadam dedilarki; "Qaniydi sen ham turmaganingda" g'alati bo'lib kettim va "nima uchun?" deb so'radim;

"Sohibiga huzun bergan gunoh, g'urur bergan ibodatdan hayrlidir" dedilar.

Sa'diy Sheroziy
Inson, qusurlari bo'lgan ammo bu qusurlarni tavba kiyimi bilan o'zgartirib Allohga yo'naluvchidir; inson, yamoqlari bo'lgan ammo Alloh xohlasa, hech gunoh qilmagandek kechiriladigandir. Inson, agar Allohga itoat qilsa, Alloh rizosi so'zi berilgan qullaridir. Bu esa insonning qo'lga kiritganlari bir ne'mat emas balki Allohning Karom Sohibi bo'lishidan, Avf Sohibi bo'lishidan, marhamat qilishidan kelib chiqadi. Asl masala bizning qulligimizda.. Kechagi o'zimizga bugun nima qo'shganimizdadir.
82 yoshida vafot etgan bir kishining joynamozi ekan. Hayotlarida qoldirgan eng chiroyli iz bo'lsa kerak..
O'g'lim biroz avval meni chaqirib; "Dada uhlayotganimda o'ng tarafga qarab yotaman faqat qo'limni boshimni tagiga qo'yib yota olmayapman. Shunga o'zimdan xafa bo'lyapman.. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini qilolmayapman deb" dedi.
Ichim g'alati bo'lib ketdi, biz unga o'rnak bo'lmasimizdan u bizga o'rnak bo'ldi..

Onur Kaplan
Allohim,
ochilmaydigan gulga suv quyib,
ochilmaydigan eshikni oldida umrimni o'tkazib, vaqtimni bekor ketkazishdan Sendan panoh so'rayman.

Amiiyn..
Haromning eng qiyini boshidir. Keyin osonlashadi, oddiylashadi, o'rganib qolinadi, qalbga yoqishni boshlaydi. Keyin inson o'ziga o'zi bahonalar yaratishni boshlaydi. Vijdoni qiynalmay qoladi. Bora bora o'zini, qilayotgan ishi harom emasligiga ishontirishni boshlaydi. Keyinmi? Keyin qalb boshqa boshqa haromlarga yo'naladi va insonni falokati boshlanadi..
Unutmaki, Alloh sen tashvishlanayotgan hamma narsadan buyuk.
Doim biladigan aqlimiz bor. Qachon tushuna oladigan qalbimiz bo'ladi?

Onur Kaplan
Duo qilayotganda hayrlisini so'rash yetmaydi.. U bilan birga osonini ham so'rash kerak. Chunki bazan, hayrlisini o'zi qiyin bo'lishi mumkun.
Ilm - qalbning ibodati va quvvatidir. Ilmsiz qalb o'ladi.

Muhammad Sodiq Muhammad Ismoil
Ey Robbim!
O'zing ham bilasanki,
Bir Sen borsan qalbimga yaqin..
Robbingizdan oyoq kiymingizning ipigacha so'rang. Rahmati cheksiz bo'lganga mutavoze' bo'linmaydi.
2025/07/07 16:42:18
Back to Top
HTML Embed Code: