Telegram Web Link
Hozir qila olmaganingni keyin ham qila olmaysan. Mana shu ‘keyin qilaman’ tushunchasi insonni dangasalikka olib boradigan eng katta sabablardan biridir.

Kechiktirish - faqat vaqtni emas, ruhiy energiyani ham yemiradi. “Keyin” bizga doim yolg’on tinchlik beradi, lekin aslida kuchsizlikni yashiradi.
Agar biz talaba bo‘lsak, o‘rganish bizga zavq berishi kerak. Biror narsani o‘rganganimizda, ichimiz yorishib, quvonchga to‘lishimiz, “bugun ham hayotimga nimadir o‘rgandim, ilmimga ilm qo‘shdim,” deb shukr qilishimiz kerak.

O‘rganish — talaba uchun zavq manbai bo‘lishi kerak, azob-u qiynoq emas. Aks holda, odamning nimanidir o‘rganishi qiyinlashadi, ruhan tushkunlikka tushadi va o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi kamayadi.

O‘rganish aslida insonning ichki ehtiyoji va tabiiy holati bo‘lishi kerak. Agar bu jarayon og‘riq, bosim yoki majburiyatga aylanib qolsa, o‘rganuvchida faqat bilimdan emas, o‘zi va hayotdan ham sovuqlik yuzaga keladi.

Bilim olishda quvonch, qiziqish va ma’no topa olgan odamgina haqiqiy o‘sishga erishadi.

Ustozimdan*
Ota-ona eng go’zal dunyo rizqidir.
Bir kun adolat jim bo‘lsa, zulm ovoz ko‘taradi.
O‘zbek — bu juda ham kuchli zaminga ega, mustahkam oyoqda turgan millat. O‘z fikrini voqea-hodisalarga nisbatan nafaqat bildira olishi, balki ularga ta’sir o‘tkazish darajasiga chiqishi juda muhim, deb hisoblayman.

Mubashshir Ahmad
Ayrim siyosatchilar uchun siyosat dinga nisbatan ustun ahamiyat kasb etadi.

Ya’ni, din ular uchun chin dildan e’tiqod qilinadigan ruhiy qadriyat emas, balki ba’zida siyosiy maqsadlarga erishish yo‘lida vosita yoki qurol sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Seni yok sayacaklar sen daha çok var olacaksın.

#birozturkcha
Har kim iymoni darajasida eshitadi.
Jim qolmang. Ovoz ko‘taring.

G‘azoda zulm har lahza davom etmoqda. Go‘daklar, ayollar, begunoh insonlar vahshiylarcha o‘ldirilmoqda. Biz esa… insoniylik u yoqda tursin, musulmon bo‘la turib, bu zulmga shunchaki tomoshabin bo‘lishimiz — naqadar to‘g‘ri?

Yana bir tomonda esa — o‘z vatandoshimiz, ustozimiz, yetakchimiz Mubashshir Ahmad begunoh holda ozodlikdan mahrum. U din uchun, haq yo‘l uchun xizmat qilgan inson. Uning qamog‘i — nafaqat unga, balki butun ummatga bosimdir.

Bu jim qolishlar, “Men nima ham qila olardim?” degan sukutlar — aslida zaiflik emas, balki befarqlikdir. Siz vosita bo‘lib qancha ko‘p odamga yetkazsangiz, ovozimiz shuncha balandroq eshitiladi. Vijdon oldida berilishi kerak bo‘lgan savol shu: haqiqat uchun nega jim qoldik?

G‘azo uchun ham, Mubashshir Ahmad uchun ham jim qolmang. Ovoz ko‘taring.

Bugun sukut — zulmning tilida gapirishdir.
Bugun ovoz — adolatning qurolidir.
Bugun birdamlik — ummatning kuchidir.

Duo qiling. Tarqating. Yuragingiz ovoz chiqarsin. Uyg‘oning.

#MubashshirAhmadgaAdolat
#Gazoniunutma
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasida shunday deyiladi:

"Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo'li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi."
Uyg’onganlarni vazifasi uxlayotganlarni uyg’otishdir.
Barcha gullarni uzib tashlashlari mumkin, ammo bahorning kelishini aslo to‘xtata olmaydilar.
Gohida shunday nusxalarga duch kelasizki, Alloh nima uchun sabrni jannatning eshiklaridan biri qilganini ana shunda anglaysiz.

Mubashshir Ahmad
Forwarded from .
#жамоатчилик_фикри

Устоз Мубашшир Аҳмад билан икки марта қисқагина кўришган бўлсам-да, доим :

“Фарзандларни яхши ўқитинглар, ўзингиз яшаётган жойдаги замонавий илмларни ўрганиб келиб юрт ривожига ҳисса қўшинглар”, - деб насиҳат қилганлар.
Ваҳоланки, ўшанда ўзлари ҳам Туркияда яшар эдилар.

Фикру - зикри доим юртининг равнақи бўлган бундай инсонларнинг жойи - юртнинг зиндонида эмас минбарларида, меҳробларида бўлишга муносиб.

#mubashshir_ahmadga_ozodlik
#free_mubashshir_ahmad

Иброҳим Муҳаммад

@MubashshirAhmad
2025/10/19 00:15:37
Back to Top
HTML Embed Code: