Telegram Web Link
🖊#Vocabulary

Emotions ( = his-tug'ular)
:

😄Happy = xursand
☹️Sad = xafa
😠Angry = g'azablangan
😳Surprised = hayron/ajablangan
🥱Sleepy = uyqusiragan
😃Excited = hayajonlangan
😓Depressed = tushkunlikka qolgan
😱Scared = qo'rqqan
😕Bored = zerikkan
😥Tired = charchagan
🤧Sick = kasal
😒Jealous = rashklangan
😎Confident = o'ziga ishongan
🤢Disgusted = jirkangan

We know that we have not been very active, but we will try our best :)

👉@funandeasyenglish
📄#Text

SOFIA'S BIRTHDAY🥳

Tomorrow
is Sofia's birthday. She is very excited and she went to bed very early. Her mother, waited for her to fall asleep and then, baked a birthday cake for her daughter.
It was the next day. Sofia's mother, brother and father woke up earlier than her and decorated the house. They hung balloons, prepared gifts and laid the table.
Sofia woke up and went to the living room. She thanked her family for everything they did.
After breakfast, Sofia opened her gifts/presents. She got new clothes from her parents and a very beautiful birthday card from her brother. She was very happy.
They spent a wonderful time at a very interesting museum, in the afternoon.
For dinner, they went to Sofia's favorite restaurant called 'Dine and Dish'. Sofia enjoyed every part of her twelfth birthday.

#birthday

@funandeasyenglish
🖊#Vocabulary

SOFIYANING TUG'ILGAN KUNI🥳

▪️Tomorrow - ertaga
▪️Excited - juda xursand/hayajonda
▪️
Went to bed - uxlash uchun yotmoq
▪️Early - erta
▪️Mother - ona
▪️Baked - pishirmoq
▪️Cake - tort
▪️Daughter - qiz
▪️
Next day - ertasi kun/keyingi kun
▪️
Brother - uka/aka
▪️Father - ota
▪️To wake up - (uyqudan) turmoq
▪️Earlier - ertaroq
▪️Decorated - bezatmoq
▪️House - uy
▪️Hung - osmoq
▪️Balloons - sharlar
▪️Prepare - tayyorlamoq
▪️To lay the table - dasturxon bezamoq/yozmoq
▪️Living room - mehmonxona
▪️To thank (verb) - rahmat aytmoq (fe'l)
▪️Family - oila
▪️Everything - barcha/hamma narsa
▪️Did/To do - qildi/qilmoq
▪️After - so'ng/keyin
▪️Breakfast - nonushta
▪️Open - ochmoq
▪️Gifts/presents - sovg'alar
▪️New - yangi
▪️Clothes - kiyimlar
▪️Parents - ota-ona
▪️Beautiful - chiroyli/go'zal
▪️Birthday card - tug'ilgan kun tabriknomasi
▪️Happy - xursand
▪️Interesting - qiziq
▪️Museum - muzey
▪️Afternoon - tushdan keyin
▪️Dinner - kechki ovqat
▪️Went/to go - bordi/bormoq
▪️Favorite - eng yoqtirgan/sevimli
▪️Call - nomlanmoq/chaqirmoq
▪️Enjoy - zavq olmoq
▪️Twelfth - o'n ikkinchi

@funandeasyenglish
🗣#Audio

SOFIA'S BIRTHDAY
🥳

@funandeasyenglish
🖊#Vocabulary

Jobs/professions (=kasblar):

▪️Actor/actress = aktyor/aktrisa
▪️Artist = san'atkor
▪️Doctor = shifokor
▪️Farmer = fermer
▪️Dentist = tish shifokori
▪️Cook = oshpaz
▪️Cleaner = tozalovchi
▪️Journalist = jurnalist
▪️Mechanic = mexanik
▪️Police officer = politsiya xodimi
▪️Photographer = fotosuratchi
▪️Worker = ishchi
▪️Writer = yozuvchi
▪️Singer = qo'shiqchi
▪️Secretary = kotib/kotiba
▪️Nurse = hamshira
▪️Pilot = uchuvchi

👉
@funandeasyenglish
#rasm #presentsimple

Ingliz tilidagi hozirgi oddiy zamonning «Positive» formasining tuzilishi. «Negative» va savol so'rash formalari hamda qachon ishlatilishi haqida darslar ham qo'yiladi.

Kanalimizdan xabardor bo'lib turing!

@funandeasyenglish
🌐The present simple tense (Hozirgi oddiy zamon)

Hozirgi oddiy zamon ingliz tilida juda ko'p ishlatiladi, eng ko'p bilish kerak bo'lganlardan biri. Uning tuzilishini tarjima qilganda, o'zbek tilida KELASI ZAMONga o'xshaydi.

🔷Positive form:

🔸1-2 shaxslar va 3-ko'plik shaxslar
:

Barcha tartib fe'llar oddiy hozirgi zamonda 1-2 shaxslar va 3-ko'plik shaxsida o'z holicha qoladi. Misol uchun ishlamoq (work) fe'lini olamiz.

I work — Men ishlayman
You work — Siz(Sen) ishlaysiz(san)
We work — Biz ishlaymiz
They work — Ular ishlaydi

Misol => They sleep every night. = Ular har kecha uxlaydi.


🔸3- birlik shaxs:

Bu shaxsda fe'lning tuzilishi o'zgaradi. Fe'lning ildiz shakliga:

▪️-s qo'shimchasi qo'shiladi

Agarda fe'l o, ch, sh, th, ss, gh, yoki z harflari bilan tugamasa. Misollar:

laugh — laughs = kulmoq — kuladi
bake — bakes = pishirmoq — pishiradi
go — goes = bormoq — boradi

Misol => She bakes really good cakes. — U juda shirin tortlar pishiradi.

▪️-es qo'shimchasi qo'shiladi

Agarda fe'l o, ch, sh, th, ss, gh, yoki z harflari bilan tugasa. Misollar:

do — does = qilmoq — qiladi
catch — catches = ushlab olmoq — ushlab oladi
wash — washes = yuvmoq — yuvadi
go — goes = bormoq — bormoq

Misol => My cat always does that. — Mening mushugim har doim shunday qiladi.

🔸To be - bo'lmoq

▪️To be fe'li bu zamonda tartibsiz (betartib) fe'l deb hisoblanadi chunki u yuqoridagi qoidalarga rioya qilmaydi. Uning tuzilishi:

I am
You/We/They are
He/she/it is

Misol => They are happy. — Ular xursand (dirlar).

▪️Bu fe'lni qisqartirib yozsa ham bo'ladi:
I am — I'm
You are/We are/They are— You're/We're/They're
He is/She is/it is — He's/She's/it's

Misol => I'm a doctor — Men shifokor(dir)man.

#tuzilishi #presentsimple #zamonlar #grammatika #positive #lesson

@funandeasyenglish
#presentsimple #rasm

Ingliz tilidagi hozirgi oddiy zamonning «Negative» formasining tuzilishi. Savol so'rash va ishlatilishi haqidagi darslar ham qo'yiladi.

Kanalimizdan xabardor bo'lib turing!

@funandeasyenglish
🌐The present simple tense (Hozirgi oddiy zamon)

🔹Negative form

🔸1-2 shaxslar va 3-ko'plik shaxslar
:

Barcha tartib fe'llarni oddiy hozirgi zamonning «negative» formasiga, 1-2 shaxslar va 3-ko'plik shaxsida aylantirish uchun quyidagidek qilamiz: Do + not (don't) + fe'lning ildiz shakli. Yemoq (eat) fe'lini misol qilamiz:

I do not eat — Men yemayman
You do not eat — Siz(Sen) yemaysiz(san)
We do not eat — Biz yemaymiz
They do not eat — Ular yemaydi

Misol => I do not eat cake. = Men tort yemayman.

🔸3- birlik shaxs:

3-birlik shaxsida ham xuddi shunday faqat: Do => does bo'ladi. Demak "formulamiz" quyicha: Does + not + fe'lning ildiz shakli:

He/She/It does not eat — u yemaydi

Misol => My cat does not eat enough. — Mening mushugim yetarlicha yemaydi.

🔸To be - bo'lmoq

Bo'lmoq fe'lining oddiy hozirgi zamonining "negative" formasi quyidagidek tuziladi: Bo'lmoq fe'lining oddiy hozirgi zamonida tuzilgan formasi + not:

I am not
You are not
He/She/Is not
We are not
They are not

Misol => We are not students. = Biz o'quvchilar emas(dir)miz.

#presentsimple #tuzilishi #negative #grammatika #zamonlar

@funandeasyenglish
#presentsimple #rasm

Ingliz tilidagi hozirgi oddiy zamonning savol berish formasining tuzilishi. Qanday ishlatilishi haqidagi dars ham kanalga qo'yiladi.

Kanalimizdan xabardor bo'lib turing!

@funandneasyenglish
🌐The present simple tense (Hozirgi oddiy zamon)

🔷Question form:

🔸1-2 shaxslar va 3-ko'plik shaxslar
:

Barcha tartib fe'llarni oddiy hozirgi zamonning «question» formasiga, 1-2 shaxslar va 3-ko'plik shaxsida aylantirish uchun quyidagidek qilamiz: Do + ega (subject) + fe'lning ildiz shakli. So'ramoq (ask) fe'lini misol qilamiz:

Do I ask? — Men so'raymanmi?
Do you ask? — Siz(Sen) so'raysiz(san)mi?
Do we ask? — Biz so'raymizmi?
Do they ask? — Ular so'raydimi?

Misol => Do I ask a lot of questions? — Men ko'p savol so'raymanmi?

🔸3- birlik shaxs:

3-birlik shaxsiga aylantirish uchun esa: Does + ega (subject) + fe'lning ildiz shakli bo'ladi:

Does he/she/it ask — u so'raydimi

Misol => The teacher always asks us to stop talking. — O'qituvchi har doim bizdan gapirishimizni to'xtatishimizni so'raydi.

🔸To be - bo'lmoq

Bo'lmoq fe'lining oddiy hozirgi zamonida tuzilgan formasi + ega (subject):

Am I
Are you/we/they
Is he/she/it

Misol => Are you sick? — Siz(sen) kasalmisiz(san)?

#zamonlar #presentsimple #tuzilishi #question #grammatika

@funandeasyenglish
#presentsimple #ishlatilishi #zamonlar #rasm

Hozirgi oddiy zamonning qachon ishlatilishi haqida o'rganing!

Kanalimizdan uzoqlashmang! Qiziq grammatik va so'z boylikni oshiradigan darslar, matnlar, audiolar!

@funandeasyenglish
🌐The present simple tense (Hozirgi oddiy zamon)

🔹Ishlatilishi

Hozirgi oddiy zamon ingliz tilida juda ko'p ishlatiladi, eng ko'p bilish kerak bo'lganlardan biri. U ingliz tilida:

▪️Odatlar va doimiy bo'ladigan narsalar haqida gapirish uchun ishlatiladi, misollar:
=> They always wake up late because they do not sleep early. Ular har doim kech turishadi chunki ular erta uxlashmaydi.
=> I go to school every day. — Men maktabga har kun boraman.

▪️Haqiqatlar haqida gapirish uchun ishlatiladi, misollar:
=> My parents are Uzbek. — Mening ota-onam o'zbek(dir).
=> Earth goes around the Sun. — Yer Quyosh atrofida aylanadi.

▪️Buyruqlar, ko'rsatmalar berish uchun ishlatiladi, misollar:
=> Stir it twice. — Ikki marta aralashtiring.
=> Do not go there by car. — U yerga mashinada bormang.

▪️Belgilangan voqealar haqida gapirish uchun, misollar:
=> It's 7 o'clock. The store opens at eight. — Soat 7. Do'kon sakkizda ochiladi.
=> So the train leaves tomorrow. — Demak, poyezd ertaga ketadi.

#presentsimple #zamonlar #grammatika #ishlatilishi

@funandeasyenglish
🎲 Quiz 'Present simple tense: @funandeasyenglish'
... @funandeasyenglish kanalida HOZIRGI ODDIY ZAMON to'g'risida o'tilgan darslar bo'yicha test. Birinchi dars => https://www.tg-me.com/funandeasyenglish/705. 🛑To'xtatish uchun /stop buyrug'ini bosing.
🖊 16 questions · 30 sec
📖Text (Matn)

A NEW HOUSE

Lola's parents wanted to buy a new family house. While they were looking online they saw a very beautiful house and wanted to buy it. The next day, they went to see the house in person.
The house had two floors. The living room, kitchen and bathroom were on the first floor. On the second floor, there was another bathroom and three bedrooms: one for Lola, one for her brother and one for her parents.
The house was lovely and had a beautiful view from the balcony on the second floor. It was much bigger than their apartment. Lola's parents decided to buy it. They are living happily in their new home.

#matn #a_new_house #text

@funandeasyenglish
🖊Vocabulary — A NEW HOUSE

new = yangi
house = uy
they saw = ular ko'rishdi
beautiful = chiroyli
to buy = sotib olmoq
next day = keyingi kun (ertasi kun)
in person = shaxsan
two floors = ikki qavat
living room = mehmonxona
kitchen = oshxona
bathroom = vannaxona
first = birinchi
second = ikkinchi
another = yana bir/bitta
bedroom = yotoqxona
view = manzara
much bigger = ancha kattaroq
to decide = qaror qilmoq
to buy = sotib olmoq
to live = yashamoq
happily = xursand/baxtli

#vocabulary #a_new_house

@funandeasyenglish
2024/05/18 15:42:42
Back to Top
HTML Embed Code: