O‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ammo chorshanba kuni harorat pasayib, ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zan qorga aylanishi mumkin. Harorat hafta ichi +20…+26 daraja atrofida bo‘lib turadi. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilyapti.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/meteo/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/meteo/
Telegram | Instagram | YouTube
“Yuksalish” raisi Bobur Bekmurodov O‘zbekistonga shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha bojsiz normalar haqida gapirib, analogi yo‘q tovarlarga limit qo‘yish unchalik mantiqiy emasligini ta’kidladi. Avvalroq u bunday boj to‘lovlari faqat qonun darajasida belgilanishi lozimligini aytgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/bobur-bekmurodov/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/bobur-bekmurodov/
Telegram | Instagram | YouTube
👍7
Andijonda Xitoy bilan hamkorlikda gidroelektrostansiya qurilishi mumkin. Viloyat hokimligi va Sichuan Power Transmission & Transformation Construction kompaniyasi 200 MVtli GES qurish va mavjud podstansiyalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha 500 mln dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirishga kelishib oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/andijon-ges/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/andijon-ges/
Telegram | Instagram | YouTube
👍5
Janubiy Koreyada E-9 vizasi asosida ishlayotgan va qonunchilik talablarini buzgan 26 nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jarima qo‘llandi. Mamlakatda 12-dekabrgacha kuchaytirilgan qo‘shma reydlar o‘tkazilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/south-korea/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/south-korea/
Telegram | Instagram | YouTube
Yanvar-sentabrda O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 6,17 mln so‘mni tashkil etdi. Eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida (10,4 mln so‘m), eng pasti esa Qashqadaryo viloyatida (4,27 mln so‘m) qayd etildi. Sog‘liqni saqlash (3,8 mln so‘m) va ta’limda (4,2 mln so‘m) o‘rtacha ish haqi eng past darajada saqlanib qolmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/average-income/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/average-income/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔5😢3❤1👍1👎1
Shavkat Mirziyoyev 2026 yilda xarajatlarni keskin qisqartirish va samaradorlikni oshirish asosiy mezon boʻlishini taʼkidladi. Kelasi yilda asosiy soliq stavkalari oʻzgarishsiz qoladi. Subsidiya va imtiyozlarning samarasi past boʻlganlari bekor qilinadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/president/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/president/
Telegram | Instagram | YouTube
👍67❤3
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 28−31-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. U Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasida ishtirok etadi. Bundan tashqari, yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plami imzolanadigan oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/serbia/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/serbia/
Telegram | Instagram | YouTube
👍56❤11👎1
Markaziy bank milliy valyuta kursining shakllanishiga aralashmaydi va uni mustahkamlash yoki qadrsizlantirishni maqsad qilmaydi. MB raisi Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, so‘m kursi talab va taklif asosida shakllanadi, regulyatorning asosiy vazifasi esa uning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashdir.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/currency/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/currency/
Telegram | Instagram | YouTube
❤3👍2👎1🤔1
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi Amerika delegatsiyasini qabul qildi. Tomonlar hamkorlikni, jumladan, xavfsizlik, moliya va muhim minerallar sohalarida rivojlashtirish, Vashingtondagi C5+1 sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/usa/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/usa/
Telegram | Instagram | YouTube
👍61❤10
Poytaxtning Bobur ko‘chasida kesilgan daraxt va butalar soni 174 tani tashkil etdi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi. Kesilgan daraxtlarning 151 tasida yashovchanlik qobiliyati bo‘lgan. Zarar 1,46 mlrd so‘mga baholandi. Hokimlik mas’ullar jazolanishini ma’lum qildi. Gazeta vaziyatni o‘rganishni davom ettirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/damage/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/damage/
Telegram | Instagram | YouTube
😢6👍2🤔1
Markaziy bank bozor ishtirokchilari bilan birga BNPL (bo‘lib to‘lash) sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun axloq kodeksi joriy qilmoqda. Bozor ishtirokchilariga axborotni ochiqlash, “foizsiz” kabi so‘zlardan foydalanmaslik, qo‘shimcha to‘lov miqdorini majburiy ko‘rsatish singari qator talablar qo‘yiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/bnpl/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/bnpl/
Telegram | Instagram | YouTube
👍8🤔1
Yangi nizomga ko‘ra, aholi uylariga quyosh panellari o‘rnatish xarajatlarining 20 foizi, issiqlik nasoslarining 40 foizi davlat tomonidan qoplanadi. Energiya auditining o‘zi esa to‘liq bepul bo‘ladi. Subsidiya Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan yetkazib beruvchiga to‘lab beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/energy-efficiency/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/energy-efficiency/
Telegram | Instagram | YouTube
👍6👎6❤3
Xalqaro grossmeyster, jahon chempioni Rustam Qosimjonov shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. U xalqaro maydondagi natijalarni mustahkamlab, sportchilarni yirik musobaqalarga tayyorlashi kerak.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/rustam-kosimjonov/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/rustam-kosimjonov/
Telegram | Instagram | YouTube
👍6❤3
Parij Art Basel xalqaro ko‘rgazmasiga mezbonlik qildi. Tadbirda 200 ortiq galereya, 40 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etdi. San’at yarmarkasida ilk bor qatnashgan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent Zamonaviy san’at markazi maketini taqdim etdi. U qanday loyiha?
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/art-basel-paris/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/27/art-basel-paris/
Telegram | Instagram | YouTube
👍2❤1
Toshkent shahar hokimi qarori bilan poytaxtda issiq suv va issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflari oshirilmoqda. Aholi uchun narx 15 foizga, yuridik shaxslar uchun 40 foizga, budjet tashkilotlari uchun 18,8 foizga oshadi. Tariflar oxirgi marta 2024-yil 15-noyabrda ko‘tarilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/tariffs/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/tariffs/
Telegram | Instagram | YouTube
👎8👍1
O‘zbekistonda AQShning Kolorado konchilik maktabi bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlanmalarni birlashtiruvchi zamonaviy Kompetensiyalar markazi tashkil etiladi. U qidiruv ishlariga raqamli yechimlar, sun’iy intellekt va aero-geofizik texnologiyalarni joriy etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/geology/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/geology/
Telegram | Instagram | YouTube
👍60❤1
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Serbiyaning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Momchilo Babichdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Tomonlar siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/appointment/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/appointment/
Telegram | Instagram | YouTube
Dunyodagi eng keksa davlat rahbari — 92 yoshli Pol Biyya Kamerun prezidenti lavozimini saqlab qoldi. U 1982-yildan beri Afrika davlatini boshqarib kelmoqda. Muxolifatning norozilik namoyishlari oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/paul-biya-cameroon/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/paul-biya-cameroon/
Telegram | Instagram | YouTube
Toshkent xalqaro aeroportining asosiy uchib kelish zali rekonstruksiyadan so‘ng qo‘shimcha 2200 kvadrat metrga kengaytirildi, ochiq terassa va uchib ketish terminalida yangi VIP zal ochildi. 200 o‘rindiqqa ega kutib oluvchilar hududi maydoni 5000 kvadrat metrga yetdi. Aeroportdan reportaj.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/airport/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/28/airport/
Telegram | Instagram | YouTube
