Telegram Web Link
Hafta boshida O‘zbekistonning shimoliy va tog‘li hududlarida tongda havo harorati nol darajagacha pasayishi, ammo chorshanbadan mamlakatning katta qismida harorat keskin, +30 daraja va undan ham yuqori ko‘tarilishi kutilyapti. Ammo yog‘ingarchilikdan darak yo‘q — joriy hafta juda quruq o‘tadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/weather/

Telegram | Instagram | YouTube
👍21👎1
Qumqo‘rg‘on tumanida Cobalt va Nexia 2 avtomobillari o‘zaro to‘qnashdi. Oqibatda mashinada bo‘lgan 62 yoshli erkak voqea joyida vafot etdi. Yana bir yo‘lovchi ayol shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/yth/

Telegram | Instagram | YouTube
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston prezidenti rekonstruksiya qilingan Shota Rustaveli ko‘chasini ko‘zdan kechirish chog‘ida BRT tezyurar avtobus harakati loyihasi Toshkentning boshqa ko‘chalari uchun namuna bo‘lishini aytdi. “Agar shunday yo‘llar qilsak, odamlar shaxsiy mashinalarida faqat shanba va yakshanba kunlari yuradi”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/brt-president/

Telegram | Instagram | YouTube
👍595
Fransiyadagi Luvr muzeyiga o‘g‘rilar derazani sindirib kirib, to‘qqizta “bebaho” buyumni o‘g‘irlab ketdi. Buyumlarning bittasi — Yevgeniyaning toji topilgan. Jinoyatchilar 4 kishi va xorijlik bo‘lgani taxmin qilinmoqda, ular hamon qidirilmoqda. Makron buni “qadrli merosimizga hujum” deb atadi. Voqea tafsilotlari.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/louvre/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔3👍2
Toshkentning 5 ta kirish nuqtasida avtovokzallar, kempinglar va yuk mashinalari uchun to‘xtash joylari barpo etiladi. “Agar yuk mashinasi Samarqanddan chiqib, soat 8:00 da yetib kelsa, u to‘xtash joyida 3 soat kutib turishi, so‘ngra shaharga kirishi mumkin bo‘ladi”, — dedi IIV rahbari.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/trucks/

Telegram | Instagram | YouTube
👍621
O‘zbekistonda bu hafta juda iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +23…+28, kechalari +8…+13 daraja atrofida bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/meteo/

Telegram | Instagram | YouTube
👍21
“Muzqaymoq” hikoyasi, “Er boshiga ish tushsa”, “Ulug‘bek xazinasi” va yana o‘nlab asarlar muallifi Odil Yoqubov tavalludiga 20-oktabr kuni 98 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq yozuvchisining asarlari asosida test tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/odil-yoqubov/

Telegram | Instagram | YouTube
👍21
Wyndham Resort Charvak chindan ham o‘ziga xos narsa — premium uslubdagi eksklyuziv tadbirni tayyorlamoqda, uning doirasida xonadon egalari qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/wyndham-resort-charvak/
👍31
Prezident Yangi Toshkent aeroporti qurilishi bilan birga, mahalliy kompaniyalarning samolyotlari sonini 105 tadan 180 taga yetkazilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aeroport Yangi Toshkentning bir qismiga aylanadi va poytaxt bilan shattl-baslar va metro liniyasi orqali bog‘lanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/new-airport/

Telegram | Instagram | YouTube
👍8214
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Davaktiv agentligiga UzPost`dagi davlat ulushini xususiylashtirishda qonunchilik talablariga, xususan, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan taqdimnoma kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/uzpost/

Telegram | Instagram | YouTube
👍3
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 21-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 48,09 soʻmga pasayib, 12 060,15 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
👍21
O‘tgan haftadagi AQSh va Ukraina prezidentlarining uchrashuvi “oson kechmadi”, deb yozmoqda xorijiy OAV. Tramp Zelenskiyni Rossiyaning shartlarini qabul qilishga undadi, yo‘qsa, Putin Ukrainani “yo‘q qilish” bilan tahdid qilmoqda. Zelenskiy Donbassni topshirishdan bosh tortdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/trump-zelensky/

Telegram | Instagram | YouTube
👍51
Samarqand viloyati hokimi v.b. Adiz Boboyev rahbarlarni korrupsiyaga qarshi qanday kurashishni o‘rnak ko‘rsatishga taklif qildi. “Xalq hamma narsani biladi — kim uy qurgan, kim mashina sotib olgan. Har kim o‘zi xulosa qilishi, keyin boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak”, — dedi dedi viloyat hokimi v.b.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/corruption/

Telegram | Instagram | YouTube
👎4👍21🤔1
Saudiya Arabistonining First Avenue kompaniyasi rahbari Abdusalom al Majid saudiya investorlari Yangi Toshkentda Ar Riyod mavzesini qurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. “Ar Riyod mavzesini barpo etsak, bu ikkita xalqni birlashtirishga ham ko‘prik bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev ushbu taklifni ma’qullab.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/ar-riyod-avenue/

Telegram | Instagram | YouTube
👍573
AQSh va Yevropaning yirik shaharlarida Tramp siyosatiga qarshi “Qirollar yo‘q” shiori ostida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Tramp bunga javoban sun’iy intellekt yasagan videoni e’lon qildi, unda Tramp samolyotda namoyishchilar ustidan loy sepganini ko‘rish mumkin. U mitinglarni “jiddiy emas” deb atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/us-protests/

Telegram | Instagram | YouTube
👍21
Prezident Islom sivilizatsiyasi markazidagi ekspozitsiyalar bilan tanishib, xalqning tarixiy va ma’naviy merosini keng namoyish etishga qaratilgan ishlar samaradorligini baholadi. Davlat rahbari markaz faoliyatini mazmunan boyitish, mutaxassis va gidlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/center-for-islamic-civilization/

Telegram | Instagram | YouTube
👍721
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan 30-oktabrdan 14-noyabrga qadar Samarqandga kirish yo‘llari yopiladi. IIV O‘zbekiston aholisi va mehmonlarini imkon qadar ushbu sanalarda shaharga sayohatni kechiktirishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/samarkand-unesco/

Telegram | Instagram | YouTube
👎91👍1
2026-yildan boshlab O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlarini davlat xaridi asosida sotib olayotganda mahalliy muqobillarning mavjudligi tekshiriladi. Bundan tashqari, rasmiylar bojxona to‘lovlariga ehtimoliy tuzatishlar kiritish uchun mis mahsulotlari savdosini tahlil qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/import/

Telegram | Instagram | YouTube
👍2👎1
Samarqandda O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuxrat Xalmuxamedov Markaziy Osiyo davlatlaridagi hamkasblari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Tomonlar “mintaqada tinchlik, birlik va barqaror taraqqiyot”ni ta’minlaydigan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/20/military-cooperation/

Telegram | Instagram | YouTube
2👍2🤔2
“Erta aniqla — hayotni saqla” shiori ostidagi milliy aksiya doirasida Toshkentda ayollar uchun ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha bepul skrining tashkil etildi. Akusher-ginekolog, mammolog-onkolog va boshqa mutaxassislar 300 dan ziyod ayolni qabul qildi. Bunday ko‘riklar nega kerak? — Gazeta reportajida.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/21/erta-aniqla/

Telegram | Instagram | YouTube
3👍1
2025/10/21 16:34:54
Back to Top
HTML Embed Code: