Telegram Web Link
Dollarning rasmiy kursi 4 kunlik tushishdan soʻng koʻtarildi

Markaziy bank 23-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 90,27 soʻmga qimmatlab, 12 101,29 soʻm etib belgilandi. Evro kursi ooʻdi, rubl esa tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
👍3
21 yoshli rossiyalik tennischi Mariya Timofeyeva sport fuqaroligini o‘zgartirdi va endi xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Sportchi WTA reytingida 146-o‘rinni egallab turibdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/maria-timofeeva/

Telegram | Instagram | YouTube
10👎6👍3🤔2
Oq uy AQSh va Rossiya prezidentlarining ikkinchi uchrashuviga tayyorgarlikni to‘xtatdi. Avvalroq Vladimir Putin bilan sammit yaqin ikki hafta ichida Budapeshtda o‘tkazilishi mumkinligini aytgan Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, u “foydasiz uchrashuv”ni istamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/trump-putin/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔3👍1
O‘zbekistonda kripto-aktivlarni ayirboshlash va saqlash bo‘yicha yetakchi yechim provayderlaridan biri Asterium Markaziy Osiyodagi yirik moliyaviy texnologiyalar tadbiri — FinTech & Banking Forum 2025 da Innovation Leader in Crypto nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/asterium/
👍43
Sentabrda O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdisi yillik hisobda 13,7% ga, to‘qqiz oyda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,5% ga o‘sdi. Ikkilamchi uy-joy narxi o‘tgan yilning sentabriga nisbatan 4,6% ga oshdi.Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxlari pasaydi, ayni paytda birlamchi uy-joy va ijara narxi qimmatlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/housing/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32
OTB O‘zbekiston o‘rta ta’lim maktablarida STEM fanlarini o‘qitishga 100 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi. Loyihasi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 200 ta maktabni laboratoriyalar, AKT infratuzilmasi, quyosh energiyasi bilan jihozlash, qizlarni STEM kasblariga o‘qitish targ‘ibot kampaniyalari ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/adb-financing-stem/

Telegram | Instagram | YouTube
1👍1
Uzum Bank Altegio avtomatlashtirish platformasi bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlarga jarayonlarni yanada samarali qilish, yangi mijozlarni jalb qilish va daromadni oshirish imkonini beruvchi keng qamrovli raqamli yechimni taqdim etmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/uzum-bank/
👍31
Namangan va Toshkent viloyatlarida ikki qizchaga qilingan jinsiy zo‘ravonlikdan so‘ng pedofillarga og‘ir jazo tayinlash masalasi yana kun markaziga chiqdi. Tarmoq foydalanuvchilari o‘lim jazosini qaytarish, kastratsiya qilish, umrbodga qamashni ilgari surmoqda. Gazeta bu borada ekspertlar fikriga qiziqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/pedofiliya/

Telegram | Instagram | YouTube
👍17😢3
O‘zbekiston prezidenti 23−24-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Bryusselda bo‘ladi. Belgiya poytaxtida davlat rahbari YeIning asosiy institutlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazadi. O‘zbekiston va ittifoq o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/visit/

Telegram | Instagram | YouTube
👍274
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qilayotgan ishingizga oshiq boʻling!” — tadbirkor Laziz Adhamov

Gazeta nashrining “Sening yoshliging menda boʻlsaydi…” nomli ushbu loyihasida el-yurt orasida hurmatga sazovor kishilar oʻz yoshligini eslab, hozirgi zamon nuqtayi nazaridan yoshlarga tavsiyalar beradi.

Navbatdagi mehmon — Oʻzbekistondagi bir nechta kompaniyalar asoschisi Laziz Adhamov.

Toʻliq videoni Gazeta’ning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Video: https://youtu.be/OJZ35HpibK8

Ziyoda Ramazonova, Ma’murjon Obrahmatov, Shahzod Habibullayev

@gazetauzmaxsus
4
YI va Transkaspiy yo‘lagida ishtirok etuvchi, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari muvofiqlashtiruvchi tuzilma tashkil etishni rejalashtirmoqda. Uning loyihasi noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Transkaspiy yo‘nalishi investorlari va aloqalari forumida taqdim etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/eu-transcaspian-route/

Telegram | Instagram | YouTube
2👍2
To‘qqiz oyda O‘zbekistonda valyutaga talab 42,7 mlrd dollargacha (+23,5%) oshdi, taklif esa 34,4 mlrd dollarni tashkil etdi (MB aralashuvlarisiz). Eksport, tashqi qarzlar va pul o‘tkazmalari valyutaning asosiy manbalari bo‘ldi. Aholi banklarga sotib olganidan 6,7 mlrd dollar ko‘proq valyuta sotdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/exchange-rate/

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
KXDR 21-oktabr kuni ertalab bir nechta qisqa masofali ballistik raketani uchirdi. Uchirish AQSh prezidenti va XXR raisi tashrif buyurishi kerak bo‘lgan Janubiy Koreyadagi OTOIH sammitidan bir hafta oldin amalga oshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/missiles/

Telegram | Instagram | YouTube
2👍1🤔1
Prezident administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i Alisherbek Paygamov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi bilan ism-sharifi bir xil bo‘lgan Sardorbek Umurzakov (suratda) egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/appointment/

Telegram | Instagram | YouTube
👍42
2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad) o‘ziga nisbatan chiqarilgan sud hukmi ustidan shikoyat bermaslikka qaror qildi. Advokat Abdulloh Sodiqga ko‘ra, bu uning mustaqil qaroridir. “Taqdir deb, qadarga taslim bo‘ldi. Menimcha, yana ovoragarchilikda yurishni xohlamadi”, — deydi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/mubashshir-ahmad/

Telegram | Instagram | YouTube
😢8🤔31
O‘zbekiston va YI Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash arafasida. Ushbu tadbir oldidan Gazeta munosabatlarning 31 yillik evolyutsiyasini ko‘rib chiqadi — siyosiy sovuqlik va savdo cheklovlaridan ko‘p million dollarlik investitsiyalar va qo‘shma mintaqaviy loyihalarda ishtirokkacha.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/eu/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32
22-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇪🇺 Shavkat Mirziyoyev 23−24-oktabrda Bryusselda bo‘ladi.

🧬 O‘zbekistonliklarda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar ko‘pligi sabab fanga noma’lum gen o‘zgarishlari aniqlandi.

🏘 O‘zbekistonda uy-joy savdosi o‘smoqda, ikkilamchi uy-joy narxlari 4,6% ga oshdi.

🏦 So‘m mustahkamlanmoqda, volatillik kuchaymoqda. MB — milliy valyutaga ishonch ortayotgani haqida.

⚖️ “Eng samarali jazo — umrbod qamoq”. Ekspertlar — O‘zbekistonda pedofillarga qanday jazo tayinlash kerakligi haqida.

🤝 Tramp va Putin o‘rtasida “yaqin kelajakda” uchrashuv bo‘lmaydi — Oq uy.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
3
O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi. Navbatda turgan fuqarolar ma’lumotlari xatlovdan o‘tkazilib, ushbu yagona portal tizimiga kiritildi. Talabgor fuqaro ikki xil usulda — my.gov.uz va haj-umra.gov.uz sayti orqali elektron navbatga yozilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/portal/

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning urushni to‘xtatish bo‘yicha “tinchlik jarayoniga sodiqlik ko‘rsatmagani uchun” “Rosneft” va “Lukoyl”ga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Bir necha kun oldin Britaniya bu ikki kompaniyaga sanksiya qo‘llagandi. “Lukoyl” O‘zbekiston uglevodorod bozorida asosiy xorijiy ishtirokchidir.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/rosneft-lukoil/

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Evitamin.uz foydalanuvchilarga immunitetni mustahkamlaydigan, energiyani oshiradigan va faol hayot uchun zarur vitamin hamda sport qo‘shimchalarini taklif etmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/evitamin-uz/
2025/10/23 07:26:42
Back to Top
HTML Embed Code: