Telegram Web Link
Sun’iy intellekt iqtisodiyot, ta’lim va boshqaruv tizimiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. ICT Week Uzbekistan doirasida mutaxassislar texnologiyalar taraqqiyotida axloq me’yorlari va shaffoflik tamoyili saqlanib qolishi uchun davlat siyosati qanday bo‘lishi kerakligini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/ai-strategic-future/

Telegram | Instagram | YouTube
1
Oliy sud bolani zo‘rlagani uchun 16 yilga qamalgan erkakni manzil-koloniyaga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikning eski tahriri doirasida qabul qilinganini ma’lum qildi. Bolalar ombudsmani normalarni kuchaytirish taklifini bildirdi. Huquq himoyachisi esa “qonundagi bo‘shliqlar”ga e’tibor qaratdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/akhangaran-case/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔8👎1
17-oktabrda Xitoyning Uxu shahrida 2025-yilgi Chery foydalanuvchilari sammitining markaziy tadbirlaridan biri bo‘lgan Chery brendi oqshomi bo‘lib o‘tdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/adm-global/
4👍2
Global muammolarga qaramay, O‘zbekiston ishonchli iqtisodiy o‘sishni namoyon etmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. 2025-yilga borib mamlakat yalpi ichki mahsuloti 7 foizga o‘sishi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot esa 3500 dollardan oshishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/gdp-inflation-uzb/

Telegram | Instagram | YouTube
👎11🤔3
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida 3 o‘zbekistonlik Norilsk shahriga noqonuniy kirib borgani uchun qo‘lga olindi. Ular bu shaharga oshpazlik qilish uchun borgan. Vatandoshlar jarima to‘laydigan va deportatsiya qilinadigan bo‘ldi. Norilsk chet elliklar kirishi tartibga solingan hududlardan hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/norilsk/

Telegram | Instagram | YouTube
1😢1
O‘zbekiston 2030-yilga kelib BBB+ investitsion kredit reytingiga erishish va 2028-yil oxirigacha 29 ta eng yirik davlat kompaniyasini xususiylashtirishni yakunlashni maqsad qilgan. Yil oxirigacha davlat korxonalari va banklarni xususiylashtirish bo‘yicha 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan strategiya qabul qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/credit-ranking/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔2👍1
Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 24-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 28,04 soʻmga qimmatlab, 12 129,33 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham oshdi.

Telegram | Instagram | YouTube
1
O‘zbеkiston Milliy banki Jizzax viloyati Zomin tumanidagi uzunligi 2 102 metr bo‘lgan “Zomin” dor yo‘li loyihasi bo‘yicha hamkorlikni taklif etadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/nbu-zomin/
👍1
Yevropa Ittifoqi navbatdagi sanksiyalar paketini ma’qulladi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi banklarga ham sanksiya qo‘llanildi. Xususan, ro‘yxatga VTB-Qozog‘iston, “Dushanbe Siti bank”, “Spitamen bank” hamda Qirg‘izistondagi Yevroosiyo jamg‘arma banki kiritilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/sanctions/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekiston moliya tizimi bashorat qilish mumkin bo‘lgan muhitga tomon siljimoqda, Markaziy bank esa asosiy stavkani “bozor uchun aniq va ishonchli signal”ga aylantirish niyatida. Yaqin kelajakda islomiy banking to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish va muddatli to‘lov bozorini tartibga solish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/bank-sector-uzbekistan/

Telegram | Instagram | YouTube
👍7
AQSh prezidenti Donald Tramp Budapeshtda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan yaqin ikki hafta ichida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sammitni bekor qildi. Trampning aytishicha, u uchrashuvda “kerakli natijaga erishishiga” ishonch hosil qilmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/trump-putin/

Telegram | Instagram | YouTube
👍4
Toshkentda “Tabassum” inklyuziv ustaxonasi kattaroq masshtabda ish boshladi. Ustaxona 20 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, autizm va Daun sindromi bor yoshlarning hunar o‘rganib, jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ko‘maklashadi. U yerda kulolchilik, tikuvchilik, sham va sovun tayyorlash kabilar o‘rgatilmoqda. Reportaj.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/tabassum/

Telegram | Instagram | YouTube
1
Xitoyning PetroChina, Sinopec, CNOOC va Zhenhua Oil davlat neft kompaniyalari sanksiyalardan xavotir tufayli hech bo‘lmaganda qisqa muddatga dengiz orqali Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatdi, deb yozmoqda Reuters. Xitoy dengiz orqali kuniga 1,4 mln barrelga yaqin Rossiya neftini import qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/china/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32
Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarda yangi fundamental hujjat — Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi rejalashtirilmoqda. Gazeta yangi kelishuv amaldagidan nimasi bilan farq qilishini tushuntiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/epca-eu/

Telegram | Instagram | YouTube
👍61
Sentabr boshida Surxondaryo va Qashqadaryodagi 100 ta maktab uchun alohida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilingandi. Gazeta o‘rganishlariga ko‘ra, Surxondaryodagi belgilangan maktablarning o‘quvchilari avtobuslar emas, balki Damas’larda tashilyapti. Shunda ham bu ishlar to‘laqonli tashkil etilmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/school-bus/

Telegram | Instagram | YouTube
👎5😢4🤔21
O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-sentabrida asosiy kapitalga 443,6 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi — o‘tgan yil shu davridan 15,2% ko‘p. O‘sish sur’ati birinchi yarimyillikdagidan uch karra yuqori bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘rsatkich deyarli 39% oshgan o‘tgan yildagidan sezilarli darajada past.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/investments/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔2
Toshkentda yigit to‘ydan oldin o‘zi kuyov bo‘layotgan oilaning uyini aldov yo‘li bilan sotib yubordi. U qizning uyini garovga qo‘yib turishini aytib, uni boshqa fuqaroga 240 000 dollarga sotib yuborgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilib, sud jarayonlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/firibgarlik/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔4👍2👎2😢1
O‘zbekistonda 22-oktabr holatiga ko‘ra quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 9 mlrd kVt·soatga yetdi. Bu butun 2024-yilda shunday stansiyalarda ishlab chiqarilgan quvvatdan deyarli 2 karra ko‘p.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/green-energy/

Telegram | Instagram | YouTube
9
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani o‘zgarishsiz — 14 foiz darajasida saqlab qoldi. Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozi pasayish tomonga qayta ko‘rib chiqilgan va 8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/rate/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda 2026-yildan yangi qurilayotgan turar joy majmualari nomlari davlat tilida — o‘zbekcha bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, obyekt pasporti, peshlavha va qurilish maydoni to‘siqlaridagi boshqa yozuvlar davlat tilida bo‘lishi, unga oid reklama va e’lonlarda o‘zbekchadan foydalanish majburiy bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/24/uzbek-language/

Telegram | Instagram | YouTube
👍145
2025/10/25 15:42:42
Back to Top
HTML Embed Code: