Telegram Web Link
KXDR 21-oktabr kuni ertalab bir nechta qisqa masofali ballistik raketani uchirdi. Uchirish AQSh prezidenti va XXR raisi tashrif buyurishi kerak bo‘lgan Janubiy Koreyadagi OTOIH sammitidan bir hafta oldin amalga oshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/missiles/

Telegram | Instagram | YouTube
2👍2🤔1
Prezident administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i Alisherbek Paygamov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi bilan ism-sharifi bir xil bo‘lgan Sardorbek Umurzakov (suratda) egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/appointment/

Telegram | Instagram | YouTube
👍42
2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad) o‘ziga nisbatan chiqarilgan sud hukmi ustidan shikoyat bermaslikka qaror qildi. Advokat Abdulloh Sodiqga ko‘ra, bu uning mustaqil qaroridir. “Taqdir deb, qadarga taslim bo‘ldi. Menimcha, yana ovoragarchilikda yurishni xohlamadi”, — deydi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/mubashshir-ahmad/

Telegram | Instagram | YouTube
😢8🤔31👍1
O‘zbekiston va YI Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash arafasida. Ushbu tadbir oldidan Gazeta munosabatlarning 31 yillik evolyutsiyasini ko‘rib chiqadi — siyosiy sovuqlik va savdo cheklovlaridan ko‘p million dollarlik investitsiyalar va qo‘shma mintaqaviy loyihalarda ishtirokkacha.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/eu/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32
22-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇪🇺 Shavkat Mirziyoyev 23−24-oktabrda Bryusselda bo‘ladi.

🧬 O‘zbekistonliklarda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar ko‘pligi sabab fanga noma’lum gen o‘zgarishlari aniqlandi.

🏘 O‘zbekistonda uy-joy savdosi o‘smoqda, ikkilamchi uy-joy narxlari 4,6% ga oshdi.

🏦 So‘m mustahkamlanmoqda, volatillik kuchaymoqda. MB — milliy valyutaga ishonch ortayotgani haqida.

⚖️ “Eng samarali jazo — umrbod qamoq”. Ekspertlar — O‘zbekistonda pedofillarga qanday jazo tayinlash kerakligi haqida.

🤝 Tramp va Putin o‘rtasida “yaqin kelajakda” uchrashuv bo‘lmaydi — Oq uy.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/10/22/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
3
O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi. Navbatda turgan fuqarolar ma’lumotlari xatlovdan o‘tkazilib, ushbu yagona portal tizimiga kiritildi. Talabgor fuqaro ikki xil usulda — my.gov.uz va haj-umra.gov.uz sayti orqali elektron navbatga yozilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/portal/

Telegram | Instagram | YouTube
👍4
AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning urushni to‘xtatish bo‘yicha “tinchlik jarayoniga sodiqlik ko‘rsatmagani uchun” “Rosneft” va “Lukoyl”ga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Bir necha kun oldin Britaniya bu ikki kompaniyaga sanksiya qo‘llagandi. “Lukoyl” O‘zbekiston uglevodorod bozorida asosiy xorijiy ishtirokchidir.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/rosneft-lukoil/

Telegram | Instagram | YouTube
3👍1
Evitamin.uz foydalanuvchilarga immunitetni mustahkamlaydigan, energiyani oshiradigan va faol hayot uchun zarur vitamin hamda sport qo‘shimchalarini taklif etmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/evitamin-uz/
👍3
Sun’iy intellekt iqtisodiyot, ta’lim va boshqaruv tizimiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. ICT Week Uzbekistan doirasida mutaxassislar texnologiyalar taraqqiyotida axloq me’yorlari va shaffoflik tamoyili saqlanib qolishi uchun davlat siyosati qanday bo‘lishi kerakligini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/ai-strategic-future/

Telegram | Instagram | YouTube
1
Oliy sud bolani zo‘rlagani uchun 16 yilga qamalgan erkakni manzil-koloniyaga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikning eski tahriri doirasida qabul qilinganini ma’lum qildi. Bolalar ombudsmani normalarni kuchaytirish taklifini bildirdi. Huquq himoyachisi esa “qonundagi bo‘shliqlar”ga e’tibor qaratdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/akhangaran-case/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔8👎1
17-oktabrda Xitoyning Uxu shahrida 2025-yilgi Chery foydalanuvchilari sammitining markaziy tadbirlaridan biri bo‘lgan Chery brendi oqshomi bo‘lib o‘tdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/adm-global/
4👍2
Global muammolarga qaramay, O‘zbekiston ishonchli iqtisodiy o‘sishni namoyon etmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. 2025-yilga borib mamlakat yalpi ichki mahsuloti 7 foizga o‘sishi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot esa 3500 dollardan oshishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/gdp-inflation-uzb/

Telegram | Instagram | YouTube
👎11🤔3
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida 3 o‘zbekistonlik Norilsk shahriga noqonuniy kirib borgani uchun qo‘lga olindi. Ular bu shaharga oshpazlik qilish uchun borgan. Vatandoshlar jarima to‘laydigan va deportatsiya qilinadigan bo‘ldi. Norilsk chet elliklar kirishi tartibga solingan hududlardan hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/norilsk/

Telegram | Instagram | YouTube
1😢1
O‘zbekiston 2030-yilga kelib BBB+ investitsion kredit reytingiga erishish va 2028-yil oxirigacha 29 ta eng yirik davlat kompaniyasini xususiylashtirishni yakunlashni maqsad qilgan. Yil oxirigacha davlat korxonalari va banklarni xususiylashtirish bo‘yicha 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan strategiya qabul qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/credit-ranking/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔2👍1
Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 24-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 28,04 soʻmga qimmatlab, 12 129,33 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham oshdi.

Telegram | Instagram | YouTube
1
O‘zbеkiston Milliy banki Jizzax viloyati Zomin tumanidagi uzunligi 2 102 metr bo‘lgan “Zomin” dor yo‘li loyihasi bo‘yicha hamkorlikni taklif etadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/nbu-zomin/
👍1
Yevropa Ittifoqi navbatdagi sanksiyalar paketini ma’qulladi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi banklarga ham sanksiya qo‘llanildi. Xususan, ro‘yxatga VTB-Qozog‘iston, “Dushanbe Siti bank”, “Spitamen bank” hamda Qirg‘izistondagi Yevroosiyo jamg‘arma banki kiritilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/sanctions/

Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekiston moliya tizimi bashorat qilish mumkin bo‘lgan muhitga tomon siljimoqda, Markaziy bank esa asosiy stavkani “bozor uchun aniq va ishonchli signal”ga aylantirish niyatida. Yaqin kelajakda islomiy banking to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish va muddatli to‘lov bozorini tartibga solish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/bank-sector-uzbekistan/

Telegram | Instagram | YouTube
👍7
AQSh prezidenti Donald Tramp Budapeshtda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan yaqin ikki hafta ichida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sammitni bekor qildi. Trampning aytishicha, u uchrashuvda “kerakli natijaga erishishiga” ishonch hosil qilmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/trump-putin/

Telegram | Instagram | YouTube
👍4
Toshkentda “Tabassum” inklyuziv ustaxonasi kattaroq masshtabda ish boshladi. Ustaxona 20 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, autizm va Daun sindromi bor yoshlarning hunar o‘rganib, jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ko‘maklashadi. U yerda kulolchilik, tikuvchilik, sham va sovun tayyorlash kabilar o‘rgatilmoqda. Reportaj.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/23/tabassum/

Telegram | Instagram | YouTube
1
2025/10/28 09:51:34
Back to Top
HTML Embed Code: