Telegram Web Link
O‘zbekistonda 1-noyabrdan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining jami 2141 ta shtati qisqartiriladi. Qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarda esa rahbar o‘rinbosarlari soni jami 16 taga qisqartiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/qishqartirish/

Telegram | Instagram | YouTube
👎3🤔2
Jahon bankining yangilangan prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda 6,2 foizga, 2026-yilda esa 6 foizga o‘sishi kutilmoqda. Mamlakat 2025−2026-yillarda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘lgan beshta iqtisodiyot qatorida qolishi aytilyapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/gdp-growth/

Telegram | Instagram | YouTube
4👍4🤔1
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki xodimi fuqarodan 25 ming dollar olayotganida ushlangani aytilmoqda. Ular jinoyat ishini ayblanuvchilar foydasiga hal qilish va soliq tekshiruvlarini noqonuniy, deb topib berishni va’da qilgan. DXXga ko‘ra, mansabdorlar oldin ham 108 ming dollar olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/prokuratura/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔41
Mahalliy Enter Engineering kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun subpudratchi sifatida tanlandi. Kompaniya qurilish ishlariga tanlov asosida jalb etilgan. Hozirda u AES joylashuv maydonida qurilish-montaj bazasini barpo etmoqda. Maosh to‘lash bilan muammo bo‘lmasligi aytildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/enter-engineering/

Telegram | Instagram | YouTube
👎221👍1😢1
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti 2025-yilda Susumu Kitagava (Yaponiya), Richard Robson (Avstraliya) va Omar Yagi (AQSh)ga “metallorganik karkas tuzilmalarini ishlab chiqqani uchun” berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/chemistry/

Telegram | Instagram | YouTube
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 9-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 33,35 soʻmga koʻtarilib, 12 072,03 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi oshdi.

Telegram | Instagram | YouTube
👍2👎1
2026-yil 1-martdan raqamli markirovkalangan muddati o‘tgan tovarlar savdosi avtomatik ravishda cheklanadi. 2025-yil 15-oktabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar NNTlar tomonidan iste’molchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/expired-goods/

Telegram | Instagram | YouTube
👍6😢1
DXX va IIB Buxoro viloyatidagi “Oltin kon”ga tegishli uchastkada begona shaxslarning oltin qazib olayotganini aniqladi. Tezkor tadbirda 37 kishi ushlanib, 20 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/gold/

Telegram | Instagram | YouTube
2🤔1😢1
Sentabrda aholining inflyatsion kutilmalari 0,2 foiz bandga tushib, 12 foizni tashkil etdi. Tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalarida ham o‘tgan oyga nisbatan sekinlashish kuzatilib, 11,7 foizni tashkil etdi. Kutilmalarda asosiy xavotir — kommunal xizmatlar va yoqilg‘i-energiya narxlarining qimmatlashishidan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/inflation-expectations/

Telegram | Instagram | YouTube
AQSh hukumatining bir haftadan ortiq davom etayotgan shatdauni aviadispetcherlar yetishmovchiligi muammosini yanada kuchaytirib, mamlakatning eng yirik aeroportlarida parvozlarning ommaviy kechikishiga sabab bo‘ldi. 7-oktabr kuni kechikishlar butun Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab 3000 dan ortiq reysga ta’sir qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/us-airports/

Telegram | Instagram | YouTube
2
⚡️Sud Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad)ni 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

U mazkur moddalar boʻyicha aybdor deb topildi:

🔹Jinoyat kodeksining 156-moddasi (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish) 2-qismi;

🔹244−1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi g bandi;

🔹244−3-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish).

Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Shuningdek, uning internetdagi sahifalari va Azon Global faoliyati to‘xtatilib, bloklanadigan bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/mubashshir-ahmad/

Telegram | Instagram | YouTube
👎16😢6👍51
O‘zbekistonda kichik quvvatli AES qurilishi belgilangan muddatdan bir necha oy oldinda ketmoqda. Direksiya rahbari qayd etishicha, rejada dekabr oxiri — yanvar boshlariga belgilangan tayyorgarlik ishlari 9−10-oktabrda boshlanadi. AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari esa noyabr-dekabrga rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/ahead-of-schedule/

Telegram | Instagram | YouTube
👎11👍1
Kapitalbank UzAuto Motors AJ bilan birgalikda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va YATTlar uchun Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker avtomobillariga yangilangan shartlar asosida foizsiz muddatli to‘lov tartibini taqdim etdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/kapitalbank/
5
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kuvaytga qarshi o‘yindan oldin futbolchilar tayyorgarligi, taktik sxema va Timur Kapadze bilan munosabati haqidagi savollarga javob berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/kannavaro/

Telegram | Instagram | YouTube
👍43
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9−10-oktabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo — Rossiya” ikkinchi sammiti va MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/summit/

Telegram | Instagram | YouTube
👍31
Bokschi Bahodir Jalolov rossiyalik Vitaliy Kuduxovni hakamlarning yakdil qaror bilan mag‘lub etdi va o‘z rekordini 16 ta g‘alabaga (14 tasi nokaut bilan) yetkazdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/jalolov-boxing/

Telegram | Instagram | YouTube
👍71👎1
O‘zbekiston elektrotexnika sanoati nafaqat an’anaviy mahsulotlar, balki server, konditsioner va smart-kartalar ishlab chiqarishi kerak. Prezidentga chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish choralari taqdim qilindi: mis xaridida chegirma, kreditning bir qismini qoplash, soliq va bojxona to‘lovlarida yengilliklar.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/electrical-engineering/

Telegram | Instagram | YouTube
👍65
2025-yilning 9 oyida 12 nafar ichki ishlar xodimi pora olish jinoyatini sodir etdi, dedi IIV boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Sultonov. O‘z navbatida, taklif etilgan porani olmagan 213 nafar xodim rag‘batlantirildi. Eng ko‘p pora taklif qilinishi yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishida kuzatilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/pora/

Telegram | Instagram | YouTube
2
O‘zbekistonda haligacha favqulodda vaziyatlar muhofazasi bo‘yicha kompleks dastur yo‘q, shu sababli ularni oldindan baholab, tezkor va proaktiv ishlaydigan tizim yaratish rejalashtirilmoqda. Prezidentga taqdimotda shu haqda so‘z bordi: profilaktik ishlar mahallalarda bo‘ladi, sohada raqamli infratuzilma yaratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/emergencies/

Telegram | Instagram | YouTube
👍5310
YTTB ko‘magida eski uran konlarining rekultivatsiyasi yakunlangan Yangiobodda yashillik, piyodalar yo‘laklari, videokuzatuv kabi obodonlashtirish ishlari boshlanadi. Ekologiya vazirligi ushbu hududni ekoturizm uchun xavfsiz va jozibador holga keltirishni rejalashtirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/recultivation/

Telegram | Instagram | YouTube
2025/10/31 04:14:09
Back to Top
HTML Embed Code: