Telegram Web Link
8-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

☢️ Enter Engineering O‘zbekistonda AES qurilishiga tayyorgarlik ishlari uchun subpudratchi sifatida tanlandi.

⚡️ “Sun’iy intellekt joriy qilinishi natijasida arzon va raqobatbardosh elektr energiyasiga talab oshadi” — energetika vaziri.

💼 O‘zbekistonda 2,1 mingdan ziyod davlat xizmatchisi shtati qisqartiriladi.

🇹🇯 O‘zbekiston prezidenti 9−10-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Tojikistonda bo‘ladi.

📈 O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yangi tarixiy maksimumga — $55 mlrdga yetdi.

🏖 Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasi bo‘yicha ekologik ekspertiza hali yakunlanmagan — kompaniya.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
1👎1
O‘zbekistonda Envirol kompaniyasi (BAA) ishtirokida 50 mln dollarlik oqova suvlarni qayta ishlash loyihasi amalga oshiriladi. Qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov ma’lum qilishicha, kompaniya yog‘larni ushlab qoladigan maxsus filtrlar o‘rnatadi va ularni sovun hamda yoqilg‘i sifatida qayta ishlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/envirol-uzbekistan/

Telegram | Instagram | YouTube
👍53
Toshkent viloyatida muddatidan oldin tug‘ilgan siam egizaklari shoshilinch va murakkab operatsiya orqali ajratib olindi. Amaliyot ular tug‘ilgandan to‘qqiz soat o‘tgach amalga oshirilgan va besh soat davom etgan. SSVga ko‘ra, ularga shifoxonadan uylariga javob berilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/siam-twins/

Telegram | Instagram | YouTube
6👍6
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga sun’iy intellektni joriy etish O‘zbekistonning arzon va raqobatbardosh elektr energiyasiga ehtiyojini oshiradi. Prezident SIga talabni inobatga olgan holda energetika infratuzilmasini rivojlantirishni topshirdi. Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/mining/

Telegram | Instagram | YouTube
1
Navoiyda erkak 4 nafar bolasi uchun aliment to‘lattirishdan voz kechmagan xotinini Damas’da urib yubordi. Jabrlanuvchining umurtqasi sindi va belidan past qismi falaj bo‘lib qoldi. Erkakka yo‘l qoidalarini buzish moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan, biroq u ozodlikda va tahdid qilishni davom ettirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/hitting/

Telegram | Instagram | YouTube
👎161🤔1
Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Monakodagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U bir vaqtda mamlakatning Fransiya va Portugaliyadagi elchisi vazifasida ham faoliyat yuritadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/monaco/

Telegram | Instagram | YouTube
4
Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida salonida paxta terimidan qaytayotgan ayollar bo‘lgan Labo qarshi yo‘nalishdagi Cobalt bilan to‘qnashdi. Haydovchi va 5 nafar ayol kasalxonaga yotqizildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/yth/

Telegram | Instagram | YouTube
😢21
Toshkent va Vashingtonning qator mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha qarashlari tobora yaqinlashib bormoqda, dedi O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Abdulaziz Kamilov. Shuningdek, u AQShning G‘azodagi urushni to‘xtatish rejasini qo‘llab-quvvatladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/abdulaziz-kamilov-us-uzb/

Telegram | Instagram | YouTube
👍63
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekistonda bo‘lib turish uchun vizalar muddatini uzaytirish funksiyasi paydo bo‘ldi. Ariza beruvchi kerakli ma’lumotlarni to‘ldirib, viza muddatini uzaytirish uchun asos hujjat va pasport nusxasini ilova qilishi kerak. Arizalar 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/visa-extention/

Telegram | Instagram | YouTube
1
Toshkentlik 16 yoshli Alina Chembayeva atom muzyorarida to‘qqiz kun vaqt o‘tkazib, Shimoliy qutbda bo‘ldi. O‘quvchi qiz Gazeta bilan suhbatda xalqaro ekspeditsiyadagi ishtirokidan keyingi taassurotlar bilan o‘rtoqlashdi va bu tajriba uning kelgusidagi rejalariga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida so‘zlab berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/schoolgirl/

Telegram | Instagram | YouTube
👍81👎1
Qiziltepa tumanida alimentdan voz kechmagan xotinini mashinada urib ketgan erkakka nisbatan ochilgan ish Jinoyat kodeksining 266-moddasidan 104-moddasi 2-kismi “l” bandiga qayta malakalangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/navoiy/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔31👍1
Toshkentlik Ruslan Salohutdinov — sun’iy idrok bo‘yicha AQShning yetakchi tadqiqotchilaridan biri va shu yo‘nalishda Meta vitse-prezidenti. U Siri’ni rivojlantirgan, hozirda ChatGPT’ga o‘xshash tizimlarni takomillashtiryapti. Biz u bilan sun’iy idrok kelajagi, uning ijodkorligi va hissiyotlari haqida suhbatlashdik.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/07/ruslan-salakhutdinov/

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Raqobat qo‘mitasi tijorat banklari kredit karta amaliyotlarida asossiz komissiyalar undirilayotgani yuzasidan Markaziy bankka so‘rov yubordi. Unda foiz masalalarini qayta ko‘rib chiqish va asossiz olingan xizmat haqini iste’molchilarga qaytarish so‘ralgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/08/bank-regulation/

Telegram | Instagram | YouTube
👍51
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS G‘azoda tinchlik o‘rnatish rejasining birinchi bosqichini amalga oshirishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi. Bu bosqich barcha isroillik garovga olinganlarni ozod qilish va Isroil qo‘shinlarini kelishilgan chiziqqa olib chiqishni o‘z ichiga oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/ceasefire-deal/

Telegram | Instagram | YouTube
👍31
O‘zbekiston Yevropa inson huquqlari tashkilotlariga doim ochiq. Abdulaziz Kamilov ular mamlakatga kelib, maslahat berishlari mumkinligini aytdi. “Agar bizga ma’qul bo‘lsa, birga ishlaymiz. Bizning mentalitetimizga, an’analarimizga to‘g‘ri kelmasa, biz buni qabul qilmaymiz”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/kamilov/

Telegram | Instagram | YouTube
👍161
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 10-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 51,35 soʻmga koʻtarilib, 12 123,38 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | YouTube
👍2👎21
2025-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti venger yozuvchisi Laslo Krasnaxorkaiga “qiyomat dahshati sharoitida san’atning kuchini yana bir bor tasdiqlagan ishonchli ijodi uchun” berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/literature/

Telegram | Instagram | YouTube
Prezident mis sim eksportiga boj joriy etish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu misni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan, dedi SSP raisi Davron Vahobov. Mis mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga 100 mln dollar ajratiladi va OKMKdan mis sotib olishga imtiyoz uzaytiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/copper/

Telegram | Instagram | YouTube
👍5411👎4
Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tumani sudi Furqat tumani IIB xodimlari tahqirlab, kaltaklagan ayol ishini ko‘rib chiqmoqda. Sudda audio-videoga ruxsat berilmadi. “Faqat adolat kutyapman… Hech qaysi ayolga bu kunni tilamayman, nohaqlikdan dodlab yig‘lamasin, ko‘chada yuzshuvut bo‘lmasin”, — dedi Gulira’no Qosimova.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/slander/

Telegram | Instagram | YouTube
👍182😢1
Nyu Yorkda amerikalik biznesmenlar bilan uchrashuv chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev McKinsey kompaniyasining katta hamkori Yermolay Soljenitsin — yozuvchi Aleksandr Soljenitsinning o‘g‘li bilan suhbatlashdi. U bo‘lg‘usi Nobel sovrindori saraton kasalligidan Toshkentda davolangan davrni esga oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/cancer-ward/

Telegram | Instagram | YouTube
👍251
2025/10/27 08:57:29
Back to Top
HTML Embed Code: