Telegram Web Link
O‘zbekistonda qurilishi kutilayotgan kichik quvvatli AES qiymati 1 mlrd dollardan oshmaydi. Loyihaning yakuniy qiymati shartnoma imzolangandan so‘ng ma’lum bo‘ladi. AES qurilishi direksiyasi rahbari Abdujamil Qalmuratov loyiha davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/small-nuclear-power-plant/

Telegram | Instagram | YouTube
👎53👍1
O‘zbekiston TIV G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod etish bo‘yicha kelishuvni olqishlab, AQSh prezidentining ko‘magini qayd etdi. Toshkent Misr, Qatar va Turkiyaning sa’y-harakatlarini ham ta’kidladi. “O‘t ochishni to‘xtatish vaqtinchalik chora emasligiga ishonchimiz komil”, — deyiladi bayonotda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/mfa-on-gaza/

Telegram | Instagram | YouTube
8
Dushanbeda “Markaziy Osiyo — Rossiya” ikkinchi sammiti va MDH yig‘ilishi oldidan O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev hamkasbiga bo‘lajak tadbirlarni o‘tkazishda muvaffaqiyat tiladi va MDH raisligi samarali bo‘lgani bilan tabrikladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/uzb-taj/

Telegram | Instagram | YouTube
👍393👎1
Vladimir Putin 2024-yil dekabr oyida halokatga uchragan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyotiga Rossiyaning havo hujumidan mudofaa raketalari zarar yetkazganini tan oldi. U Rossiya “barcha [tegishli] mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berishi”ni va’da qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/azal/

Telegram | Instagram | YouTube
👍3
“MO — Rossiya” sammitida O‘zbekiston prezidenti uglevodorod qidirish va qayta ishlash, energiya tejash va yashil texnologiyalardagi hamkorlikni kengaytirish, mintaqa davlatlarida “Skolkovo” filiallarini ochish, O‘zbekistonda atom energetikasi bo‘yicha Mintaqaviy kompetensiyalar markazini tashkil etishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/ca-rf/

Telegram | Instagram | YouTube
👍45👎71
Shavkat Mirziyoyev “MO — Rossiya” sammitidagi nutqida siyosiy muloqotni tizimli asosda davom ettirish, transport va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, raqamli texnologiyalar hamda kadrlar tayyorlash sohasida yangi formatda hamkorlik yo‘lga qo‘yishni taklif etdi. Yakunda Qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/summit/

Telegram | Instagram | YouTube
👍491
O‘zbekiston prezidenti Dushanbedagi sammitda Rossiya mamlakatning muhim strategik sherigi va ittifoqchisi ekanini ta’kidladi. Mirziyoyevga ko‘ra, ikki davlatni ko‘p asrlik tarixiy aloqalar va xalqlar yaqinligi birlashtiradi. U Vladimir Putinning mintaqaviy hamkorlikka doimiy e’tiborini alohida qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/ca-russia/

Telegram | Instagram | YouTube
👍52👎8
O‘zbekiston futbolchilari Kuvayt bilan o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi. Gollarga Eldor Shomurodov va Hojimat Erkinov mualliflik qildi. Bu yangi bosh murabbiy Fabio Kannavaro qo‘l ostidagi ilk o‘yin bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/uzb-kuwait/

Telegram | Instagram | YouTube
👍3
Noyabr va dekabr oylarida O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari o‘tkaziladi. Ularda loyihaning atrof-muhitga ta’siri muhokama qilinadi. AES qurilishi direksiyasining ma’lum qilishicha, eshituvlar barcha xohlovchilar uchun ochiq, ular ovoz berish bilan yakunlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/aes/

Telegram | Instagram | YouTube
👎111
9-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇵🇸 Isroil va HAMAS tinchlik rejasining birinchi bosqichiga rozi bo‘ldi.

📄 “O‘zbekiston G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni olqishlaydi” — TIV.

🗣 Mintaqaviy xavfsizlik, savdo va energetika. Shavkat Mirziyoyevning “MO — Rossiya” sammitidagi nutqi.

🇺🇸 O‘zbekiston va AQShning ko‘plab xalqaro masalalar bo‘yicha pozitsiyalari yaqinlashmoqda — Abdulaziz Kamilov.

⚖️ “Faqat adolat kutyapman”. Furqat tumani IIB xodimlari tahqirlagan ayol ishi bo‘yicha sud boshlandi.

⚽️ Futbol: O‘zbekiston Kannavaro qo‘l ostidagi birinchi o‘yinida Kuvaytni mag‘lub etdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
👍262
O‘zbekistonda oktabr boshida ko‘krak bezi saratoni haqida xabardorlik oyligiga bag‘ishlangan aksiya boshlandi. Tashabbus doirasida ayollar uchun bepul ko‘riklar, tibbiy forum va fotoko‘rgazma tashkil etiladi. Shuningdek, aksiya ayollar uchun onkopsixologik yordam ko‘rsatishni rivojlantirishga ham qaratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/erta-aniqla/

Telegram | Instagram | YouTube
5👍2🤔1
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yong‘inlar soni kamaymoqda, biroq sovuq mavsumda is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining portlash xavfi yuqoriligicha qolmoqda. FVV va boshqa xizmatlar mutaxassislari isitish mavsumi boshlanishidan oldin hodisa sabablari va ularning oldini olish choralarini eslatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/gaz/

Telegram | Instagram | YouTube
1
Yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk o‘yinda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kuvayt terma jamoasini ishonchli hisobda mag‘lub etdi. Gazeta muxbiri Murod Yusuf o‘yindan fotoreportaj tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/uzb-kw/

Telegram | Instagram | YouTube
1
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab issiq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +23…+28, janub va cho‘l hududlarida +29…+30 darajagacha ko‘tariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/ob-havo/

Telegram | Instagram | YouTube
Jizzax viloyati Forish tumanidagi to‘rtta davlat bog‘chasida 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi. Ular bir kun oldin biokefir, pishloq, sariyog‘ kabi mahsulotlar iste’mol qilgan. Viloyat SESga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash normalari buzilgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, surishtiruv olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/poisoning/

Telegram | Instagram | YouTube
👎9😢7
Ohangaronda yashovchi 18 yoshli yigit Instagram’da O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni haqoratlab izoh qoldirgan. Sud unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi va qo‘shimcha cheklovlar tayinladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/haqorat/

Telegram | Instagram | YouTube
👎11👍7🤔5😢21
O‘zbekistonning Iroqda yangi tayinlangan elchisi Ayubxon Yunusov mamlakat prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi. U, shuningdek, mamlakatning Kuvaytdagi elchisi hamdir.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/iroq/

Telegram | Instagram | YouTube
4
70% kabel mahsulotlarini mahalliy korxonalardan sotib olish talabi transformatorlar, shitlar kabilarni ham qamrab olishi rejalashtirilmoqda. “O‘zeltexsanoat” raisiga ko‘ra, prezident mahalliy ishlab chiqaruvchilar va importyorlar uchun QQS to‘lash shartlarini tenglashtirish chora-tadbirlarini tasdiqlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/09/import/

Telegram | Instagram | YouTube
👍6
Quva tumanida 21 yoshli Damas haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, haydovchiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/yth/

Telegram | Instagram | YouTube
😢9
Toshkentda yuzlab mozaik pannolar — mashhur monumental kompozitsiyalardan tortib, keng jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan asarlargacha bor. Gazeta arxitektura targ‘ibotchisi Fotima Abdurahmonova bilan birga poytaxtni aylanib, shaharning har bir tumanidan ko‘rishga arzigulik bitta ramziy mozaikani tanlab oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/mosaics/

Telegram | Instagram | YouTube
3👍3
2025/10/26 03:50:53
Back to Top
HTML Embed Code: