Telegram Web Link
O‘zbekistonda muhandislik tarmoqlariga asfaltni buzmasdan xizmat ko‘rsatish uchun yerosti kollektorlari joriy etilmoqda. Qurilish va kommunal xo‘jalik vaziri o‘rinbosari qayd etishicha, bunday yechimlar faqat yangi loyihalarda qo‘llanilishi mumkin, eski kommunikatsiyalarni ta’mirlash xarajatlari yuqori va noqulay.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/roads/

Telegram | Instagram | YouTube
2👍1
Prezident farmoniga ko‘ra, 2026−2027-yillarda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi 5 mingta loyihani moliyalashtirish uchun 4 trln so‘m ajratadi. Loyihalar kichik va o‘rta biznes uchun arzon kreditlar va foiz kompensatsiyalari orqali qo‘llab-quvvatlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/entrepreneurs/

Telegram | Instagram | YouTube
👍471
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (11–12-oktyabr)

Konsta konserti, kino namoyishlari, TAF!25, gastronomiya va musiqa festivali, WCF Cat Show 2025 mushuklar ko‘rgazmasi, bolalar uchun yig‘ilishlar, ijodiy mahorat darslari va kelgusi dam olish kunlarining boshqa tadbirlari.

https://www.afisha.uz/uz/gorod/2025/10/10/11-12-oktyabr

Telegram | Instagram | YouTube
3
Deputat Sayyora Jumayeva hovli va mahallalardagi ko‘p qavatli yangi uylar mavjud kommunal tarmoqlarning imkoniyatlarini hisobga olmay qurilayotganidan xavotir bildirdi. Qurilish vazirligi quvvat yetarli bo‘lmasa, tarmoqqa ulanish taqiqlanishini ma’lum qildi va Toshkent shahridagi shunday holatni misol keltirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/construction/

Telegram | Instagram | YouTube
👎1🤔1
BYD Toshkentda o‘zining yangi Seal 6 DM-i modeli taqdimotini o‘tkazdi. Yangi avtomobil 4 xil rangda ishlab chiqariladi va 364 mln 400 ming so‘m turadi. Uning asosiy jihati bir bak yonilg‘i va to‘la quvvat bilan 2020 kilometrgacha yura olishidir, deydi tashkilotchilar.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/byd-seal-6/

Telegram | Instagram | YouTube
👍92👎2😢1
Bryusseldagi Global Gateway forumida Qirg‘izistondagi O‘zbekiston va Qozog‘iston ishtirokidagi Kambarota GES-1 loyihasi bo‘yicha 900 mln yevrolik memorandumlar imzolandi. Bu mablag‘larni YeIB ajratishni rejalashtirgan. Shuningdek, YeTTB loyiha uchun 1,3 mlrd yevrolik moliyalashtirish paketini ko‘rib chiqmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/global-gateway/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32
Tovada pishirilgan kartoshka va pishloqli non, pishloq va ko‘katli “dangasa” pirojkalar, tovuq va pishloqli sloykalar va pishloqli pishiriqlarning boshqa retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/zira/

Telegram | Instagram | YouTube
2
Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev Norvegiyada o‘tgan jahon chempionatida 110 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida jahon chempioni bo‘ldi. U dast ko‘tarish mashqida 196 kg natija bilan jahon rekordini o‘rnatdi. Ruslan Nuriddinov esa 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/akbar-jurayev/

Telegram | Instagram | YouTube
👍42
Emmanuel Makron 4 kun oldin iste’foga chiqqan Fransiya bosh vaziri Sebasten Lekornyuni bu lavozimga qayta tayinladi. Endi u yangi hukumatni shakllantirishi va budjetni tasdiqlash uchun taqdim etishi kerak bo‘ladi. Lekornyu avvalroq hukumatning yangi tarkibi tufayli tanqid ostida qolgandi va ishdan ketgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/lecornu-back/

Telegram | Instagram | YouTube
2🤔2
Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasi o‘rtasidan avtobuslar uchun maxsus qurilgan yo‘lak ishga tushdi. Hozircha O‘zbekistonda yagona bo‘lgan ushbu yo‘lak bo‘ylab 38-, 57- va 58-yo‘nalishdagi avtobuslar harakatlanmoqda. Gazeta ushbu yo‘lak haqida aholi va avtobus haydovchilarining fikrlariga qiziqdi. Video.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/reportaj/

Telegram | Instagram | YouTube
7
Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari 60 sotix maydonda do‘konlar qurish uchun yer ajratib berish evaziga fuqarodan 15 ming AQSh dollari talab qilgan. U 14 800 dollar olayotganda qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/pora/

Telegram | Instagram | YouTube
🤔5
O‘zbekistonda quriladigan pulli yo‘llarda tezlik 150 km/soatgacha bo‘ladi, dedi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi vakili. Uning aytishicha, pulli yo‘llarda yengil va yuk avtomobillari uchun alohida yo‘laklar ajratiladi. Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, 200 km pulli yo‘l narxi 100 ming so‘m atrofida bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/road/

Telegram | Instagram | YouTube
👎6👍3
Donald Tramp AQSh 1-noyabrdan Xitoydan importga qo‘shimcha 100 foizli bojlar joriy etishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Xitoyning barcha tovarlar, jumladan, nodir metallar eksportiga keng ko‘lamli cheklovlar joriy etish qaroriga javobdir.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/us-china/

Telegram | Instagram | YouTube
3🤔1
O‘zbekistonda 1-oktabrdan moped va skuter haydovchilaridan avtoraqam va haydovchilik guvohnomasini talab qilish boshlandi. Gazeta shu sabab ishga chiqolmayotgan yoki transportini almashtirgan kurerlar bilan suhbatlashdi, avtomaktablar va yetkazib beruvchi kompaniyalardagi vaziyatni o‘rganishga harakat qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/kuryer/

Telegram | Instagram | YouTube
4🤔4
“Amar, Akbar, Antoni”, “Bog‘bon”, “Gohi shodlik, gohi g‘am” singari o‘nlab filmlar orqali o‘zbek tomoshabinlari qalbidan joy olgan Amitabh Bachchan 11-oktabrda 83 yoshga to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta hind kinosining afsonasi ishtirokidagi filmlar asosida test tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/11/amitabh-bachchan/

Telegram | Instagram | YouTube
19👍4👎2🤔1😢1
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasi keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng sayr qilish va hordiq chiqarish uchun yanada yashil va qulay bo‘ldi. Bu yerda to‘liq to‘siqsiz muhit yaratildi, tartibsiz to‘xtash joylari esa o‘tmishda qoldi. Ba’zi kamchiliklarga qaramay, loyiha barcha uchun qulay shahar sari katta qadam bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/10/ozbekiston-ovozi-street/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32
“Toshkent Invest” va Dubayning DP World kompaniyalari poytaxtda zamonaviy multimodal logistika terminalini rivojlantirish va boshqarish uchun qo‘shma korxona tashkil etdi. 80 gektardan ortiq majmuaga temiryo‘l quruq porti, bojxona rasmiylashtiruvi zonalari, omborlar va kross-doking majmualari kiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/12/dp-world-tashkent/

Telegram | Instagram | YouTube
👍21
O‘zbekistonning milliy pochta aloqa operatori UzPost`dagi davlat ulushi xususiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Gazeta manbasiga ko‘ra, xaridor Rossiya marketpleysi. Bitimdan oldin kompaniya ustav kapitali deyarli 40% ga oshirilgan, buning ichiga 50 ta pochta bo‘limi binolarini ustav kapitaliga o‘tkazish ham kiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/12/uzpost/

Telegram | Instagram | YouTube
👎18🤔71
O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, milliy armiya asoschilaridan biri, iste’fodagi general-polkovnik Rustam Ahmedov 82 yoshida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/12/rustam-axmedov/

Telegram | Instagram | YouTube
😢106👍1👎1
O‘zbekistonda joriy haftaning ish kunlari juda issiq va quruq o‘tadi. Shu darajadaki, dushanba va seshanba kunlari Surxondaryo viloyatida havo harorati +34 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Hafta boshida mamlakatning shimoliy va cho‘l hududlarida chang bo‘ronlari kuzatilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/weather/

Telegram | Instagram | YouTube
2👍2👎1
2025/10/22 07:59:03
Back to Top
HTML Embed Code: