Telegram Web Link
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov 2025−2029-yillar uchun FIFAning Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qo‘mitasi rais o‘rinbosari etib tayinlandi. Qo‘mita innovatsion yechimlarni sinovdan o‘tkazish va futbolga joriy etish ustida ish olib boradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/ravshan-irmatov/

Telegram | Instagram | YouTube
👍101
Buzilishi yakunlanayotgan Samarqandda 12 qavatli mehmonxona

Samarqandda 10 yil davomida hujjatsiz qurilgan 12 qavatli noodatiy binoning buzish ishlari davom etmoqda. Gazeta muxbiri olgan suratda binoning so‘nggi 4 qavati qolganini ko‘rish mumkin. Buzish ishlari sabab mehmonxona joylashgan ko‘cha yopilib qolgan.  

Eslatib o‘tamiz, binoni 2022-yil 6-iyul kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudi bino egasiga noqonuniy qurilgan binoni o‘z hisobidan buzish majburiyatini yuklagan

2025-yil iyul so‘ngida buzish ishlari boshlandi. O‘shanda bino egasi Furqat Xalilov O‘zbekiston prezidentiga videomurojaat yo‘llab, bu masalada yordam so‘ragandi.

Telegram | Instagram | YouTube
👎10😢84👍3
UzAuto Motors Damas va Cobalt’ning yangi versiyalari ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Yaqin orada Damas Move yo‘lovchi versiyasi va Damas Max yuk-yo‘lovchi versiyasi mavjud bo‘ladi. Yangilangan Cobalt ilgari mavjud bo‘lmagan 12 ta yangi opsiya bilan jihozlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/damas-cobalt/

Telegram | Instagram | YouTube
👎112
2020 km gacha bo‘lgan rekord darajadagi yurish masofasiga ega BYD Seal 6 sedanini BYD Astana Motors dilerlik markazlarida sotib olish mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/byd/
🤔3
O‘zbekistonda ish haftasi davomida quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari +10…+15, kunduz kunlari +25…+33 daraja atrofida bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/meteo/

Telegram | Instagram | YouTube
1👍1
Tartibga solinmagan “peshexod”lar qayta-qayta odamlarning hayotiga zomin bo‘lmoqda, ularni mayib qilmoqda. Nega bu holat svetoforlar, kameralar, baland o‘tish joylarini o‘rnatish, amaldorlarning harakatsizligini tekshirish uchun barcha kuch va mablag‘ni safarbar etishga sabab bo‘lmayapti? Bu ustuvor masala bo‘lishi kerak emasmi?

Tahririyat nuqtai nazari

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/road-safety/

Telegram | Instagram | YouTube
😢42
“Yangi Toshkent” bekatidan poytaxtdagi “O‘zbekiston mehmonxonasi” bekatigacha qatnovchi 197-sonli yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushdi. Yo‘nalishda zamonaviy Yutong avtobuslari har kuni soat 05:30 dan 22:50 gacha harakatlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/new-route/

Telegram | Instagram | YouTube
1
2017-yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan va 4 ming obunachisi bo‘lgan Telegram’dagi narkodo‘kon kanali tarqatuvchilari qo‘lga olindi. Ulardan biri Qirg‘izistondan, ikkinchisi Rossiyadan yuborilgan giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan. Ularning 10 dan ortiq “zakladchik”lari ham bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/narco/

Telegram | Instagram | YouTube
3👍3
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilgan turar joy loyihasi — Tashwell investitsiyalashning yangi standartini taklif etmoqda (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/tashwell/
👍3
Ayritom erkin savdo zonasi ochilgandan beri 400 ming afg‘on fuqarolari tashrif buyurgan. Mijozlar, asosan, oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda maishiy texnika xarid qilgan. Ular chegara va bojxona nazoratidan o‘tishni yengillashtirish, muntazam qatnovli transport va 24 soatlik ish rejimini so‘ramoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/ayritom/

Telegram | Instagram | YouTube
4👍4🤔1
Toshkentda akasiga tegishli mashinani uydan ruxsatsiz olib chiqib, YTH sodir etgan va do‘stining o‘limiga sabab bo‘lgan 17 yoshli o‘quvchiga sud hukmi o‘qildi. Yigit muqaddam sudlangan. O‘talmagan jazosini qisman qo‘shgan holda, u to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga shartli hukm qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/yth-hukm/

Telegram | Instagram | YouTube
👍1👎1
Osakada o‘tgan Expo 2025 ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston paviloni Xalqaro ko‘rgazmalar byurosining (BIE) “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oltin mukofotga sazovor bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/uzbekistan-expo-2025-osaka/

Telegram | Instagram | YouTube
👍4
Soliq qo‘mitasi norasmiy iqtisodiy faoliyat yuritib, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan 7522 ta tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini e’lon qildi. Biznes egalari o‘z kontragentlarining ishonchliligini qo‘mita saytida tekshirish imkoniga ega. Ro‘yxat muntazam ravishda yangilab boriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/tax/

Telegram | Instagram | YouTube
1
Iqtisodiyot bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofotini Joel Mokir (AQSh), Filipp Agon (Fransiya) va Piter Xauit (AQSh) “innovatsion iqtisodiy o‘sish bo‘yicha tushuntirishlari uchun” oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/economics/

Telegram | Instagram | YouTube
1
Milliy pochta operatori UzPost (“O‘zbekiston pochtasi”) modernizatsiya va raqamli transformatsiya uchun investitsiyalarni jalb etish rejalari haqida ma’lum qildi. Kompaniya OAVda Rossiya marketpleysi tomonidan davlat ulushining xususiylashtirilayotgani haqidagi xabarlar fonida bayonot bilan chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/uzpost-reaction/

Telegram | Instagram | YouTube
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 14-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 8,64 soʻmga koʻtarilib, 12 149,55 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | YouTube
1
HAMAS G‘azo sektorida ikki yildan ortiq vaqt davomida asirlikda bo‘lgan so‘nggi tirik isroilliklarni ozod qildi — jami 20 kishi. Ularni qaytarish bo‘yicha kelishuvga AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif qilingan tinchlik rejasi doirasida erishildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/hostages/

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Toshkent metrosining “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” yo‘nalishi 1-noyabr sanasi atrofida ochilishi kutilmoqda. Avvalroq ushbu yo‘nalish taxminan 18-oktabrda faoliyatini qayta boshlashi mumkinligi aytilgan edi. Hozirgi paytda ushbu yo‘nalishda poyezdlar sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) harakatlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/metro/

Telegram | Instagram | YouTube
👎4
2025/10/21 22:39:03
Back to Top
HTML Embed Code: