Telegram Web Link
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 14-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 8,64 soʻmga koʻtarilib, 12 149,55 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Telegram | Instagram | YouTube
1
HAMAS G‘azo sektorida ikki yildan ortiq vaqt davomida asirlikda bo‘lgan so‘nggi tirik isroilliklarni ozod qildi — jami 20 kishi. Ularni qaytarish bo‘yicha kelishuvga AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif qilingan tinchlik rejasi doirasida erishildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/hostages/

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Toshkent metrosining “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” yo‘nalishi 1-noyabr sanasi atrofida ochilishi kutilmoqda. Avvalroq ushbu yo‘nalish taxminan 18-oktabrda faoliyatini qayta boshlashi mumkinligi aytilgan edi. Hozirgi paytda ushbu yo‘nalishda poyezdlar sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) harakatlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/metro/

Telegram | Instagram | YouTube
👎4
Kelajak texnologiyalarini SQB bilan yaratish mumkin

Hakaton — qisqa vaqt ichida jamoalar shakllanib, yangi g‘oyalar ustida ishlaydigan innovatsion musobaqa. Yoshlar va mutaxassislar g‘oyalarini hayotga tatbiq etib, ularni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkoniga ega bo‘ladi.

Amaliy mashg‘ulotlar, mentorlik va jamoaviy ish jarayoni tashkil etiladi. Ishtirokchilar soni cheklanmagan.

Yo‘nalishlar:

— AI — sun’iy intellekt;
— moliyaviy texnologiyalar;
— nobank mahsulotlari.

Ishlash vaqti:

Jamoalar 10 kun davomida 7 kun onlayn va 3 kun offlayn tarzda o‘z g‘oyalarini ishlab chiqib, yakuniy natijalarni taqdim etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish.

Telefon: (+998) 20-034-73-11.

Reklama huquqlari asosida.
👍21
O‘zbekistonda mamlakatga olib kirilayotgan tovarlar va valyuta to‘g‘risidagi bojxona deklaratsiyasini oldindan va onlayn to‘ldirish imkonini beruvchi Yo‘lovchi deklaratsiyasi ilovasi ishga tushdi. Unda mobil telefonning IMEI kodini skanerlash funksiyasi mavjud bo‘lib, 15 xonali kodlarni qo‘lda kiritmasa ham bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/customs-declaration/

Telegram | Instagram | YouTube
👍3
Samarqand viloyatida Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan qatnashgan 27 yoshli fuqaro 3 yilga qamaldi. U Rossiyaga ishlash uchun borgan, biroq narkotiklar savdosida ayblanib qamalgan. Koloniyada Ukrainadagi urushda qatnashish uchun Rossiya qurolli kuchlari safiga yollangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/yollanish/

Telegram | Instagram | YouTube
1👎1
O‘zbekistonda kichik AESning reaktori uchun kotlovan qazish ishlari boshlandi — loyiha qurilish bosqichiga o‘tmoqda. Energiya bloklarini ishga tushirish 2029−2035-yillarga mo‘ljallangan. Kichik va yirik AESlarni bir vaqtning o‘zida joylashtirish natijasida “MVt·s nuqtai nazaridan eng tejamkor variant” kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/nuclear-power-station/

Telegram | Instagram | YouTube
👎9👍31
Shavkat Mirziyoyev “Davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat bilan harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni xarid qilish tartibi belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/state-defense-order/

Telegram | Instagram | YouTube
👍2
14–16-oktabrda Toshkentda xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmalari o‘tkaziladi

“O‘zekspomarkaz”da Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent ko‘rgazmalari o‘tkaziladi.

Ko‘rgazma yo‘nalishlari:

— uy va interyer to‘qimachiligi;
— moda uchun mato va ip-gazlamalar;
— tayyor kiyim-kechak va aksessuarlar;
— to‘qimachilik texnologiyalari va innovatsiyalar.

B2B dasturi: Yevropa, AQSh, Rossiya, MDH va Yaqin Sharqdan 200 dan ortiq xaridor ishtirok etadi.

Uchrashuvlar davomida yangi eksport shartnomalari tuziladi va hamkorlik yo‘nalishlari kengayadi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish ochiq. Kirish bepul.

Sohaviy reklama.
1👍1
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 208-maktabda yong‘in yuz berdi — ta’mirlanayotgan bo‘sh binoning tom qismi yongan. Holat vaqtida maktabda o‘quvchi va xodimlar bo‘lmagan, hech kimga jarohat yetmagan, ma’lum qildi FVV.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/fire/

Telegram | Instagram | YouTube
3
1-oktabrdan Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida ijtimoiy kartalar orqali amalga oshirilgan xaridlar uchun QQSni avtomatik qaytarish tizimi ishga tushirildi. Avval bu uchun QR-kodni skanerlash talab qilinardi. Keshbekni maxsus reyestrga kiritilgan kambag‘al va kam ta’minlangan oilalar a’zolari olishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/cashback/

Telegram | Instagram | YouTube
4
UzPost xususiylashtirilishi ehtimoliga oid xabarlar fonida Uzum kompaniya rivojlanishiga sarmoya kiritishga tayyorligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, xattoki pochta xizmatlari qisman xususiylashtirilgan mamlakatlarda ham ularni nazorat qilish milliy xavfsizlik va suverenitet masalasi sifatida qaraladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/uzpost-uzum/

Telegram | Instagram | YouTube
👍41👎1
Bank tomonidan joylashtirilgan 400 million dollarlik yevroobligatsiyalar mamlakatning moliya tizimi rivojlanishida muhim qadam bo‘ldi. Bitim CEEMEA mintaqasida 2025-yilning eng muvaffaqiyatli joylashtirishlaridan biri sifatida qayd etildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/ipoteka-bank/
3👍2
O‘zbekiston futbolchilari Malayziyada o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Urugvayga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ruslanbek Jiyanov terma jamoaning yagona goli muallifi bo‘ldi (video, foto, statistika).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/uzbekistan-uruguay/

Telegram | Instagram | YouTube
Afg‘oniston va Pokiston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi, oqibatda har ikki tomondan o‘nlab askar halok bo‘ldi. Qobulning da’vo qilishicha, u Islomobodning Afg‘onistondagi nishonlarga qaratilgan zarbalariga javoban “qasos operatsiyasi” o‘tkazgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/border-operations/

Telegram | Instagram | YouTube
😢5
O‘zbekistonda yangi yondashuv asosida suv hisobini yuritishni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. “Suv hisobi” platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblanadi va iste’molchilarga elektron tarzda ma’lum qilinadi. Bu inson omili va ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytirishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/water-resources/

Telegram | Instagram | YouTube
👍263🤔2
O‘zbekiston prezidenti va Birlashgan kurash dunyosi rahbari sportning yakkakurash turlarini qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yangilash va yosh sportchilarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Nenad Lalovichga ommaviy sport rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/13/kurash/

Telegram | Instagram | YouTube
👍30
2025/10/26 09:39:51
Back to Top
HTML Embed Code: