Samarqanddagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan kadrlar menejeri ishdan haydaldi. Ayol farzandi bilan janjallashgan o‘quvchining sinfiga borib unga qo‘l ko‘targan. Ayni paytda holat sud tartibida ko‘rib chiqilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/hr-manager/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/hr-manager/
Telegram | Instagram | YouTube
❤5👎3🤔2
Qambarota GES-1 qurilishi qiymati 4,2 mlrd dollarni tashkil etadi, shu bilan birga, xalqaro moliya institutlarining moliyalashtirish portfeli esa 5,6 mlrd dollarga yetgan. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ta’kidlashicha, ularning loyihaga bo‘lgan qiziqishi yuqori.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/hydroelectric-power-station/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/hydroelectric-power-station/
Telegram | Instagram | YouTube
👎3🤔1
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi matematika fani bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiada savollariga javoblar tarqalib ketganini tasdiqladi. Agentlik olimpiada qayta o‘tkazilishini ma’lum qildi. Holatga sababchi shaxslar esa javobgarlikka tortiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/answers/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/answers/
Telegram | Instagram | YouTube
👍4👎1
OTB O‘zbekistonda institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar kredit ajratishni ma’qulladi. Mablag‘lar bankning O‘zbekistonda institutsional islohotlar, inklyuziv o‘sish va global integratsiyaga qaratilgan Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi doirasida ajratiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/adb/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/adb/
Telegram | Instagram | YouTube
❤2👎2
Britaniyaning BAT Uzbekistan Investment kompaniyasi O‘zbekistonning UzBAT tamaki kompaniyasidagi 2,6 foiz ulushini 22,3 mln dollarga sotib oldi. Kompaniya aksiyalarni sotib olishda o‘zining imtiyozli huquqidan foydalangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/uzbat/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/uzbat/
Telegram | Instagram | YouTube
👎4🤔1
Poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz"da “To‘y” nomli panno bor — bu mozaikalari Toshkent vizual xotirasining bir qismiga aylanib ulgurgan Dilmurod Yusupovning eng e’tiborga molik va ramziy asari. Gazeta rassom bilan uning ijod yo‘li, asarlari va shahar muhitida monumental san’atning o‘rni haqida suhbatlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/history-of-mosaics/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/history-of-mosaics/
Telegram | Instagram | YouTube
👍4
Mobiuz’ning Namangandagi yangilangan xizmat ko‘rsatish markazi viloyat aholisi va mehmonlariga raqamli yechimlardan maksimal darajada foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/mobiuz/
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/mobiuz/
👍5❤1
Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlarida 10 ta xususiy klinikada litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatilayotgani ma’lum bo‘ldi. 7000 dan ortiq tibbiyot muassasasida o‘tkazilgan tekshiruvlarda peshlavhalar, davlat tilidagi ma’lumotlar va narxnomalarning yo‘qligi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar ham aniqlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/license/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/license/
Telegram | Instagram | YouTube
👍4
Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida deyarli har uchinchi bola uyda jismoniy jazoga duchor bo‘ladi va bolalarning deyarli uchdan ikki qismi psixologik tajovuzga yo‘liqadi, deyiladi YUNISEFning yangi hisobotida. O‘zbekistonda jismoniy jazo 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 29 foiziga nisbatan qo‘llanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/unicef/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/unicef/
Telegram | Instagram | YouTube
😢2👍1👎1
UzAuto Motors 3-noyabrdan boshlab Chevrolet dilerlik markazlarida Cobalt`ning yangilangan versiyalarini sotuvga chiqaradi. Kompaniyaga ko‘ra, yangi Cobalt Style MCM 156 mln 100 ming so‘m, Cobalt Midnight MCM 165 mln 200 ming so‘m narxda sotiladi. Avtomobilning mavjud komplektatsiyalari narxlari o‘zgarishsiz qoladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/new-cobalt/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/new-cobalt/
Telegram | Instagram | YouTube
👎7👍1
2026-yilda O‘zbekiston Italiyada ishga joylashtirish uchun 3500 nafar o‘rta tibbiyot xodimini tayyorlaydi. Pilot loyiha allaqachon boshlandi — Toshkent va Samarqanddan 10 nafar mutaxassis Italiya klinikalarida ish boshladi, ular tilni o‘rganadi va mahalliy sog‘liqni saqlash tizimiga moslashadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/italy/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/italy/
Telegram | Instagram | YouTube
❤7👍2
O‘zbekistonda 2025-yilning 9 oyida 155 nafar 15−17 yoshdagi qiz erta turmushga berilgani aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov erta turmush bilan birga qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlari davom etayotganini ta’kidladi. U shular bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/erta-nikoh/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/erta-nikoh/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔4😢3👍2
O‘zbekiston prezidenti Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida tashkil etilgan BRT tizimini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, Toshkent shahrida alohida ajratilgan avtobus yo‘laklarini uzaytirish, shahar atrofida transport bog‘lamalari tashkil etish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/brt/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/brt/
Telegram | Instagram | YouTube
👍56
Buyuk Britaniya “strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohada biznes yuritish orqali Rossiya hukumatini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun” “Rosneft” va “Lukoyl”ga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bu qora ro‘yxatga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning aktivlari Britaniyada muzlatib qo‘yilishini anglatadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/uk-sanctions/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/uk-sanctions/
Telegram | Instagram | YouTube
👍4❤1
Dastlab Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilgan BRT avtobus tezkor tranziti tizimi Toshkentning yana taxminan 10 ta ko‘chasini qamrab oladi. 110 mln dollarlik loyihani 2030-yilgacha yakunlash rejalashtirilmoqda, tarmoq uzunligi esa 57,5 km ni tashkil qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/brt-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/brt-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
❤3👍3
Click kompaniyasi o‘z brendini tashqi imijdan emas, ichki madaniyatdan boshlab qurgan. Xodimlar tajribasi, qadriyatlar va ochiq kommunikatsiyalarga asoslangan yondashuv natijasida kompaniya ishonchli ish beruvchi sifatida tan olindi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/click/
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/click/
👍3👎3❤1
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad hukumati 2 yil davomida minglab jasadlarni ommaviy qabrlarning biridan uzoq cho‘ldagi maxfiy joyga ko‘chirish bo‘yicha yashirin operatsiya o‘tkazgan, deb yozdi Reuters. Operatsiya maqsadi Asad hukumatining jinoyatlarini yashirish va uning obro‘sini tiklashga yordam berish bo‘lgani aytildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/syria-mass-grave/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/syria-mass-grave/
Telegram | Instagram | YouTube
😢2👍1
Prezident 1300 gektar maydonda Toshkentning yangi xalqaro aeroporti qurilishini boshladi. Loyiha to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi. Qiymati $2,5 mlrd bo‘lgan birinchi bosqich aerovokzal kompleksi va aerodrom qurilishini o‘z ichiga oladi. Hamkorlar sifatida Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Koreya kompaniyalari tanlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/new-airport-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/new-airport-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
👍42❤2🤔2
JSST Hindiston kompaniyalarining shamollash va yo‘talga qarshi uchta siropi xavfli ekani haqida ogohlantirdi. Ularda ruxsat etilgan me’yordan deyarli 500 baravar yuqori konsentratsiyada dietilenglikol aniqlandi. Hindistonda kamida 20 nafar bola vafot etdi. O‘zbekistonda bu preparatlar ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/cough-syrups/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/cough-syrups/
Telegram | Instagram | YouTube
👍9❤2