Telegram Web Link
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida kirish/chiqishda yangi ro‘yxatga olish tizimi ishga tushirildi — Entry/Exit System. U blok a’zosi bo‘lmagan mamlakatlarning qisqa muddatga tashrif buyurgan fuqarolari biometrik ma’lumotlarini to‘playdi va xorijga chiqish pasportlaridagi shtamplar o‘rnini bosadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/border-system/

Telegram | Instagram | YouTube
2👍2
Samarqand viloyatida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon harbiylari ishtirokida keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Shu yerda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon mudofaa vazirlarining birinchi uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/military/

Telegram | Instagram | YouTube
👍12
Uzbekistan Airports, Urganch aeroporti va Incheon International Airport Corporation Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Avval 223 mln dollarlik loyihani 2027-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/urgench-airport/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32👎1
15-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🛩 Prezident Toshkentning yangi xalqaro aeroporti qurilishiga start berdi. Birinchi bosqich 2,5 mlrd dollarga baholanmoqda.

🚍 Toshkentdagi avtobuslar uchun maxsus yo‘laklar (BRT) qaysi ko‘chalarni qamrab oladi? Ro‘yxat.

🚘 UzAuto Motors yangilangan Cobalt narxlarini e’lon qildi.

🎒 Matematika fani olimpiadasi javoblari tarqalib ketdi. Olimpiada qayta o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

🏥 O‘zbekistonda 10 ta xususiy klinika litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi.

👧🏻 Yevropa va Markaziy Osiyoda bolalarning uchdan bir qismiga jismoniy jazolar qo‘llanmoqda — YUNISЕF.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
👍203
Nogironligi bo‘lganlar uchun yaratilgan yechimlar barchaning hayotini qulaylashtiradi. Ko‘pchilikda vaqt o‘tishi bilan harakatchanlik, xotira, ko‘rish, eshitish qobiliyati pasayadi. “Inklyuziv dizayn fikrlash tarzi sifatida” yondashuvi aynan shuni hisobga oladi, bunda ommaboplik tamoyillari jarayonga boshidanoq singdiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/inclusive-design/

Telegram | Instagram | YouTube
👍4
O‘zbekistonda 33 ta tuman va shaharni namunaviy shaharga aylantirish uchun 2,3 trln so‘m, 330 ta namunaviy mahalla uchun 1,7 trln so‘m ajratiladi. Hududlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlovchi drayver loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha 2 trln so‘m yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/exemplary-city/

Telegram | Instagram | YouTube
👍103
XVJga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 6,8% darajasida bo‘lishi kutilmoqda, inflyatsiya esa Markaziy bank prognozi (8,7%)dan oshib, 9,1% ni tashkil etishi mumkin. 2026-yil uchun ham prognoz yaxshilangan: o‘sish ilgari taxmin qilingan 5,8% o‘rniga 6 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/imf/

Telegram | Instagram | YouTube
👍32👎1
Rossiyada 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan migratsiya siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi. O‘zgarishlar orasida maktablarga bormaydigan chet ellik bolalar sonini kamaytirish, shuningdek, migrantlarning ishlamaydigan va o‘qimaydigan oila a’zolarining Rossiyada bo‘lishini cheklash bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/russia-migration/

Telegram | Instagram | YouTube
2👎2👍1
2026-yildan elektron hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha risklarni baholash tizimi ishga tushadi, xabar qildi Soliq qo‘mitasi. U real vaqt rejimida operatsiyalarni tahlil qiladi va potensial soliq risklari haqida ogohlantiradi. Soliq budjetga to‘lanmaguncha, yuqori riskli EHF bo‘yicha QQS summasi hisobga olinmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/tax-vat/

Telegram | Instagram | YouTube
👍4
Saudiya Arabistonining Vision Invest kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ishonchli hukumat va fidoyi jamoa ishlayotganini qayd etdi. U prezidentga “boshqaruv hamda shaffoflik asosida” oldingi og‘ir merosni orqada qoldirganini, yangi tarix yaratganini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/abunayyan/

Telegram | Instagram | YouTube
👍603👎3🤔1
Toshkentning bo‘lajak yangi aeroporti O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridagi 1310 gektar maydonda quriladi. Gazeta xaritalarni o‘rganib chiqdi va quriladigan obyekt Yangiyo‘l shahridan taxminan 7 km sharqda joylashganini aniqladi. Yangi aeroport uchun barqaror aviayoqilg‘i ishlab chiqariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/new-tashkent-airport/

Telegram | Instagram | YouTube
👍83
Gabalada o‘tgan TDT sammiti hamkorlikning yangi bosqichi — “TDT+” formatining ishga tushirilishini belgilab berdi. Gazeta suhbatlashgan ekspertlarning fikricha, u mintaqaning iqtisodiy va siyosiy avtonomiyasini mustahkamlashi mumkin, ammo Anqara va boshqa hamkorlar o‘rtasida manfaatlar muvozanatini talab etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/otg/

Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Oksford universitetining “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakultetida o‘zbek va eski o‘zbek (chigʻatoy) tillari o‘rganiladi. Bu Oksfordda o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan davlat darajasida qo‘llab-quvvatlangan birinchi dasturdir.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/oxford/

Telegram | Instagram | YouTube
👍5629
O‘zbekistonda haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga o‘quv tashkiloti tomonidan ta’limni bitirganlik haqida yagona namunadagi elektron guvohnoma beriladi. Guvohnomalar uchun yig‘im undirilmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/guvohnoma/

Telegram | Instagram | YouTube
👍73
22-24-oktabr kunlari zamonaviy CAEx ko‘rgazma markazida Markaziy Osiyodagi yirik avtomobil sanoati tadbiri — Automechanika Tashkent 2025 bo‘lib o‘tadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/automechanika-tashkent/
1
Gazeta va Yandex Music “Mahallalar musiqasi” loyihasini davom ettiradi. Bu safar reper Shaka bilan birga Ohangaron tumanidagi Nurobod shaharchasini aylandik. U bilan o‘zbek repi, so‘kinish va haqoratli so‘zlari bor matnlar, to‘ylar musiqa sanoatiga qanchalik ta’sir qilayotgani va Nurobod haqida gaplashdik.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/shaka/

Telegram | Instagram | YouTube
4👍3
O‘zbekistondagi maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanib, 9-noyabrga qadar davom etadi. II chorak dars mashg‘ulotlari 10-noyabrdan boshlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/school-holiday/

Telegram | Instagram | YouTube
👍41
Jahon banki O‘zbekistonga islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollarli imtiyozli kreditlarni ma’qulladi. Kam ta’minlanganlarga gaz va elektr uchun kompensatsiya to‘lovini 270 ming so‘mdan 1 mln so‘mga oshirish, ayollarni ish joyida tazyiq va kamsitishlardan himoyalash, telekommunikatsiya shular jumlasidan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/world-bank-loan/

Telegram | Instagram | YouTube
👎43👍3😢3
Pokiston va Afg‘oniston yaqin 48 soat ichida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Bir kun avval tomonlar o‘tgan dam olish kunlarida boshlangan va tinchigan chegaradagi to‘qnashuvlarni qayta boshlagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/truce/

Telegram | Instagram | YouTube
👍31
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 17-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 72,68 soʻmga pasayib, 12 160,99 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
👍31
2025/10/21 11:07:46
Back to Top
HTML Embed Code: