Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzand ota-onasining mehnatini qadrlashi uchun

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
👍14❤‍🔥88🕊2🔥1
#Xayriya

Yaxshi insonlar!

Og‘ir dardga mubtalo bo‘lgan, nogironlik holatiga tushib qolgan va moddiy ahvoli nihoyatda tang bo‘lgan bir birodarimiz yordamimizga muhtoj. U inson kasalligi va imkoniyatsizligi sababli hayot kechirishda, davolanishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Bir insonning sog‘ligiga bee’tibor bo‘lmang! Qo‘ldan kelgancha xayriyaga hissa qo‘shing! Yoki ushbu postimizning tarqalishiga yordam bering. Hech bo‘lmasa, haqqiga duo qilib qo‘ying!

Pul o‘tkazish uchun rekvizitlar:
HUMO: 9860 0825 8943 8967 (Umarov Rustam)
Uzcard: 5614 6868 0663 1217 (Umarov Rustam)

Manzil: Farg‘ona vil., Toshloq t., Yakkatut q., Obi Hayot ko‘chasi, 92-uy

Aloqa uchun:
+998 91 660 20 80
👍114❤‍🔥3🔥1
Onglilik — faqat tarbiya emas, hayot uchun ham zarur ko‘nikma

Onglilik (ya’ni har bir harakat va qarorning sababini anglab yashash) — bu nafaqat farzand tarbiyasida, balki munosabatlar va biznesda ham katta natijalarga olib boradigan muhim fazilatdir.

Farzand tarbiyasidagi onglilik shuni anglatadiki, siz ota yoki ona sifatida har bir lahzada nima uchun biror gapni aytayotganingizni, nima uchun jazolayotganingiz yoki mehr ko‘rsatayotganingizni tushunasiz. Harakatlaringiz va his-tuyg‘ularingiz nimaga olib kelishini anglab ish tutasiz.

Bu doimo ham oson emas. Har bir harakatni anglab qilish energiya talab qiladi va amalda doimiy ongli holatda bo‘lish imkonsiz. Lekin eng muhim joylarda, ayniqsa, bolaga qo‘yilayotgan asosiy talablar va ularni qanday uslubda o‘rgatayotganimizga e’tibor qaratish zarur.

Chunki bola chegaralarni anglab o‘rganishi kerak. Ammo bu chegaralar aqlli va asosli bo‘lishi lozim. Aks holda, har bir mayda narsaga qat’iy taqiq qo‘yilsa, bola charchaydi va ikki yo‘ldan biri sodir bo'ladi:

1. Qo‘rqoq va passiv bo‘lib qoladi — “baribir xato qilaman, hech narsa qilmay qo‘yaqolay” deb har qanday tashabbusdan chekinadi.
2. Barcha qoidalarga befarq bo‘lib qoladi — “baribir jazolanaman, bo‘lsa bo‘laversin, xohlaganimni qilaman” degan qarorga keladi.

Shuning uchun ongli tarbiya — bu mehrni cheklov bilan, qat’iylikni izoh bilan, talabni tushunish bilan uyg‘unlashtira olishdir.

Farzand tarbiyasida eng muhim savol — “Men nima qilayapman va nima uchun aynan shunday qilayapman?” bo‘lishi kerak. Shu savol bizni to'g'ri yo‘ldan chetlatmaydi.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf
123🔥4👍1
Bolalar butun umr saqlab qoladigan besh hadya

1⃣. Ularning kuchiga ishonish. Bola dunyodagi eng sevimli insoni unga ishonishini bilish o‘ta muhimdir. Siz unga, qobiliyatlariga va imkoniyatlariga ishonishingizni bildirib qo‘ying. Sizning bir og‘iz so‘zingiz kichkintoyni dahoga aylantirishi mumkin.

2⃣. Har qanday holatda ham uni sevish. Hech nimaga qaramasdan quchoqlang, o‘ping, mehrli so‘zlarni hamisha aytib yuring! Farzandingiz hatto 30 yoshda bo‘lsa ham!

3⃣. Oilaviy kechki ovqatlanish. Oilaning birdam bo‘lish daqiqalarini bolaning xotirasida bir umrga muhrlanib qoladi. Dasturxon atrofida jam bo‘lish oilani birlashtiradi, yarashtiradi, ilhomlantiradi va sokinlik beradi.

5⃣. Quvonch. Hayotdan xursand bo‘ling va bola­ngizning boriga shukr ayting. O‘z hislaringizdan uyalmang, bolangiz kulganda birga kuling, “jinnilik”lar qiling.

5⃣Mustahkam va butun oila. Oilani va uning a’zolari bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qoling. Bola uchun oila butun umri davomida uni qo‘llaydigan, yordamchi bo‘ladigan poydevordir.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥11🔥84👍3
Kamroq ishlab, ko'proq natijaga erishish

▪️ Hayotingizni ongli boshqaring.
Har birimiz hayot yo'limizni o'zimiz tanlaymiz, lekin har qanday tanlov mas'uliyat talab qiladi. Yoqmagan ishda ishlash yoki o'qish majburiyat emas — bu sizning tanlovingiz. Yangi yo'lni tanlashdan oldin puxta reja tuzing, zarur bilim va ko'nikmalarni egallang. O'zgarish uchun mas'uliyatni o'z qo'lingizga oling.

▪️Maqsadlaringizni to'g'ri belgilang.
Maqsadlar aniq va real bo'lishi kerak. Eng muhimi, ular sizning qiziqishingiz va qadriyatlaringizga mos kelsin. Maqsadga erishish yo'lini aniq bosqichlarga bo'ling. Har bir bosqich uchun muvaffaqiyat mezonlarini belgilang. Esda tuting, maqsad faqat natija emas, balki o'sish va rivojlanish jarayoni hamdir.

▪️ Vaqtingizni oqilona taqsimlang.
Kundalik vazifalarni muhimlik darajasiga qarab rejalashtirishni o'rganing. O'zingiz uchun eng samarali ishlash vaqtini aniqlang — bu tongda yoki kunduzi bo'lgani afzal. Moslashuvchan ish jadvali tuzing. Muhimi, ish va shaxsiy hayot muvozanatini saqlang. Dam olish vaqtini ham rejaga kiritishni unutmang.

▪️ Samaradorlikni oshiring.
Kuniga bir necha marta faoliyatingizni tahlil qiling — vaqtingiz va energiyangizni to'g'ri sarflayapsizmi? Chalg'ituvchi omillarni aniqlang va ularni boshqarishni o'rganing. Masalan, ijtimoiy tarmoqlar bildirishnomalarini o'chiring, ish vaqtini bloklarga bo'ling. Muntazam qisqa tanaffuslar samaradorlikni oshirishini unutmang.

▪️ Muvozanatni saqlang.
Faqat ish bilan cheklanmang. Sog'ligingizga e'tibor bering. Oila va do'stlaringizga vaqt ajrating. Sevimli mashg'ulotlaringiz va hobbilaringiz uchun imkoniyat yarating. Bu sizning energiyangizni tiklaydi va yangi g'oyalarga ilhomlantiradi.

▪️ Moslashuvchan bo'ling.
Ishlar hamisha reja bo'yicha ketavermaydi — bu normal holat. Vaziyatga qarab moslashishni o'rganing. Stress bilan kurashish ko'nikmalarini shakllantiring. Xatolarni tabiiy deb qabul qiling va ulardan to'g'ri xulosa chiqaring.

▪️ Tinimsiz o'rganing.
Yangi bilim va ko'nikmalar egallashdan to'xtamang. Kasbiy rivojlanishga vaqt ajrating. Boshqalar tajribasini o'rganing, lekin o'z yo'lingizni toping. Sizga mos kelgan usullarni tanlang va amalda qo'llang.

Eng muhimi, bu o'zgarishlar asta-sekin va izchil bo'lishi kerak. Barcha tavsiyalarni bir vaqtda amalga oshirishga urinmang. Har hafta bitta odatni o'zgartirish yoki yangi ko'nikma egallashdan boshlang. Kichik qadamlar ham katta maqsadlarga olib boradi.​​​​​​​​​​​​​​​​

#tarjima

@GiyosiddinYusuf
19👍11❤‍🔥3
Farzandingizning diqqatini jalb qilish va aqlini charxlash uchun unga pazl bering

Pazl — bu oddiy o‘yin emas, balki bolani fikrlashga, topqirlikka va sabrga o‘rgatuvchi chinakam boshqotirma. Bugungi kunda u ko‘plab bolalarning sevimli mashg‘ulotiga aylangan.

Kichik yoshdagi bolani bir ish bilan uzoq vaqt band qilish oson emas. Pazl ham bundan mustasno emas, lekin bu yerda bir afzallik bor — siz bu jarayonni nazorat qila olasiz.

Boshlanishida 2-10 bo‘lakli eng oddiy pazllardan boshlang. Bola ularni tezda yig‘a oladi, bu esa unda muvaffaqiyat hissini uyg‘otadi va diqqatni bir joyga jamlashga o‘rgatadi.

Keyin pazl bo‘laklari sonini asta-sekin oshiring. Bola bu ish bilan ko‘proq vaqt shug‘ullanishga, natija sari borishga, harakatini bir nuqtaga qaratishga o‘rganadi. Bu esa diqqatni jamlash, sabr-toqat va matonatni rivojlantiradi.

Ammo bir narsani yodda tuting: bosim qilib bo‘lmaydi. Agar bola charchasa yoki zeriksa, tanaffus qilsin. Pazl zavq bilan o‘ynalgandagina tarbiyaviy kuchga ega bo‘ladi.

#Parvarish

@GiyosiddinYusuf
👍188
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu tavsiyalarga amal qilsangiz, yuzlab yillarni tejab qolishingiz mumkin!

#tavsiya #tarbiya

@GiyosiddinYusuf
👍177🔥1
Xarakter qachon shakllanadi?

Ba’zan biz bolani hali juda kichik, hali hech narsani tushunmaydi deb o‘ylaymiz. Lekin aslida uning butun umri uchun poydevor bo‘ladigan xarakter aynan kichikligida, aniqrog'i, dastlabki uch yil ichida shakllana boshlaydi.

Buni tasdiqlovchi bir tadqiqot bor: 1970-yillarda Londondagi psixiatriya instituti olimlari ming nafar uch yoshli bolaning xulqini kuzatadi: kimdir tez moslashadi, kimdir juda o‘ziga ishongan, kimdir esa sekin, tortinchoq va ichki dunyosiga berilgan bo‘ladi.

Oradan 20 yildan ortiq vaqt o‘tadi. O‘sha bolalar ulg‘aygan — 26 yoshga yetishgan edi. Ular bilan qayta test o‘tkaziladi va natija hayratlanarli edi: ularning aksariyatida bolalikdagi holat deyarli o‘zgarmagan bo'ladi.
O‘ziga ishongan bola o‘ziga ishongan katta odamga aylangan. Tortinchoq bola katta bo'lganda ham bir chetda turishni afzal ko‘rgan.

Demak, biz bugun mehr bilan qilgan har bir harakatimiz, sabr bilan aytilgan har bir so‘zimiz, bolaga bo‘lgan ishonchimiz uning butun kelajagiga urilgan muhr bo‘lishi mumkin!

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
25👍15🕊5💯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jahon School barcha ota-onalar va kuzatuvchilar uchun ochiq va shaffofdir!

🚀 Jahon School YouTube sahifasida yangi rubrika boshlashga qaror qildik: "Jahon School ochilishga ulguradimi?"

❗️Videoning to’liq qismini YouTube sahifamizda ko’rishingiz mumkin.

Jahon School — salohiyatni kashf etamiz.

Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/7oheHd0timM
10👍3🔥3
Yetti kechada yetti cho'pchak

Bolalar uchun ibratli hikoyalardan iborat kitob ekan. Voqealar hayvonlar hayoti orqali tasvirlanadi. Albatta, bular majoziy ma'noda.

Hikoyalarni o'qigan bolalar ota-onaga itoat qilish, manmanlik qilmaslik kabi bir qancha fazilatlarni o'zlashtiradi.

Har bir hikoyaga mos suratlar ham berilgani bolalar uchun yanada qiziqarli bo'ladi.

O'qishni bilgan bolalar o'qiyversa bo'ladi.

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf
🔥1342
Forwarded from Hilol Nashr
Ғиёсиддин Юсуф томонларидан нашрга тайёрланган китоблар

1. «Севдириб тарбияланг» – 39 000 сўм

2. «Тарбия-чи?» (лотин алифбосида) – 30 000 сўм

3. «Солиҳалар гулшани» – 34 000 сўм

4. «Музқаймоқ» – 6 000 сўм

5. «Гўзал хулқлар» – 29 000 сўм

Маълумот учун бугун соат 14:00 да «Севдириб тарбияланг» китобининг тақдимоти бўлиб ўтади.

📍 Манзилларимиз

☎️ +998-71-217-59-99 📥 @hilol_reception

«Hilol» иловаси орқали ҳар бир харидингиздан 10% бонус баллга эга бўлинг.

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍4🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤔 “Eshik ortidan kelayotgan kulgu va shovqinni eshityapsizmi?”

📹 Videoni ko'ring, batafsil bilib oling

ZIN-NUR akademiyasining eng yaxshi jihati:
- Bosimsiz, mehr bilan o‘rgatiladi;
- Tajribali ustozlar farzandingizga ona kabi mehribon;
- Rag‘batlantiruvchi tizim – o‘rganganiga yasama pul va sovg‘alar;

Sizning farzandingiz ham o‘ynab-kulib arab tilini o‘rgansin desangiz izohlarda “” belgisini qoldiring

📞 78-777-77-17
🕊 @zinnur_akademiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍5🔥2
Forwarded from Hilol Nashr
🎉 Bugun: Gʻiyosiddin Yusuf kitoblari 50% chegirmada

Kitob – eng arzon va eng foydali investitsiya.
Ilm bilan boylikning farqi – bu kitobda


🌟 «Kundalik odoblar» 3 000 – 1 500 soʻm
🌟 «Kundalik odoblar» (audio) 6 000 – 3 000 soʻm
🟢 «Bolamni yaxshi koʻraman»4 000 – 2 000 soʻm
🌟 «Mahbub Paygʻambar» 5 000 – 2 500 soʻm
❤️ «Asal oyi emas, asal hayot» 5 000 – 2 500 soʻm
📖 «Men ham kitob oʻqiyman» 5 000 – 2 500 soʻm
❤️ «Moʻminlarning onalari haqida savol-javoblar» 6 000 – 3 000 soʻm
👍 «Goʻzal xulqlar» 6 000 – 3 000 soʻm
💡 «Sevdirib tarbiyalang»12 000 – 6 000 soʻm

Bu muallifning qaysi kitobini boshqalarga bemalol tavsiya qilasiz?
Sizning tavsiyangiz kimnidir yangi kitobga oshno qilishi mumkin. 😊

📖 Ilovani yuklab olish

*Chegirma faqat bugun, 23:59 gacha amal qiladi!
🟢 Chegirmaga tushsa, olaman degan do‘stlaringizni ham xabardor qiling. 😉

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍5🤩1
"LIDER BOLA" NIMA HAQIDA?

Bolalar uchun nashrga tayyorlanayotgan yangi kitobim — "Lider bola" bolalarda yetakchilik sifatlarini shakllantirish haqida. Kitobda quyidagi mavzularda so‘z yuritildi:

• Liderlik o‘zi nima?
• Haqiqiy lider qanday bo‘ladi?
• Lider bo‘lmasam, nima qilaman?
• Qobiliyatlarni kashf qilish
• Ijobiy fikrlash
• Maqsad
• Yaxshi va yomon odatlar
• Sog‘lom turmush tarzi
• Tafakkur
• Vaqtning qadriga yetish
• Kitob o‘qish
• Chet tillarini o‘rganish
• Moliyaviy savodxonlik
• Tartib-intizom
• Ijtimoiy munosabatlar
• Tabiat va hayvonlarga munosabat

Har bir mavzuga xos bir yoki bir necha hikoya hamda hikoyaga mos rasmlar, savollar berildi. Bir necha mavzular soha mutaxassislari orqali ilmiy tekshiruvdan o‘tkazildi.

— Bularning barchasi "treningchilar"ning gapidan olindimi yoki faqat tajribaga asoslandimi?

Men har qanday kitobni yozishdan oldin mavzuga doir kitoblar, internet ma’lumotlarini o‘rganib chiqishga harakat qilaman. Keyin ulardan o‘rganganlarim va o‘z bilganlarim, tajribalarim — barchasini o‘z uslubimda yetkazaman. Albatta, har qanday ma’lumot qadriyatlarimizga monand bo‘lishiga e’tibor qilaman.

Bandaning ishi xatodan xoli emas, qayerdadir bilmasdan xato gapirgan-yozgan joyimiz bo‘lsa, bildirilsa yoki keyin o‘zim bilib qolsam, albatta tuzatishga harakat qilaman. Bu jihatdan hech kim men unday emasman, xato qilmayman deya olmasa kerak.

"Lider bola" kitobida ham imkon qadar xatolardan saqlanish, har bir ma’lumotni bolalar tiliga mos qilib yetkazishga, nafaqat yetakchilik sabog‘ini berishga, balki go‘zal axloqqa ham chaqirishga harakat qildik.

Kitob "Tarbiyachi" nashriyotida nashrga tayyorlanmoqda, kuz faslida chop qilinadi, "Qamar" kitoblar do‘konida sotuvga chiqariladi, inshaalloh. Hajmi 224 bet, muqovasi yumshoq.

#Ijod #kitob

@GiyosiddinYusuf
🔥10👍75
2025/07/09 17:14:57
Back to Top
HTML Embed Code: