Telegram Web Link
Axloq darajalari uchga bo'linar ekan:

⚡️ Yaxshilikka yaxshilik, yomonlikka yomonlik bilan javob berish;

👍 Yomonlikni kechirib yuborish;

🔥 Yomonlikka ham yaxshilik bilan javob berish.

Siz o'zingizni qaysi darajadaman deb o'ylaysiz? Belgilar bilan javob qiling. 😊

@GiyosiddinYusuf
Instagramda kaminani asosan yoshlar kuzatgani bois ko'proq oila qurish mavzusida videolar chiqaraman.

Bugun ham bu mavzuga murojaat qildik. Marhamat, videoni ko'rishingiz mumkin.

#oila_qurish

@GiyosiddinYusuf
Buyurishimiz emas,
o‘rgatishimiz lozim


Ba’zi ota-onalar bolasiga doim ish buyuradi. U bola avval bu ishni qilganmi, bu ishdan xabari bormi yoki uni qanday bajaradi deb o‘ylamaydi. Keyin bola bu ishni noto‘g‘ri bajarsa, uni so‘kadi ham.
Hurmatli ota-onalar, bolaga ish buyurishdan avval bolangizga u ish haqida ma’lumot bering, iloji bo‘lsa, ishni bolangizga o‘zingiz o‘rgatib, birga bajaring. Ana shunda bolangizning sizga mehri oshadi va ishni ham o‘rganadi.
O‘zingiz uchun foydali deb bilgan, hayotda kerak bo‘ladigan har bir ishni farzandlaringizga ham o‘rgatib boring...

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Kecha bir psixning "Erkak xiyonat qilsa, erkakning o‘zi aybdor, nafsi buzuq, ayolda ayb yo‘q" deganini eshitdim. To‘g‘ri, xotini qancha ayollik qilsa ham xiyonat qiladigan erkaklar bor, lekin ular ancha kam. Xos holatni umumiyga dalil qilish kerakmas. Keng tarqalgani esa ayolidan yetarli mehr-e’tibor, halovat ko‘rsa, ayoliga xiyonat qilmaydigan erkaklar toifasidir. Ulardagi o‘sha sen aytgan buzuq nafsni xotin bosib qo‘ysa, erkak xiyonat qilmaydi!

Xiyonat qilmaslik uchun kishida iymon-e’tiqod mustahkam bo‘lishi kerak! Avvalo ayol shunday bo‘lsin va shunday erkakka turmushga chiqsin. Keyin xotin sifatida turmush o‘rtog‘iga maksimal darajada ayollik qilsin. Shunda xiyonat bo‘lmaydi, inshaalloh.

Oilaviy maslahatchi bo‘lasizmi, psixologmi — xolis bo‘ling! Erkak chiqib ayolni aybdor qilsa, ayol chiqib erkakni aybdor qilsa, bu qayerning gapi?! Yoki buning teskarisi — ayol erkakning yonini olib, erkak ayolning yonini olib chiqishi ham noto‘g‘ri! Xolis bo‘laylik!

Jamiyatdagi oilaviy masalalarga juftingizga bo‘lgan nafratingiz yoki muhabbatingizga ko‘ra munosabatda bo‘lmang! Masalaning o‘zidan kelib chiqib munosabat bildiring!

#Eslatma

@GiyosiddinYusuf
Arab tili fanidan imtihonga kirdik. Ustoz imtihon savollarini olib kelgani chiqib ketdilar. Men internetdan elektron kitob izlayapman, boshimni ham ko‘tarmay baland ovozda:
— Falon kitobning PDFi yo‘qmi? — desam,
— Hozir keladi! — dedilar ustoz! 😁🤦‍♂️ Keyin qo‘shimcha qilib: — Qurbonliqqa atalgan qo‘y so‘yishdan oldin qancha yem berilsa ham semirmaydi, — dedilar. 🤦‍♂️

Imtihonda hech narsadan foydalanmasligimiz uchun "Kim bizni aldasa, bizdan emas" hadisini eslatdilar va bunga amal qildik. Alhamdulillah, yaxshi topshirib chiqdim.

#Tabassum

@GiyosiddinYusuf
Hamisha haq bo‘lishga intilish aqlning tarbiya topmaganligi belgisidir.

Alber Kamyu

@GiyosiddinYusuf
Mustafo O‘zbalakning "Insoniyatning so‘nggi kuni" asari nafaqat fantastik janrdagi kitob ixlosmandlari uchun, balki texnologiya, insoniyat taqdiriga befarq bo‘lmagan kishilar uchun ham qiziqarli kitob ekan.

Ya’ni asarda texnologiya taraqqiy etib, inson quyosh sistemasidan tashqariga chiqa olsa, yorug‘lik tezligidan ham kuchli bo‘lgan tezlikka erishsa, boshqa sayyoralarga ko‘chib o‘tish haqida so‘z boradi. Shu bilan birga, ekologiya kundan kunga yomonlashuvi natijasida odamlar bunga majbur bo‘lishi ham ko‘rsatiladi.

Ammo boshqa ba’zi muammolar bor: 10 milliardga yetgan Yer shari aholisini qanday ko‘chirib o‘tish mumkin?

Dunyo katta hokimiyatlar, shaxslar qo‘lida qolib ketdi deya tasvirlanadi: JFT, Katta Miya, Keksa bo‘ri, Isyonkorlar. Ular orasida quyoshni portlatmoqchi bo‘lganlar ham bor! Ular maqsadiga yetadimi? Bu kabi savollarga kitobni o‘qib javob olishingiz mumkin.

Tanbeh: bu fantastik asar, muallif imkon qadar hayotga yaqinlashtirib yozgan. Albatta, hech kim kelajakni bashorat qila olmaydi. Yurakka yaqin olmang!

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf
"Kundalik odoblar"ning ta’siri

Assalomu alaykum, ustoz!

Sizning “Kundalik odoblar” kitobingizning audio shaklini farzandlarim bilan tingladik. Mening ikki nafar farzandim bor: biri 4 yoshda, ikkinchisi 3 yoshda. Audiokitobni tinglash davomida nafaqat farzandlarim, balki o‘zim ham ko‘plab bilimlarga ega bo‘ldim. Ayniqsa, “Ustozga ehtirom” mavzusi meni juda ta’sirlantirdi. Zero, o‘zim ham shu sohada faoliyat yuritib kelmoqdaman.

Ish tajribamdan kelib chiqib, ushbu ma’lumotlarni nafaqat bolalar, balki ota-onalar ham o‘qishlari kerak deb hisoblayman. Farzandlarim audiokitobdagi so‘zlarni ortingizdan qaytarib boradi: “Ayajon, assalomu alaykum”, deb gaplashadi. “Ayajon, bolajonlar”, “Ayajon, qo‘lingizni yuving”, deya atrofimda yugurishadi.

Hozirda bu kitobga yosh bo‘lganimiz sababli unga to‘liq amal qila olmayotgan bo‘lsak-da, kitobni quloq solib eshitish farzandlarimning ongida qolishiga umidvorman. Barcha ota-onalarga ushbu kitobni mutolaa qilishni tavsiya qilaman.

Hurmat bilan,
Ergasheva Ma’mura

🎙Audiokitobni xarid qilish

💾 Qogo'oz shaklini xarid qilish

#kitob #taqriz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Жамолиддин Муҳаммаджон (Жамолиддин)
Эй ўғил!

Отанг ҳар доим ҳам ҳақ бўлмаслиги мумкин, лекин у доим отанглигича қолади.

@jamoliddin_blog
Baxt

Uning barmoqlaridan konfetlarning hidi ufurib turadi,
Sochlari esa yoz yomg‘irining iforini olib keladi.
U mening oldimga savollar bilan keladi:
«Qachon? Nima uchun? Nima haqida?»

Qop-qora kipriklari havoda uchib,
Hayratdan ko‘zlari kattalashadi.
Quyoshning porloq nurlari dunyoni yoritib,
tabassum qiladi.

Qachonki qo‘ng‘iroqdek ovozi bilan
«Ada, adajon!» deb chaqirsa,
Ko'ksimga o'tkir tig‘ bilan chertgandek,
Baxt “tuk-tuk” etib urar.

#tarjima

@GiyosiddinYusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kasbim kitob o'qish bilan bog'liq bo'lgani uchun juda ko'p kitoblarni o'qiganman. Lekin bu kitob ixlos bilan yozilgani sababli amal qilishim oson bo'lgan kitoblardan biri bo'ldi.

Kitobni xarid qilish

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Bolalar kattalarni manipulyatsiya qiladimi?

Ko‘pincha farzandingiz siz xohlamagan biror ishni qilsa, bu xatti-harakatni manipulyatsiya deb baholaysiz. Biroq tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalar kattalarni boshqarishda boshqa insonlardan ko‘proq muvaffaqiyatga erishmaydi, hatto, ehtimol, kamroq muvaffaqiyatga erishadi. Chunki boshqa odamlarning xatti-harakatini oldindan bilish va boshqarish bolalar uchun o‘ta murakkab vazifa. Kattalar tomonidan “manipulyatsiya” deb atalgan xatti-harakatlar aksar hollarda ota-onani g‘azablantiradigan oddiy odatlar, xolos.

Qolaversa, ota-onalar o‘zlari bilmagan holda bunday xatti-harakatlarni rag‘batlantiradi. Masalan, bola qichqiradi, ota-ona esa uning e’tiborini chalg‘itish yoki uni tinchlantirish uchun talabini bajaradi. Shu tariqa bola e’tiborni qichqirish orqali jalb qilishni o‘rganadi. Ko‘p hollarda ota-onalar buni “manipulyatsiya” deb talqin qiladi, aslida esa ular o‘zlari bolada bu kabi noxush odatni mustahkamlagan bo‘ladi.

Shu bilan birga, ota-onalar bolalarning e’tiborni o‘ziga qaratishga urinishlarini to‘g‘ri sezadilar. Biroq bolalar buni ongli ravishda amalga oshirmaydi. Masalan, ular: “Onamning jahli chiqsa, menga ko‘proq e'tibor beradi”, deb emas, balki: “Agar shunday qilsam, menga e’tibor berishadi. Bu menga yoqadi”, deb o‘ylashi mumkin.

Agar besh yoshli tarbiyasi og'ir bola onasining e’tiborini qanday jalb qilishi haqida so‘ralsa, u: “Men yomon xulq-atvor ko'rsataman”, — deb javob bermaydi. Uning harakatlari ko‘proq oldingi tajribalar asosida amalga oshadi. Masalan, bola qichqirganida e’tibor tortganini bilgan bo‘lsa, yana qichqirishda davom etadi.

Tadqiqotlarda ota-onalardan bolalarining ba’zi xatti-harakatlariga boshqacha munosabat bildirish so‘ralgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bola o‘zgarishga juda tez moslashadi. Ota-onalar qichqiriqqa e’tibor bermay, normal muloqotni rag‘batlantirishni boshlaganlarida bola e’tibor talab qilishning “normal” usullarini tez o‘zlashtiradi. Shunday qilib, aslida kim kimni “manipulyatsiya qilayotgani” savol ostida qoladi.

Yana bir qiziqarli tajriba o‘tkazilgan. Bola bir xonada o‘ynar, o‘qituvchilar esa birma-bir xonaga kirib, unga qo‘shilar edi. Birinchi guruhdagi o‘qituvchilardan bolalarning yaxshi xulq-atvorini doim (100%) maqtash so‘ralgan, ikkinchi guruhdan faqat vaqti-vaqti bilan (50%) maqtash talab qilingan, uchinchi guruhga esa bolani umuman maqtamaslik (0%) topshirilgan.

O‘yin tugagach, bola sinfga qaytarilgan. Keyinchalik tajriba o‘tkazgan o‘qituvchilar yana sinfga kirganida qiziqarli natijalar kuzatilgan:
1. Bolalar doim maqtov olgan o‘qituvchi bilan yaxshi xulq-atvor ko‘rsatgan.
2. Faqat ba’zan maqtov olgan o‘qituvchi bilan yaxshi xulq-atvordan biroz og‘ish kuzatilgan, ammo baribir maqbul darajada bo‘lgan.
3. Umuman maqtov olmagan o‘qituvchi bilan esa bolalar xonadan chiqib ketishga uringan.

Bu nimani anglatadi? Kattalarning munosabati bolalarning xulq-atvorini shakllantiradi. Bolalar bizni manipulyatsiya qilmaydi: ular biz o‘zimiz ularni o‘rgatgan xulq-atvorni namoyish etadi.

Alan Kazdinning “Tarbiyasi og‘ir bola. U va o‘zingiz bilan qanday kurashish kerak?” kitobidan #iqtibos

#Tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf
Ushbu kitob nomidan ko'rinib turganidek, ota-ona bolalari va telefon, internet orasida qanday yo'l tutishini o'rgatar ekan. Mavzuga doir o'zbek tilidagi boshqa manbalarni bilmaganim sababli bu kitobni har bir ota-ona o'qishini tavsiya qilaman.

Kitobda bolalar o'ynaydigan o'yinlargacha alohida to'xtanilgan. Ko'p foydali ma'lumotlar oldim. Kitobning bizgacha yetib kelishida xizmat qilgan barchadan Alloh rozi bo'lsin!

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf
Go‘zal xulqli bola uyatga qolmaslik uchun amallarda quyidagilarga e’tiborli bo‘lishi lozim:
• hayosiz bolalar bilan do‘st bo‘lmaslik;
• biror ishni qilishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rish;
• jahl ustida harakat qilmaslik.

Ko‘pincha asabiylashganda turli yomon xatti-harakatlarni qilib, keyin o‘zimiz uyalib qolamiz. Shuning uchun jahl chiqqanda to xotirjam bo‘lguncha biror narsa qilishga oshiqmaslik lozim. Axir «Jahl kelganda aql ketadi» deydilar.

G'iyosiddin Yusufning "Go'zal xulqlar" kitobidan #iqtibos

@GiyosiddinYusuf
Yoshlarga oliyjanob axloqlarni o'rgatuvchi kitob ekan. Umumiy ma'noda yaxshi, lekin mavzular yana biroz kengaytirilsa, yaxshi bo'lar edi deb o'ylayman. Turk tilidan tarjima qilingan kitob bo'lgani uchun uslubi bizdagi adabiyotlardan biroz farqli, albatta.

Kitobning hajmi kichkina bo'lgani uchun tezda o'qib qo'yish mumkin. Mavzular qisqaroq bo'lgani yoshlarni malollantirib qo'ymaydi.

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf
Bolaning rasmida oila tahlili

Farzandingizning ichki holati va oiladagi o‘rnini aniqlash uchun uning chizgan rasmlarini tahlil qilish foydali bo‘lishi mumkin. Biroq bu usulni bolangiz 4-5 yoshga yetgach qo‘llash tavsiya etiladi. Uni oilaviy surat chizishga undang, lekin kimni va qanday chizishi kerakligi haqida ko‘rsatma bermang. Rasm bolaning ichki dunyosini imkon qadar aniq aks ettirishi uchun bu jarayonga mustaqil yondashgan ma’qul.

Jarayonni kuzating

Rasm chizish jarayonida bolani qattiq nazorat qilish kerak emas. O‘zingizni band qilib ko‘rsating (masalan, kitob o‘qing) va faqat vaqt-vaqti bilan uning chizayotganiga qarab turing. Bu nafaqat chizilgan rasmni, balki bola chizayotgan paytdagi xatti-harakatlarini ham kuzatish imkonini beradi.
Kim birinchi chiziladi? Bola odatda eng muhim deb hisoblagan odamni birinchi chizadi. Keyinroq kamroq ahamiyatli odamlarni chizib boradi.
O‘z o‘rni qayerda? Bolaning o‘zi rasmdagi qayerga joylashganiga e’tibor bering. Unga yaqin bo‘lgan odamlarni aniqlang.
Kim yo‘q? Ba’zida bola rasmdan biror kishini tushirib qoldiradi. Agar shunday bo‘lsa, sababini so‘rang – bu oiladagi muhim signallarni ochib berishi mumkin.

Oilaviy munosabatlarning ko‘rinishi
1. A’zolarni chizish uslubi: Agar chizilgan odamlarning burun, og‘iz yoki quloqlari yo‘q bo‘lsa, bu oiladagi begonalik va sovuq munosabatlarni bildiradi.
2. Rang va kattalik: Yengil chizilgan rasmlar oiladagi noaniqlikni, katta va qizil og‘izlar esa janjallarni ifodalaydi.
3. Qo‘llar va oyoqlar: Qisqa qo‘l-oyoqlar boladagi ijtimoiy muammolarni ko‘rsatadi. Qo‘llarning umuman chizilmasligi oiladagi biror a’zoning o‘zini ojiz his qilishidan darak beradi.

Munosabatlarning yaqinligi
Qo‘llarning birlashishi: Agar oilaning barcha a’zolari qo‘llarini birlashtirgan bo‘lsa, bu oiladagi uyg‘unlik va do‘stona muhitni anglatadi.
O‘rtada bola: Bola o‘zini oilaning markaziy qismida joylashtirsa, bu uning o‘zini sevimli va ahamiyatli his qilishini bildiradi.

Tashvishli belgilar
Tashqi ko‘rinish: Agar bola biror odamni orqa tomoni bilan yoki yon profilida chizsa, bu odam unga xavotir yoki salbiy his-tuyg‘ular uyg‘otayotganini bildirishi mumkin.
Kimdir yo‘q: Bola oiladan bir kishini rasmdan butunlay chiqarib tashlasa, bunga oiladagi e’tibor yoki munosabatlarning yetarli emasligi sabab bo‘lishi mumkin.

Orzular oilasi

Bolaga yana bir topshiriq bering: o‘zi orzu qilgan oilani chizsin. Bu ikki rasm o‘rtasidagi farqni ko‘rib, uning ichki istaklarini tushunishingiz mumkin.

Rasmlar orqali bolaning his-tuyg‘ularini anglash va oiladagi muammolarni payqab, munosabatlarni yaxshilashga intilish – bu ota-onalarning asosiy vazifasidir.

#tarjima #tarbiya

@GiyosiddinYusuf
2025/07/07 12:39:14
Back to Top
HTML Embed Code: