Kitobning muqovasini boshqa alifboda chiqqanda yoki to‘ldirish kiritganda alishtirish o‘rinli bo‘ladi, lekin hadeganda alishtiravermaylik, azizlar. Ba’zi kitoblar har nashrida yangi muqova bilan chiqsa kerak — bir necha xil muqovali kitoblar bor.
O‘quvchi bilmasdan qayta xarid qilib qo‘yishi ham mumkin. Yaqinda o‘zimda shunday bo‘ldi. O‘qiyman deganimda oldin o‘qigan kitobim ekanini bildim, unaqa emas-da!
Albatta, o‘xshamagan, bozori chaqqon bo‘lmagan muqovalar alishtiriladi. Shunday holat bo‘lmasligi uchun boshidan yetti o‘lchab, bir kesish kerak.
#Kitob
@GiyosiddinYusuf

433-savol: Tarbiyaga qiynalyapman
Assalomu alaykum.
Mening uch nafar farzandim bor: ikki o‘g‘il va bir qiz. Uchinchisi hali bir yoshga ham to‘lmagan. O‘g‘lim bilan qizim juda sho‘x, tarbiyalashga qiynalyapman. Yaxshi gapiraman ham, ba’zida yomon gapirib, kerak bo‘lsa, urib ham turaman. Otasiga aytsam, “Bola bo‘lganidan keyin sho‘x bo‘ladi-da”, deydi. Farzandlarimning sho‘xligidan asabiylashib qolyapman, “Tarbiyalashga kuchim yetmayapti, qiynalyapman”, desam, “Katta bo‘lsa, aqli kiradi”, deydi.
Menga qanday maslahat berasiz? Oldindan rahmat.
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. O'zingizni bosing, bolalarning sho'xligini juda jiddiy olib yubormang. Haqiqatan, ko'pchilik bolalar sho'x bo'ladi va katta bo'lgan sari bosilib boradi. Lekin, albatta, ularni tartibga chaqirib boraverish kerak.
Siz farzand tarbiyasiga doir ilmlarni o'rganing: kurslarda, kitoblar o'qing. Xususan, mening "Bolamni yaxshi ko'raman", "Tarbiya-chi?" kitoblarim siz uchun manfaatli bo'ladi, inshaalloh.
Shu bilan birga, otasidan yordam so'rayvering. Birgalashib tarbiya qilishga harakat qilinglar.
#tarbiya
Yanada ko'proq savol-javoblar.

Bolaga chegaralar qo‘yish
Fikrlaringizni aniq ifoda eting va bolaning javob qaytarishi uchun vaqt bering.
Bir gapni qayta-qayta takrorlamang. Bu sizni ham, bolani ham bezovta qiladi va u sizning so‘zingizni eshitmay yoki tushunmay qolishi mumkin. Bolalar odatda kattalarga qaraganda sekinroq o‘zgaradi, shuning uchun sabrli bo‘ling.
Agar boladan ho‘l kiyimini yechishni so‘rasangiz, uni shoshirmang va o‘zingiz yechishga tushmang. Kuting, u o‘zi bajarsin. Bolaga qanday murojaat qilayotganingizga e’tibor bering.
Bola aniq ko‘rsatmalarni yaxshiroq tushunadi: «Iltimos, xonaga kirishdan oldin ho‘l kiyimingni yech», degan aniq gap u uchun «Sen hamon ho‘l kiyimda yuribsan!» degan ta’naomuz gapdan ko‘ra tushunarliroq bo‘ladi.
#tarbiya #tarjima

Hech tasavvur qilib ko‘rganmisiz: mushuk odamga aylansa, nima bo‘ladi?
Anni Shmidtning "Mushuklar malikasi Minush" kitobi bizga shunday tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Fantastik janrdagi bolalar uchun bo‘lgan ushbu asar kattalar uchun ham qiziqarli va manfaatlidir.
Ushbu kitob orqali biz tasavvurimizni boyitib, dunyoqarashimizni kengaytirish bilan birga ikkiyuzlamachilik, soxtakorlikning umri qisqa ekaniga, yaxshilik hamisha g‘olib bo‘lishi, mehr bilan insonlar-u hayvonlar qalbidan joy egallash mumkinligiga yana bir bor guvoh bo‘lamiz.
Shuningdek, Minushning odamga aylanishiga turtki bo‘lgan voqea bolalarni kashfiyot qilishga undaydi. Itni ko‘rganda yugurib daraxtga chiqib ketadigan odam-mushuk qanday qilib qushlarni yeyishdan bosh tortgani beg‘ubor qalb sohiblarini ta’sirlantirmay qolmaydi.
Kitob 19 bobdan iborat. Odatiy kitoblardan kattaroq hajmda va 192 sahifadan iborat. Har bir bobda mavzuga mos rasmlar berilgan. Kitob Akademnashr nashriyotida chop qilingan.
Kitobni o‘qib chiqqanimdan mamnunman. Uning tili meni juda zavqlantirdi. Kitob tarjima ekaniga qaramasdan o‘z tilimizdagi iboralar, hatto kam qo‘llaniladigan o‘z-o‘zimizniki bo‘lgan so‘zlar ham uchragani juda quvontirdi. Kitob uchun tarjimon va nashriyot jamoasiga, xususan, Sanjar Nazar akaga rahmat aytaman.

Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!
Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.
Batafsil ma'lumot
Karta raqam: 9860160605493933

Adem Gunesh | "Bola tarbiyasida 100 asosiy qoida" (6-10 yosh)
Dastlabki 10 qoidaning xulosasi:
✔️ go'dak onasi bilan birga yotishi kerak;
✔️ bola beshikda yotsa ham onasining yaqinida bo'lishi kerak. U maxsus belanchakda yotsa, atrofi panjara kabi o'ralgan bo'lmasligi kerak, onasining yoniga bemalol bora olishi kerak (tushib ketmaslik chorasi nima bo'ladi?!);
✔️ bolaning ma'naviy ehtiyojlari jismoniy ehtiyojlaridan ustundir;
✔️ ona suti bilan oziqlangan bola onasi bilan yaqinlikdan xotirjamlik, hissiy yaqinlikni his qiladi;
✔️ sutdan darhol yoki erta ayirish kerak emas, ikki yildan so'ng sekinlik bilan ayirish kerak (deydi muallif);
✔️ bola tarbiyasidagi eng muhim jihat bolaning mijozini buzmasdan voyaga yetkazishdir;
✔️ bola onasidan 3–5 yoshida ajray oladi;
✔️ bolaga bosim o'tkazmaslik kerak, uni erkin, tuyg'ularini ifoday oladigan qilib o'stirish kerak.
#Xulosa
@GiyosiddinYusuf
Dastlabki 10 qoidaning xulosasi:
#Xulosa
@GiyosiddinYusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Kundalik odoblar" — bolalar uchun odob kitobi
"Kundalik odoblar" kitobim ilk bor 2019-yilda chop qilingan. Hozirgacha 30 mingdan oshiq nusxada nashr qilindi, alhamdulillah.
Kitob asosida onlayn va oflayn darslar tashkil qilgan vaqtimiz bo‘ldi. Bir qancha ustozlar ham bu kitob asosida odob darslari o‘tishadi.
Kitobni o‘qigan bolalardagi ijobiy o‘zgarishlar haqida juda ko‘p eshitganman. O‘zim ham o‘quvchilarimda bunga guvoh bo‘lganman.
Ushbu manfaatni kengroq yoyish maqsadida kitobni Qirg‘izistonda o‘zbek tilida nashr qildik. Shu bilan birga, qirg‘iz tiliga tarjima ishlari boshlangan.
Shuning uchun kitobni yanada foydali bo‘lsin deya to‘ldirishga qaror qildim. Har bir mavzu kengaytirildi, savollar ko‘paytirildi va bir necha yangi mavzular qo‘shildi. Xususan, "Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish odoblari" mavzusi ham qo‘shildi.
To‘ldirilgan shakl tez orada nashr qilinadi, inshaalloh.
#Kundalik_odoblar

Erkin Malik domlaning "Chumolilar saltanati" nomli kitobini o'qidim. Bolalar uchun qiziqarli, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan kitob ekan.
Domla chumolilar hayoti misolida bolalarda shakllanishi kerak bo'lgan go'zal xulqlarni o'rgatishga harakat qilganlar.
Shunchalar kirishib o'qiganingizdan, asar qahramonlari yaqin bo'lib qolganidan bitta chumoli vafot etsa ham achinasiz. Bu yozuvchining mahoratini ko'rsatadi, albatta.
#mutolaa2024
Kitobni xarid qilish

Bolalarni kitobxon qilish
uchun o‘nta tavsiya
1. O‘zingiz kitob o‘qib o‘rnak bo‘ling.
2. Bolangizga kitob o‘qib bering.
3. Uyquga yotishidan oldin ertak yoki hikoya o‘qib bering.
4. Kitob o‘qishning foydalari haqida unga so‘zlab bering.
5. Kitob o‘qiydigan bolalar bilan do‘stlashtiring.
6. Kitobdan chalg‘itishi mumkin bo‘lgan narsalar: televizor, telefon, kompyuter, planshetlardan me’yorida foydalanishiga ruxsat bering. Shuningdek, bu jihozlardan me’yorida foydalanish bilan o‘zingiz ham o‘rnak bo‘ling.
7. Bolalaringizga suratli, qiziqarli kitoblar hadya qiling.
8. Kitob o‘qigani uchun mukofotlang. Masalan, bitta kitobni o‘qib bo‘lsang, falon narsa olib beraman yoki falon joyga sayrga olib boraman deb unga xush keladigan va’dalarni bering va shartni bajarganda buni darhol, mamnuniyat ila amalga oshiring.
9. Ko‘p kitob o‘qib, ilm o‘rganib muvaffaqiyatga erishgan kishilar haqida farzandingizga so‘zlab bering.
10. Farzandingiz bilan kitob do‘kon va kutubxonalarga boring. O‘zi istagan kitoblarni olib bering.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

Qisqa yo‘llarni izlash bilan o‘tgan hayot — hech qayerga olib bormaydigan uzun yo‘ldir.
— Naval Ravikant
#Hikmat
@GiyosiddinYusuf
— Naval Ravikant
#Hikmat
@GiyosiddinYusuf
“Pinokkioning boshdan kechirganlari” — yog'och bolaga "es kirishi"
Karlo Kollodining “Pinokkioning boshdan kechirganlari” asari bir necha tillarga tarjima qilingan va u asosida multfilm va videofilmlar ishlangan. Bu asar faqatgina yog‘ochdan yasalgan o‘yinchoq bola haqidagi oddiy ertak emas, balki insoniylik, halollik va mehnatsevarlik mavzularini o‘rgatuvchi asar hamdir.
Asarning bosh qahramoni – Pinokkio, u mohir duradgor Jepetto tomonidan yasalgan qo‘g‘irchoq bo‘lib, kutilmaganda u jonlanadi. Biroq u hali aqlli va odobli bola emas edi – o'qishni yoqtirmas, o‘jar va yolg‘on gapiradi. Uning burni har safar yolg‘on gapirganda o‘sib ketishi esa asarning eng mashhur timsollaridan biridir. Pinokkio turli sarguzashtlarga duch keladi, lekin oxir-oqibat o‘z xatolaridan saboq olib, haqiqiy, mehribon va aqlli bolaga aylanadi.
Asar bolalarga halollik, mehnatsevarlik va mas’uliyat hissini o‘rgatadi, bolalar tasavvurini boyitib, ularni rostgo‘ylik va ezgulik sari yo‘naltiradi. Shuning uchun bu ertakni har qanday yoshdagi o‘quvchi uchun foydali va qiziqarli deyish mumkin.
#Mutolaa2025

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Go‘zal xulqlar" – farzandlaringiz tarbiyasi uchun ajoyib qo‘llanma!
Farzandlaringizni go‘zal xulqli qilib tarbiyalashni istaysizmi? Unda “Go‘zal xulqlar” kitobi aynan siz uchun!
Ilm o‘rganish, rostgo‘ylik, vaqtni qadrlash, va'daga vafo, mehnatkashlik kabi o'ndan oshiq fazilatlarni bolalarga sodda va qiziqarli usulda o‘rgatuvchi ushbu kitob hikoyalar, rasmlar va savollar bilan boyitilgan.
Kitob haqida ustozlarning fikrlari:
• Mubashshir Ahmad domla;
• Rustamjon domla;
• Muqim Mahmud domla;
• Fayzuddin Mumin;
• Bahodir Iskandarov;
• Valijon Turakulov;
• Abdulaziz Muhammad;
• Ibrohim Muhammad.
“Go‘zal xulqlar” kitobini @qamar_delivery orqali hoziroq xarid qilishingiz mumkin.
Farzandlaringiz tarbiyasiga befarq bo'lmang!

“Kichkina shahzoda” – kattalarning ertagi!
Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari bolalar uchun yozilgandek ko‘rinsa-da, satrlar ostida kattalar teran hayotiy saboqlar yashiringan. Muallif sodda tilda insoniyat, do‘stlik, muhabbat va hayotning mazmuni haqida chuqur fikr yuritadi.
Asarning bosh qahramoni – Kichkina shahzoda, o‘z sayyorasidan sayohatga chiqib, turli olamlarni kezadi. U yo‘lda podshoh, g‘ururli odam, ichkilikboz, biznesmen, fonar yoquvchi va geograf kabi turli xil obrazlar bilan uchrashadi. Ushbu qahramonlar orqali yozuvchi kattalar dunyosining ma’nosiz bandliklari va kamchiliklarini tasvirlaydi. Nihoyat, Kichkina shahzoda Yerga kelib, bu yerda u Tulki bilan uchrashganda Tulki unga “Eng muhim narsani ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, uni faqat yurak bilan ko‘rish mumkin” degan hayotiy haqiqatni o‘rgatadi.
Asarda samimiyat va sadoqat, do‘stlik va javobgarlikning ahamiyati aks ettirilgan. Kichkina shahzoda o‘z sayyorasida qoldirib kelgan atirgulga bo‘lgan muhabbati va unga bo‘lgan mas’uliyatni anglab yetadi. Bu esa bizga hayotdagi muhim narsalarni qadrlash va ularga mehr berish lozimligini eslatadi.
“Kichkina shahzoda” – bu oddiy ertak emas, balki hayot va insoniy munosabatlar haqidagi falsafiy asar. U har bir o‘quvchini ichki dunyosiga nazar tashlashga, mehr va sadoqatning chinakam qadriyat ekanini anglashga undaydi. Bu kitob yosh bolalar ham, kattalar ham o‘qishi va har safar yangi ma’no topishi mumkin bo‘lgan bebaho asarlardan biridir.
Qo'shimcha: asar hozirgacha dunyoning 300 ga yaqin tiliga tarjima qilingan. Yuqoridagi suratda 25 ta tildagi kitoblar rasmi berilgan. Uni bir inson jamlagan ekan.

To‘g‘ri fikr bildiring
Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, taxminan, ikki yoshga kelib, bola ota-onasi doimiy takrorlaydigan ikki so‘zni – «barakalla» va «mumkin emas»ni e’tiborsiz qoldira boshlaydi.
Bola bu so‘zlarga umuman munosabat bildirmay qo‘yadi, chunki ular noto‘g‘ri fikr bildirish shakliga aylanadi. Masalan, bola ko‘lmakka kirmoqchi bo‘lsa, biz unga: «U sovuq, nam bo‘ladi, o‘zingni noqulay his qilasan», — deb tushuntirmaymiz. Balki faqat: «Mumkin emas, mumkin emas, mumkin emas!» — deb takrorlayveramiz. Natijada bola o‘z tajribasi orqali buni tushunish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Qiziq tomoni shundaki, ijobiy rag‘batlantirishda ham shu holat kuzatiladi. Masalan, «Qanday chiroyli quyosh chizibsan, kayfiyatimni ko‘tarding», — deyish o‘rniga faqat «Barakalla» bilan cheklanib qolamiz. Natijada so‘zlar va tushunchalar o‘z qadrini yo‘qotadi.

"Buvamning oshqozonidagi mamlakat" — gap oshqozon haqida emas!
Qobiljon Shermatov yosh bo'lishiga qaramay, bolalar adabiyoti yo'nalishida juda samarali ijod qilib kelmoqda. U kishining asarlari tili ravon, sodda, bolalar uchun tushunarli, o'ziga xos shiraga ega bo'lishi bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga ham ega.
Yozuvchining "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" asari ham zohiran bir insonning ichida kechgan voqealarni bayon qilgani bilan, aslida, jajji o'quvchilarni halollik, to'g'rilik, rostgo'ylikka undaydi.
Bahodir va Baxtiyor ismli ikki bola maktabdan kelib, chanqab ketganidan muzlatkichdan sharbatga o'xshash ichimlik olib ichishadi. Lekin bu ichimlik akasining tajriba uchun tayyorlagan suyuqligi bo'lib, u kichraytiruvchi xususiyatga ega edi. Shunday qilib, ikki bolakay ko'z ilg'amas darajada kichrayib, buvasining oshqozoniga tushib ketdi.
U yerda dastlab Oshqozon shahrida bo'lishdi. Maktabda ko'chirgani uchun ko'zi ojiz bo'lib, yolg'on gapirgani uchun tili soqov bo'lib, ko'p sinovlarni boshdan kechirishdi. So'ngra Yurak shahriga yo'l olishdi. Bu yerdagi sarguzashtlar ham o'ziga xos bo'ldi...
▪️ Kitob 2022-yilda “Bolalar va o‘smirlarga bag‘ishlangan eng yaxshi kitob” deb topilgan;
▪️ Asarning bir nechta bobi maktab darsligiga kiritilgan;
▪️ “Yosh kitobxon” tanlovida o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar qatoridan o‘rin egallagan.
Ushbu havola orqali kitobdan qisqacha o'qib ko'rishingiz, mundarijasi bilan tanishishingiz hamda xarid qilish uchun bog'lanishingiz mumkin.