Telegram Web Link
Dastxat olish avjiga chiqdi. )

Tadbirda 100 ga yaqin o'quvchi ishtirok etdi, ularning deyarli barchasi dastxat oldi. )
🎉27👍116❤‍🔥6🔥3
Jamoaviy surat
🔥30👍10❤‍🔥4
Farzandingiz siz bilan gaplashishni, muammolarini bo‘lishishni istasa, hamma ishni to‘xtating va uni tinglang. Bundan ko'ra muhimroq narsa yo‘q!

#tarbiya

Kirill | Lotin
37👍18🔥14💯4
Bu kitobimiz nashrga tayyor. Ramazondan keyinlarda sotuvga chiqishi mumkin, inshaalloh.

#ijod

Kirill | Lotin
👍77🔥20❤‍🔥127🎉6🤩3👏1
Bizda Oilalar uchun nomli bot bor. U orqali oilalarga ehson qilishda hisobot berib boriladi. Botning nomidan kelib chiqib ba'zilar falon qism deb serialni so'rashadi. Serialdan boshqa dardimiz yo'qmi?! Qanchalik arzimas narsalar bilan o'ralashib qolganmiz! Bu mutlaqo boshqa maqsaddagi bot.

Xayriya haqida
🔥23👍11😁7❤‍🔥1
Bolalar uchun badiiy kitob yoza boshladim. Aniqrog'i, 2017-yilda yoza boshlagan edim, shuncha yil tanaffus qildik, endi shu asar ustida ishlayapman.

Boshida 8 yil oldin yozgan narsam bugungi holatim bilan qaraganda yaroqsiz bo'lsa kerak deb o'ylagan edim, lekin, alhamdulillah, yaroqsiz emas ekan. O'sha vaqtda ham "pichoqqa ilinadigan" shaklda yozgan ekanman.

Albatta, ancha to'ldirish, o'zgartirishlar qilinyapti. Ammo, har holda fundament yaroqli. Kitob haqidagi keyingi qaydlarda mavzusi, qahramonlari haqida ham to'xtalaman, inshaalloh.

Bu sizga qiziqmi? — 🔥

#ijod

Kirill | Lotin
1🔥159👍153❤‍🔥2
Forwarded from Hilol Nashr
Ғиёсиддин Юсуфнинг «Гўзал хулқлар» китоби

📚 Ушбу китобда болаларда бўлиши зарур бўлган яхши сифатлар гўзал хулқлар ҳақида маълумот берилган. Ҳар бир хулқ ҳақида батафсил маълумот олишингиз мумкин: таърифи, қандай шакллантириш, бу хулққа эга бўлмаслик оқибатлари ва ҳоказо.

Шунингдек, деярли ҳар бир мавзуда бир ёки бир нечта мавзуга мос ҳикоялар ва расмлар берилган. Китоб етти ёшдан катта болалар учун мўлжалланган.

👉 Нархи: 29 000 сўм


📍 Манзилларимиз

☎️ +998-71-217-59-99 📥 @hilol_reception

«Hilol» иловаси орқали ҳар бир харидингиздан 1% кешбекка эга бўлинг.

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤‍🔥731🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bir joyda tadbirda bo'ldim. Unda "Kitobxon farzand" mavzusida ma'ruza qildim. Xususan, unda bolalar nima uchun kitobxon bo'lishi kerakligi haqida ham to'xtaldim. Shunda aytilgan sabablardan biri videoda.

#Kitob #tarbiya

Kirill | Lotin
👍18🔥53
Birov qo‘ng‘iroq qilsa yoki internet orqali yozsa, 10–15 daqiqa suhbatlashib qolamiz. Lekin "Nega kitob o‘qimayapsan?" degan savolga "Vaqt bo‘lmayapti" deb javob beramiz. Muammo vaqtda emas, qalbda, xohish-istakda. Juda kam holatlarda vaqtimiz bo‘lmay ijtimoiy tarmoqqa kira olmagan kunimiz bo‘lishi mumkin, lekin kitob o‘qimagan kunlarimiz bisyor. Oz bo‘lsa ham davomiy o‘qishga harakat qilaylik.

#Kitob

Kirill | Lotin
👍53🔥20😢13❤‍🔥71
Men yaqinda "Ustoz kundaligi" kanalining asoschisini ko'rib qoldim. Aniqrog'i, meni ko'rib tanidilar va biroz suhbatlashib, tanishib oldik.

Ikkalamiz ham bir-birimizni kuzatar ekanmiz. "Ustoz kundaligi" kanalida:
— xalqaro maktab ustozining shaxsiy fikr va tajribalari;
— pedagogikaga oid mashhur kitoblar tarjimalari;
— ilg‘or pedagog mutaxassislar bilan turli mavzuda audiochatlar berib boriladi.

Yengil-yelpi, haypga berilish, trend ekan deb har narsani yozishdan yiroqlar. Shuning uchun ustoz kundaligini sizlarga ham bemalol tavsiya qila olaman!

#Hayotiy #tavsiya

@GiyosiddinYusuf
👍21🔥61
🧔‍♂ — Bugundan boshlab o‘g‘limizning tarbiyasi bilan o‘zim shug‘ullanaman!
🧕 — Judayam yaxshi, lekin bizning o‘g‘limiz emas, qizimiz bor.

#Tabassum

Kirill | Lotin
😁176😢9🤔8🤯5😱43🎉2👍1🔥1
Ota va bola orasini yaqinlashtirish

Farzand bilan ota o‘rtasidagi iliq munosabat – uning butun hayoti davomida ruhiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Ammo bu rishta mustahkam bo‘lishi uchun uni doimiy ravishda rivojlantirib borish kerak. Buning uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

1. Birga vaqt o‘tkazing.
Farzand bilan sifatli vaqt o‘tkazish uni chinakam tushunishga yordam beradi. Sport bilan shug‘ullanish, sayr qilish yoki shunchaki suhbatlashish – eng yaxshi sarmoya.

2. Diqqat bilan tinglang.
Bolalar ko‘pincha arzimas yoki tasavvurlaridagi narsalar haqida gapiradi. Bu vaqtda g'ashingiz kelmay, ularni tinglash orqali o'zaro hurmat va ishonch rishtasini hosil qilasiz.

3. Tanbeh emas, tushuntirish muhim.
Farzand xatoga yo‘l qo‘yganda qattiq so‘z bilan emas, mehr bilan tushuntiring. Xatoni anglash uchun sharoit yaratish eng samarali usul.

4. Qo‘llab-quvvatlang.
Har bir bolaning o‘ziga xos qobiliyatlari va qiziqishlari bor. Ularni hurmat qilgan holda munosabatda bo'lish, ishonch bildirish orqali farzandingizni rag'batlantiring.

5. Namuna bo‘ling.
Farzandlar ko‘p narsani so‘z emas, amallar orqali o‘rganadi. Shuning uchun mehribonlik, sabr va rostgo‘ylikda ularga o‘rnak bo‘lish juda muhim.

Unutmang, ota va bola o‘rtasidagi bog‘liqlik faqat qon-qarindoshlik emas, balki mehr, hurmat va tushunish orqali mustahkamlanadi!

#tarbiya

Kirill | Lotin
👍22❤‍🔥1354🔥3
Ota-onaning dardi...

Ota-onaning dardi dunyo bo‘lsa, farzandlarning ham dardi dunyo bo‘ladi. Bolani qandaydir o‘quv markazlariga berib, oilada yo‘q narsani boladan kutish aqlga sig‘maydi. Bu xuddi yerga urug‘ ekmay, hosil kutishday gap!
Agar ota-ona kecha-yu kunduz telefondan boshini ko‘tarmasa, televizor orqali bekorchi narsalar ko‘rib, vaqtini behuda o‘tkazsa, o‘zi ilm o‘rganmay bolasining olim bo‘lishini xohlasa, qattiq adashadi. Chunki bunday muhitda o‘sgan bola, juda kam hollarda ota-onasidan farqli kishi bo‘lishi mumkin.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
28👍20🔥14
Agar bolalarga muvaffaqiyatga erishish uchun zarur vositalar berilsa, ular o'zlarining orzularidan ham ko'proq muvaffaqiyatga erishishlariga ishonaman!

Devid Vitter

Kirill | Lotin
36👍13🔥9❤‍🔥6💯4
"Olimjonning sarguzashtlari" — zamon va makonlar osha

Otabek Quvvatning mazkur kitobi Xudoyberdi To'xtaboyevning Hoshimjonning sargushatlariga o'xshab boshlandi, hatto kitobda ham u eslab o'tilgan, Xudoyberdi To'xtaboyevning o'zi taqriz yozgan.

Ammo asar "Sariq dev..."dan ancha farq qiladi. Uslubi o'zgacha. Asar qahramoni Olimjon ezgulik yo'lida zamon va makonlar osha sayohat qiladi. Sarguzashtlar sizga ko'p ertaklarni eslatishi mumkin. Bu muallif atay tanlagan uslub deb o'yladim.

Qadriyatlarimizga zid elementlar ko'rmadim, yaxshilikka targ'ib qiluvchi, bolalar dunyoqarashini kengaytiruvchi, qiziqarli asar ekan.

7–12 yosh oralig'idagi bolalarga tavsiya qilaman.

#Mutolaa2025

Kirill | Lotin
👍26
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhammad Temur A'zam hazillashib meni shogird deydilar. Haqiqatan, u kishi tahrir-tas'hih sohasida mendan ko'ra ko'proq bilim va tajribaga egalar.

Shunday ekan, u kishining meni badiiy kitoblar yozishga targ'ib qilgani menga mas'uliyat yuklaydi va xursand qiladi. Chunki bu gap men uchun ustozlar e'tirofi kabi qadrlidir.

Ayni kunlarda bolalar uchun badiiy kitob ustida ishlayapman va bunday e'tiroflardan kuch olib olg'a intilmoqdaman.

#ijod

Kirill | Lotin
👍43🔥6🎉32
Forwarded from Shavkat Hasan sahifasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Аёллар нима истайди?

👉@ShavkatHasan
🔥26👍10😁4
2025/07/11 22:24:58
Back to Top
HTML Embed Code: