"Tarbiyachi" nashriyotimizning ikkinchi kitobi bo'lmish "Lider bola" kitobi bugun tahrirdan keldi.
Dizaynerimiz muqovasini ham tayyorlab bo'lgan, oxirgi ishlar qilinyapti. Tez kunda e'tiboringizga havola qilamiz, inshaalloh.
Kitobning o'zi esa sentabr oyida sotuvga chiqishi kutilyapti.
Bizga 7–14 yoshli bolalar uchun yangi kitoblar kerak. Sizdan pul so'ramaymiz, qaytaga o'zimiz sizga pul berib, nashr qilamiz, inshaalloh.
Izoh: ba'zi azizlarimizdan kelgan kitoblarni ko'rdim. Lekin ular yo kattaroqlarga, yoki kichikroqlarga mo'ljallangan ekan. Bizga aynan 7–14 yoshlilar uchun kerak.
#nashr
@GiyosiddinYusuf

QATTIQQO'LLIK NATIJASI
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, haddan tashqari qattiqqo'llik bilan ulg‘aygan bolalar o‘smirlik davrida ko‘proq qarshilik ko‘rsatishadi, ba’zida esa tajovuzkor bo‘lib qolishadi.
Nega bunday bo‘ladi? Buni tushunish uchun kattalarga nazar soling. Har birimizni bolaligimizda ma’lum darajada qattiqqo'llik bilan tarbiyalashgan — bu bizga yoqmagan.
Natijada bizda o‘z-o‘zini boshqarish (samoregulyatsiya) bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi.
Kimdir bizga “shunday qil” desa, ichimizda norozilik, g‘azab paydo bo‘ladi.
Ba’zida hatto o‘zimiz belgilagan qoidalarimizga ham qarshi chiqamiz.
Ilmiy kuzatuvlarga ko‘ra, juda qattiqqo'llik bilan tarbiyalangan bolalarda ortiqcha vaznga moyillik ham ko‘proq bo‘ladi.
#tarbiya #tarjima

Nega "Hafiza ona" deb nomlangan?
Kamina ta'lim oladigan Qirg'iztonning Qorasuv shahridagi "Hafiza ona" Islom instituti mutlaqo ayollar o'qimaydigan, ishlamaydigan dargoh. Unda institut nega bunday nomlangan?
Gap shundaki, bir kishi otasining nomiga "Ismoil ota" nomli masjidni, onasining nomiga ushbu — "Hafiza ona" institutini qurdirgan. Yonma-yon joylashgan bu ikki go'zal inshootga qarab, ota-onaga bo'lgan hurmat ramzini ko'rgandek bo'laman.
Institutimizda kunduzgi va sirtqi ta'lim turlarida ta'lim beriladi. Tez kunlarda ilk qaldirg'ochlar uchirma bo'ladi. Biz kelasi yil tugatamiz, inshaalloh.
#hayotiy

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'smir farzandlar bilan yuzaga keladigan ba'zi muammolarda ota-ona qanday yo'l tutishi kerak?
#tarbiya
Yanada ko‘proq videolar
#tarbiya
Yanada ko‘proq videolar
Zo‘ravonliksiz tarbiya
Ayrim ota-onalar ba’zan shunday deb qolishadi:
“Boshqachasiga tushunmaydi, baqirmasam, quloq solmaydi!”
yoki o‘zini ovutadi:
“Axir bizni ham shunaqa tarbiyalashgan-ku — odam bo‘ldik-ku!”
Aslida, biz o'z ustimizda ishlash bilan bunaqa zo'ravonlik bilan bo'ladigan tarbiyadan xalos bo'lishimiz mumkin.
Bu sabr qilish, har bir harakatimizni ongli tarzda qilish degani. Albatta, bu oson emas. Vaqt ham ketadi, kuch ham.
Lekin natijasi… qalblarga iliqlik bag'ishlaydi.
Farzandingiz bilan sog‘lom, samimiy, mehrli munosabat o'rnatasiz.
Uning yuragida esa ishonch, hurmat, himoyalanganlik hissi paydo bo'ladi.
Zo‘ravonliksiz tarbiya — bu faqat bola uchun emas. Bu sizning o‘sishingiz uchun ham zarur.
Siz tarbiya berganingiz sari, o‘zingiz ham ruhan o‘sib borasiz.
Empatiyangiz kuchayadi. O‘zingizni tutishni o‘rganasiz. O‘zingizga bo'lgan hurmatingiz ortadi.
Va bu — hayotingizning boshqa tomonlariga ham ta’sir qiladi:
juftlik munosabatida, do‘stlikda, ishda…
Har joyda siz boshqacha bo‘lib borasiz.
Tarbiya bu bir tomonlama jarayon emas. Bu ikki qalb orasidagi bog‘lanish.
Yaxshi ko‘rib, tushunib, tinglab tarbiya qilish eng katta merosdir.

MUSTAQIL FIKRLI BOLA QANDAY TARBIYALANADI?
Bugun farzandlarimizni faqat gapga kiruvchi emas, balki o‘z fikrini ayta oladigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, o'ziga bo'lgan ishonchli va hayotda o'z yo‘lini topa oladigan inson qilib tarbiyalashimiz kerak. Zero, hayot sinovlari faqat darslikdagi testlarga o‘xshamaydi — u yerda javobni o‘zi topa oladigan bolagina yo‘ldan adashmaydi.
Lekin ko‘p ota-onalar “hali bola-ku” degan o'y bilan farzandlari uchun har bir tanlovni o‘zlari qilib qo‘yishadi: qaysi rangni yoqtirishi kerak, kim bilan o‘ynashi, qanday kiyim kiyishi, hatto kelajakda kim bo'lishi ham kattalar tomonidan belgilab qo‘yiladi. Shu tariqa, bola o‘z qarorining oqibatini his etmasdan ulg‘ayadi. Natijada esa hayotda eng oddiy muammolarda ham boshqalardan yo'l-yo'riq kutadigan, o‘z yo‘lini topishda qiynaladigan, doim boshqalar roziligi bilan yashaydigan odamlarga aylanib qolishadi.
Mustaqil fikrlaydigan bola qanday tarbiyalanadi?
Bu ota-onaning farzandiga ishonishi bilan boshlanadi. Bola o‘z qarorini aytganda, uni darrov rad qilish emas, “nega bunday deb o‘ylading?”, “sen uchun qanday foydasi bor deb o‘ylaysan?” kabi savollar orqali mulohaza qilishga undash kerak. Uyda muhokama qilish madaniyatini joriy eting: qaysi multfilmni ko‘rish, qayerga sayohat qilish yoki kechki ovqatga nima pishirish bo‘yicha oilaviy suhbatlar qilinsa, bola o‘z fikrini ochiq aytishga o‘rganadi.
Lekin faqat “fikr bildir” deyish kifoya emas. Bolaning fikri jiddiy qabul qilinishi, hurmat qilinishi, ba’zida esa uning tanlovi amalga oshirilishi zarur. Aks holda, u o‘z fikrini baribir eshitilmaydigan narsa deb hisoblab, "yopilib" qoladi.
Albatta, yosh bolaga to‘liq erkinlik berib qo‘yilmaydi. Uning tanlov doirasi yoshiga qarab belgilanishi kerak. Lekin har qanday yoshda ham bolaning fikrlashi, savol berishi, qaror qabul qilishi uchun imkon berish mumkin.
Sizningcha, farzandlarga qachondan boshlab mustaqil qaror qilish imkoniyati berilishi kerak? Qaysi holatlarda bolaga “o‘zing tanla” deyish to‘g‘ri bo‘ladi?

OTA QANDAY BO‘LISHI KERAK?
Ota — bu faqat uyga non topib keladigan inson emas. U bola uchun ishonch, ko‘mak, tayanch va yo‘lboshchidir. Ota — bolaga xavfsizlik tuyg‘usini beradigan qalqon. Ammo, afsuski, ba’zida ota oilada faqat pul topuvchi rolida qoladi, tarbiya, mehr, suhbat esa butunlay onaga yuklanadi.
Aslida, otadan ham bolaning ma'naviy tarbiyasida ishtirok etish talab qilinadi. Tarbiyada u bilan birga qancha vaqt o'tkazayotganingiz emas, o‘sha vaqt ichida unga nechog‘li e’tibor berganingiz muhimdir. Bola otaning nazaridan o‘zini ko‘radi: “Men kerakmanmi?”, “Meni yaxshi ko'rishadimi?” degan savollarga javobni ko‘pincha otaning munosabatidan topadi.
Bola uchun ota qanday bo‘lishi kerak?
— Ishonchli va barqaror. Va'dasiga sodiq, holatga qarab emas, qadriyatlarga tayanib ish tutadigan, barqaror xulq egasi.
— Mehribon. Bola uchun tog'ni talqon qilib yuborishingiz shart emas, yurakdan chiqarib mehr bering.
— Namuna. Kitob o‘qiydigan ota kitobxon farzand tarbiyalaydi. Yolg‘on gapirmaydigan ota rostgo‘y bola ulg'aytiradi...
— Qat’iyatli. Ota “yo‘q” deyishni ham biladigan, lekin bu orqali bolaning dilini og'ritmaydigan shaxs bo‘lishi kerak.
— Eshitadigan. Bolani tinglaydigan, fikrini inkor qilmaydigan, undan “Sen nima deysan?” deb so‘raydigan ota eng yaxshi murabbiydir.
Ha, otalikni quruq da’vo qilish biologik ota ekanimizni tasdiqlaydi, xolos. Ammo komil otalik maqomiga doimiy sa'y-harakat bilan erishiladi.
Siz bolangiz bilan oxirgi marta nima haqida samimiy suhbatlashdingiz? Shu savolga bir o‘ylab javob bering. Fikrlaringizni izohlarda kutaman.

Kitobxon bolalar klubi
Biz o'tgan ikki yarim oy davomida bolajonlar bilan birgalikda 4 ta kitob o'qib tugatdik. Har kuni 10 bet atrofida o'qiymiz.
Har bir kitob mutolaasidan so'ng bolajonlarga elektron sertifikat beriladi. Imkon qadar kitob bo'yicha ovozli chatda muhokama qilamiz. Eng yaxshi natija ko'rsatgan o'quvchi va ota-onasiga kitoblar sovg'a qilinadi.
Navbatdagi kitobimiz "Go'zal xulqlar" bo'ladi. Ushbu kitob asosida videodarslar yoza boshlaganmiz, ularni ham yopiq kanalda ulashamiz, inshaalloh.
Shuningdek, Adem Guneshning farzand tarbiyasiga doir kitobini ota-onalarga sharhlab beryapman. Bu ham davom etadi.
Yopiq kanalga qo'shilish oyiga atigi 18 ming so'm. So'rov yuborish uchun havola: https://www.tg-me.com/+MR79mbFTkSUwNmIy
Havola ustiga bossangiz, sizga bot orqali xabar boradi. U yerda obuna bo'lish degan joyini bosib, karta raqam kiritgan holda to'lov qilasiz. Texnik muammolar bo'yicha: @TeXizmatbot

Bir kitobim yuzasidan tanlov o‘tkazsam deb o‘ylayapman. Gʻolib bo‘lsangiz, qanday (yoki qancha) mukofot istaysiz? )
BOLANI ICHDAN SINDIRMANG!
Har bir ota-ona farzandining baxtli, muvaffaqiyatli va irodali bo‘lishini istaydi. Lekin ba’zida bu niyat yo‘ldagi noto‘g‘ri so‘zlar va yondashuvlar farzand qalbini sindirishga aylanib qoladi. Ayniqsa, his-tuyg‘ular orqali qilinadigan zo‘ravonlik — tahqir, masxara, e’tiborsizlik — bolaning ko‘zga ko‘rinmas, lekin eng nozik joyini nishonga oladi: ishonchini.
Farzandingiz bir ishni bajara olmay qolsa, ba’zida sabr va yengil tabassum kutadi. Lekin buning o‘rniga “Sen yomon bolasan!”, “Senga aytganim ham bekor ekan!”, “Sendan odam bo'lmaysan!” kabi so‘zlar aytilsa, bola endi xatoni tuzatishga emas, o‘zini ayblashga o‘rganadi. Shunday qilib, u asta-sekin ichki kuchini yo‘qota boshlaydi.
Zamonaviy psixologiyada “o‘zlashtirilgan ojizlik” degan tushuncha bor. Bu — inson biror narsani qilishga qodir bo‘lsa ham, harakat qilmay qo‘yadigan holat. Sababi u bolaligida doim tanbeh eshitgan, kamsitilgan va hech qachon maqtov ko‘rmagan. Uni hech kim qo'llab-quvvatlamagan. Shuning uchun ham o‘smirlikda, keyinchalik hayotda u o‘z imkoniyatiga ishonmaydi, o‘z fikrini aytmaydi, o‘ziga ham, boshqalarga ham befarq bo‘lib qoladi.
Farzandingizga ishonch bering. Hatto xato qilganda ham unga sizga suyanish imkonini yarating. Ayblamang, yo‘l ko‘rsating. “Nega bu unday bo‘ldi?” o‘rniga “Qanday qilib bu safar yaxshiroq qilamiz?” deb so‘rang. Bolaga nafaqat nima qilish kerakligini, balki qanday qilish mumkinligini ko‘rsating. Shunda siz tarbiyalayotgan bola nafaqat kuchli, balki o‘ziga ishonadigan, muvozanatli inson bo‘lib voyaga yetadi.
Siz bolangizga ishonch beryapsizmi?

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu kitobni o'qiganlar bormi yoki o'qiyapsizmi?
Kitob haqidagi fikr-mulohazlaringizni izohda qoldirsangiz, iltimos.
#Kitob
@GiyosiddinYusuf
Kitob haqidagi fikr-mulohazlaringizni izohda qoldirsangiz, iltimos.
#Kitob
@GiyosiddinYusuf
Forwarded from Hilol Nashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM