Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥10
Ota ham tarbiyada ishtirok etishi kerak

Ba’zi onalar farzandiga “faqat onanggina sen haqingda qayg‘uradi” degan fikrni singdirishga harakat qiladi. Ammo bunday ayollar ko‘pincha depressiyani boshdan kechiradi.

Aksincha, otaning ham tarbiyada muhim o‘rni borligini tushungan ayollar kamroq stressga uchraydi. Ular bolaga otasini ham hurmat qilish va tinglash kerakligini o‘rgatadi. Natijada, oiladagi muhit ancha osoyishta bo‘ladi.

Farzand uchun o‘z hayotidan voz kechgan onalar ko‘pincha o‘z baxtini unutib qo‘yadi. Bu esa er-xotin munosabatlarini susaytirib, oiladagi uyg‘unlikka putur yetkazadi.

Bolaga mehr berish muhim, lekin agar buni og‘ir yuk deb his qilsangiz, natijasi sizni ham, oilangizni ham baxtsiz qilishi mumkin.

#tarbiya #tarjima

Kirill | Lotin
💯23👍1110🔥3
ROSTGO‘YLAR YURTI — yolg‘onsiz dunyo!

Kamina hozirda bolalar uchun yangi badiiy asar ustida ishlayapman. Asarning nomi – “Rostgo‘ylar yurti”. Bu o‘ziga xos dunyo, unda yolg‘on gapirish juda noyob holdir.

Birov yolg‘on gapirsa, badbo‘y hid taraladi, atrofdagi o‘simliklar-u hayvonlar, hatto devorlar ham yolg‘on gapirayotgani haqida guvohlik beradi. Shuning uchun bu yerda rost gapirish majburiyat emas, tabiiy ehtiyojdir.

Bu yurtda va’daga vafo qilish, omonatga xiyonat qilmaslik, birovga ozor bermaslik qonun emas, oddiy holat. Qahramonim Feruz o‘qishga borgan harbiy bilim yurtida aynan shu fazilatlar o‘rgatiladi.

Men bu asarim orqali bolalarga rostgo‘ylik, vafodorlik, sodiqlik, omonatdorlik, o‘zgalarga ozor bermaslik kabi sifatlarni badiiy uslub — voqealar yordamida o‘rgatishni maqsad qildim. Imkon qadar va’z-nasihat shaklidan tiyilib, ko‘rsatib berishga harakat qilaman. O‘ylaymanki, bu bolalar uchun juda qiziqarli, manfaatli bo‘ladi.

Rostgo‘ylik juda zarur sifat, lekin hammaga ham yoqavermaydi. Ba’zida u sababli noqulay vaziyatga tushishingiz yoki kimgadir yoqmasligingiz mumkin. Ayrim mavzularda biz ishlatadigan shunday yolg‘onlar borki, ularning rostini aytishga tilimiz bormaydi. Asarga shu kabi voqealarni ham kiritishni o‘ylaganman.

Asar ustidagi ish jarayonidan xabardor bo‘lib turish uchun kuzatishda davom eting. Siz shunday Rostgo‘ylar yurtida yashashni istar edingizmi?

Kirill | Lotin
👍58🔥263
Har bir bolaga o‘ziga xos tarbiya

Har bir bola o‘z dunyosiga, o‘z qiziqishlariga va o‘z temperamentiga ega. Bir oilada voyaga yetayotgan farzandlar ham bir-biridan keskin farq qilishi mumkin: biri juda serg‘ayrat va faol, boshqasi esa og'ir-bosiq bo‘lishi mumkin. Shu sababli tarbiya masalasida yagona andozaga asoslanib ish tutish har doim ham natija bermaydi. Individual yondashuv esa har bir bolaning tabiiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga va uning hayotda o'z yo'lini oson topishiga xizmat qiladi. Buning uchun quyidagilarga e'tibor qilish kerak:

1. Bolaning fe’l-atvorini yaxshi tushunish.

Birinchi navbatda, ota-onalar farzandining fe’l-atvorini, hissiyotlarini, kuchli va zaif tomonlarini chuqur tushunishi lozim. Masalan, serg‘ayrat bola jismoniy harakat orqali yaxshi o‘rganadi, og'ir-bosiq bola esa kitoblarga va kuzatishga ko‘proq moyil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun hamma bolalarni bir xil uslubda tarbiyalash, ulardan bir xil xatti-harakatni kutish ularning tabiiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

2. Ta’lim va tarbiyada shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish.

Ba’zi bolalar diqqatini uzoq jamlay olmaydi, ba’zilari esa tinchgina, uzoq vaqt davomida bir mashg‘ulotga berilib ketadi. Biriga amaliy mashg‘ulotlar foydali bo‘lsa, boshqasiga nazariy tushuntirishlar muhim. Shu sababli ota-onalar va tarbiyachilar har bir bolaning o‘ziga xos o‘rganish uslubini aniqlab, unga mos sharoit yaratishi kerak.

Masalan:
• Ijodkor bola uchun uni cheklamaslik, balki o‘zini ifoda etishga imkon berish muhim;
• Yetakchilik qobiliyatiga ega bola uchun mas’uliyat yuklash va unga muhim topshiriqlar berish foydali bo‘ladi;
• Tabiatan tortinchoq bola bilan esa ko‘proq muloqot qilish, unga o‘z fikrlarini erkin bildirish imkonini yaratish lozim.

3. Jazo va mukofot tizimida adolatli yondashuv.

Ko‘pincha ota-onalar barcha farzandlariga bir xil ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya usullaridan foydalanadi. Lekin har bir bolaga ta'sir omili har xil bo‘lishi mumkin. Ayrim bolalar maqtov bilan rag‘batlanadi, boshqalari esa qattiq tanbehdan harakatga keladi. Shu sababli jazo va mukofot tizimi har bir farzandning ichki dunyosiga moslashtirilishi lozim.

Masalan:
• Ba’zi bolalar jismoniy jazodan qo‘rqsa, boshqalar uchun bu faqatgina g‘azab uyg‘otadi;
• Ba’zi bolalar rag‘batlantirilganida yanada faol harakat qiladi, boshqalari esa maqtovdan o'ziga ortiqcha ishonib yuborib, taltayib ketishi mumkin.

4. Bolaning mustaqilligini shakllantirish.

Bola qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, unga mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatini berish lozim. Ayrim bolalar tabiatan qat’iy va mustaqillikka intiluvchan bo‘ladi, boshqalari esa uzoq vaqt ota-onaga suyanishni afzal ko‘radi. Ikkinchi toifadagi bolalarni ham asta-sekin o‘z xatolaridan saboq olishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatish kerak.

5. Asosiy qadriyatlarni singdirish, lekin shaxsiy xususiyatlarni hurmat qilish.

Har qanday bola katta hayotga mustahkam asos bilan qadam qo'yishi uchun ota-onalar unga muhim axloqiy tamoyillarni o‘rgatishi kerak:
• Rostgo‘ylik;
• Mehribonlik
• Mas’uliyatlilik;
• Hurmat;
• Adolat...

Biroq, shu bilan birga, bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini yo‘qotib qo‘ymaslik ham muhim. U qadriyatlarimizni o‘z qobiliyatlari va fe’l-atvoriga mos ravishda idrok etishi va qabul qilishi kerak. Masalan, tortinchoq bola uchun odamlarga amaliy yordam ko'rsatish qiyin bo'lishi mumkin, u so'z bilan yordam berishi mumkin, yetakchi bolani esa ularga amaliy yordam berishga chaqirish mumkin.

Xulosa

Har bir bola – alohida shaxs. Uni to'g'ri tarbiyalash uchun avval uni tushunish kerak. Individual yondashuv bolaning tabiiy iste’dodlarini rivojlantirishga yordam beradi, unda o‘ziga ishonch uyg‘otadi va uni hayotga to‘g‘ri yo‘naltiradi. Ota-onalar farzandiga qattiq nazorat orqali emas, balki uni tushunish va qo‘llab-quvvatlash orqali ta’sir ko‘rsatganda tarbiya yanada samarali bo‘ladi.

Farzandimizni o‘z xohishimizga qarab shakllantirish emas, balki uni tushunish va uning eng yaxshi qirralarini ochishga yordam berish eng to‘g‘ri yondashuvdir.
🔥23👍178
Bu borada men farzandingiz bilan suhbatlashib, u bilan shug'ullanib, uning qiziqish, qobiliyat va xarakterini o'rganib, unga va sizga kerakli tavsiyalar berishimni istaysizmi?

Kirill | Lotin
🔥48👍21💯91
G'iyosiddin Yusuf | tarbiya
Bu borada men farzandingiz bilan suhbatlashib, u bilan shug'ullanib, uning qiziqish, qobiliyat va xarakterini o'rganib, unga va sizga kerakli tavsiyalar berishimni istaysizmi? Kirill | Lotin
Bu bo'yicha murojaatlar ko'p bo'lyapti va namuna ko'rsatish uchun bitta bola bilan suhbat qilib, xulosamni ommaviy taqdim qilaman, inshaalloh.

6 yoshdan 12 yosh orasidagi farzandingiz bo'lsa, (bitta oiladan bitta bolaning) ismi va yoshini izohda yozing, iltimos.

Tasodifiy tanlash orqali tanlab olamiz.

Qabul qilingan izohlarga raqam berib chiqamiz.
👍22🔥12
Bugun "Asal oyi emas, asal hayot" kitobimni qirg‘iz va rus tillariga tarjima qilib, Qirg‘izistonda nashr qilish uchun shartnoma imzoladik, alhamdulillah.

Shu bilan birga, "Kundalik odoblar" kitobimning rus tilidagi tarjimasini tahrirga beryapmiz. Kitoblarimni tarjima qilish va dunyo bo‘ylab nashr qilish masalasida shartnomalarga ochiqman. )

#Ijod

Kirill | Lotin
👍5216🔥16🎉10👏8
G'iyosiddin Yusuf | tarbiya
Bu borada men farzandingiz bilan suhbatlashib, u bilan shug'ullanib, uning qiziqish, qobiliyat va xarakterini o'rganib, unga va sizga kerakli tavsiyalar berishimni istaysizmi? Kirill | Lotin
Yuqoridagi qayd izohida 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan farzandingizning ismi va yoshini yozsangiz, men raqam beraman. Shu raqamlardan birini ertaga random usulida tanlaymiz.

Keyin men o'sha bola bilan onlayn (ovozli) suhbatlashib, uning qobiliyatlari, xarakteri, qiziqishlarini aniqlayman. Shunga ko'ra, uni soha tanlash, ilm o'rganishga to'g'ri yo'naltiraman, inshaalloh. Ota-onasiga esa boladan kelib chiqib tarbiyaga doir tavsiyalar beraman.

Ushbu xizmat bepul, faqat bitta bola bilan o'tkaziladi.

Farzandingizning ismi va yoshini yozish uchun
👍24🔥65
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Дўстим Ғиёсиддин Юсуф қаламига мансуб “Гўзал хулқлар” китобини ўғлим ўқиб тугатди.

Китоб ҳақидаги фикларини сизларга ҳам илиндик.

Муаллифнинг телеграм каналига обуна бўлиб қўйинг: https://www.tg-me.com/GiyosiddinYusuf
👍23🎉106🔥2
G'iyosiddin Yusuf | tarbiya
Bu bo'yicha murojaatlar ko'p bo'lyapti va namuna ko'rsatish uchun bitta bola bilan suhbat qilib, xulosamni ommaviy taqdim qilaman, inshaalloh. 6 yoshdan 12 yosh orasidagi farzandingiz bo'lsa, (bitta oiladan bitta bolaning) ismi va yoshini izohda yozing, iltimos.…
Azizlar, biz bitta bola bilan onlayn suhbat qilib, uning tarbiyasiga doir tavsiyalar berishni aytgan edik, bizda 130 ta nomzod yig'ildi.

Shuning uchun Random usulida bitta ishtirokchini tanlab oldik. U kishi 8 yoshli Abdulaziz ismli bola bo'ldi.

Jarayonni videoga olganmiz, uni guruhga yubordik.

Admin Abdulazizning ota-onasi bilan bog'lanib, suhbatlashish uchun vaqt belgilaydi.
👍29🎉8🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand Yuksalish maktabida ma'naviyatga boy uchrashuv!

🎙️Oilaviy munosabatlar va tarbiya ilmi bo'yicha mutaxassis
- G'iyosiddin Yusuf maktabimiz o'quvchilari bilan samimiy davra suhbati o'tkazdilar!

🔹Go'zal xulq va tarbiya haqida qimmatli maslahatlar
🔷Hayotiy tajriba va o'gitlar
🔷O'quvchilar bilan jonli muloqot

Tarbiyaga oid 10 dan ortiq kitoblar muallifi bilan uchrashuv o'quvchilarimiz uchun unutilmas dars bo'ldi!

⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI —
taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!


📞 +998915292225
🔔 @Samarqand_Yuksalish_maktab

📱 Telegram  📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🎉135🔥3
QO‘MITA

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada ba’zi kitoblarim bor, ba’zisiga ruxsat bo‘ldi, alhamdulillah.

TO‘YDAN KEYIN KECH — yoshlarni oilaga tayyorlashga qaratilgan, yigit-qizlar uchun oila qurishdan oldin o‘qish zarur bo‘lgan qo‘llanma. Yetti oydan beri nashr qilish uchun ruxsat kutyapmiz.

JANNATDA HAM BIRGA BO‘LAYLIK — "Asal oyi emas, asal hayot" kitobim uslubida yozilgan, nikoh faqat to‘rt kunlik dunyo uchun emas, oxiratda ham davom etishini eslatish maqsadida shunday nomlangan kitob. Unda oila farovonligi, er-xotin munosabatlarini yaxshilash uchun qisqa tavsiyalar berilgan. 5-6 oydan beri ruxsat kutyapmiz.

PAYGʻAMBARLAR QISSALARI — o‘smirlar uchun mo‘ljallangan payg‘ambar qissalaridan ibratlar yoritib berilgan to‘plamimizning 1-kitobi. Odam va Idris alayhimassalom qissalari keltirilgan. Lotin alifbosida, hammualliflikda yozilgan. Qo‘mitaga yaqinda berildi.

SOLIHALAR GULSHANI — hammualliflikdagi kitobimizning qayta nashriga ruxsat bo‘ldi, alhamdulillah.

Kirill | Lotin
3👍92🔥18🎉1763
Ma’lum bir sanalarni biror voqeaga bog‘lab eslab yurish, bayram qilish tarafdori emasman. Shu jumladan, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning xotiralarini ham. Zotan, men kabi juda ko‘pchilik u kishini har kun eslaydi. Hayotida duch kelgan turli masalalarda "Bu haqida shayx hazratlari bunday degan edilar" deb yodga oladi.

Men yaqinda juda ajib bir gap eshitdim: "Biz shayx hazratlarining kitoblarini o‘qiydigan yoshlarni tayyorlashimiz kerak!" — deyildi. Darhaqiqat, yoshligidan diniy, axloqiy qadriyatlar haqida o‘qib-o‘rganib ulg‘aymagan bola balog‘atga yetganda shayx hazratlarining kitoblarini o‘qib, tushunib ketishi biroz qiyin. Shu yo‘lda bolalar uchun bir qancha kitoblar nashr qilish niyat qilinibdi. Men bundan juda quvondim va bu sharafli ishda xizmatga tayyor ekanimni bildiraman.

Kirill | Lotin
71👍41🔥15🎉9
Ovqatlanishga doir farzandingizga o‘rgatish uchun 30 odob

Ovqatlanishga tayyorgarlik
1. Ovqatdan oldin qo‘l yuvish.
2. Taomni va ichimlikni “Bismillah” bilan boshlash.
3. Yaxshi ko‘rgan taomi bo‘lsa ham boshqalarni unutmaslik.
4. Ovqatni bekorga hidlamaslik.
5. Kattalar boshlab berishini kutish.

Ovqatlanishdagi odoblar
6. O‘ng qo‘l bilan yeyish.
7. O‘tirib ovqatlanish.
8. O‘z oldidan yeyish.
9. Ko‘pchilik bilan birga ovqatlanish.
10. Taomni shoshilmay, mayda luqma qilib yeyish.
11. Oshqozonni uch qismga bo‘lgan holda ovqatlanish: ichimlik, ovqat, havoga.
12. Og‘izda ovqat bilan gapirmaslik.
13. Ovqatni yutganda suhbatlashib turish.
14. Boshqalarning og‘ziga qaramaslik.
15. Ovqatni ehtiyotkorlik bilan olish, to‘kib-sochib yubormaslik.
16. Ovqatning sara joylarini terib yemaslik, ko‘pchilik uchun keltirilgan narsada boshqalarning ham rioyasini qilish.
17. Isrof qilmaslik.
18. Ovqatga puflamaslik.
19. Taomni yomonlamaslik.
20. Boshqalar yegan narsani gapirmaslik.
21. Telefon, TV ko‘rib ovqatlanishga odatlanmaslik.
22. Ovqatlanayotganda chapillash kabi yoqimsiz ovozlar chiqarmaslik, nojo‘ya xatti-harakatlar qilmaslik.
23. Ovqatlanish paytida o‘ynab o‘tirmaslik.
24. Ovqatlanish joyini toza saqlash.

Ichimlik ichish odoblari
25. Ichimlikni uchga bo‘lib ichish.
26. Ichimlikni ham o‘tirgan holda ichish.
27. Ichimlikni maxsus idishga quyib ichish — choynak yoki baklajkaning o‘zidan ko‘tarib ichmaslik.

Ovqatlanishdan keyingi odoblar
28. Non ushoqlari, ovqat qoldiqlarini terib yeyish.
29. Ovqatlangandan keyin maxsus duoni aytish.
30. Oshpaz yoki ovqatni tayyorlagan kishiga rahmat aytish.

Gʻiyosiddin Yusuf

#tarbiya

Kirill | Lotin
👍10918🔥10❤‍🔥6🌚1
Samarqandda "Yuksalish" maktabida bo‘lganimizda "Go‘zal xulqlar" kitobim bo‘yicha so‘z yuritib, bolalarga kitobda savollar berilganini aytdim va ulardan kim kitobdagi bitta bo‘lsa ham mavzuni o‘qiganini so‘radim — savol berib ko‘rish uchun.

Maktab direktori biroz xijolat bo‘lib, ularga kitob bir kun oldin yetib borganini aytdilar. Shunga qaramay, bir necha kishi qo‘l ko‘tardi va ular orasidan bir qizaloqni tanladik. Undan:
— Qaysi mavzuni o‘qigansiz? — deb so‘radim.
— Yuzinchi betgacha o‘qidim, — dedi qizaloq.

Uning bir kunda yuz bet o‘qiganidan ajablanib, qoyil qoldik. Kecha bir bolaning bir kunda "Go‘zal xulqlar"ni to‘liq o‘qiganini aytishdi. Farzandingiz kitob o‘qishga odatlanishi uchun yana qanday kitob kerak sizga?! )

Kirill | Lotin
👍49🔥2214🌚1
Onalar tarbiyada yo‘l qo‘yadigan xatolar (1)

Ko‘p onalar farzand tarbiyasida jiddiy xatoga yo‘l qo‘yadi: kichikligida bolaga urishib, baqirib yoki hatto urib gapini o‘tkazishga harakat qiladi. Bu usul dastlab ishlagandek tuyuladi – bola onasining g‘azabidan qo‘rqib itoat qiladi. Lekin vaqt o‘tishi bilan bu yondashuv o‘z kuchini yo‘qotadi.

Farzand ulg‘aygan sari mustaqil fikrlay boshlaydi, ichki ishonchi shakllanadi va tabiiy ravishda o‘z fikrini himoya qilishga intiladi. Kichikligida “xo‘p” deb turadigan bola o‘smirlik yoshiga yetganda qarshilik ko‘rsata boshlaydi, onasining so‘zlariga shunchaki bo‘ysunishni xohlamaydi. Chunki urishish va zo‘rlik bilan berilgan buyruqlar bolaga mehr va tushuncha sifatida emas, balki bosim sifatida qabul qilinadi. Natijada ona avvalgidek ta’sir o‘tkaza olmasligi, farzandi esa unga qarshi chiqishi boshlanadi.

Tarbiyada eng muhim jihat – hurmatga asoslangan muloqot o‘rnatishdir. Bola yoshligidan mehr, tushuntirish va izchil qoidalar asosida tarbiyalansa, katta bo‘lganda ham ota-onaning gapini hurmat bilan tinglaydi. Aks holda, bolalikda bosim ostida yashagan farzand o‘smirlik yoki kattalik chog‘ida isyon ko‘taradi, ota-onasidan uzoqlashadi.

Agar bolangiz bilan yaxshi munosabat o‘rnatishni istasangiz, zo‘rlik yoki urishish o‘rniga, samimiy muloqot yo'lini tanlang. Uning his-tuyg‘ularini tushunishga harakat qiling, sabr bilan tushuntiring va eng muhimi – unga mehr bering. Shundagina farzandingiz katta bo‘lsa ham sizni hurmat qiladi va so‘zlaringizni qadrlaydi.

Kim shunday xatoga yo'l qo'ygan?

#tarbiya

Kirill | Lotin
❤‍🔥33👍16😢129🔥6
Ayni kunlarda "Go'zal xulqlar" kitobimni o'qiyapman. Alhamdulillah, Alloh juda yaxshi yozishga muvaffaq qilgan ekan.

Odatda yozuvchi o'z asaridan ko'ngli to'lmaydi, yanada yaxshi bo'lishini istayveradi. Shuning uchun ba'zida qayta ishlab, to'ldirishlar qiladi. O'zidan rozi bo'lganda rivojlanish to'xtaydi-da.

Ammo "Go'zal xulqlar" kitobi bittada ko'ngil to'ladigan holda yozildi, alhamdulillah. Barchasi Allohning fazli bilan, albatta.

Kitob bolalarga juda tushunarli, sodda tilda yozilgan. Ortiqcha izoh va qo'shimcha qilishga hojat yo'q. Dars qilib o'tishga ham juda qulay.

Bolalar bilan birga kitob o'qish loyihamizni qayta yo'lga qo'yganimizda o'zim ham bolalarga kitobdan videodarslar qilib berishni o'ylayapman. Siz bunga nima deysiz?

#Ijod

Kirill | Lotin
👍6112🔥11
BOLALAR UCHUN UY ICHI ODOBLARI

Hurmatli bolajonlar, uyimizni toza va tartibli saqlashga yordam bering!

Bu qoidalarga amal qilsangiz, uyimiz har doim ozoda, yoqimli va qulay bo‘ladi. Sizdan ko‘p narsa talab qilinmaydi — faqat kichik odatlarni shakllantirish kifoya!

🧼 Tozalik va tartib
Ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘lingizni yuving.
Yuvinish xonasidan foydalangandan keyin uni toza holda qoldiring.
Uy yuzini tartibli saqlang — o'yinchoqlarni yig'ishtirib qo'ying.
Chiqindilarni yig‘ib, chiqindi qutisiga tashlashni unutmang.

💡 Energiya va suvni tejash
💡 Keraksiz chiroqlarni o'chirib yuring.
💡 Suvni bekorga oqizmaslik kerak — jo‘mrakni yaxshilab yopib qo‘ying.
💡 Telefon yoki planshetni zaryadlab bo‘lgach simini sug‘uring.

🚪 Uy tartibi va odob
🚪 Kiyimlaringizni yechgach, o‘z joyiga qo‘ying — kravatingiz ustiga yoki polga tashlamang.
🚪 Boshqalarning narsalarini ruxsatsiz olmang.
🚪 Bir-biringizni hurmat qilgan holda munosabatda bo'ling.
🚪 Xonangizni tartibli saqlang.
🚪 Uy hayvonlariga mehribon bo‘ling, ularning ovqati va suvini vaqtida berishni unutmaslik kerak.

#tarbiya

Kirill | Lotin
👍34🔥126
Kutayotganlar bor edimi?

— To'ldirilgan qayta nashr!
👍73❤‍🔥21🔥109
2025/07/10 16:03:50
Back to Top
HTML Embed Code: