"Bola tarbiyasida 100 asosiy qoida" | Adem Gunesh
Adem Guneshning kitoblarida aytilgan tavsiyalarga to'liq amal qila oladigan ota-onalar bu dunyoda bormikan deb o'ylab qolaman. Balki nima qilish kerakligi emas, qanday qilish kerakligi haqida so'z yuritilsa, tavsiyalar o'zgarar/qisqarar edimi...
Chunki biz robot emasmiz, his-tuyg'ular, hayot tashvishlari girdobida yashaymiz va bizga bog'liq bo'lmagan omillar ham bisyor.
Albatta, yozuvchining tavsiyalariga amal qilsak, foydali bo'ladi. Men faqat yozuvchi sifatida uslubni biroz tanqid qildim. Shuningdek, kitobni sahifalaganda bitta qoidaning sarlavhasini bir bet qilmagan yaxshi edi.
"Bola tarbiyasida 100 asosiy qoida" (0–6) kitobida 6 yoshgacha bo'lgan bolalarni tarbiya qilishdagi qoidalar keltirilgan. Xususan, bola bilan faqat jismonan emas, ruhan yaqin bo'lish, unga ijobiy narsalarni gapirish, bir so'z bilan aytganda, unga barcha yaxshiliklarni ilinish haqida tavsiyalar berilgan.
O'qib, imkon qadar amal qilaverish kerak — garchi hammasiga amal qila olmasak ham. Ammo bu degani amal qilmasam bo'lar ekan degani emas.
#Mutolaa2025 #tarbiya
@GiyosiddinYusuf

Yordamchimning aytishicha, kaminani ko'p ovozli chatlarga taklif qilishar ekan...
Bizda bir necha telegram kanallar bo'lgani sababli o'zimizning kanallarda ham ovozli chat qilish uchun vaqt yetmaydi. Shuning uchun yordamchim takliflarni saralagan holda menga yetkazadi.
Aslida, ovozli chatlar orqali foydali ma'lumot yetkazish imkoniyati ko'proq. Shu bilan birga, obunachilar bilan jonli muloqot ham qilinadi. Shuni hisobga olgan holda bolalar bilan birga kitob o'qiydigan yopiq kanalimizda bir oyda bir necha ovozli chatlar qilishni reja qilyapmiz:
— har bir kitob tugaganda bolalar bilan ovozli chatda muhokama;
— ota-onalar uchun tarbiyaga doir kitob sharhi;
— ota-onalar uchun ustozlar bilan farzand tarbiyasi bo'yicha suhbat.
Shunday bo'lsa, okeymi? )

Kitobxon bolalar klubi!
Millionerlar, milliarderlar klubi bo'lganda nega kitobxonlar klubi bo'lmasligi kerak?! Ayniqsa, u bolalar uchun bo'lsa! "Tarbiyachi kids" ana shunday loyiha — (6—12 yosh oralig'idagi) bolalar bilan birga kitob o'qiymiz.
Bu qanday bo'ladi?
— kamina bolalar uchun bo'lgan kitoblardan birini tanlab, e'lon qilaman va kitobni xarid qilish uchun 3-4 kun vaqt beriladi;
— keyin mutolaani boshlaymiz va har kuni nechanchi betdan nechanchi betgacha o'qish eslatib turiladi;
— har kuni kitobdan iqtibos berib boramiz;
— tushunarsiz so'zlar izohi "Bolalar lug'ati" ruknida beriladi;
— izohtalab, islohtalab, sharhtalab joylarini kamina ovozli yoki video shaklida bolalarga sharhlab beraman;
— kitobni o'zim tanlaganim, bolalar bilan birga o'qiganim sababli yomon/noto'g'ri ma'lumotlar o'tib ketib qolishidan xavotir olmasangiz bo'ladi. Mabodo bizga to'g'ri kelmaydigan joylari uchrab qolsa, aslida qanday bo'lishi kerakligini o'rgatib qo'yaman;
— kitobni o'qib bo'lganimizdan so'ng bolalar video shaklida taqriz yuboradi, ular bilan savol-javob qilamiz va eng yaxshi o'zlashtirgan ishtirokchilarimiz taqdirlanadi. Shuningdek, barcha ishtirok etgan bolajonlarga elektron sertifikat beriladi;
— kitob yuzasidan muallif bilan birga yoki o'zimiz ovozli chatda muhokama qilamiz.
Bu loyihaning bir qismi, xolos. Kanalda ota-onalar uchun farzand tarbiyasiga doir tavsiyalar ham beriladi. Bu haqida keyingi postlarda aytamiz, inshaalloh.
Yopiq kanalga qo'shilish oyiga atigi 18 ming so'm. So'rov yuborish uchun havola: https://www.tg-me.com/+MR79mbFTkSUwNmIy

Ro'yxatdan o'tish bo'yicha qandaydir muammo bo'lsa, shu yerda yozing. Texnik xodimlarimiz muammoni bartaraf qiladi, inshaalloh.
Obuna bo'lish: https://www.tg-me.com/+MR79mbFTkSUwNmIy
Texnik masalalar bo'yicha: @TeXizmatbot

Hozirgina bir yopiq kanalda suhbat bo'ldi. Tinglovchilarning munosabati, fikrini saralamagan holda sizga yetkazyapman.
Bu kabi suhbatlarni biz "Tarbiyachi kids" loyihamizda har oy bir necha marta qilish niyatidamiz.
Loyihaning oylik to'lovi 18 ming so'm bo'ladi. Kimga ma'qul bo'lmasa, pulini qaytarib beramiz va keyin ishtirok etmaslik huquqiga ega bo'ladi.
Yopiq kanalga qo'shilish uchun bosing.
Bugungi suhbatda kim bor edi? Bo'lganlar xolis fikringizni yozing, iltimos.

KUNLIK VAZIFALAR
Hammamiz ham kun tartibiga amal qilishni, har kuni turli ezgu ishlar qilishni istaymiz, lekin buni yo‘lga qo‘yish oson emas. Kimdir har kun kitob o‘qiyman deydi, boshqasi lug‘at yodlayman, sport bilan shug‘ullanaman deydi, ammo buni 1-2 kun qilganimizdan so‘ng turli kutilmagan holatlar, kundalik tashvishlar sababli uzilishlarga yo‘l qo‘yamiz. Keyinroq esa vazifalarimiz butunlay to‘xtab qoladi.
Buning oldini olish uchun avvalo tartibga qat’iy rioya qilishga harakat qilishimiz kerak, mabodo biror kun kunlik vazifamizni bajara olmasak, ertasi kun o‘sha kunning vazifasiga qo‘shimcha ravishda avvalgi kunning vazifasini ham bajarishimiz lozim. Shunda o‘rnini to‘dirishimiz kerak bo‘lgan vazifalar ko‘payib ketmasligi uchun ham har kuni kunlik vazifamizni o‘z vaqtida bajarishga harakat qilamiz.
Siz kunlik vazifalaringizni o‘z vaqtida bajarish uchun nimalarga e’tibor qilasiz?
Kirill | Lotin

"Tarbiyachi kids" kanaliga qo'shilmoqchi bo'lganlar tezroq obuna bo'lib olsangiz, o'zingiz uchun foydali bo'ladi, inshaalloh. Chunki biz ayni damda bolalar bilan birga qaysi kitobni o'qishni hal qilyapmiz. Bunda farzandingizning yoshi inobatga olinadi.
Kanal 6–12 yoshli bolalar va tarbiya ilmini o'rganishni muhim deb bilgan kattalar uchun: https://www.tg-me.com/+MR79mbFTkSUwNmIy

G'iyosiddin Yusuf | tarbiya
Kitobxon bolalar klubi! Millionerlar, milliarderlar klubi bo'lganda nega kitobxonlar klubi bo'lmasligi kerak?! Ayniqsa, u bolalar uchun bo'lsa! "Tarbiyachi kids" ana shunday loyiha — (6—12 yosh oralig'idagi) bolalar bilan birga kitob o'qiymiz. Bu qanday…
Bolalar bilan birga o'qiladigan va ota-onalarga sharhlab beriladigan kitoblarni e'lon qildik. Biz faoliyatimizni boshlayapmiz.
AVVAL
— Faqat sizdan iltimos, — deb qo‘shimcha qildi o‘qituvchi, — buning uchun ayolingiz va farzandlaringizni urmang. Tarbiya urish-so‘kish bilan bo‘lmaydi. Haqiqatda niyatingiz isloh qilish bo‘lsa, yaxshi gap bilan tushuntiring. Meni bir bolaning uvoliga qoldirmang. Aytib qo‘yay, Sherzodga yoki onasiga bir narsa bo‘lsa, ish jiddiylashib ketadi.
Abdug‘afur qovoq solgancha, asabiylashmasdan, sukut saqlab turar edi. Uning ichida g‘alayon ketar edi: o‘g‘li nega bunday yolg‘onchi, darslarga beparvo bo‘ldi? Nega bu ayol o‘z xotin-bolasini undan xuddi dushmandan himoya qilgandek himoya qilmoqda? Shu darajaga yetib bordimi? O‘qituvchi hatto tahdid qilishgacha bordi...
Hikoyani to'liq o'qish: https://telegra.ph/AVVAL-04-19
#Hikoya

Maktabga boradigan farzandingizga necha pul cho'ntak puli berasiz?
Ushbu kitobning birinchi va ikkinchi jildlari nashr qilinganidan xabaringiz bo'lsa kerak. Kamina 2-jildini yozganman. 3-jildini ham yozish nasib qildi, alhamdulillah.
Kitobda odobga doir 100 ta qisqa tavsiya berildi. Yaqinda muharrirdan kelgan edi, bugun suratlari ham tayyor bo'libdi. Endi sahifalovchiga berdim. "Hilol-nashr" nashriyotida chop qilinadi, inshaalloh.
#ijod

Xafa bo‘lganingizda bolaga gapirmay qo‘yish to‘g‘rimi?
Farzandingiz sizni ranjitganida unga gapirmay qo‘yish – juda ko‘p ota-onalar tanlaydigan yondashuv. Bu tabiiy hol: bola xato qildi, ota-ona xafa bo‘ldi va bu ranjishini jimlik orqali bildirmoqchi bo‘ladi. Ammo tarbiyaviy nuqtayi nazardan bu yondashuv qanchalik to‘g‘ri?
Avvalo, jimlik – bu bolaga nisbatan hissiy jazo. Kattalarning bunday javobi bolaning ichki dunyosida qo‘rquv, xavotir, tushunmovchilik uyg‘otadi. Bola nimani noto‘g‘ri qilganini tushunmaydi, ammo “meni endi yaxshi ko‘rishmayapti” degan xavfli xulosa chiqaradi. Bu esa uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi, ota-onasiga bo‘lgan ochiqligini yo‘qotadi.
Agar bola xato qilgan bo‘lsa, bu haqida gaplashish kerak. Ters qarab, unga "Sen bilan gaplashmayman” deyish emas, balki sokin va mehrli ohangda:
— Bu ishing meni xafa qildi. Nega bunday qilding? — deb tushunishga harakat qilish kerak.
Bolaga his-tuyg‘ularingizni tushunarli qilib ifoda eting, ammo uni rad etmang. Bola shuni bilsin: u xato qilgan bo‘lsa ham siz uni hali ham yaxshi ko'rasiz. Chunki bola uchun bu yaxshi ko'rish – xavfsizlik va ishonchning asosi.
Yodingizda bo‘lsin: bola bilan muloqotni uzish emas, balki muloqot qilish tarbiyaning eng kuchli vositasidir.
#tarbiya

"Bolamni yaxshi ko'raman" kitobimda "Farzandingiz bilan o'ynash uchun yettita sabab" mavzusi bor. Shuni ulashyapman.
Siz bolangiz bilan o'ynab turasizmi? O'ynasangiz, qanday o'yinlar o'ynaysiz?
#Bolalar
@GiyosiddinYusuf
Siz bolangiz bilan o'ynab turasizmi? O'ynasangiz, qanday o'yinlar o'ynaysiz?
#Bolalar
@GiyosiddinYusuf
Biz Kitobxon bolalar klubida bolalar bilan ovozli chatda o'yin o'ynash odatimiz bor. Bunda ularni fikrlashga undovchi, zehnni o'tkirlovchi o'yinlar o'ynaladi. Masalan, so'z o'yinlari, topqirlik, savol-javoblar...
Navbatdagi o'yinimiz shanba kuni bo'ladi, inshaalloh.
Navbatdagi o'yinimiz shanba kuni bo'ladi, inshaalloh.
G'iyosiddin Yusuf | tarbiya
Biz Kitobxon bolalar klubida bolalar bilan ovozli chatda o'yin o'ynash odatimiz bor. Bunda ularni fikrlashga undovchi, zehnni o'tkirlovchi o'yinlar o'ynaladi. Masalan, so'z o'yinlari, topqirlik, savol-javoblar... Navbatdagi o'yinimiz shanba kuni bo'ladi,…
Ovozli chatimiz shanba kuni 20:00 da boshlanadi, inshaalloh.
Hali ham a'zo bo'lsangiz bo'ladi: https://www.tg-me.com/+MR79mbFTkSUwNmIy

Bolalar iste’dodi
Yaqin o‘tmishgacha barcha bolalar aqliy va hissiy jihatdan teng deb hisoblanardi. Ularni faqat fikrlashga, his qilishga va mantiqiy masalalarni hal qilishga o‘rgatish kifoya deb qaralgan. Biroq zamonaviy ta’lim tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bolalar o‘rtasida farqlar bor: ayrimlari o‘z tengdoshlariga nisbatan kuchliroq aql-idrokka ega, ba’zilarida ijodiy qobiliyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ko‘p hollarda iste’dodli bolalarga katta e’tibor kerak emas, ular o‘z yo‘lini o‘zi topadi degan fikr aytiladi. Ammo aslida bu bolalar juda sezgir bo‘lishadi. Ular o‘z faoliyatiga, xatti-harakatlariga va fikrlash tarziga berilgan baholarga juda ta’sirchan bo'ladi. Shuningdek, ularning sezgi a’zolari ham juda o‘tkir bo‘lishi mumkin. Shu sababli, bunday bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalasi dolzarb sanaladi.
Aslida har bir bolada qandaydir bir iste’dod bo‘ladi. Faqat u har doim ham bilinmasligi mumkin. Ko‘p hollarda boladagi qobiliyat yashiringan bo‘ladi va uni rivojlantirish kerak. Buning uchun esa ota-ona yoki ustoz bolaning iste’dodini o‘z vaqtida ilg‘ashi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi va zarur yordam berishi lozim. Bunday iste’dodlarni aniqlashda pedagogik kuzatuv eng samarali usullardan biridir.
#tarjima