Telegram Web Link
Forwarded from Ikrom Sharif
🔔 Uzoq kutilgan oilaviy kurs — endi ONLINE shaklda!

"Farog‘at qasri" – Oilasida sakinat, qalbida farog‘at istaganlar uchun!

🔴 Bu kurs avval oflayn shaklda o‘tkazilib, ko‘plab oilalarga iliqlik va mehr olib kirgan edi.
Endilikda esa siz uydan chiqmasdan, hayotingizni o‘zgartiruvchi bilim va tajribaga ega bo‘lishingiz mumkin!

Darslar Ustoz Ikrom Sharif — oila munosabatlari va farzand tarbiyasi bo‘yicha tajribali mutaxassis, tarbiyachi va "INSIGHT" Psixologiya va trening markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Kurs oilaviy muammolarni hal qilish, to‘g‘ri tarbiya berish va sog‘lom oila muhitini yaratishga qaratilgan.

➡️ KURS HAQIDA BATAFSIL O‘QING

Ro‘yxatdan o‘tish va savollar uchun:
Telegram:
@Insayt_admin
@Insayt_sotuv
📞 Telefon: +998 93 549 55 68 | +998 93 108 55 68

Farog‘atli hayot, tarbiyali farzand va sog‘lom oila — bu sizga bog‘liq.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1361
IJODIY JARAYON

Ayni kunlarda kitoblarim:

1. "Go'zal xulqlar" qayta nashr qilindi.
2. "Siz ham bola bo'lganmisiz?" nashrga berilgan (yangi kitob).
3. "Bolamni yaxshi ko'raman" endi qayta nashr qilishga beriladi.
4. "Sevdirib tarbiyalang" nashr qilishga beriladi (yangi kitob).
5. "Bola va pul" kitobi yozilyapti.
6. "Odobingiz — obro'yingiz" 3 dizaynerda (yangi kitob).
7. "Kundalik odoblar"ning qirg'iz tilidagi shakli sahifalovchida.

#ijod

@GiyosiddinYusuf
33👍25🤩14❤‍🔥63
FIRIBGARLAR

Firibgarlik har yerda va har zamonda bo‘lgan. Har bir zamonning o‘ziga xos firibgarlari ham bo‘ladi. Ular katta va kichikni birdek aldashi mumkin. Shuning uchun ular haqida bolalarni ham ogohlantirish zarur deb bildim va bugun "Bola va pul" nomli kitobimda ayni shu mavzuni yozdim.

Bu mavzuda gapiradigan gaplarim yig‘ilib qolgan ekan: soatlab yozdim, o‘tiraverib bellarim toldi. Shunda ham bolalarga kerakli jihatlariga to‘xtalib, batafsil yozmadim. Aslida, bu mavzuda alohida kitob yozish mumkin ekan.

Bugungi mavzuda quyidalar yoritildi:
• firibgarlar kim?
• ularning belgilari;
• firibgarlardan saqlanish uchun nimalar qilish kerak?
• chegirma, aksiya, bonuslar;
• yutuqli o‘yinlar;
• tilanchilikni odat qilib olganlar.

Bularning barchasi bolalar tushunadigan tilda yozildi. Hayotiy misollar va hikoyalar bilan boyitildi. Mavzudan so‘ng o‘nta savol berildi. Kitob holiga keltirilganda mavzuga mos rasmlar ham qo‘shiladi.

#ijod

Kirill | Lotin
👍2613🔥8
2013-yillarga qadar quyosh chiqmasdan internetga kirmas, kompyuter, telefondan foydalanmas edim. Chunki tongning barakasini bu kabi ishlarga sarflashni istamas edim.

O'zim imkon qadar tartib-intizomga amal qiluvchi kishi bo'lsam-da, kamchiliklarim, ixtiyordan tashqari ishlar bisyor bo'lgani uchun to'liq intizomga o'ta olganim yo'q. Lekin oxirgi oylarda bunga qattiq harakat qilyapman. Inshaalloh, buni ham qayta yo'lga qo'yaman.

Siz bu odat haqida nima deysiz? Birgalikda sinab ko'ramizmi?

#Intizom

@GiyosiddinYusuf
❤‍🔥52👍34🔥1911🕊4💯2
Ijod, kitoblar haqida soatlab og‘zim tinmay gapirishim mumkin. Shu mavzuda fikr alisha oladigan kishi bo‘lsa, maza qilaman.

Bugun bir necha marta shunday baxt nasib qildi, alhamdulillah. Sizga qaysi mavzuda suhbatlashish yoqadi?

#kun_mulohazasi

@GiyosiddinYusuf
👍308🔥3
ILM BOYLIKDAN AFZAL, CHUNKI

Boylik ko‘p hollarda kibrga ketkazishi mumkin, ilm esa tavozeni ziyoda qiladi.

Boylar va ahli ilmlar bilan muloqot qilishda ayrim boylarning xabarlarga, qo‘ng‘iroqlarga javob bermasligiga (javob bera olmaganini tushunaman, lekin qayta aloqaga ham chiqmagan, hatto birga ish qilib turilganda ham) guvoh bo‘lganman. Ahli ilmlarda bunday hol kam uchraydi: yuzlab odamlarga javob berishadi. Xususan, qanchalik band bo‘lishiga qaramay, Mubashshir domla, Alisher Sultonxo‘jayev domla, Sayfulloh Nosir domla, Muqim Mahmud domla, Hasanxon qori aka kabi ahli ilmlar shaxsiyda ham, izohlarda ham oddiy kishilardek muloqot qilib turishadi.

#Ilm

Kirill | Lotin
💯3517👍13❤‍🔥3🕊3🔥1🎉1
Farzandlar o‘rniga nima qilish mumkin emas?

Xohlash!

Biz yaxshi bilamizki, olma konfetdan foydaliroq, yangi krossovka esa qo‘g‘irchoqdan zarurroq. Shu sababli bolalarga ochiq yoki yashirin tarzda nima xohlashlari kerakligini aytamiz.

Bu esa xuddi quyidagi latifadagi holatga o‘xshaydi:
— O‘g‘lim!
— Labbay, oyi, ovqat yeyishni xohlayapmanmi?
— Yo‘q, o‘g‘lim, sen sovqotding va isinishni xohlayapsan.

Bunday harakatlar nimaga olib keladi?
Shaxsiy “men”ning, o‘z istak va maqsadlarining bostirilishiga. Bola o‘zini irodasiz qurbon deb his qilishga odatlanadi. Agar u “xarakterli” bola bo‘lsa — sizga va butun dunyoga qarshi isyon qiladi.

Nima qilish kerak?
Farzandingizning ehtiyoj va istaklarini o'rganing. Foydali ishlarga odatlantirish kerak bo‘lsa, buni “kerak” vositasida majburlash orqali emas, “bu yaxshi” deb o‘rgatish orqali amalga oshiring.

#tarjima #tarbiya

@GiyosiddinYusuf
👍419💯74🔥4
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam: 9860160605493933
👍115🔥3
O‘g‘lingiz soch o‘stirmoqchimi?

Bolalar va kattalarning qiziqishlari, tushunchalari turli xil bo'ladi, albatta. Ayniqsa, o'smir yoshdagi bolalar kutilmagan narsalarni qilmoqchi bo'ladi. Masalan, o'g'lingiz sochini o'stirmoqchi bo'lib qoladi.

Ha, bu sizga yoqmasligi mumkin. Darhol cheklashga shoshilmang. Avvalo uning shaxsiy qiziqishlarini hurmat qilgan holda me'yorida soch o'stirishiga qarshilik qilmaslik kerak.

Soch-soqol kabi ixtiyoriy narsalarda kishilar me'yorni saqlagan holda o'z qiziqishidan kelib chiqib harakat qila olishi kerak. Ya'ni soqolini butunlay qirib yuborishidan yoki qizlarnikiga o'xshatib soch o'stirishidan qaytarasiz.

Ikkinchidan, sochining ba'zi joyini oldirib, ba'zisini qoldirish yoki bir tomonini boshqa tomonlaridan ko'p o'stirish kabi beo'xshov turmaklarni qilmoqchi bo'lsa, yaxshi gap bilan tushuntirasiz. Masalan, sochining oldini juda o'stirsa, ko'zini to'sib qo'yishi va buning oqibatlari tushuntiriladi.

Uchinchidan, soch turmagi bilan kimlarga o'xshashga harakat qilayotganiga e'tibor qilasiz. Shunga ko'ra tushuntirish ishlari olib borish yoki qo'llab-quvvatlash mumkin.

#tarbiya

Kirill | Lotin
👍49🔥9💯65😁3🤔1
Vaqtingiz — hayotingiz | Shayx Taqiy Usmoniy

Kitobda dastlab o‘zni isloh qilish, nafs tarbiyasi, tazkiya haqida so‘z boradi. Undan keyin tartib-intizomga amal qilish muhimligi, kun tartibiga rioya qilish, qanday hollarda tartibni buzish mumkinligi kitobning nomiga mos bo‘limidir. Uchinchi bo‘limda ramazonni g‘animat bilish, unda qilish tavsiya qilgan amallar bayon qilingan.

Kitobdan olgan asosiy foydam qanday hollarda tartibni buzish haqidagi ma’lumot bo‘ldi. Lekin bu kitobni o‘qiganimdan afsusda emasman. Qaytaga kitob o‘qish borasidagi quyidagi fikrim mustahkamlandi:
agar siz ko‘p kitob o‘qisangiz, tolibi ilm bo‘lsangiz, bitta kitobdan bitta foyda olsangiz ham xursand bo‘lavering. Ba’zilar kurs yoki kitoblar o‘qib deyarli yangilik olmaganidan noliydi. Maqsad yangilik emas, foydali ma’lumot olish bo‘lsin. Hamma gaplar aytib bo‘lingan, sizga yangilik bera olmasa, muallif aybdor emas. Siz uslubga e’tibor qiling, bilganlaringizni takrorlash, eslatma sifatida qabul qiling. Kitoblar odatda ommabop qilib yoziladi. Bir mavzuni chuqur o‘rganish uchun ayni o‘sha soha mutaxassislarining maxsus adabiyotlariga murojaat qiling.


#Kitob #Mutolaa2025

Kirill | Lotin
14👍9🔥7
QIZ TOPISH

Ko'pchilik bo'ydoqlar uylanish uchun qanday qilib qiz topish mumkinligi haqida so'rashadi. Buning uchun yon-atrof, mahalla-ko'y, qo'ni-qo'shni, qarindosh-urug', tanish-bilishlardan surishtirish kerak deyman.

Ba'zida shunda ham topilmaydi. Hatto biz ham bir yaqinimizga topa olmayapmiz: mening ishlarimga yaqindan yordam berib yuradigan ukamiz. Yoshi 23 da, Navoiy shahrida yashaydi, ta’lim sohasida ishlaydi.

Anchadan beri munosib nomzod izlab topa olmayapti. Talablari yuqori emas: dindor qiz bo‘lsa bo‘ldi.

Ukamiz o‘zi kitobxon, ilmga muhabbatli, teran fikrli yigit. Kimningdir qo'shnisi bordir yoki qarindoshi, balki tanishining tanishi bordir. Xullas, munosib nomzodlar bo‘lsa, @Hubbuna_admin orqali bizga aloqaga chiqsangiz, iltimos.

#Oila_qurish

@GiyosiddinYusuf
😁203👍31🔥12👏8🤯7😱42🌚2🤔1💯1
Kun davomida bajariladigan amallarning odobini o'rgatish uchun dastlab "Kundalik odoblar"ni yozdim.

Odobli bola ota-onasini hurmat qilishi, e'zozlashi kerak deb "Ota-onamni yaxshi ko'raman" kitobini yozdim.

"Kundalik odoblar" kichik yoshli bolalarga qiyinlik qilsa deb, odobga doir qisqa tavsiyalardan iborat "Odobingiz — obro‘yingiz" kitobini yozdim.

Keyin bolalarda bo'lishi zarur bo'lgan yaxshi sifatlardan iborat "Go'zal xulqlar" kitobini yozdim.

"Odob bo'ldi, xulq bo'ldi, ota-onamizni e'zozlayapmiz. Yana nima qoldi?" desam, bor ekan — mustaqil fikrga ega bo'lish, mas'uliyat, maqsad qo'yish, qobiliyat kabi tushunchalarni "Lider bola" kitobimda yozdim.

Endi ba'zi mavzularni batafsilroq yoritish vaqti keldi — "Bola va pul" bolalarga pul bilan qanday to'g'ri muomala qilishni o'rgatadi. Shunga o'xshash vaqt, zamonaviy texnologiyalarga doir kitoblar ham yozaman, inshaalloh.

Kitoblarimni Qamar kitoblar do'konidan topish mumkin.

#Ijod

@GiyosiddinYusuf
👍567🔥4🕊4
12-aprelda Yuksalish maktabining Navoiy filialida "Yosh kitobxon" musobaqasi o'tkazildi. Unda Yuksalish maktablarining barcha maktablaridan 5-sinfdan 9-sinfgacha bo'lgan har bir sinfdan bir nafardan o'quvchi ishtirok etdi.

Musobaqa uchta shart bo'yicha bo'lib o'tdi: kitob bo'yicha gapirib berish, adib hayoti va ijodini aytish, she'rni ifodali o'qib, sharhlash. Kamina ustozlardan biri bilan birga 9-sinf o'quvchilariga hakamlik qildi.

Bolalarning javoblari meni juda xursand qildi. Bizning sinfda qizlar doimgidek faollik, ishtiyoq bo'yicha ustuvor bo'ldi. Uchta o'rinni ham qizlar egalladi: Solihanur, Ma'suma va Xonzoda.

G'oliblarga esdalik sovg'alari va pul mukofotlari berildi. Ishtirokchilar va hakamlarga ham tashakkurnoma, sertifikat va sovg'alar berildi.

Bolalarni kitob o'qishga bo'lgan bunday rag'batlantirishi uchun @Yuksalish_maktablari ga tashakkur aytaman! Ajoyib musobaqaga guvoh bo'lishga imkon berganlari uchun alohida rahmat!

#Hayotiy #kitob

@GiyosiddinYusuf
👍299
Bolalar bilan birga kitob o'qiganimizning natijasidan ba'zi namunalar.

#kitob #tarbiya

@GiyosiddinYusuf
👍15🎉53🔥2
Allohning fazl-u marhamati bilan "Tarbiyachi" nomli nashriyotga asos soldik. Unda asosan tarbiyaga doir va bolalar uchun bo‘lgan kitoblarni nashr qilish uchun shunday nom tanladik. Alloh xayrli, manfaatli, barakotli qilsin!

Telegramda biz: @Tarbiyachi_nashr
👍118🔥14🎉109🌚2
2025/07/09 04:11:32
Back to Top
HTML Embed Code: