Yutqazishni ham o‘rganish kerak
Bir kuni bolaligimda akam bilan shaxmat o‘ynadik. Akam yutdi, men esa shunchalik ranjidimki, barcha donalarni yerga sochib yubordim va “Bu yerda adolatsizlik bo‘ldi!” deb qichqirdim. Otam hissiyotlarim biroz bosilishini kutdilar, so‘ng menga qarab: “Yutqazishni ham o‘rganish kerak", — dedilar.
Bolaligimda bu so‘zlarning ma’nosini uncha anglamagan edim. Ammo ulg‘ayganim sayin bu so'zlar qalbimga muhrlanib bormoqda.
Ha, yutqazishni bilish kerak. Chunki hayot faqat g‘alaba, omad va muvaffaqiyatlardan iborat emas. Muvaffaqiyatsizliklar ham hayotning bir qismidir. Kimki yutqazishni bilsa, u albatta muvaffaqiyat sari yetib boradi. Kimki bunga o‘rganmagan bo‘lsa, o‘zini ayblash, tushkunlik, hasad va o‘zini boshqalar bilan solishtirish botqog‘iga botib qoladi.
Biz, ota-onalar, farzandimiz g‘olib bo‘lishini istaymiz: sport musobaqalarida, olimpiadalarda, ijodiy tanlovlarda. Chunki bu bizga faxr tuyg‘usini beradi, nafsimiz xursand bo‘ladi.
Ammo bular bo‘lmasa-chi? Musobaqa bolalarning yig‘isi, jahl va hammani ayblash bilan tugasa-chi?
Agar 5–6 yoshgacha bo‘lgan bola yutqazsa, yig‘lasa, narsalarni irg‘itsa, atrofidagilarga nisbatan dag‘dag‘a qilsa, bu holat normal hisoblanadi. Chunki bu yoshda bola hali hissiyotlarini boshqara olmaydi.
Shu holatda ham ota-onaning vazifasi — bolaning yonida bo‘lish, unga hissiyotlarini chiqazishga yordam berish, uni koyimaslik va ustidan kulmaslik. Ko‘pincha bu yoshdagi bolalar muvaffaqiyatsizlik sababini tashqi omillarga yuklaydi. Masalan, yugurib borib stulga urilib yiqilsa, avvalo stulni ayblaydi, hatto uradi ham.
Ota-onaning vazifasi — bolaga stulni ayblamasdan, unga qarab yurishni o‘rgatish. Bola ulg‘ayganida esa mag‘lubiyatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatish kerak.
Achinarlisi, agar bu narsani ota-onaning o‘zi bilmasa, uni boshqalarga o‘rgatishi qiyin bo‘ladi.
Bir o‘ylab ko‘ring: o‘zingiz muvaffaqiyatsizlikka qanday munosabat bildirasiz?
Agar siz yutqazishni tajriba deb qabul qilsangiz, bundan saboq olib, yana oldinga qarab harakat qilsangiz, bu juda yaxshi. Agar bu holatlar sizni uzoq vaqt tushkunlikka solmasa, o‘z qadringizni yo‘qotmasangiz, demak, farzandingiz sizdan o‘rnak oladi. U tushunadi: yutqazish — bu normal holat, har kimning boshidan o‘tishi mumkin. Yutqazish — yomon bola bo‘lish yoki ota-onaning muhabbatidan mosuvo bo‘lish degani emas. Chunki ota-onaning muhabbati hech qachon yutish yoki yutqazishga bog‘liq emas. Bunday muhabbatni his qilgan bola yutqazishga ham yengilroq munosabatda bo‘ladi.
Har qanday holatda “zato” bo‘ladi — bolani hozirning o‘zida qo‘llab-quvvatlaydigan jihat: “Ha, sen yutmading, lekin bu safar avvalgisidan yaxshi o‘ynading; g‘alaba qilolmading, ammo olimpiadada qanday savollar berilishini bilding, endi tayyorgarlik ko‘rishing oson bo‘ladi". Bola yutqazgan zahoti bunday o‘ylay olmaydi, lekin ota-ona unga hayotning boshqa tomonini ham ko‘rsatishi kerak.
Agar biz bolani yutqazishga o‘rgatmasak, aksincha, faqat yutuqni targ‘ib qilsak-chi?
Bunday bolalardan o‘sgan kattalar odatda xavotirli bo‘lishadi. Ular o‘ziga xato qilishga ruxsat bermaydi, har narsani mukammal bajarishga urinadi, ko‘plab imkoniyatlardan voz kechadi (agar uddalay olmasam-chi deb). O‘zini boshqalar bilan solishtiradi, hasad qiladi, ichki bosimda yashaydi. Bunday hayot ularga ham, yaqinlariga ham oson bo‘lmaydi.
#tarbiya #tarjima
@GiyosiddinYusuf

Agar biror kitobni o‘qishga qiynalsangiz, uni har kuni o'n betdan o'qish bilan tugating. Asosiy mutolaa qilinadigan kitob esa boshqa bo'ladi.
#Kitob
@GiyosiddinYusuf
#Kitob
@GiyosiddinYusuf
Kitob yaxshi yozilmagan bo‘lsa yoki tarjima yaxshi bo‘lmasa, tahrirning o‘zi bilan ish bitmaydi. Bunday holda kitobni qayta yozish yoki qayta tarjima qilish kerak.
Tahrir pokiza insonga xushbo‘y sepib, bezantirish kabidir. Agar kishi pokiza bo‘lmasa, xushbo‘y sepsa ham asli oshkor bo‘lib qolaveradi. Yaxshi yozilmagan kitob ham shu kabidir.
Kitob yozishda muallif o‘zi uchun maqsad qo‘yishi lozim. Bu asarida qanday muammoga yechim taqdim qiladi, nimani muolaja qilmoqchi, nimani yoritib bermoqchi... Mana shu narsalar asarning umurtqasi kabidir. So‘ng unga "muskullarni biriktiradi". Bular o‘sha asosiy maqsad atrofidagi voqealardir.
Ba’zi kitoblarda voqealar asosiy maqsadga tutashmaydi, keraksiz tafsilotlar o‘quvchini zeriktiradi. Ular bekorchi gaplar bo‘lib, asarning qadrini tushiradi.
Maqsad "semiz kitob" yozish bo‘lmasligi kerak. Bu pul ham, obro‘ ham keltirmaydi. Chunki keyingi kitoblar yoki qayta nashr uchun o‘quvchi yo‘qotiladi va iqtisodiy tomondan ham zarar bo‘ladi. Oz gap bilan ko‘p narsani yetkazib bera olish esa mahoratdir.
Yuqoridagi gaplar faqat kitob haqida emas, post, maqola, she’r uchun ham andaza bo‘laveradi.

"Bola va pul" kitobini tahrirga berishdan oldin so'nggi bor o'qiyapman. Kutayotganlar bormi?
#Ijod
@GiyosiddinYusuf
#Ijod
@GiyosiddinYusuf
Ona o‘g‘liga dedi:
— Har bir sho‘xliging boshimga yana bir oq soch qo‘shadi!
Bola esa bu gapdan so‘ng momosining oppoq sochlariga termilib turdi-da:
— Qarasam, siz ham yoshligingizda ancha sho‘x bo‘lganga o‘xshaysiz, — dedi.
#tabassum

Forwarded from Tarbiyachi kids
Kitobxon bolalar klubi — yopiq kanalimizda bolalar bilan birgalikda Anvar Obidjonning "Oltin yurakli avtobola" kitobi o'qildi.
Biz bu kitobni bolalar bilan 8 kunda o'qib tugatdik. Har kuni vazifalar bo'lib berildi, iqtiboslar berib borildi, bolalar iqtiboslar yubordi.
Izohtalab joylar izohlandi, tushunarsiz so'zlar lug'ati berib borildi.
Kitobni o'qib bo'lganimizdan so'ng bolalar video shaklida taqriz yubordi, savollar va testlar orqali ularning bilimi imtihon qilindi. So'ngra loyiha asoschisi bo'lgan ustoz G'iyosiddin Yusuf bilan ovozli chatda bolalar bilan kitob muhokama qilindi.
Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikatlar — faxriy yorliq va tashakkurnoma berildi. Faxriy yorliq sohibalari — shartlarni to'liq bajarib eng ko'p ball to'plagan bolajonlar va ularning ota-onalariga kitoblar sovg'a qilinadi.
Biz ikkinchi kitob mutolaasini boshladik. Safimizga qo'shilish uchun bosing.
📚 @Tarbiyachi_kids – kitobxon bolalar klubi