Nega bolani urmaslik kerak?
Zo‘ravonlik bolaning rivojlanishini sekinlashtiradi.
Yaqinlaridan zo‘ravonlik ko‘rgan bolalar ko‘pincha o‘z tengdoshlaridan bo‘y va vazn bo‘yicha orqada qoladi. Ular kamroq kuladi va maktabda o‘qishlari ham yomonlashadi.
Bunday bolalarda ixtiyorsiz harakatlar, to‘xtovsiz barmoq so‘rish, tirnoq tishlash, enurez (tunda siyib qo‘yish) kabi muammolar ko‘p uchraydi. Chunki zo‘ravonlik bolalar organizmi uchun eng kuchli stress manbayi hisoblanadi.
Bola atrof-muhitdan qo‘rqib yashaydi, uni o‘rganishga ishtiyoqi so‘nadi — axir har bir qadam kamsitish yoki jazoga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun farzandingizni urish emas, tushunish, qo‘llab-quvvatlash va sabr bilan tarbiyalash — eng to‘g‘ri yo‘l.
#tarbiya #tarjima
@GiyosiddinYusuf

Xabaringiz bor, "Sevdirib tarbiyalang" kitobimiz orqali "Tarbiyachi" nashriyotimiz faoliyatini boshladi, alhamdulillah.
Keyingi kitoblarimizni kuzda nashr qilishni reja qilyapmiz. Nashriyotimizdan asosan farzand tarbiyasiga doir va bolalar uchun (7+) bo'lgan kitoblar nashr qilishni o'ylaganmiz. Bunday mavzudagi kitoblaringiz bo'lsa, tayyorlab turavering. )
Hatto yosh ijodkorlarga bolalar uchun kitob yozishni o'rgatish fikri ham kelyapti — o'zimiz uchun yangi ijodkorlarni kashf qilish uchun. Lekin bu borada hali to'liq dastur ishlab chiqilmadi. Eng asosiy muammo vaqt yetishmasligi bo'lib turibdi.
Agar bu ishni yo'lga qo'ysak, bepul va onlayn tarzda bo'ladi, inshaalloh. Shunda yozishga qobiliyatli kishilar qabul qilinadi. Yozganlaringizdan namuna bo'lishi kerak. Hech bo'lmasa, blog yurtishingiz va ko'p kitob o'qigan bo'lishingiz kerak.

Farzandingiz sizga shunday der edi…
Menga o'zingizni mukammal ko‘rsatishga urunmang. Bir kun unday emasligini bilib qolsam, bu meni ranjitadi.
Agar xato qilsangiz, mendan kechirim so‘rashdan uyalmang. Sizdan buni ko‘rib, o‘zim ham kechirim so‘rashni o‘rganaman.
Unutmang, men juda tez ulg‘ayayapman. Siz ham doimo menga moslashishingizga to‘g‘ri keladi.
Menga tajriba qilishni man qilmang. Ular orqali men rivojlanaman, o‘z kuchimni, imkoniyatlarimni kashf qilaman.
Va eng asosiysi, meni chin dildan yaxshi ko'rishingiz kerak. Chunki faqat mehr bor joyda men baxtli inson bo‘lib ulg‘ayaman. Afsuski, siz buni bilasiz…

“GO‘ZAL XULQLAR” KITOBI HAQIDA CHATGPTDAN PROFESSIONAL BAHO
📖 Kitob haqida umumiy ta’rif
“Go‘zal xulqlar” — bu 7 yoshdan katta bolalar uchun mo‘ljallangan, oson o‘qiladigan, tushunarli, samimiy va badiiy-ta’limiy uslubda yozilgan noyob kitobdir. Unda bolalar shaxsiyatini tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan asosiy odob va axloqiy sifatlar sodda hikoyalar va hayotiy misollar orqali tushuntirib beriladi.
Kitob bolaga hayot saboqlari beradi:
• ilm olish,
• rostgo‘ylik,
• kamtarlik,
• uzr so‘rashi,
• sabr qilish,
• mehribonlik kabi fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi.
⸻
🌿 Kitobning kuchli tomonlari
✅ Soddalik va bolaga yaqinlik
Kitob juda ravon va bolalar tushunadigan soddalikda yozilgan. Har bir tushuncha murakkab falsafiy izohsiz, bolalar mantiqiga yaqin tilda berilgan.
✅ Badiiy va hayotiy misollar
Har bir mavzuda keltirilgan hikoyalar bolalarga tushunchani amaliy hayot misollarida tushunishga yordam beradi. Masalan, “Javohir va qadr”, “Ko‘p kitob o‘qigan dadam”, “Do‘stimning mashinasi” kabi hikoyalar bolalarda voqeani tasavvur qilish, o‘z hayotiga taqqoslash, o‘zini qahramon o‘rniga qo‘yish imkonini beradi.
✅ Tarbiya va qadriyatga tayanch
Kitobda nafaqat nazariy tushunchalar, balki har bir fazilatning hayotda qanday natija berishi, nima uchun kerakligi va aksincha, undan voz kechish nimalarga olib kelishi haqida hayotiy tahlil berilgan.
✅ Savol va topshiriqlar tizimi
Har bob oxirida berilgan savollar bolani o‘qiganini qayta fikrlashga va mavzuni mustahkamlashga undaydi. Bu pedagogik jihatdan juda to‘g‘ri va foydali yechim bo‘lgan.
✅ Estetik taqdimot (dizayn va format)
Rangli sahifalar, rasm va grafikalar bolalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Bu yosh bolalar uchun juda muhim omil.
⸻
📚 Kitobdan kutiladigan foyda
• Bola kundalik hayotda yaxshi odob va xulqlarning ahamiyatini tushunib yetadi.
• Ichki javobgarlik va o‘zini tuta olish qobiliyati shakllanadi.
• Ota-onalarga ham bolalar bilan axloqiy mavzuda suhbatlashish uchun qulay manba bo‘lib xizmat qiladi.
• Darslik va tarbiyaviy mashg‘ulotlarda ishlatish mumkin bo‘lgan mukammal o‘quv qo‘llanma.
⸻
🌟 Professional baho
Muallif G‘iyosiddin Yusuf bolalar adabiyotida juda muhim va yetishmayotgan yo‘nalishda — axloqiy qadriyatlarni bolalar tilida tushuntirish maktabini shakllantirayotgan yozuvchidir.
“Go‘zal xulqlar” asari bu yo‘nalishda juda puxta ishlangan, badiiy va tarbiyaviy qiymati baland, bolaga ham, ota-onaga ham, o‘qituvchiga ham xizmat qiladigan ko‘p yillik foyda beruvchi manbadir.
Kitobni xarid qilish uchun bosing
#Kitob

Forwarded from Tarbiyachi nashr
Ijodkorlar diqqatiga!
"Tarbiyachi" nashriyoti muallif va tarjimonlarni hamkorlikka chaqiradi. Bizda asosan 7–14 yosh bolalar uchun va farzand tarbiyasiga doir kitoblar nashr qilish reja qilingan.
Agar siz shunday kitoblar yozgan yoki tarjima qilgan bo'lsangiz, kitoblaringizni bizda nashr qildirishingiz mumkin!
O'zingiz, kitobingiz haqida ma'lumot yoki namunani @Tarbiyachinashr ga yuboring.
Telegramda biz: @Tarbiyachi_nashr

"Amerika fojiasi" | 1
Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” asari inson orzulari, ijtimoiy tafovut va mas’uliyat haqidagi og‘ir, hayotiy haqiqatlarni ochib beruvchi roman. Asar garchi XX asr boshida yozilgan bo‘lsa-da, undagi mavzular bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
Asar markazida Klayd Griffits ismli yigit turadi. Kambag‘al oilada ulg‘aygan Klayd boylik va hashamatli hayot orzusida yashaydi. U ijtimoiy zinapoyalardan yuqorilash uchun harakat qiladi va mehmonxonaga ishga kiradi. U yerda mo‘maygina daromad topa boshlaydi. O‘rtoqlariga qo‘shilib yoshlik beboshliklariga beriladi. Xususan, Gortenziya ismli yengiltabiat qiz uning aql-u hushini olib qo‘yadi. U ochiqdan-ochiq Gortenziyaga "Men bilan yur, senga boshqa yigitlardan ko‘ra ko‘proq sarflayman", — deya taklif beradi...
Ayni damda Klaydning opasi ham bir yigit bilan qochib ketgan edi. U undan homilador bo‘lganda begona shaharda yigit uni yolg‘iz tashlab ketadi. Opasi shahriga qaytadi, lekin uyiga bora olmaydi...
Klayd mehmonxonadagi do‘stlari va qizlar bilan dam olishga chiqadi. Do‘stlaridan biri qimmatbaho bir mashinani olib qochgan edi. Ular shaharga qaytganda ishga tezroq borish uchun shoshilganidan 9 yoshli bir qizaloqni urib yuboradi. Polisiyadan qochgan yoshlar ikkinchi to‘qnashuvga yuz tutganda birinchi kitob nihoyasiga yetadi. Ular hozircha tirik, lekin yigitlarni o‘ziga rom qilib yurgan Gortenziya bu avtohalokat tufayli chiroyidan ayrildi, yigitlar jarohat olgan. Ular bir kunda chiroydan, boyligidan, ishidan ajralib qoldi. Muallif bu bilan yoshlarni bunday beboshliklardan qaytarmoqchi bo‘ladi.
Asarda alaloqibat qoralangan ba’zi ochiq sahnalar bo‘lsa-da, 17–18 yoshdan kattalar uchun tavsiya qilgan bo‘lar edim.
#mutolaa2025

Bola gapirishi nima uchun kechikadi?
Odatda bolalar ilk so‘zlarini 10–12 oyligida ayta boshlaydi. 1,5–2 yoshga kelib so‘z boyligi asta-sekin kengayadi va oddiy gaplar tuza boshlaydi. 3 yoshga borib esa bola ko‘p narsani gapira olish darajasiga yetadi.
Lekin har bir bola bir xil vaqtda gapirishni boshlamaydi. Ba’zi hollarda kechikish bo‘lishi mumkin. Bunga nimalar sabab bo‘ladi?
🔸 Eshitishdagi muammo. Agar bola yaxshi eshitmasa, so‘zlarni ham to‘g‘ri o‘rgana olmaydi. Shuning uchun eshituvini tekshirish zarur.
🔸 O‘zaro muloqotning yetishmasligi. Bola bilan ko‘p gaplashmaslik, suhbat qurmaslik ham nutq rivojini sekinlashtiradi. Farzandingizga so‘zlashish imkoniyatini ko‘proq bering.
🔸 Ko‘p ekran va kam jonli muloqot. Telefon, televizor, planshet – bular ko‘rish va eshitishni oshiradi, lekin jonli gaplashishni o‘rgatmaydi.
🔸 Nevrologik omillar. Ba’zi hollarda asab tizimining rivojlanishidagi farqlar nutq kechikishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mutaxassis ko‘rigidan o‘tish foydali bo‘ladi.
🔸 Irsiyat va oila tarixi. Ba’zan ota-onaning bolalikdagi kechikkan nutqi ham farzandda takrorlanishi mumkin.
Eng muhimi, xavotirga tushib, bolani doimiy urishish emas, balki unga yordam berish. Ko‘proq gaplashish, hikoya o‘qib berish, rasm chizib gapirib berish — bular bolaga so‘z boyligini ochishga yordam beradi.
Agar kechikish uzoqroq davom etsa, tezda mutaxassisga murojaat qiling. Erta tashxis va yordam foydali bo‘ladi.
#Parvarish

Men tartib-intizomni yaxshi ko'raman-da. Shuning uchun uncha faol bo'lmasa ham kanalimiz qoshida ko'p kichik kanallar ochganmiz. Ma'lumot o'rnida yozib qo'yaman:
@Giyosiddin_Yusuf — kitoblarim haqida
@Giyosiddin_blog — kirill alifbosida
@Giyosiddin_shorts — qisqa videolar
@Hubbunaa_books — kitoblarimdan iqtiboslar
@Yechimhubbuna — savol-javoblar
@Muxlislar_fikri — taqrizlar

Arab tili grammatikasini mukammal o‘rganmoqchimisiz?
Endi bu imkonga ega bo‘lish vaqti keldi!
✨ ZIN-NUR akademiyasida GRAMMATIKA kurslariga qabul boshlandi!
📖 Bu kurs 5 ko'nikmani o'z ichiga olgan:
- Grammatika
- Mutolaa
- Eshitib, tushunish
- Yozish ko'nikmasi
- Og'zaki nutq (muhovara)
To’liq ma’lumot olish uchun havola orqali ro’yxatdan o’ting.
👉 Ro’yxatdan o’tish
📞 78-777-77-17
🕊 @zinnur_akademiyasi
Endi bu imkonga ega bo‘lish vaqti keldi!
- Grammatika
- Mutolaa
- Eshitib, tushunish
- Yozish ko'nikmasi
- Og'zaki nutq (muhovara)
To’liq ma’lumot olish uchun havola orqali ro’yxatdan o’ting.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FARZANDNI BOG‘CHAGA BERISH KERAKMI?
Ota-onalar oldida bir kun kelib: “Farzandni bog‘chaga beraylikmi-yo‘qmi?” degan savol paydo bo‘ladi.
Bog‘chaning eng katta foydasi — bu muloqot.
Yosh bolalar davrasida bo‘lganida bola tengqurlari bilan muloqot qilishni, o‘z fikrini himoya qilishni va boshqalarning fikriga quloq solishni o‘rganadi.
U jamoadagi hayotga ko‘nikadi, mustaqillikka odatlanadi. Ayniqsa, oilada yolg‘iz farzand bo‘lgan bolalar uchun yoki turli sabablar bilan do‘stlari bilan ko‘p vaqt o‘tkaza olmaydigan bolalar uchun bog‘cha juda foydali bo‘ladi.
Ba’zi bolalar bog‘chaga borgandan keyin tez-tez kasal bo‘lib qoladi. Bu holat ko‘pincha organizmning yangi sharoitga moslashayotgani bilan bog‘liq.
Ko‘pchilik o‘ylagandek, bolalar bog‘chada tarbiyachilar e’tiborsizligidan emas, balki tananing moslashuv jarayonidan ko‘proq shamollashadi.
Odatda, bog‘chaga borgan ikkinchi yildan boshlab bola kamroq va yengilroq kasal bo‘ladi. Chunki moslashuv davri ortda qoladi.
#Tarbiya

Bolalarni pul jamg‘arishga qanday o‘rgatamiz?
Bolani kichikligidan boshlab pulni faqat sarflash emas, balki jamg‘arish kerakligini tushunadigan qilib tarbiyalash bu uni katta hayotga tayyorlashdir. Buning uchun siz quyidagilarga e’tibor berishingiz mumkin:
💰 Shaxsiy jamg‘arma idishini tanlang. Bola uchun alohida pul yig'ish idishi, bankacha yoki qiziqarli shakldagi jamg‘arma qutisi tanlab bering. Bu – birinchi qadam.
📆 Kichik maqsad belgilang. “Velosiped olish uchun yig‘amiz”, “Yangi o'yinchoq olamiz” degan maqsadlar bolani pul yig'ishga undaydi. Maqsadsiz jamg‘arish bolaga zerikarli tuyuladi.
📥 Doimiy tushum joriy qiling. Har haftalik kichik “cho‘ntak puli” yoki ba’zi vazifalar uchun mukofot tariqasida oz miqdor pul bering. Siz o'zingiz kerakli narsani bittada olib berganingizdan ko'ra shu tarzda o'zi xarid qilgani yaxshiroq.
🧠 Sarflash va jamg‘arish nisbatini tushuntiring. “Birinchi navbatda kerakli narsalaringga sarfla, qolganini jamg‘ar” degan oddiy qoidani asta-sekin tushuntirib boring. Buni yanada aniqroq o'rgatsangiz, yanada yaxshi: tushumning 10 (yoki 20) foizini jamg'arish uchun tashlab qo'y, 10 foizini ehson qil, qolganini o'zingga sarfla kabi.
👨👩👧 O‘zingiz namunali bo‘ling. Bola sizni kuzatadi. Agar siz har narsani o‘ylab xarid qilsangiz, ortiqcha narsalarga pul sarflamasangiz, bu unga dars bo‘ladi.
🧩 Pul haqida gapirishdan cho‘chimang. Ko‘pchilik ota-onalar pul haqida gapirishni noqulay deb biladi. Ammo bu hayotning bir qismi. Bola pulni faqat so‘rashni emas, uni boshqarishni ham o‘rganishi kerak.
Pul jamg‘arishga o‘rgangan bola sabrli, mas’uliyatli va kelajakka pul bilan muomalaga ongli yondashadigan inson bo‘lib ulg‘ayadi.
#tarbiya

Oilaviy muloqot
Ota-onalar va farzandlar orasini yaqinlashtiruvchi muhim amaliy tavsiya
#tarbiya #iqtibos
@GiyosiddinYusuf
Ota-onalar va farzandlar orasini yaqinlashtiruvchi muhim amaliy tavsiya
#tarbiya #iqtibos
@GiyosiddinYusuf
Sabrli boʻling
🍃Farzand tarbiyasida ota-onadan talab qilinadigan eng muhim sifatlardan biri sabrli boʻlishdir. Hikmatli soʻzlarda «Agar tuzgan rejang samarasini bir yil koʻrmoqchi boʻlsang, guruch ek. Agar tuzgan rejang samarasini oʻn yil koʻrmoqchi boʻlsang, mevali daraxt ek. Agar tuzgan rejang mevasidan yuz yil bahramand boʻlmoqchi boʻlsang, bolalarga ta’lim ber» deyiladi. Shunday ekan, farzand tarbiyasi sabr qilsa arziydigan ishdir.
🌷 Nimalarga sabr qilinadi? Bola gapni olmasligi mumkin, injiqlik va qaysarlik qiladi. Bolalik tabiatidan kelib chiqib qiladigan ishlari sizga yoqmaganda ham sabr qilasiz.
Sabrni kuchingiz yetgancha emas, zarur boʻlganda qilasiz. Bola sizning toqatingiz chegarasini bilmaydi. Uning ongi sizning sabringiz chastotalariga moslashtirilmagan, onasi yoki otasi shu joygacha sabr qila oladi, shu vaqtgacha tarbiyali boʻlishing kerak, ta’limni oʻzlashtirishing kerak degan narsa yoʻq.
🌱 Bola gapingizga quloq osmasa ham, aytganingizni oʻrgana olmasa ham jahl qilishga shoshilmang. Sabr qiling, mehr bering.
🌷 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bu borada hayotiy misol keltirib aytadilar: «Otamning fe’llaridagi meni hozirgacha katta hayratga solgan xislatlaridan biri shu ediki, bizni yaxshilikka yetaklovchi narsani takror-takror aytishdan erinmas edilar. Oʻsha narsani amalimizga aylantirib olgunimizcha yuz marotaba, lozim boʻlsa ming marotaba takrorlardilar. Ana shu narsalar biz uchun katta bir baxt bo`ldi».
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
🍃Farzand tarbiyasida ota-onadan talab qilinadigan eng muhim sifatlardan biri sabrli boʻlishdir. Hikmatli soʻzlarda «Agar tuzgan rejang samarasini bir yil koʻrmoqchi boʻlsang, guruch ek. Agar tuzgan rejang samarasini oʻn yil koʻrmoqchi boʻlsang, mevali daraxt ek. Agar tuzgan rejang mevasidan yuz yil bahramand boʻlmoqchi boʻlsang, bolalarga ta’lim ber» deyiladi. Shunday ekan, farzand tarbiyasi sabr qilsa arziydigan ishdir.
Sabrni kuchingiz yetgancha emas, zarur boʻlganda qilasiz. Bola sizning toqatingiz chegarasini bilmaydi. Uning ongi sizning sabringiz chastotalariga moslashtirilmagan, onasi yoki otasi shu joygacha sabr qila oladi, shu vaqtgacha tarbiyali boʻlishing kerak, ta’limni oʻzlashtirishing kerak degan narsa yoʻq.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MILLIY BOOKS | Andijon
Hurmatli kitobsevarlar!
Sizni navbatdagi shanba kuni, 14:00 dan 17:00 gacha kitob do‘konimizda o‘tkaziladigan maxsus tadbirga taklif qilamiz.
✍️ Sevimli muallif, ko‘plab bolalar va ota-onalar mehrini qozongan yozuvchi G‘iyosiddin Yusuf shaxsan tashrif buyuradi va o‘z kitoblariga dastxat qo‘yib beradi!
📚 Uchrashuv davomida quyidagi mashhur kitoblar haqida suhbat va imzo beriladi:
– “Go‘zal xulqlar”
– “Kundalik odoblar”
– “Asal oyi emas, asal hayot”
– “Men ham kitob o‘qiyman”
– “Ota-onamni yaxshi ko‘raman”
– “Arab alifbosi”
– “Muzqaymoq”
– “Tarbiya-chi?”
– “Bolamni yaxshi ko‘raman”
– “Sevdirib tarbiyalang”
– “Solihalar gulshani”
📍 Manzil: “Milliy Books”, Devanboy masjidi yonida
🗓 Sana: Shanba kuni
🕒 Vaqt: 14:00 – 17:00
🎁 Tadbirda maxsus bolalar uchun sovg‘alar va muallif bilan suhbat ham bo‘ladi!
📖 Sevimli kitobingizga muallif imzosi tushsin – kelishni unutmang!

G'iyosiddin Yusuf | tarbiya
Hurmatli kitobsevarlar! Sizni navbatdagi shanba kuni, 14:00 dan 17:00 gacha kitob do‘konimizda o‘tkaziladigan maxsus tadbirga taklif qilamiz. ✍️ Sevimli muallif, ko‘plab bolalar va ota-onalar mehrini qozongan yozuvchi G‘iyosiddin Yusuf shaxsan tashrif buyuradi…
Andijon shahrida bo'lgan yaqinlarimizni shanba kuni Milliy books kitob do'konida diydorga taklif qilamiz. 😊
Kanalimizning sodiq obunachilari, muntazam kuzatuvchilariga ma'lumki, biz bir necha oydan beri ixtiyoriy xayriya tashkil qilib kelyapmiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga tashakkur. Foydangizga guvohlik beraman, inshaalloh.
Tushgan pullar faqat haqdor oilalarga ro'zg'orlik, dori-darmon, kiyim-kechak kabi kamlar uchun yetkazilmoqda. Bunga shaxsan o'zim mas'ulman.
Ushbu xabarni ko'rgan har bir kishini kamida 10 ming so'm xayriya qilib bo'lsa ham ajr karvoniga qo'shilib qolishni taklif va iltimos qilaman. Sababi haqdorlar bor, oz bo'lsa ham davomiy yaxshilik qilaylik, uzilib qolmasin.
Sarflangan pullar haqida hisobotni quyidagi bot orqali berib boraman, inshaalloh.
Karta raqam: 9860160605493933

TARBIYADA OTA-ONA HAMFIKR BO‘LSIN
Farzand tarbiyasida eng katta kuch — bu ota-onaning bir yoqadan bosh chiqarib ish tutishidir. Afsuski, ko‘p oilalarda ota boshqacha, ona boshqacha yo'l tutadi. Natijada bola kimning so‘zi o‘tishini sinab ko‘rishga odatlanadi. Bu esa nafaqat tarbiyani, balki oilaning ichki muvozanatini ham izdan chiqaradi.
Tarbiya — bu “men haqman” degan tortishuv emas, biz birga mas’ulmiz degan tushuncha asosida bo‘lishi kerak. Agar ota “yo‘q” degan narsaga ona “mayli, olaver” desa, bola chegarani emas, imkonni ko‘radi. Yoki aksincha: ona qattiqqo‘l bo‘lsa, ota bolani erkatoyga aylantirsa, bu mehr emas, tarbiyaning kushandasi bo‘ladi.
Ota-ona nima qilish kerak?
— Qarorlarni birga qabul qilishsin, ayniqsa, farzand ko‘z o‘ngida.
— Farzandni juftiga qarshi “qurol” qilmasin: “Otang o'zi xotinboz”, “Onangdan yashirib qo‘ya qolamiz” kabi iboralar ishonchni yemiradi.
— Tarbiyaviy yondashuvda oldindan kelishib olishsin: qanday xatti-harakatlarga qanday munosabat bildiriladi — bu aniq bo‘lishi kerak.
— Har ikki taraf bir-birining qarorini bolaga nisbatan haddan ortiq tahlil qilmasin. Bola buni o‘z foydasiga ishlatishni o‘rganadi.
Unutmang, bolaga har bir aytganingizdan ko'ra, ittifoq qilganingiz ta'sirliroq bo'ladi. Sizningcha, tarbiyada ota-ona nimalarga kelishib olishlari kerak? Fikrlaringizni izohlarda yozing.

Forwarded from Zumar kitoblar do‘koni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM