Telegram Web Link
🔍 O‘qish xavfli. Jinoyat joyidan reportajga tayyormisiz?

Eng sirli, hayajonli va dramatik hikoyalar sizni kutmoqda!


🔪 Har bir sahifada jumboq
🕵️‍♂️ Har bir jumlada iz
📖 Har bir kitobda qotil yashiringan…

Agar siz "Sir ortidan quvish", "Shubha va kutilmagan yakunlar"ni ex sevuvchi bo‘lsangiz – bu kitoblar aynan siz uchun!

1. Wrong place wrong time - 70.000 so'm
2. Full dark, no stars - 70.000 so'm
3. Death on the nile - 70.000 so'm
4. And then there were none - 70.000 so'm
5. Curtain - 70.000 so'm
6. The Mysteriouss Affair at Styles - 70.000 so'm
7.Pet Sematary - 70.000 so'm
8. Different seasons - 80.000 so'm
9. The Bazaar of Bad Dreams - 80.000 so'm


🧠 Aqlingizni charxlang, yuragingizni siqib qo‘yadigan hikoyalarni sinab ko‘ring! Ingliz tilida o‘qish – bu nafaqat tilni rivojlantiradi, balki adabiyotning asl tilida sizni jinoyat sahnasining o‘ziga olib kiradi…

🚛 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 10.000 so'mdan boshlanadi.

Telegram: @goldenbooks_admin
Telefon:
+998994759755

📚 @goldenbooks_ uz — Biz baxt ulashamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🔥3👏1🤩1
Boshi berk ko'chadagilar uchun...

🦋 #yana_sotuvda "Huzurbaxsh Tasallilar" – bu faqat oddiy tasalli so‘zlari jamlanmasi emas, balki inson qalbini kuchli va matonatli qilishga qaratilgan chuqur va ilohiy hikmatlarning manbai. Majid O‘mur O‘zturk ushbu asarida hayotning eng qiyin sinovlariga bardosh berish, ruhiy sokinlikka erishish va Allohning ulug‘ rahmatiga ishonchni kuchaytirish yo‘llarini mislsiz mahorat bilan ochib beradi.

Kitobdagi har bir bob o‘quvchini yangi bir kuch va shijoat bilan quvvatlantiradi. Yo‘qotish, sinovlar va ruhiy azoblar haqida batafsil tasvirlangan jumlalar o‘quvchiga mustahkam bo‘lish, tushkunlikka tushmaslikni o‘rgatadi. Bu asar, hech shubhasiz, har qanday holatda ham o‘z ruhiy kuchini topishga va xotirjamlikni saqlashga undaydi.

Muallif: Majid O'mur O'zturk
Tarjimon: Farruh Nurmuhammedov
Hajmi; 300 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 75.000 so'm

📍Toshkent. Chilonzor G-9, 20-uy. Jahon tillari universiteti oldida.
📍Sirdaryo.
Guliston shahar, Alisher Navoiy xiyoboni.

📚 @goldenbooks_ uz — Biz baxt ulashamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤‍🔥44🥰3🤩2😁1🕊1🌚1
"Ko‘rlik" ichra "Yashamoq" – bir qizning hikoyasi

Qorong‘u tunda bir ayol uyg‘ondi. Ko‘z oldi zulmat edi. Bu "Ko‘rlik" emasdi, bu – ichki ko‘rlik, haqiqatdan bexabar yashash edi. U yurakdan qichqirdi:

– Men endi "Yashamoq" istayman! Ammo hayot unga sinovlarni ayamasdi. U kechalarni "Ochlik" bilan qarshilar, tonglarni "Quloqim Senda, Qizim" deb, xayolida farzandining kulgisini eslab kutardi.
Yillar og‘ir o‘tdi. Taqdir yo‘lida yurarkan, u oxiri tan oldi:
– Meni kechir... "Avf et, Allohim"...

Chunki har lahza yuragida bir tovush jaranglardi:
– "Qalbimdasan, Allohim..." U Allohga yuzlandi. Yolg‘iz emasligini his qildi. Atrofida najot istovchilar, pok niyatli insonlar bor edi – "Solihlar Gulshani" edi bu dunyo aslida.

U o‘zini tanitdi:
– "Men Robiya", senga sajdada to‘kilgan ko‘z yoshman... Shaytoniy vasvasalar unga hamon pichirlar edi, ammo u qat’iy qaror chiqardi:
– "Men bas qil, ey nafs!" Endi meni yo‘ldan urolmaysan. Ruhiy og‘riqlarini endi faqat Allohning kalomi yuvardi. Har bir oyat unga "Huzurbaxsh Tasallilar" olib kelardi.

Lekin sen, aziz o‘quvchi, bu hikoyani o‘qib o‘zingga savol ber:
Ko‘rlikda yashayapsanmi, yoki Allohni qalbingga olib, bas qilyapsanmi nafsingni? Balki bu o'qiganing o'zing haqingdadir...


"Ko‘rlik" – 60.000 so'm
"Yashamoq" – 65.000 so'm
"Ochlik" – 65.000 so'm
"Quloqim Senda, Qizim" – 75.000 so'm
"Avf et, Allohim" - 55.000 so'm
"Qalbimdasan, Allohim" – 55.000 so'm
"Solihlar Gulshani" –40.000 so'm
"Men Robiya" – 45.000 so'm
"Men bas qil, ey nafs!" – 65.000 so'm
"Huzurbaxsh Tasallilar" – 75.000 so'm


📍Toshkent.
Chilonzor G-9, 20-uy. Jahon tillari universiteti oldida.
📍Sirdaryo.
Guliston shahar, Alisher Navoiy xiyoboni.

📚 @goldenbooks_ uz — Biz baxt ulashamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23😁6🥰2🔥1🌚1
📚 Abu Ali ibn Sino – "Tib qonunlari"

Insoniyat tarixida kam sonli shaxslar bor-ki, ular nafaqat o‘z zamonasining, balki butun kelajak avlodlarining hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsin. Ana shunday buyuklardan biri — Abu Ali ibn Sino. Uning eng mashhur asari — "Al-Qonun fi’t-tibb" ya’ni "Tib qonunlari" – tibbiyot tarixidagi eng muhim ilmiy manbalardan biridir.

🩺 Ushbu asar o‘z davrida, va hatto undan keyingi 600 yil davomida Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarining tibbiyot maktablarida asosiy darslik sifatida o‘qitilgan. "Tib qonunlari" shunchaki davolash qoidalari emas, balki inson salomatligi va kasalliklarining sabab-shartlarini mantiqiy, nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil etgan mukammal ensiklopediyadir.

🧠 Ibn Sino asarda inson organizmining tuzilishi va faoliyatini, sog‘lom turmush tarzining asoslarini, kasalliklarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ularni davolash usullarini, farmakologiya, jarrohlik va gigiyena masalalarini ilmiy asosda yoritadi.

🧪 Avvallari tabobat faqat hunar sifatida qaralgan bo‘lsa, Ibn Sino uni ilmiy tahlil va tajriba asosida shakllangan fan darajasiga olib chiqdi. Yunon (Galen, Gippokrat), rim, hind va musulmon olamidagi ilg‘or tibbiy qarashlarni sintezlab, uni o‘z tajribasi bilan boyitdi.

📖 Bu kitob, nafaqat shifokorlar uchun, balki ilmga chanqoq har bir inson uchun bebaho manbadir. U sog‘lik haqida chuqur fikrlashga, inson tanasi va uning sirlarini tushunishga undaydi.

🔍 Bugun ham Ibn Sino merosi qadrlanmoqda, uning ilmiy maktabi ko‘plab zamonaviy tibbiy nazariyalarga poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

To'plam 6 ta kitobdan iborat
Hajmi: 4224 bet, qattiq muqovada
Narxi; 850.000 so'm / 283.333 so'mdan 3 oy

🚛 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 10.000 so'mdan boshlanadi.

Telegram: @goldenbooks_admin
Telefon:
+998994759755

📍Toshkent. Chilonzor G-9, 20-uy. Jahon tillari universiteti oldida.
📍Sirdaryo.
Guliston shahar, Alisher Navoiy xiyoboni.

📚 @goldenbooks_ uz — Biz baxt ulashamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🔥6🤩21👏1🎉1🌚1
📚Do'konimizda yangi kitoblar!

Rus tilida zamonaviy adabiyotlar, ilmiy asarlar, klassik nashrdagi adabiyotlar, psixologik kitoblar javonlarimizdan joy oldi. Ushbu kitoblar Gulistondagi hamda Toshkentdagi do'konlarimizda mavjud.

👨‍💻 Ma'lumot va buyurtma uchun @goldenbooks_uz yoki +998994759755 ga murojaat qiling.

📍Toshkent. Chilonzor G-9, 20-uy. Jahon tillari universiteti oldida.
📍Sirdaryo.
Guliston shahar, Alisher Navoiy xiyoboni.

📚 @goldenbooks_ uz — Biz baxt ulashamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
143🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😭 Ochlar borligini bila turib ovqat tomogʻingizdan oʻtadimi?

Ochlik, ocharchilik deganda koʻpchilik uzoq Afrika qit’asi va u yerdagi bolajonlarni tasavvur qiladi.

Ammo atrofimizga sinchiklab qarasak, ochlik bilan sinalayotgan koʻplab odamlarni payqashimiz mumkin. Ularni ajratib olish qiyin emas. Avvalo, xohish boʻlsa bas.

📖 “Ochlik” asari orqali Knut Hamsun har narsada rivojlanib borayotgan insoniyat iqtidori hali hamon ocharchilikni hal etolmaganini his ettiradi.

Narxi – 59.000 soʻm

🚛 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 10.000 so'mdan boshlanadi.

👨‍💻 Telegram: @goldenbooks_admin
📞 Telefon: +998994759755

📚 @goldenbooks_ uz — Biz baxt ulashamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥146🎉3🔥2🥰2👍1🤩1😭1👀1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega aynan shu kitobni yoshlar o‘qishi kerak?

"Zafar darvozasi" – mag‘lubiyat ichida insoniyatni saqlab qolgan yuraklar haqida roman.

🔥 1. Urush emas, odamlar haqida – Bu asarda jang maydonlari emas, o‘sha maydonlarda yo‘qotilgan insoniylik, orzular, mehr-oqibat va inson qadrini saqlab qolish kurashi bor. Yoshlar uchun bu — haqiqatni ko‘ra olish sabog‘i.

⚡️ 2. Erkinlik, irodaning sinov ostidagi daqiqalari – Har bir sahifa — inson ruhining sindirilishiga qarshi kurash, bu bizni bugungi kunda ham mustahkam tutib turgan qadriyatlar haqida.

🪞3. "Agar adolat qolmagan bo‘lsa, men nima qila olaman?" degan savol bilan yashayotganlar uchun – Bu roman sizni jamiyatga, o‘zingizga, odamlarga bo‘lgan munosabatingizni qayta ko‘rib chiqishga undaydi.

Bu kitob ayniqsa kimlar uchun?

• Tarixni nafaqat o‘rganmoqchi, balki uni his qilmoqchi bo‘lganlar uchun.
• Yaxshilik qayerdadir yashirinib turganiga ishonuvchilar uchun.
• Qiyin davrda o‘zligini yo‘qotmaydigan, yoki o‘zini izlayotganlar uchun.
• Qattiq voqealar ortidagi nozik insoniy tuyg‘ularni ko‘ra oladiganlar uchun.

✒️ Remarkning bu asari – shunchaki urush dramasi emas, ichki qarshilik, halollik va insoniylik haqidagi eng qattiq, ammo eng halol asarlaridan biridir. Yozuvchining uslubi bu yerda ham o‘ziga xos: qisqa, ravon, yurakdan – lekin har bir so‘z ortida chuqur haqiqat yashiringan.

🫂 Remark har doimgidek o‘quvchining ichki dunyosiga yaqin, yelkadoshdek sadoqatli. Bu asar esa — g‘alaba shunchaki bayroq emas, balki halollikni saqlab qolgan yurak ekanining isbotidir.

Narxi: 56.000 so‘m

🚛 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 10.000 so'mdan boshlanadi.

👨‍💻 Telegram: @goldenbooks_admin
📞 Telefon: +998994759755

📚 @goldenbooks_ uz — Biz baxt ulashamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
116❤‍🔥3🔥2👍1👏1💯1
📕 Abu Bakr Subashi: "Xolid ibn Valid. Sinmagan shamshir"

Xolid ibn Valid Allohning kofirlarga qarshi yalang'ochlagan qilichi edilar. U kishining birdan-bir orzulari shahidlik maqomiga erishish edi. Shu sababdan ham janglarga sovutsiz chiqar, shahodat mayiga tashhna jang qilardilar. Biroq Alloh dushmanlariga qarata yalang'ochlangan qilichni sindirishga kimsanning haddi sig'madi. Shu uchyn ham u zot roziyallohi anhu to'shaklarida, kasallikdan vafot etdilar. Umrlari Islomni yoyish, dinva xolis xizmat qilish ila o'tdi. Kitob shu zaylda Turkiyalik ma'daniyat xodimi tomonidan Xolid ibn Valid roziyollohu anhuuning ruhiyatlarini, solih amallarini ochib berishga harakat qilingan.
Narxi: 60.000 so'm


📗 Ali Ibrohim Akram: "Xolid ibn al-Valid. Yengilmas qo'mondon"

Dunyoda islom jang tarixi haqida juda kam maʼlumotlar bor. Hech bir harbiy mutaxassis musulmonlar ishtirokidagi mashhur janglar tarixi haqida tadqiqotlar olib borib, dalillarni sinchiklab o‘rganmagan va ular haqida batafsil maʼlumot yozmagan. Pokistonlik tadqiqotchi general-leytenant A.I. Akramning «Xolid ibn al-Valid» asari mazkur bo'shliqni to'ldirishga xizmat qiladi. Ushbu asar, avvalo, muallifning aniq tarixiy manbalarga asoslangani, qolaversa, muhtasham yillarida sodir bo'lgan janglar va voqealarni jonli tarzda tavsiflagani bilan ahamiyatlidir.
Narxi: 75.000 so'm

🗡 Xolid Ibn Valid roziyollohi anhuning hayotlarini va ruhiyatlarini o'rganish kitobxonda sabr, matonat, vafodorlik va jasorat tuyg'ularini sayqallaydi.

👨‍💻 Ma'lumot va buyurtma uchun @goldenbooks_uz yoki +998994759755 ga murojaat qiling.

📌Toshkent. Chilonzor G-9, 20-uy. Jahon tillari universiteti oldida.
📌Sirdaryo. Guliston shahar, Alisher Navoiy xiyoboni.

📚 @goldenbooks_ uz — Biz baxt ulashamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🥰3🔥2👍1🤩1🌚1
Ertaga juma kuni barcha diniy kitoblarimizni 10% chegirmada xarid qilishingiz mumkin. Chegirma bir kun offline va online xaridlar uchun amal qiladi!

📍Toshkent. Chilonzor G-9, 20-uy. Jahon tillari universiteti oldida.
📌Sirdaryo. Guliston shahar, Alisher Navoiy xiyoboni.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
113🥰3🤩32👏1🎉1🏆1🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
100 yil oldin yozilgan asarlarni o‘qisangiz, xuddi hozirgi zamon haqida yozilgandek tuyuladi. "Yozuvchi buni qanday taxmin qildi ekan?" deb hayron qolamiz. Bunday holatlar ko‘pincha siyosiy, antiutopik va ijtimoiy mavzularga bag‘ishlangan asarlarda uchraydi.

Bunga misol sifatida Jorj Oruellning "1984", "Molxona" hamda Entoni Byorjessning "1985" asarlarini keltirish mumkin.

Sizda shunday taasurot qoldirgan asar nomini izohlarda yozib qoldiring.

Ba’zi asarlarni esa oradan yillar o‘tib, yana bir bor o‘qiganimizda ularning asl mohiyatini chuqurroq anglaymiz. Yuqorida G‘afur G‘ulomning "Shum bola" asari asosida suratga olingan filmidan bir parcha keltirdik.


G‘afur G‘ulomning "Shum bola" asari o‘zbek bolalar adabiyotining durdona namunalaridan biridi 1936-yilda yozilgan bo‘lib, o‘zining lirik-hazil aralash uslubi, qahramonining quvnoq va zukko xarakteri bilan ko‘plab avlodlar qalbidan joy olgan.

"Shum bola" asari hozirgi kunda turli tillarga tarjima qilingan bo‘lib, YUNESKO tavsiya etgan bolalar adabiyoti ro‘yxatiga ham kiritilgan.

@goldenbooks_uz
🔥169🤣7😁1🤯1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abdullah Qodiriy: Bygone days

Bu roman — o‘zbek adabiyotining ilk yirik realistik romani bo‘lib, XIX asr o‘rtalaridagi Qo‘qon xonligi davrida sevgi, erkinlik, siyosat va ijtimoiy o‘zgarishlar to‘qnashuvi haqida hikoya qiladi. Mark Reese tarjimasi asarning tarixiy, til va madaniy rang-barangligini ingliz tilida ham yetkazishga intiladi.

Ingliz tilida o‘qimoqchi bo‘lganlar uchun qiziq jihatlar;
Bygone Days ingliz tilida o‘qiyotgan odam uchun Mark Reese tarjimasida Qo‘qon shahrining bozorlaridagi shovqin, Sharqona hovlilar, milliy kiyimlar va XIX asr feodal tuzumi juda jonli tasvirlangan. O‘quvchi o‘zini xuddi bir vaqt mashinasiga tushib, Markaziy Osiyoning 150 yil avvalgi hayotiga kirib borgandek his qiladi.

Muhabbat va siyosatning chirmashuvi;
Romanning markazida — Otabek va Kumushning pok muhabbati turadi. Ammo bu sevgi atrofidagi intriga va siyosiy o‘yinlar, xonlikdagi fitnalar, zodagonlar o‘rtasidagi raqobat hikoyani faqat romantik emas, balki tarixiy-drama janriga ham olib kiradi.

Sharqona falsafa va xalqona hikmatlar;
Mark Reese tarjimada o‘zbek maqollari va iboralari juda ehtiyotkorlik bilan o‘girilib, asl ma’nosini saqlab qolishga harakat qilingan. Masalan, “Sabrning tagi — sariq oltin” kabi jumlalar ingliz tilida ham o‘z ta’sirini yo‘qotmaydi.

Tarjimonning izoh va qo‘shimchalari;
Mark Reese ingliz o‘quvchisiga tushunarsiz bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarixiy voqealar, joy nomlari, diniy atamalar haqida izohlar bergan. Bu esa kitobni faqat badiiy asar emas, balki madaniyat va tarix bo‘yicha qo‘llanma darajasiga olib chiqadi.

Muqova: Qattiq
Hajmi: 488 bet
Narxi: 120.000 so'm

Kitobni shu manzilalrdan topishingiz mumkin;

📌Toshkent. Chilonzor G-9, 20-uy. Jahon tillari universiteti oldida.
📌Sirdaryo. Guliston shahar, Alisher Navoiy xiyoboni.

@goldenbooks_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥52🤯2😇2❤‍🔥1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🫀 Bu kitoblarni ko'pi do'konimizda bor. Lekin ko'pchiligimizni qalbimizda uchramaydi..

Video do'konimizdagi shunday voqealar asosida olingan.


@goldenbooks_uz
134😭17🔥13❤‍🔥3👏2🤯1💯1
2025/10/25 17:38:59
Back to Top
HTML Embed Code: