Telegram Web Link
Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.

Oʻqish ingliz tilida, biroq ariza topshirishda til sertifikati (IELTS va hk) talab etilmaydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
– 1 yil davomida oylik stipendiya
– Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nailekhanim-foundation-ayol-qizlarning-magistratura-yoki-phd-bosqichini-ozarbayjonda-oqishi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
International Merit Postgraduate Scholarship: Britaniyada magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar; joy 75 ta!

Sheffild universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun qisman grantlar taklif etmoqda. Grantlar 2024-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun beriladi.

Grant imtiyozi: Grant kontrakt summasi uchun 10 000 funt-sterling chegirma qiladi. Jami 75 nafar talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 12-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-merit-postgraduate-scholarship-britaniyada-magistraturani-oqish-uchun-qisman-grantlar/

@grantlar
Webinarga tayyormisiz: NSP — hujjat topshirish, formal talablar, baholanish tartibi, "rejection" sabablari

Agar siz NSP dasturi bo'yicha hujjat topshirayotgan bo'lsangiz, 13-aprel kuni bo'lib o'tadigan onlayn webinarga taklif qilamiz.

Webinat tashkilotchilari: Grantlar.uz hamkorligida NSP bo'yicha mentorimiz, ushbu dastur 3 karra g'olibasi Ozodaxon O'ktamova tomonidan olib boriladi.

Webinar kimlar uchun?
Webinar NSP dasturiga topshirayotgan barcha kategriyadagilar — talabalar, PhD talabalari, tadqiqotchilar, universitet o'qituvchilari uchun. Qabul xati olgan va olmaganlar ham qatnasha oladi

Nimalar o'rgatiladi:
Dasturga hujjatlarni yuklashda yuzaga keladigan eng ko'p muammolar, anglashilmovchilik va xatolar haqida. Bahonalish tartibi haqida.

NSP dasturiga hujjat topshirganingizda hujjatlar 2 bosqichda tekshiriladi:
1-bosqich: formal talablar, ya'ni dastur uchun boshlang'ich talablar, imzo, pechat, sanalar, diplom, transkriptlar va boshqa muhim jihatlatlar.

Shu bosqichdan o'tsagina, hujatlar keyingi bosqichda tekshiriladi, aks holda hujjatingiz, profilingiz qanchalik zo'r bo'lmasin, hujatlaringiz tekshirilmaydi va avtomatik "rejection" olasiz

2-bosqich: bunda tayyorlangan hujjatlar, yutuq va maqsadlarga qarab ballik tizimda baholanadi. Bafurja webinarda aytiladi.

🎁Bonus: Webinar so'nggida 2 kishi tanlab olinadi va hujjatlari bepulga tekshirib beriladi.

Dasturga ro'yxatdan o'tish, hujjatlarni to'liq yuklash va topshirish ko'rsatiladi. Webinarda qatnashish istagidagilar @gn_work ka murojaat qilishi mumkin.

@Grantlar_namuna
Ijtimoiy himoya milliy agentligidan “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi

Tanlovda Oʻzbekiston hududidagi oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat va magistratura bosqichining oxirgi kursida oʻqiyotgan talabalar qatnashishi mumkin.

Tanlovga ijtimoiy himoya mavzularidagi bitiruv malakaviy ishlari va dissertatsiyalar qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: Noutbuk
– 2-oʻrin: Plaud
– 3-oʻrin: Planshet

Ishtirok etish uchun arizalar 2025-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ijtimoiy-himoya-milliy-agentligidan-tanlov/

@grantlar
AQSHda magistraturani o'qish Fulbright Foreign Student Program granti!

Dastur magistraturani AQSHda deyarli barcha sohalar boʻyicha toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kimlar ariza topshira oladi?

Ingliz tilini yetarli darajada biluvchi, kamida bakalavrlik diplomi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
– J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
– Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi.
– AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.

Arizalar 2025-yil 25-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/

Foydali:

👉 Fulbright dasturining suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimiz hujjatlari

👉 Shu dasturni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar
Einstein Fellowship: Albert Eynshteynning uyida 6 oylik tadqiqot; 10 000 yevro stipendiya, yo’l xarajatlari qoplanadi!

Bu dasturda ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar sohasida kamida bakalavrlik darajasiga ega va 35 yoshdan oshmagan nomzodlar oʻz tadqiqot loyihasi bilan qatnashishi mumkin (ingliz tilida).

Qabul qilingan qatnashchilar 5-6 oy Eynshteynning yozgi uyida (Germaniya) yashab, loyihasi ustida ishlaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– 10 000 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/einstein-fellowship-albert-eynshteynning-uyida-6-oylik-tadqiqot-10-000-yevro-stipendiya-beriladi-va-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
Amerika elchixonasi tomonidan xarajatlari qoplanuvchi “English for IT 2025” yozgi oromgoh dasturi

Dasturda Nukus, Buxoro, Fargʻona, Samarqand va Toshkentda yashovchi 9-10-sinf maktab oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Qabul qilinganlar tegishli shaharlarda 17 kun davomida ingliz tilini yaxshilash, IT koʻnikmalarini va ijtimoiy koʻnikmalarni yaxshilash mashgʻulotlarida qatnashadi (ingliz tilida).

Manfaatli jihatlari:
– Dastur bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi
– Mahalliy va amerikalik mutaxassislar tomonidan olib boriladigan mashgʻulotlarda qatnashish

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/english-for-it/

@grantlar
Xitoyda barcha bosqich talabalari uchun to‘liq moliyalashtiriladigan yozgi maktab

Yer fanlari, atrof-muhit fanlari, ekologiya, biologiya, kimyo, fizika/mexanika yoki tegishli sohalarda tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura yoki doktorantura talabalari qatnashishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2025-yilning iyun-iyul oylarida oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Moddiy imtiyozlar:
– Registratsiya, ishtirok etish xarajatlari qoplanadi
– Bepul turar joy, oziq-ovqat va tibbiy sugʻurta taʼminlanadi
– Eng yaxshi nomzodlarga xalqaro safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi
– Maxsus sertifikat va boshqalar

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ucas-summer-school/

@grantlar
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2414 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (754 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1131 dollar).

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Yovvoyi tabiatga oid fotosuratlar tanlovida ishritok etib, 1000 funt sterlinggacha mukofot yutib oling!

Tanlov 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– 18 yosh va undan kattalar
– 18 yoshdan kichiklar

Ishtirokchilar biologik xilma-xillik va yovvoyi tabiat yashash muhitining tiklanishi aks etgan fotosuratlar bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar
– 18 yosh va undan kattalar kategoriyasi gʻolibiga 1000 GBP (1291 AQSH dollari)
– 18 yoshdan kichiklar kategoriyasi gʻolibiga 500 GBP (645 AQSH dollari)

Arizalar 2025-yil 19-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tabiatni-suratga-tushirishni-yoqtirasizmi-fotosuratlaringiz-bilan-tanlovda-ishtirok-etib-1000-funt-sterling-yutib-oling/

@grantlar
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2025-yil 10-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 130 ta!

Mannheim universiteti bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun taxminan 130 ta grant taklif etmoqda.

Grantlar universitetdagi istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 300 yevro stipendiya
– Taqdirlash marosimi
– Amaliyot, turli tadbirlarga takliflar imkoniyati

Qabul muddatlari:
– Bakalavriat uchun 2025-yil 3-iyundan 16-iyulgacha;
– Magistratura uchun 2025-yil 1-apreldan 2-iyungacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/deutschland-scholarship/

@grantlar
Kanada: dunyoning 30-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, huquq, musiqa, informatika, moliya, biznes boshqaruvi, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3500 dollargacha grant

Arizalar 2025-yil iyun oyi boshidan 20-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2026-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1432 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 781 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 1-iyundan 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
IELTS Speaking ballini oshirishning sakkiz yoʻli

Speaking boʻlimi oson emas, chunki imtihon oluvchi bilan yuzma-yuz turgan holda, bir vaqtning oʻzida savollarga tezkor javob qaytarish, toʻgʻri talaffuz qilish, fikrlarni tartibli yetkazish va boshqalarni bajarish talab etiladi.

Bugungi postda Speaking vaqtida vaziyatni nazorat qilish va yuqoriroq ball olishga yordam beruvchi maslahatlar bilan tanishasiz.

👉 MASLAHATLAR BILAN TANISHISH

@grantlar
Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar!

56th World Gallery of Cartoons – Skopje 2024 tanloviga ishlar qabul qilinmoqda. Tanlovda rasm chizishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 1500 dollar va maxsus haykalcha;
– 1-o’rin: 1000 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 2-o’rin: 500 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 5 nafar 3-oʻrin sohiblari va 5 nafar maxsus mukofot sohiblari maxsus yorliq nishon bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2025-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-gallery-of-cartoons-skopje-tanlovi/

@grantlar
Qozogʻiston: Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun Qozogʻiston hukumati grantlari; joy 550 ta!

Bu dastur doirasida Qozogʻistondagi 37 ta universitetda, istalgan bosqich va yoʻnalishda oʻqish uchun grant yutib olish mumkin.

Nomzod qaysi tilni bilishiga qarab, ingliz, rus yoki qozoq tilida oʻqitiladigan dasturni tanlay oladi.

Arizalarni ingliz, rus yoki qozoq tilida topshirish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– Oylik stipendiya beriladi

Arizalar 2025-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/qozogiston-bakalavriat-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-qozogiston-hukumati-grantlari/

@grantlar
Charlz universitetidan grant: Matematika yoʻnalishida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 246) matematika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PMTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-mathematics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
Charles University: Chexiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 246) Computer Science - Language Technologies and Computational Linguistics magistrlik dasturi uchun 1 ta toʻliq grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻliq qoplanadi
– Yiliga 4800 yevro stipendiya

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/computational-linguistics-scholarship/

@grantlar
Janubiy Koreyaga o'qishga kirishga hali kech emas

📅 Aprel oyida qabul yakunlanadi

@Grantlar_namuna jamoasi Janubiy Koreya oliygohlariga bakalavr va magistraturaga hujjat topshirish xizmatini taklif qiladi.

🎯 Quyidagi universitetlarga hujjat topshiramiz:

🏫 Sejong University– QS reytingi: #396
🏫 Sahmyook University – QS reytingi: #801-850
🏫 Chonnam National University – QS reytingi: #891–900

IELTS 5.5 va undan yuqori natijaga ega nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin.

📚 Xizmatga nimalar kiritilgan?

Onlayn ariza to‘ldirishda to'liq yordam
Motivatsiya xati va o‘qish rejasini yozishda amaliy ko‘mak
Rasmiy tarjima, apostil, pochta orqali yuborish — hammasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko'rsatish (o'zingiz qilasiz)
Qaysi yo‘nalishni tanlash haqida maslahat va yo‘nalish

💡 Yaxshi ko'rsatkichlarga ega talabalarga grantlar mavjud!

📌 Bakalavr va magistratura bosqichlari uchun qabul Aprel oyi oxirgacha, ba'zi hollarda, May oyi boshigacha davom etadi.
👥 Sizga tajribali jamoa xizmat ko'rsatadi.

Xizmat narxi va boshqalar haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling: @essay_services
2025/07/02 11:17:24
Back to Top
HTML Embed Code: