Telegram Web Link
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatordan oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 500 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2025-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2000 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2025-yil 12-iyungacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar
Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 10 ta!

Ushbu insho (esse)lar tanlovida 2 kategoriya boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Talaba ketagoriyasi: bakalavr, magistr, PhD bosqichi talabalari va oʻqishni endi bitirganlar uchun
– Mutaxassis kategoriyasi: hozirda ishlayotganlar uchun

Mukofotlar

Sovrinli oʻrinlar 10 ta. Gʻoliblar oʻz olgan oʻrniga qarab quyidagi mukofotlarning barchasi yoki bir nechtasini qoʻlga kiritadi:
– 2000 yevrogacha pul mukofoti
– 2025-yilgi forumda qatnashish (Vena shahrida); bunda safar va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat
– Harvard Business Review nashriga 1 yillik obuna
– Tanlov ishtirokchilari hamjamiyatlariga qoʻshilish

Insholar 2025-yil 24-may, 19:00 gacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peter-drucker-challenge-esselar-tanlovi/

@grantlar
Dunyoning 27-raqamli universitetida tibbiyot sohasida magistratura kurslarini onlayn oʻqish uchun toʻliq grant!

Britaniyadagi Edinburg universiteti onlayn magistratura kurslarida oʻqishni xohlovchilarga Edinburgh Surgery Online Global Scholarships grantlarini taklif qiladi.

Bu grantlar quyidagi magistrlik kurslarini onlayn tarzda oʻqish uchun ajratiladi:
– MSc in Surgical Sciences
– ChM in General Surgery
– ChM in Trauma & Orthopaedics
– ChM in Urology
– ChM in Vascular & Endovascular

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini (tuition fee) toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2025-yil 5-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/edinburgh-surgery-online-global-scholarships/

@grantlar
Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi mavjud.

Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha tibbiyot sohasida amaliyot oʻtagan va hozirda Germaniyada shifokor boʻlib ishlayotgan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur, uning talablari, hujjat topshirish jarayoni va boshqa qimmatli maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-fsj-dasturi-boyicha-amaliyot-otagan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2025-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
Grantga hujjat topshirishdagi muhim qoida: qabulning oxirgi kunini kutmang

Biror grant yoki dasturga ariza topshirishni oxirgi kun/daqiqaga taqash bir qancha koʻngilsiz oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin.

Batafsil:

👉 Video shaklida tanishish

👉 Matn shaklida tanishish

@grantlar
Allan and Nesta Ferguson Charitable Trust scholarships: Magistraturani Britaniyada o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

Grantlar Sheffield universitetida huquq, iqtisod, sogʻliqni saqlash, jurnalistika, ekologiya, siyosat kabi sohalarga oid bir qancha magistrlik dasturlarida oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Yashash xarajatlari uchun 16 500 dollar stipendiya

Arizalar 2025-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/allan-and-nesta-ferguson-charitable-trust-scholarships-for-masters/

@grantlar
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2025- yoki 2026-yil bitiradiganlar yoki 2024-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2025-yil 6-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar
Dunyoning 34-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Britaniyadagi Manchester universiteti buxgalteriya va moliya hamda biznes va boshqaruvga oid 16 ta magistrlik kurslarida oʻqish uchun Alliance MBS grantini taqdim etadi.

Bu grant har yili kuzgi semestrdan oʻqish uchun taklif etiladi va tegishli magistrlik kurslariga ariza topshirganlar avtomatik tarzda ushbu grantda talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini toʻlashdan qisman ozod qilinadi.

Hozirda 2025-yil kuzidan boshlab oʻqish uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.

Ariza topshirishning oxirgi sanasi tanlanadigan dasturga qarab farq qiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-manchester-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
The Geneva Challenge 2025 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat!

Tanlovda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari 3-5 kishilik jamoa boʻlib qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki fransuz tilida yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishdagi qiyinchilar boʻyicha loyiha (yechim) ishlab chiqiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin (1 ta jamoa): 11 160 dollar;
– 2-oʻrin (2 ta jamoa): 5600 dollardan;
– 3-oʻrin (2 ta jamoa): 2800 dollardan mukofot bilan taqdirlanadi.
– Bu 5 ta jamoa Shveytsariyaga taqdimot uchun taklif etiladi (borib kelish, turar joy va viza xarajatlari qoplanadi).

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2025-yil 1-may, soat 02:59.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-geneva-challenge-tanlovi-pul-mukofoti-va-shveytsariyaga-sayohat/

@grantlar
Dunyoning eng nufuzli grantlaridan biri – MEXT (Research Student) grantiga qabul boshlandi!

Mazkur grant Yaponiyada magistratura yoki doktoranturada istalgan soha bo'yicha oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Yaponiyaga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
1020 AQSH dollarigacha miqdorda oylik stipendiya beriladi.
Kontrakt toʻlovi va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplab beriladi.

Nomzod oʻqish uchun ingliz yoki yapon tilini tanlashi mumkin.

Qabul 2025-yil 23-may soat 17:00 gacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/magistratura-uchun-yaponiyaning-mext-stipendiyasi-haqida-bilasizmi/

@grantlar
MEXT Undergraduate Students: Yaponiyada bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant va oylik 820 dollar stipendiya!

Bu dastur Yaponiyada deyarli barcha sohalar boʻyicha bakalavriat bosqichida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Talaba ingliz yoki yapon tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Yaponiyaga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
– 820 AQSH dollari miqdorda oylik stipendiya beriladi.
– Kontrakt toʻlovi va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplab beriladi.

Arizalar 2025-yil 23-may 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mext-talaba-dasturi-yaponiyada-bakalavriatni-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-11000-dollar-stipendiya/

@grantlar
Bugun Yaponiyada bakalavriatni oʻqish uchun “MEXT Undergraduate Students” toʻliq granti post joylagandik.

Grantlar.uz jamoasi mazkur grantni qoʻlga kiritgan va hozirda Yaponiyada tahsil olayotgan hamyurtimiz – Azimov Sarvar bilan suhbat qilgan.

Sarvar suhbatda bu grantga qabul jarayoni va uni qo'lga kiritish borasidagi qimmatli tajribasi bilan bo'lishgan.

Suhbatni quyidagi havol orqali oʻqishingiz mumkin👇
https://grantlar.uz/blog/yaponiyada-oqish-uchun-mext-talaba-toliq-grantini-yutib-olgan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
📣Kuzgi semestr E-VISA qabuli
🇰🇷 JOONGBU UNIVERSITY

Siz bilgan va ishongan JOONGBU UNIVERSITETI vakillari KUZGI QABUL uchun kelishmoqda.

📍Shahar: SEUL (Goyang Campus) va Daejeon (Chuncheong Campus)
🪪Visa turi: D-2-2, D-2, D-4, E-Visa
D-2-2 — Bakalavr - Topik3+
- IELTS 5.5+
D-2 - Magistr/PhD - Topik3+
- IELTS 5.5+
D-4 —— Til kursi - Topik1/2
E-Visa —Master - Topik3+
- IELTS 5.5+

🎓Yo'nalishi:
🟠Bakalavr
🟠Magistratura
🟠Doktorantura

💲SCHOLARSHIP

Hujjatlar to’g’ri bo'lsa, VIZA chiqish ko'rsatgichi 💯

⚠️Qabullar boshlangan, zudlik bilan SILK ROAD ACADEMYASI xodimlariga aloqaga chiqing.

❗️Deadline: 21-aprel

📆SUHBAT SANALARI VA MANZILLARI

📞Bog'lanish
+998781139303

➡️ REGISTRATSIYADAN O'TISH ⬅️

Ijtimoiy tarmoqlar:
❤️INSTAGRAM ❤️TELEGRAM
❤️FACEBOOK ❤️YOU TUBE
😀Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2025-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
Amerika elchixonasi tomonidan xarajatlari qoplanuvchi “English for IT 2025” yozgi oromgoh dasturi

Dasturda Nukus, Buxoro, Fargʻona, Samarqand va Toshkentda yashovchi 9-10-sinf maktab oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Qabul qilinganlar tegishli shaharlarda 17 kun davomida ingliz tilini yaxshilash, IT koʻnikmalarini va ijtimoiy koʻnikmalarni yaxshilash mashgʻulotlarida qatnashadi (ingliz tilida).

Manfaatli jihatlari:
– Dastur bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi
– Mahalliy va amerikalik mutaxassislar tomonidan olib boriladigan mashgʻulotlarda qatnashish

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/english-for-it/

@grantlar
ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar!

Tanlovda mahalliy darajada Barqaror rivojlanish uchun taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan, shu sohaga oid mashgʻulotlarni amalga oshirayotgan tashkilotlar oʻz loyihasi bilan qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki yapon tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar: 2 tagacha eng yaxshi loyihaga 3 ming dollar mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/esd-okayama-award-tashkilotlar-uchun-talim-boyicha-mahalliy-loyihalar-tanlovi/

@grantlar
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1523 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
2025/07/02 01:30:44
Back to Top
HTML Embed Code: