Telegram Web Link
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korean Language Speaking Contest: Koreys tilida nutq soʻzlash tanlovida 1700 dollargacha yutib oling!

Tanlovda koreys tilini biluvchi koreyalik boʻlmagan barcha xorijlik nomzodlar va xorijda yashayotgan koreyslar qatnashishi mumkin.

Nomzodlardan berilgan mavzulardan biri boʻyicha koreys tilida nutq soʻzlab, uni videoga olish va uni YouTubeʼga joylash talab etiladi.

Mukofotlar:
Jami sovrinli oʻrinlar soni 13 ta. Gʻoliblar 200 AQSH dollaridan 1700 AQSH dollarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 27-aprel, 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/korean-language-speaking-contest/

@grantlar
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 100 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar mavjud

Bu yilgi yozgi maktab mavzusi – Marketing in the AI Era: Insights, Engagement, Innovation. Yozgi maktab 2025-yil 10-24-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab toʻlovi uchun toʻliq yoki qisman grantlar takif etiladi. Oʻz hisobidan qatnashish ham mumkin.

Imkoniyatlari

Qabul qilingan 40 dan ortiq ishtirokchi quyidagi sharoitlar bilan taʼminlanadi:
– Turar joy
– Kuniga 3 mahal ovqat
– Aerorportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport
– Dam olish kunlarida barcha xarajatlari qoplanadigan ekskursiya
– Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bucharest-summer-university-ruminiya/

@grantlar
Worldpackers: Dunyo bo'ylab sayohat qilishning kamxarj usuli

Qanday qilib kamroq pul sarflab, ko'proq sayohat qilsam ekan, deb o'ylanayotganlar uchun maxsus maqola.

Ushbu maqolada Yevropa va Osiyo bo'ylab deyarli bepul sayohatga chiqqan o'zbek qizi oʻzining shaxsiy tajriba va tavsiyalari bilan bʻ'lishadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/worldpackers-dunyo-boylab-bepul-sayohat/

@grantlar
Tech Briefs: Innovatsion texnologiyalar boʻyicha tanlov; bosh mukofot 25 ming dollar!

Har yili oʻtkaziladigan Create the Future Design tanloviga inson hayotini yengillashtirish boʻyicha yangi ixtirolar, texnika va texnologiyalar dizaynlari/gʻoyalari qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Bosh mukofot: 25 ming dollar
– 7 ta kategoriya gʻolibining har biriga alohida mukofot
– En ommabop 10 ta ish muallifiga alohida mukofot
– Yuqori baholangan 100 ta ish egalariga maxsus sertifikat

Ishlar 2025-yil 1-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tech-briefs-aqshda-innovatsion-texnologiyalar-boyicha-tanlov/

@grantlar
Central Asian Youth Simulation 2025: Markaziy Osiyo va Afg‘onistondan bo'lgan yoshlar uchun 2 kunlik dastur

Dasturda Ingliz tilida soʻzlasha oladigan 9-11-sinf maktab o’quvchilari hamda universitet talabalari qatnashishi mumkin.

Dastur dastlab Toshkent, Bishkek va Dushanbedagi mashgʻulotlar, keyinchalik (2025-yil 31-may – 1-iyun) Qozogʻistondagi Grand finaldan iborat.

Manfaatli jihatlar:
– Seminarlar, muhokama va boshqa mashgʻulotlar orqali malaka oshirish
– Ishtirok etish bepul
– Qozogʻizdagi Grand finalga chiqqanlar uchun safar va yashash xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat va boshqalar

Arizalar 2025-yil 14-may, 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-asian-youth-simulation/

@grantlar
Aksariyat talabalar xorijda o'qish paytida ishlashni ham rejalashtiradi.

Xo'sh, xorijda ham o'qib, ham ishlamoqchi bo'lganlar nimalarga e'tibor qaratishi kerak?

Bugun shu haqida qisqacha to'xtalamiz.

👉 VIDEONI SHAKLIDA KO'RISH👈

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

@grantlar
Youth Vision Debate Tournament 2025: Markaziy Osiyo va Afg‘onistondan bo’lgan oʻquvchi va talabalar uchun munozara musobaqasi

Ushbu dastur mashgʻuloarlari 2025-yil 8-9-iyun kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Dasturda Markaziy Osiyo mamlakatlari yoki Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan 10–11-sinf o‘quvchilari va universitet talabalari qatnashishi mumkin.

Manfaatli jihatlar:
– Ishtirok etish bepul
– Yetakchilik, jamoada ishlash va nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish
– Yangi do‘stlar orttirish
– Yoʻl va yashash xarajatlari qoplanadi
– Rasmiy sertifikat

Arizalar 2025-yil 24-may 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-vision-debate-tournament/

@grantlar
AUC Excellence Scholarship Program: bakalavriatni Misrda oʻqish uchun 100% gacha grantlar!

Qohiradagi Amerika universiteti bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqish uchun grantlar taklif qiladi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant miqdori: Talabalarga iqtidori va moliyaviy holatiga qarab, kontrak summasi uchun 20-100% lik grantlar taqdim etiladi.

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi (2025-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/auc-excellence-scholarship-program-bachelors/

@grantlar
Top 100 Uni Camp: Top universitetlarga topshirmoqchi boʻlganlar uchun 1 haftalik yozgi lager

Toshkent viloyatida oʻtkaziladigan ushbu lagerda top universitetlarga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan maktab yoki akademik litsey/kollej o‘quvchilari va magistraturaga tayyorlanayotgan bakalavrlar qatnashishi mumkin.

Imkoniyatlar:
– Oʻzbekiston fuqarolari uchun qatnashish bepul, chet ellik fuqarolar uchun qatnashish haqida grantlar mavjud
– Motivatsiya xati yozish, suhbatlarga tayyorgarlik va stipendiya izlash kabi mashgʻulotlar
– Yangi doʻstlar orttirish imkoniyati

Arizalar 2025-yil 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/top-100-uni-camp/

@grantlar
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2025-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
Qozogʻiston: Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun Qozogʻiston hukumati grantlari; joy 550 ta!

Bu dastur doirasida Qozogʻistondagi 37 ta universitetda, istalgan bosqich va yoʻnalishda oʻqish uchun grant yutib olish mumkin.

Nomzod qaysi tilni bilishiga qarab, ingliz, rus yoki qozoq tilida oʻqitiladigan dasturni tanlay oladi.

Arizalarni ingliz, rus yoki qozoq tilida topshirish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– Oylik stipendiya beriladi

Arizalar 2025-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/qozogiston-bakalavriat-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-qozogiston-hukumati-grantlari/

@grantlar
Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.

Oʻqish ingliz tilida, biroq ariza topshirishda til sertifikati (IELTS va hk) talab etilmaydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
– 1 yil davomida oylik stipendiya
– Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nailekhanim-foundation-ayol-qizlarning-magistratura-yoki-phd-bosqichini-ozarbayjonda-oqishi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
KAIST EE Camp 2025: Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi oromgoh!

Dasturga KAIST universitetida elektrotexnika boʻyicha magistraturani oʻqishga qiziquvchi talabalar ariza topshirishi mumkin.

Oromgoh mashgʻulotlari 2025-yil 25-26-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Borish va qaytish uchun aviachipta xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi

Arizalar 2025-yil 23-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-ee-camp-koreyada-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-yozgi-oromgoh/

@grantlar
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2025-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
11- sinf bitiruvchilari albatta bilishi kerak!

📢Endi 11- sinf bitiruvchilari ham KDB bank hisobisiz Janubiy Koreyaning top universitetlari talabasi bo'lishi mumkin.

Bu universitetga topshirishning o'ziga xos qulayliklari mavjud.
– Istalgan yo'nalishga topshirish mumkin
– 100% gacha Scholarship
– 2 000 000 vongacha stipendiya
– Qulay va arzon yotoqxona
– Viza chiqish foizi yuqori

Viza uchun:
– 1 oylik KDB bank schyoti kerak emas
– Ota-ona yillik daromadi so'ralmaydi
– Tugʻilganlik haqida guvohnoma va ota-ona pasportlari kerak emas
– Viza to'lovi
– Firma to'lovi
Talablar:
Topik 3 / IELTS 5.5 va undan yuqori

❗️Universitet vakillari bilan suhbat kuni: 01.05.2025

‼️Atiga 10 nafar talaba qabul qilinadi.

Hoziroq biz bilan bo'g'laning

📞+998952620505
📝@Konkuk_Guide

❗️BU MUHIM: Universitet dunyoda top 721-730 talikka kiradi.
AQSHda magistraturani o'qish Fulbright Foreign Student Program granti!

Dastur magistraturani AQSHda deyarli barcha sohalar boʻyicha toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kimlar ariza topshira oladi?

Ingliz tilini yetarli darajada biluvchi, kamida bakalavrlik diplomi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
– J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
– Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi.
– AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.

Arizalar 2025-yil 25-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/

Foydali:

👉 Fulbright dasturining suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimiz hujjatlari

👉 Shu dasturni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2025-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
2025/06/30 06:57:45
Back to Top
HTML Embed Code: