Telegram Web Link
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
#dolzarb90kun

Yozgi ta’tilda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Guliston davlat universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari o'quv yili davomida egallagan bilim va malakalarini amaliyotda qo'llab, viloyatimizning ko'plab tibbiyot muassasalarida malakaliy shifokorlar qo'l ostida faoliyat yuritib ularning ko'p yillik tajribalarini o'rganmoqdalar
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
TAASSUROT

Bu yilgi 30-iyun yoshlar kuni men uchun juda boshqacha o'tdi . Faxrlanib ayta olamanki, bu kun hayotimdagi eng zavqli va esda qolarli kun bo'ldi deb baralla aytishim mumkin. Buning uchun biz talabalarga barcha sharoitlarni yaratib bergan ustozimiz Muxsin Xodjiyevga minnatdorlik bildiraman.

Prezidentimizning yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqotda bo‘lishi, har bir fikrga e’tiborli yondashganlari meni chuqur hayajonga soldi. Hurmatli prezidentimiz yoshlarning orzu-umidlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, kasb egallashi va mustaqil fikr yurituvchi shaxs bo‘lib yetishishiga alohida urg‘u berdilar. Bu esa menga kuch va ishonch bag'ishladi. Shuningdek, prezidentimiz birinchi qatorda o'tirgan yoshlar yetakchimiz bilan alohida muloqot qildilar. Men shu onda yetakchimizga juda havas qildim. Hatto prezidentimiz Yorqin aka bilan alohida suratga ham tushdilar. Bu jarayonni kuzatib turib, faol yoshlar safida bo'lish naqadar yaxshi ekanligiga amin bo'ldim.

Uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan katta konsert ham juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Sahnadagi chiqishlar, milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, raqslar va jonli ijrolar barchani ruhlantirdi. Mashhur san’atkorlarning chiqishlari bilan birga yosh ijodkorlarning ham sahnaga chiqishi bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Har bir daqiqa, har bir ohang qalbimda yorqin iz qoldirdi.
Hammasi uchun rahmat, jonajon universitetim!

Olmosjon NEGMATOV,
GulDU Yoshlar ittifoqi faoli, volontyor

#Prezident_bilan_uchrashuv
#GulDU
#Yoshlar_ittifoqi
#Dolzarb_90kun

🔺Bizni kuzatishda davom eting...

📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎Telegram 😎Instagram
😎Facebook 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
Bugun Guliston davlat universiteti liderlari va iqtidorli talabalari ishtirokida
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi “Bir talabaga bir loyiha” o‘quv akseleratsiya dasturi bo‘lib o‘tdi.

O‘quv kursi jarayonida iqtidorli talabalar o‘z g‘oyalarini loyiha darajasiga etkazish bo‘yicha talablar va tartib-qoidalar bilan tanishishdi.

Loyihalar taqdimoti uchun talablar, taqdimot o‘z ichiga qanday ma'lumotlar joylashishi kerakligi haqida tushuncha berildi.

Har bir ishtirokchi qisqa chiqish ko‘rinishida o‘z g‘oyalari va loyihalari to‘g‘risida ma'lumot berishdi.
Bunday chiqish tashkillashtirishdan maqsad, loyihachilarning o‘z loyihalari to‘g‘risida aniq ma'lumotlar berishi, chiqish vaqtida hayajonni bartaraf etishga ko‘mak berish.

#Dolzarb90Kun
#GulDU
#GulDU_Yoshlar_akademiyasi
2025/07/04 07:56:06
Back to Top
HTML Embed Code: