Telegram Web Link
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
#Dolzarb_90_kun
#Ishlab_chiqarish_texnologiyalari_fakulteti
🔹"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi ta'til davrida Guliston davlat universiteti talabalarining bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan
CHORA TADBIRLAR DASTURI

ga asosan Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti talabalarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni amaliy faoliyatga yaqinlashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi tomonidan "Yosh agrotexnologlar" nomli to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, to‘garak doirasida talabalar:
Zamonaviy texnologiyalar bilan tanishmoqdalar, soha mutaxassisi S. To'xtamishev bilan "Donli ekinlarni yig'ib terib olish va qabul qilishni tashkil etish" mavzusida mahorat darslarida qatnashmoqdalar.
👉 Maqsad — yoshlarni kasbga yo‘naltirish, innovatsion fikrlashni shakllantirish va ularni kelajakdagi faoliyati uchun tayyorlashdir.
#diqqat_tanlov

Hujjatlar qabuli shu oyda yakunlanadigan tanlovlar ⬇️


📥 Xalqaro reyting va indekslarni birga tadqiq etamiz!
Muddat: 10.07.2025

📥 Farmatsevtika yo‘nalishidagi amaliy loyihalar tanlovi
Muddat: 15.07.2025

📥 “O‘zbekiston-Rossiya” xalqaro qo‘shma tanlovi
Muddat: 15.07.2025

📥 Seysmologiya sohasidagi muammolarni birga hal qilamiz!
Muddat: 16.07.2025



Hujjatlar qabuli Avgust oyining 1-sanasida yakunlanadigan tanlovlar⬇️


📥 Elektrotexnika sohasidagi innovatsion loyihalar tanlovi
Muddat: 01.08.2025

📥 Davlat maqsadli dasturi tanlovi
Muddat: 01.08.2025

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
#Dolzarb_90_kun

🗓 2025-yil 4-iyul kuni
🏛 Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjiyev tashabbusi bilan universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor K.K.Kudratov "Dolzarb 90 kun" tadbirlari doirasida
"Bolaga kitob bering"

shiori ostida Guliston shahrida joylashgan 5-umumta'lim maktabining bir qator shijoatli o'quvchi-yoshlari bilan uchrashuv tashkil etish maqsadida tashrif buyurdi.

Tashkil etilgan uchrashuvdan ko'zlangan maqsad yozgi tatil davomida o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaa etishga yanada qiziqishini oshirish, yoshlarning ongida yoshlikdan ma'naviy yetuklikka erishish uchun zarur choralarni ko'rish belgilangan.


📚 Tadbir davomida masullar tomonidan o'quvchi-yoshlarga kitoblar sovg'a qilindi.
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
TAASSUROT

2025-yil 30-iyun. Yoshlar kuni. Ushbu kun hayotimda unutilmas, umrimning tarix zarvaraqlaridan joy olgan voqealar hamda xotiralarga juda boy boʻldi. Chunki bu kunda birinchi bor davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan uchrashuvda qatnashdim.
Bu kundagi kayfiyat va taassurotlarni taʼriflashga til ojiz, aʼlo darajada!!!

Muhtaram Prezidentimizning soʻzlari, yoshlar uchun qilayotgan yangiliklari menga kuchli motivatsiya berdi hamda yangi gʻoyalar yuzaga kelishiga sababchi boʻldi. Tadbirda davlat mukofoti bilan taqdirlangan yoshlarga juda havas qildim va keyingi "Yoshlar kuni"da men ham shunday yoshlar qatorida boʻlishni niyat qildim.

       Eng asosiysi shundaki, xalq uchun, porloq kelajagimiz uchun harakat, mehnat qilishga yanada ishtiyoqim oshdi!
        Rasmiy tadbirdan soʻng biz uchun tashkil qilingan gala konsertda ham qatnashib , ushbu kundagi taassurotlarimni yanada boyitdim. Yurtimizning taniqli sanʼatkorlari bilan jonli tarzda koʻrishish ham boshqacha....
        BUNDAY NUFUZLI TADBIRDA QATNASHISH HAMMAGA HAM NASIB QILMAYDI, SHUNDAY EKAN BIZ BU NUFUZGA KERAGIDAN ORTIQROQ MUNOSIB BOʻLISHGA HARAKAT QILISHIMIZ LOZIM!!! YAXSHIYAMKI, GULDU TALABASI, YOSHLAR ITTIFOQI KOORDINATORI EKANMAN.
MENGA SHUNDAY IMKONIYAT BERGAN UNIVERSITETIMGA, REKTORIMIZGA RAHMAT AYTAMAN.

Oʻrolboy RAXMATULLAYEV,
Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar yoʻnalishi koordinatori


#Prezident_bilan_uchrashuv
#GulDU
#Yoshlar_ittifoqi
#Dolzarb_90kun

🔺Bizni kuzatishda davom eting...

📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎Telegram 😎Instagram
😎Facebook 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Dolzarb 90 kun | GulDU
UNIVERSITET VA MAKTAB HAMKORLIGI

Guliston davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Kozimjon Kudratov Guliston shahridagi 5-maktabda bo'lib, "Dolzarb 90 kun" tadbirlari doirasida faol ishtirok etayotgan o'quvchilarga kitoblar to'plamini sovg'a qildi.

Shuningdek, maktab jamoasi va o'quvchilarga Guliston davlat universitetining imkoniyatlari, ilmiy salohiyati va muhtaram prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Dolzarb 90 kun" tadbirlarining ahamiyati haqida ma'lumot berildi.

Guliston davlat universiteti maktabgacha va maktab ta'limi muassasalari bilan hamkorlikni izchil davom ettiradi.

🔺Bizni kuzatishda davom eting...

📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎Telegram 😎Instagram
😎Facebook 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 07:31:53
Back to Top
HTML Embed Code: