Hayotning rangi yo'q, surga o'xshaydi,
Nay nolasi hazin sirga o'xshaydi.
Qaydadir nay yig'lar, menam yig'layman,
Ikkovning dardimiz birga o'xshaydi.
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
Nay nolasi hazin sirga o'xshaydi.
Qaydadir nay yig'lar, menam yig'layman,
Ikkovning dardimiz birga o'xshaydi.
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
O'LMASLIK
Qilich ishga tushar... Qatl ro'y beradi!
Ammo olingan bosh ketadi yurib.
Boshlar issiq qonin yerlarga surib
"O'lmayman" so'zini yozaveradi!
Oyoq ostdan to'ngak olindi, mana
Ruh dorulbaqoga qaytaveradi.
Dorlarda shalvirab ruh ila tana
"O'lmayman" so'zini yozaveradi.
Dunyo ketganda ham qoniga botib,
Bir kun tirik qolar bu tirik qasdlik!
Bor bo'lsin jodida qirqilayotib
"O'lmayman" so'zini aytgan O'lmaslik!
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
Qilich ishga tushar... Qatl ro'y beradi!
Ammo olingan bosh ketadi yurib.
Boshlar issiq qonin yerlarga surib
"O'lmayman" so'zini yozaveradi!
Oyoq ostdan to'ngak olindi, mana
Ruh dorulbaqoga qaytaveradi.
Dorlarda shalvirab ruh ila tana
"O'lmayman" so'zini yozaveradi.
Dunyo ketganda ham qoniga botib,
Bir kun tirik qolar bu tirik qasdlik!
Bor bo'lsin jodida qirqilayotib
"O'lmayman" so'zini aytgan O'lmaslik!
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
Forwarded from Saodat sohili - Sh.Isoqova
Ҳайит муборак диндошим, дўстлар!
Субҳидам қуёш шодон чиқади,
Бандалар интиқ шошиб кутади,
Саболар тўлиб - тошиб елади,
Ҳайит муборак диндошим, дўстлар!
Аллоҳ раҳмати ёғилган бу - кун,
Рўзадор қайта туғилган бу - кун,
Шайтоний ришта узилган бу - кун,
Ҳайит муборак диндошим, дўстлар!
Мискинлар кўкси ёришар кундай,
Кўнгил шукуҳи мулойим ундай,
Бирор байрам йўқ дунёда бундай,
Ҳайит муборак диндошим, дўстлар!
Ўқилар намоз ва сўнгра Зуҳо,
Савоб талабида қилинар дуо,
Тилагим қабул айлар Раббано,
Ҳайит муборак диндошим, дўстлар!
Такрор рўзага етказгин Худо,
Мусулмон аҳли соғинчдан адо,
Ғамга чўкмасин аҳли Мустафо,
(Саллоллоҳи алайҳи вассаллам)
Қалблар нурлансин, бўлсин мусаффо,
Ҳайит муборак диндошим, дўстлар!
✍Шоҳиста ИСОҚОВА
@Shohista_Isoqova
Субҳидам қуёш шодон чиқади,
Бандалар интиқ шошиб кутади,
Саболар тўлиб - тошиб елади,
Ҳайит муборак диндошим, дўстлар!
Аллоҳ раҳмати ёғилган бу - кун,
Рўзадор қайта туғилган бу - кун,
Шайтоний ришта узилган бу - кун,
Ҳайит муборак диндошим, дўстлар!
Мискинлар кўкси ёришар кундай,
Кўнгил шукуҳи мулойим ундай,
Бирор байрам йўқ дунёда бундай,
Ҳайит муборак диндошим, дўстлар!
Ўқилар намоз ва сўнгра Зуҳо,
Савоб талабида қилинар дуо,
Тилагим қабул айлар Раббано,
Ҳайит муборак диндошим, дўстлар!
Такрор рўзага етказгин Худо,
Мусулмон аҳли соғинчдан адо,
Ғамга чўкмасин аҳли Мустафо,
(Саллоллоҳи алайҳи вассаллам)
Қалблар нурлансин, бўлсин мусаффо,
Ҳайит муборак диндошим, дўстлар!
✍Шоҳиста ИСОҚОВА
@Shohista_Isoqova
SO'ZON DILIM
Dilimni dilsizlar urib oldilar,
Sipo turib, tomoq qirib oldilar.
Ko'ngil qal'am eshiklari berk edi,
Bilmam, ular qanday kirib oldilar.
Fikrim sarob, sarob bo'ldi yozganim,
Tushday o'tdi. O'zganlardan o'zganim.
Bulbullarga mo'ljallagan maskanim
Xarob. Zog'lar inlar qurib oldilar.
Bilmam, qashshoqlashdimmi yo boyidim,
Bo'lganim shu. Qoldim pastda, poyida.
Ular mening so'zon ko'nglim joyida
Bir koshona uy bitirib oldilar.
So'zon dilim yetaklayman, yurmaydi,
Istamaydi, koshonaga kirmaydi.
So'zon dilim, yetim qolgan bir naydir,
Dilimni dilsizlar urib oldilar.
1994
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
Dilimni dilsizlar urib oldilar,
Sipo turib, tomoq qirib oldilar.
Ko'ngil qal'am eshiklari berk edi,
Bilmam, ular qanday kirib oldilar.
Fikrim sarob, sarob bo'ldi yozganim,
Tushday o'tdi. O'zganlardan o'zganim.
Bulbullarga mo'ljallagan maskanim
Xarob. Zog'lar inlar qurib oldilar.
Bilmam, qashshoqlashdimmi yo boyidim,
Bo'lganim shu. Qoldim pastda, poyida.
Ular mening so'zon ko'nglim joyida
Bir koshona uy bitirib oldilar.
So'zon dilim yetaklayman, yurmaydi,
Istamaydi, koshonaga kirmaydi.
So'zon dilim, yetim qolgan bir naydir,
Dilimni dilsizlar urib oldilar.
1994
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
HAR ELGA BIR BAYROQ KERAK
Har elga bir bayroq kerak xilpiragan,
Qo'llar kerak, ko'tarmoqqa, chidasalar.
Garchand men bir devordirman, zax, nuragan,
Yarab bergum agar bayroq qadasalar.
Yelkamgami, yuragimga, kuragimga
Mahkam qadang, ko'taraman jonim bilan.
Shamol bo'lgum, xoin shamol tinib qolsa,
G'ubor insa yuvajakman qonim bilan.
Ona elim, Senga jonim, umrim ato
Ketarkanman, aylanarkan charxi davvor.
Bitta devor ketdi, degin ketguncha to
Bayrog'imni yelkasida tutgan devor.
1994
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
Har elga bir bayroq kerak xilpiragan,
Qo'llar kerak, ko'tarmoqqa, chidasalar.
Garchand men bir devordirman, zax, nuragan,
Yarab bergum agar bayroq qadasalar.
Yelkamgami, yuragimga, kuragimga
Mahkam qadang, ko'taraman jonim bilan.
Shamol bo'lgum, xoin shamol tinib qolsa,
G'ubor insa yuvajakman qonim bilan.
Ona elim, Senga jonim, umrim ato
Ketarkanman, aylanarkan charxi davvor.
Bitta devor ketdi, degin ketguncha to
Bayrog'imni yelkasida tutgan devor.
1994
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
Huvillagan bog'ning bog' siyog'i yo'q,
Goh chog' ko'ngilning ham chog' siyog'i yo'q.
Gunohi neligin bilmay turgan bu
Bemor yanglig' sog'ning sog' siyog'i yo'q.
Davr, daraxtlaring silkitaverma,
Chalaverma so'ngsiz imtihon nayin.
Davr, odamlarni olmaday terma,
Uzilgach, ularni saqlamoq qiyin.
Ba'zan yarim tunlar sachrab, uyg'onib,
O'zimcha sen uchun qidiraman yo'l.
Goh-goh ho'lu quruq barobar yonib,
Bu bog' asta-asta bo'lmasa deb kul
Ko'p qayg'urama.
1987
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
Goh chog' ko'ngilning ham chog' siyog'i yo'q.
Gunohi neligin bilmay turgan bu
Bemor yanglig' sog'ning sog' siyog'i yo'q.
Davr, daraxtlaring silkitaverma,
Chalaverma so'ngsiz imtihon nayin.
Davr, odamlarni olmaday terma,
Uzilgach, ularni saqlamoq qiyin.
Ba'zan yarim tunlar sachrab, uyg'onib,
O'zimcha sen uchun qidiraman yo'l.
Goh-goh ho'lu quruq barobar yonib,
Bu bog' asta-asta bo'lmasa deb kul
Ko'p qayg'urama.
1987
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
Qaytadan bosilmas bizlarning bu iz,
Qaytadan bu otda yelolmaymiz biz.
Qaytadan navbatga tizilolmaymiz,
Qaytadan baxt so'rab kelolmaymiz biz.
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
Qaytadan bu otda yelolmaymiz biz.
Qaytadan navbatga tizilolmaymiz,
Qaytadan baxt so'rab kelolmaymiz biz.
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
FAQAT ISHQING
Neki oldim, baxtmi, taxtmi, qarz bari,
Baribir kun qo'llarimdan ketgaydir.
Bu bog'ning ham chappar urgan gullari
Rangi o'ngib, yo'llarimdan ketgaydir.
Garchand hali mushki muattar, qara,
Kuz kirib kelmoqda urib bar, qara,
Ikki o'rim sochim - daryo, qarqara,
Qayon ketsa, bellarimdan ketgaydir.
Dunyolarim shamol qilar qahraton,
Ne qilsa bir amal qilar qahraton,
Sahrolarim qamal qilar qahraton,
Qarg'a, qiyg'ir cho'llarimdan ketgaydir.
Tanazzulda, yarqiragan on ichra,
Qonga, shonga mening bilan bir uchrab,
Faqat ishqing, jonim ichra, jon ichra,
Ketsam, tuproq, gillarimda ketgaydir.
1996
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
Neki oldim, baxtmi, taxtmi, qarz bari,
Baribir kun qo'llarimdan ketgaydir.
Bu bog'ning ham chappar urgan gullari
Rangi o'ngib, yo'llarimdan ketgaydir.
Garchand hali mushki muattar, qara,
Kuz kirib kelmoqda urib bar, qara,
Ikki o'rim sochim - daryo, qarqara,
Qayon ketsa, bellarimdan ketgaydir.
Dunyolarim shamol qilar qahraton,
Ne qilsa bir amal qilar qahraton,
Sahrolarim qamal qilar qahraton,
Qarg'a, qiyg'ir cho'llarimdan ketgaydir.
Tanazzulda, yarqiragan on ichra,
Qonga, shonga mening bilan bir uchrab,
Faqat ishqing, jonim ichra, jon ichra,
Ketsam, tuproq, gillarimda ketgaydir.
1996
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
INSON ASLAN BUYUK
Inson aslan buyuk, aslan bechora...
Ohim dilingizga yo'l topsa zora,
Qo'lingizdan kelsa qilmang ovora,
Shul yolg'iz insonni tuhmatga bermang!
Bir-birini selu toshqin qo'llaydi,
Qayda bo'lsa yetib, shoshqin qo'llaydi.
Bir-birini bo'ri, qashqir qo'llaydi,
Siz uni sinovga, muhlatga bermang!
Ko'pdir zamonlarning qimor o'yini,
Qirqadir odamning eni, bo'yini -
Qo'lingizdan kelsa ko'ring to'yini,
Uni har qanday dor, xilqatga bermang!
O'chmas deb ishoning bosgan iziga,
Panoh deb ishoning o'g'il-qiziga.
O'ziga ishoning, faqat o'ziga,
Tushuntirish xati, tilxatga bermang!
Nopok dunyosidan ketmasin to'yib,
Desangiz, yuragin g'ijimlab o'yib,
Yillar bo'yi o'tmas pichoqda so'yib,
Qadrsizlik degan kalxatga bermang!
Inson aslan buyuk, aslan bechora...
1999
www.tg-me.com/halima_xudoyberdiyeva
Inson aslan buyuk, aslan bechora...
Ohim dilingizga yo'l topsa zora,
Qo'lingizdan kelsa qilmang ovora,
Shul yolg'iz insonni tuhmatga bermang!
Bir-birini selu toshqin qo'llaydi,
Qayda bo'lsa yetib, shoshqin qo'llaydi.
Bir-birini bo'ri, qashqir qo'llaydi,
Siz uni sinovga, muhlatga bermang!
Ko'pdir zamonlarning qimor o'yini,
Qirqadir odamning eni, bo'yini -
Qo'lingizdan kelsa ko'ring to'yini,
Uni har qanday dor, xilqatga bermang!
O'chmas deb ishoning bosgan iziga,
Panoh deb ishoning o'g'il-qiziga.
O'ziga ishoning, faqat o'ziga,
Tushuntirish xati, tilxatga bermang!
Nopok dunyosidan ketmasin to'yib,
Desangiz, yuragin g'ijimlab o'yib,
Yillar bo'yi o'tmas pichoqda so'yib,
Qadrsizlik degan kalxatga bermang!
Inson aslan buyuk, aslan bechora...
1999
www.tg-me.com/halima_xudoyberdiyeva
Telegram
Ҳалима ХУДОЙБЕРДИЕВА
Шунчаки ёзмоққа кўнгил тўлмайди,
Шунчаки ёзмоққа бормайди қўлим.
Шунчаки ёзмоққа чидаб бўлмайди,
Шунчаки ёзмоқ, бу - шоирга ўлим.
Ҳалима ХУДОЙБЕРДИЕВА
Админ: @Muqimjonnurboyev
@halima_xudoyberdiyeva
Шунчаки ёзмоққа бормайди қўлим.
Шунчаки ёзмоққа чидаб бўлмайди,
Шунчаки ёзмоқ, бу - шоирга ўлим.
Ҳалима ХУДОЙБЕРДИЕВА
Админ: @Muqimjonnurboyev
@halima_xudoyberdiyeva
MEN KETSAM
Erta-indin, men ketsam
Yod qoladi ortimda.
She'rlar libosin kiyib
Dod qoladi ortimda.
"Bir kuygan ko'ngil" degan
Ot qoladi ortimda.
Amrimga ko'ngil, degan
Xilqat qoladi ortimda.
Bobomni tushunmasdan
Dunyodan giryon o'tdim.
Armon, bolam tushunmas -
Xat qoladi ortimda.
1990
www.tg-me.com/halima_xudoyberdiyeva
Erta-indin, men ketsam
Yod qoladi ortimda.
She'rlar libosin kiyib
Dod qoladi ortimda.
"Bir kuygan ko'ngil" degan
Ot qoladi ortimda.
Amrimga ko'ngil, degan
Xilqat qoladi ortimda.
Bobomni tushunmasdan
Dunyodan giryon o'tdim.
Armon, bolam tushunmas -
Xat qoladi ortimda.
1990
www.tg-me.com/halima_xudoyberdiyeva
PARISHONXOTIRLIK
Yashab borayapman parishonxotir,
Goh uzun, goh qisqa dastga o'xshayman.
Goh o'zni sezaman har nega qodir,
Gohida yerdagi xasga o'xshayman.
Do'stlar bor, boshi arsh-a'loga yetgan,
Ularning uylari quyoshga betkay.
Men goho ulardan balandlab ketgan,
Gohida baridan pastga o'xshayman.
Aylanar taqdirning tegirmon toshi,
Ichimga oqadi ko'zimning yoshi.
Do'stlar bor, baxtlardan aylanar boshi,
Men quyuq g'amlardan mastga o'xshayman.
Dunyo qadah tutsa, ko'ksim-ku lim, lim,
Parishon esam-da, cho'ziqdir qo'lim.
Shundan norasodir, ehtimol, yo'lim,
Shundan goh o'zimga qasdga o'xshayman.
Yashay borayapman parishonxotir...
2005
@halima_xudoyberdiyeva
Yashab borayapman parishonxotir,
Goh uzun, goh qisqa dastga o'xshayman.
Goh o'zni sezaman har nega qodir,
Gohida yerdagi xasga o'xshayman.
Do'stlar bor, boshi arsh-a'loga yetgan,
Ularning uylari quyoshga betkay.
Men goho ulardan balandlab ketgan,
Gohida baridan pastga o'xshayman.
Aylanar taqdirning tegirmon toshi,
Ichimga oqadi ko'zimning yoshi.
Do'stlar bor, baxtlardan aylanar boshi,
Men quyuq g'amlardan mastga o'xshayman.
Dunyo qadah tutsa, ko'ksim-ku lim, lim,
Parishon esam-da, cho'ziqdir qo'lim.
Shundan norasodir, ehtimol, yo'lim,
Shundan goh o'zimga qasdga o'xshayman.
Yashay borayapman parishonxotir...
2005
@halima_xudoyberdiyeva
📚Бирор киши ёки бирор нарса ҳақида тинимсиз салбий фикрлаяпсизми? Ҳаётимизда бирор ёмон нарса рўй берса, унинг 5 та яхши томонини топишга ҳаракат қилинг, ўшанда енгил тортасиз. Ёдингизда бўлсин, ҳар бир нарса яхшиликка, сизнинг фойдангизга, сизнинг ўсишингиз ва ривожланишингиз учун рўй беради.
📚Бирор киши ҳақида салбий фикрларингиз кўпайиб кетган бўлса, ўша инсоннинг 5 та яхши хислатини сананг ва яна енгил тортасиз.
📚Ҳар битта ёмон фикр ўзимизга ўз аксини кўрсатиб, ёмон натижани олиб келиб беради. Шунинг учун ёмон фикр келиши билан дарҳол қувиш керак.
📚Ҳаёт жуда чиройли, бахтли бўлишимиз учун барча нарса бор, фақат кўзимизни олдида бўлган гўзалликни кўришни ўрганишимиз керак! Ва шуни асло унутмангки, сизнинг фикрлашингиш ўз ҳаётингизга кучли таъсир этади.
📚Бирор киши ҳақида салбий фикрларингиз кўпайиб кетган бўлса, ўша инсоннинг 5 та яхши хислатини сананг ва яна енгил тортасиз.
📚Ҳар битта ёмон фикр ўзимизга ўз аксини кўрсатиб, ёмон натижани олиб келиб беради. Шунинг учун ёмон фикр келиши билан дарҳол қувиш керак.
📚Ҳаёт жуда чиройли, бахтли бўлишимиз учун барча нарса бор, фақат кўзимизни олдида бўлган гўзалликни кўришни ўрганишимиз керак! Ва шуни асло унутмангки, сизнинг фикрлашингиш ўз ҳаётингизга кучли таъсир этади.
FAQAT ISHQING
Neki oldim, baxtmi, taxtmi, qarz bari,
Baribir kun qo'llarimdan ketgaydir.
Bu bog'ning ham chappar urgan gullari
Rangi o'ngib, yo'llarimdan ketgaydir.
Garchand hali mushki muattar, qara,
Kuz kirib kelmoqda urib bar, qara,
Ikki o'rim sochim - daryo, qarqara,
Qayon ketsa, bellarimdan ketgaydir.
Dunyolarim shamol qilar qahraton,
Ne qilsa bir amal qilar qahraton,
Sahrolarim qamal qilar qahraton,
Qarg'a, qiyg'ir cho'llarimdan ketgaydir.
Tanazzulda, yarqiragan on ichra,
Qonga, shonga mening bilan bir uchrab,
Faqat ishqing, jonim ichra, jon ichra,
Ketsam, tuproq, gillarimda ketgaydir.
1996
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
Neki oldim, baxtmi, taxtmi, qarz bari,
Baribir kun qo'llarimdan ketgaydir.
Bu bog'ning ham chappar urgan gullari
Rangi o'ngib, yo'llarimdan ketgaydir.
Garchand hali mushki muattar, qara,
Kuz kirib kelmoqda urib bar, qara,
Ikki o'rim sochim - daryo, qarqara,
Qayon ketsa, bellarimdan ketgaydir.
Dunyolarim shamol qilar qahraton,
Ne qilsa bir amal qilar qahraton,
Sahrolarim qamal qilar qahraton,
Qarg'a, qiyg'ir cho'llarimdan ketgaydir.
Tanazzulda, yarqiragan on ichra,
Qonga, shonga mening bilan bir uchrab,
Faqat ishqing, jonim ichra, jon ichra,
Ketsam, tuproq, gillarimda ketgaydir.
1996
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
Nafaqat o'tsang yozib,
Kuz yanglig' so'lib, ozib,
Bozillagan cho'g' bosib,
Qo'rdayam hayqirolsang,
Demakki, Sen shoirsan!
Oltinmi yo olmosda,
Tig'da yurolsang, rost-da,
Itqitsa, oyoq ostda,
To'rdayam hayqirolsang,
Demakki, Sen shoirsan!
Nafaqat ko'tarsa xalq,
Ko'ksingdan itarsa xalq,
Peshonang namakob, talx,
Sho'rdayam hayqirolsang,
Demakki, Sen shoirsan!
Nafaqat zar, zo'rlarni,
Uzsang, to'sin, to'rlarni,
Chayqaltirsang go'rlarni,
Go'rdayam hayqirolsang,
Demakki, Sen shoirsan!
www.tg-me.com/halima_xudoyberdiyeva
Kuz yanglig' so'lib, ozib,
Bozillagan cho'g' bosib,
Qo'rdayam hayqirolsang,
Demakki, Sen shoirsan!
Oltinmi yo olmosda,
Tig'da yurolsang, rost-da,
Itqitsa, oyoq ostda,
To'rdayam hayqirolsang,
Demakki, Sen shoirsan!
Nafaqat ko'tarsa xalq,
Ko'ksingdan itarsa xalq,
Peshonang namakob, talx,
Sho'rdayam hayqirolsang,
Demakki, Sen shoirsan!
Nafaqat zar, zo'rlarni,
Uzsang, to'sin, to'rlarni,
Chayqaltirsang go'rlarni,
Go'rdayam hayqirolsang,
Demakki, Sen shoirsan!
www.tg-me.com/halima_xudoyberdiyeva
IZLAYMAN
Ishonarkan ortdagi-yu yondoshga,
Ishonarkan begona-yu qondoshga,
Boshim bilan urilarkan, voh, toshga,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
Yashnab-yashnamasdan, so'lib-so'lmasdan
Ketib borarkanman, o'lib- o'lmasdan,
Men o'zimning kimligimni bilmasdan,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
Dunyoning sir-sinoati ming turlik,
Birda xo'rlik o'ldiradi, bir ko'rlik,
Navoiyni tug'may, nechun, men sho'rlik,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
O'tarkanman dog'i bilan dog'lanib,
Xokistarin tanib qoldim, oh, tanib,
Devonig'a suyanarkan poklanib,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
Ayting, ko'p qoldimj yo oz ul kunga,
Qachon yetgum ul o'g'ilga, pok UNga,
Yuzim bilan yiqilarkan oldinga,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
Yursam, yurgum shu niyat har dam yoqib,
Ketsam ham umrim - shu yorug' g'am yoqib,
Qabrimda ham tunlar turib, sham yoqib,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
1990
www.tg-me.com/halima_xudoyberdiyeva
Ishonarkan ortdagi-yu yondoshga,
Ishonarkan begona-yu qondoshga,
Boshim bilan urilarkan, voh, toshga,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
Yashnab-yashnamasdan, so'lib-so'lmasdan
Ketib borarkanman, o'lib- o'lmasdan,
Men o'zimning kimligimni bilmasdan,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
Dunyoning sir-sinoati ming turlik,
Birda xo'rlik o'ldiradi, bir ko'rlik,
Navoiyni tug'may, nechun, men sho'rlik,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
O'tarkanman dog'i bilan dog'lanib,
Xokistarin tanib qoldim, oh, tanib,
Devonig'a suyanarkan poklanib,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
Ayting, ko'p qoldimj yo oz ul kunga,
Qachon yetgum ul o'g'ilga, pok UNga,
Yuzim bilan yiqilarkan oldinga,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
Yursam, yurgum shu niyat har dam yoqib,
Ketsam ham umrim - shu yorug' g'am yoqib,
Qabrimda ham tunlar turib, sham yoqib,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
1990
www.tg-me.com/halima_xudoyberdiyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘rt kishi borki, ularni hayotingda yo‘qotib qo‘yishdan ehtiyot bo‘l:
1. G‘azablanganingda sening gap-so‘zlaringga chidagan insonni;
2. Yo‘qligingda seni g‘iybatdan, haqorat va boshqa narsalardan himoya qilgan insonni;
3. Siqilgan paytingda seni xursand qilishga uringan insonni;
4. Mag‘lub bo‘lganingda senga yordam bergan insonni.
Yaqinlarimizni qadrlaylik
1. G‘azablanganingda sening gap-so‘zlaringga chidagan insonni;
2. Yo‘qligingda seni g‘iybatdan, haqorat va boshqa narsalardan himoya qilgan insonni;
3. Siqilgan paytingda seni xursand qilishga uringan insonni;
4. Mag‘lub bo‘lganingda senga yordam bergan insonni.
Yaqinlarimizni qadrlaylik
Aylanib qirga-yu o'rga borgaysan,
Yoylanib zarga-yu zo'rga borgaysan.
Oxir to'g'ri yo'lni toparsan beshak,
Oxir to'g'ri yo'ldan go'rga borgaysan.
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva
Yoylanib zarga-yu zo'rga borgaysan.
Oxir to'g'ri yo'lni toparsan beshak,
Oxir to'g'ri yo'ldan go'rga borgaysan.
✍Halima XUDOYBERDIYEVA
@halima_xudoyberdiyeva